ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
7
ODAMLARNING MEHR QUYOSHI . “MAHALLA” HIKOYASI TAHLILI
Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi
Nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi.
Annotatsiya:
Abdulla Qahhor qalamiga mansub “Mahalla” hikoyasi insonlar orasidagi
mehr va muhabbat tuyg’ularining qanchalik qadrli qiymatga ega ekanligi, yonimizdagi
yaqinlarimizni borida qadriga yetish kerakligini yoritib bergan hikoyadir. “Mahalla”-
o‘zbek adabiyotining nozik hissiyot va realistik ifoda orqali ijtimoiy muhit, insoniy
qadriyatlar, oila va jamiyat o‘rtasidagi rishtalarni aks ettiruvchi yorqin namunasidir.
Hikoya qisqa bo‘lishiga qaramasdan, unda hayotiy teranlik, tragikomediya, mehr-
muhabbat, yolg‘izlik, ijtimoiy mas’uliyat va insoniy qadrning chuqur yoritilishi mavjud.
Kalit so’zlar:
Rohat buvi, Hakim buva, samovar, kasallik, pechka, kelini, ruhiy fojia, qabr
qazishi, daraxt ekilishi, mahalla, odamlar, gazeta, nevaralari.
СОЛНЦЕ НАРОДНОЙ ЛЮБВИ. АНАЛИЗ СЮЖЕТА «СОСЕДСТВО»
Пардабоева Адиба Шухрат кизи
Студент по направлению Узбекский язык и литература Нукусского
государственного педагогического института.
Аннотация:
Повесть «Махалля» Абдуллы Каххора – это история, которая
проливает свет на ценность чувств любви и любви между людьми, необходимость
ценить своих близких, когда они у нас есть. «Махалля» – яркий образец узбекской
литературы, отражающий связь между социальной средой, человеческими
ценностями, семьей и обществом через тонкое эмоциональное и реалистическое
выражение. Несмотря на то, что история короткая, в ней есть жизненная
вдумчивость, трагикомедия, любовь, одиночество, социальная ответственность и
глубокое освещение человеческого достоинства.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
8
Kлючевые слова:
Бабушка наслаждения, Бабушка любви, Самовар, Болезнь, Печь,
Невестка, Душевная трагедия, Копание могилы, Посадка деревьев, Соседство,
Люди, Газета, Внуки.
THE SUN OF PEOPLE'S LOVE . “NEIGHBORHOOD” STORY ANALYSIS
Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi
Student majoring in Uzbek language and literature at Nukus State Pedagogical Institute.
Abstract:
. The story "Mahalla" by Abdulla Khahhor is a story that sheds light on the
value of the feelings of love and love between people, the need to appreciate our loved
ones when we have them. "Mahalla" is the vivid example of Uzbek literature, reflecting
the bond between the social environment, human values, family and society through a
subtle emotional and realistic expression. Although the story is short, it contains vital
thoughtfulness, tragicomedy, love, loneliness, social responsibility, and profound
illumination of human dignity.
Keywords:
Grandmother of Pleasure, Illness, Stove, Daughter-in-Law, Spiritual Tragedy,
Grave Digging, Tree Planting, Neighborhood, People, Newspaper, Grandchildren.
KIRISH
Abdulla Qahhor qalamiga mansub bo‘lgan hikoyalarning juda ko‘pchiligi xalqning
ijtimoiy hayotini yoritib berishga, insonlar orasidagi mehr va muhabbat tuyg‘ularining
qadri qiymatini anglatishga qaratilgan. “Mahalla” hikoyasi “Anor” hikoyalar va qissalar
to ‘plami ichiga kirgan kichik hikoya bo‘lib, o‘zining ma’no va tarbiyaviy jihatidan ajralib
turadi. Hikoya mazmuni Rohat buvining oyog’I og’rib qolishi va pechkaga qaratib isitib
turishi voqealari bilan boshlangan. Hikoyaga epigraf sifatida Erkin Vohidovning quyidagi
misralari olingan:
Inson bilan tirikdir inson,
Muhabbatdan hayotning boshi,
Odamzodga baxsh etadi jon,
Odamlarning mehr quyoshi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
9
Hikoyani o‘qish davomida ushbu misralar Hikmat buva tomonidan Rohat buviga qarata
aytilgan deb ham o‘ylab qolasiz. Chunki Rohat buvi o‘limidan birnecha kun avval, eti
uchib, oyog’i og’rib, sovqotgani haqida voqealar keltirilgan. Rohat buvi o‘zbek ayoli
timsolidir: mehribon, mehnatkash, tinimsiz harakatda bo‘lgan, ammo qarilik va
kasallikdan holi bo‘lmagan obraz. U hikoyaning boshida oddiy, kundalik holat - pechkaga
oyoq tovlayotgan holatda ko‘rinadi, ammo bu oddiy holat qisqa fursatda uning hayotidagi
so‘nggi lahzalarga aylanadi. Aynan mana shu voqea Hikmat buvaning hayotida ruhiy
fojealarning boshlanoishiga sabab bo‘ladi. Chunki ikki juftlik umrining ellik uch yilini
birgalikda, bir dasturxondan tuz totib, bir ko‘rpani bosib, birga kulib, birga yig’lab, ellik
uch yildan beri mushukchaday bir-biriga suykanib, ellik uch yildan beri mehr atalmish
ulkan tuyg’u rishtasini pilla qurtiday bir maromda asta-sekin chuvib yashab kelishayotgan
edi.
Uning vafoti - hikoya uchun keskin burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. U faqat oila
uchun emas, balki butun mahalla uchun qadrlangan obraz bo‘lib chiqadi:
“Mahallamizning ko‘chasi bir metr cho‘kdi”, deydi bir cho‘tkachi - bu ayolning obro‘sini
ramziy tarzda ko‘rsatadi. Cholni kampirining o‘limidan keyin yolg’iz qoldirmaslikka
harakat qilishadi. Chunki Hikmat buvi kampirining vafotidan keyin kasal musichaday bir
chekkada qo’nishib o‘tiradigan, uning olamida hech narsaga umidi qolmagandek edi.
Kampiri oyog’i og’riganida kalishining jag’ini kesib kiyganini eslar ekan, kalishni olib,
avaylab artib, uyga olib kirib qo‘ydi. Chol uchun o‘sha vaziyatda kampiri yana bir bora
o‘lgandek bo‘ldi. Kelini bir kuni unga magnitafon olib kelganda, “Qizim, shu narsani
ilgariroq topib kelganingda kampirni ovozini yozib olardim” deyishi insonlarni vaqtida
qadriga yetishlikka, hamisha bir-biringizga yelkadosh bo‘lishlik va ahil bo‘lishlikka
chaqiradi. Hikmat buva – hikoyaning markaziy obrazidir. U oddiy chol sifatida
boshlangan bo‘lsa-da, xotinining o‘limidan keyin ruhan sinadi, lekin keyinchalik ichki
kuch topib, butun mahalla hayotida faol ishtirok eta boshlaydi. Uning qayg‘usi yurakni
ezadi: “Ellik uch yillik birga yashash”da orttirilgan tuyg‘ular bir zumda uziladi. O‘zi
aytganidek: “go‘yo yurak-bag‘rim sug‘urib olindi.” Bu g‘oyat poetik, fojiali va hayotiy
satrlarda inson qalbidagi chuqur yo‘qotish hissi ifodalanadi.Lekin Hikmat buva faqat o‘z
ro‘zg‘ori, daraxt ekish masalalari — bularning barchasida u fidoyilik bilan harakat qiladi.
Uning yuragi xasta bo‘lsa ham, irodasi kuchli.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
10
Xulosa o‘rnida ayta olamanki, bu hikoya bobom bilan bog’liq bo‘lgan voqeani
menga eslatib yubordi. Bobom vafot etganlarida, uyning har yeridan go‘yoki ularni qidirib
chiqgandim. Kunlar ma‘nosiz, hatto hayot ham rangini qoraga aylantirgandek tuyulardi
menga. “Mahalla” hikoyasi — bu o‘zbek jamiyati, oilasi, ehtirom, muhabbat, yo‘qotish
va jamiyatdagi faollik haqida teran falsafiy badiiy asar. Hikmat buva obrazida biz o‘z
otamizni, bobomizni, hatto o‘zimizni ko‘rishimiz mumkin. Bu hikoya achchiq, ammo
hayotiy saboq beradi:
“Odam sevgisiz yashay olmaydi, ammo foydali bo‘lish bilan
o‘zini tutib qoladi.”
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdulla Qahhor. “Anor” 2012
2.
3.
D. Quronov : Adabiyotshunoslikka kirish
4.
Qoʻshjonov M. Abdulla Qahhor mahorati.
, Gʻafur Gʻulom nomidagi
Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1984.
5.
Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. – T.:
, 1999.
