ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
126
OG’IZ BO’SHLIG’I KASALLIKLARINI KELIB CHIQISH SABABLARI VA
DAVOLASH USULLARI.
Rahmonova Aziza, Xaydaraliyeva Surayyo, Baxronova Mashhura,
Gulmirzayeva Shahzoda, Xolmo`minova Madina.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Ilmiy rahbar. A.E.Kubayev
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Og’iz bo’shlig’i kasalliklari,kariyes, gingivit,
periodontit, stomatit kasalliklarini kelib chiqish sabablari va eng sodda tabobat bilan
integratsiyalashgan holda davolash usullari bayon qilinadi.
Kalit so’zlar
: Og’iz bo’shlig’i kasalliklari,kariyes, gingivit, periodontit, stomatit,
tibbiy ko’rik, profilaktika.
CAUSES AND TREATMENT METHODS OF ORAL CAVITY DISEASES
Rahmonova Aziza, Xaydaraliyeva Surayyo, Baxronova Mashhura,
Gulmirzayeva Shahzoda, Xolmo'minova Madina
Samarkand State Medical University
Scientific Advisor: A.E. Kubayev
Abstract:
This article discusses the causes of oral cavity diseases such as caries,
gingivitis, periodontitis, and stomatitis, as well as treatment methods that are integrated
with simple traditional medicine practices.
Keywords
: Oral cavity diseases, caries, gingivitis, periodontitis, stomatitis, medical
examination, prevention.
Og’iz bo’shlig’i kasalliklarining asosiy turlari.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
127
KARIYES
Kariyes-tish emalining yemirilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik
bo’lib,ko’pincha noto’g’ri ovqatlanish va og’iz gigiyenasi qoidalariga rioya qilmaslik
natijasida kelib chiqadi.Kariyesning uch xil turi bor.Bular,anatomik, topografik va
klinik.Anatomik turi ,asosan, emal kariyesi, dentin kariyesi va sement kariyesidan
iborat.Topografik turi xastalik chuqurligiga bog’liq bo’lib, dog’ shaklidagi kariyes, yuza
kariyes, o’rta kariyes va chuqur kariyes.Klinik turi bo’yicha tez kechuvchi va sekin
kechuvchi kariyes turlari mavjud.Bu kasallikni paydo boʼlish sabablari esa Shirin va
kislota hosil qiluvchi mahsulotlarni ortiqcha iste’mol qilish, og’iz gigiyenasiga rioya
qilmaslik va flora buzilishi va mikroorganizmlar faolligi hisoblanadi. Xo‘sh qanday
davolash usuli bor, karioz to’qimalarni olib tashlash va plombalash, fluoridli preparatlar
bilan mustahkamlash, kalsiy va fosforga boy mahsulotlar iste’mol qilish shu bilan bir
qatorda doimiy dorivor o‘simliklar damlamasidan foydalanish talab etiladi.
GINGIVIT
Gingivit-milklarning yallig’lanishi bilan bog’liq kasallik bo’lib,aksariyat hollarda
noto’g’ri gigiyena natijasida yuzaga keladi.Сhirigan tish qirrasi, noto’g’ri qo’yilgan tish
yoki yasama tish,shuningdek,dag’al tish cho’tkasining milkni chaqalashi, kimyoviy
moddalar va issiqdan kuyish ham gingivitga sabab bo’lishi mumkin.Gingivitda milk
qizarib shishadi, salga qonaydi, milk cheti kulrang karash bilan qoplanadi, ostidan yara
chiqadi, og’izdan sassiq hid keladi.So’lak oqadi, temperatura ko’tariladi, jag` ostidagi
limfa bezlari kattalashadi. Bunday kasallikni paydo bo ‘lishga sabab, tish toshlari va
blyashkalar yig’ilishi, vitamin C yetishmovchiligi va gormonal o’zgarishlardir. Davolash
jarayonida tish toshlarini olib tashlash, antiseptik eritmalardan foydalanib chayish,
vitamin ko’proq iste’mol qilish hamda doimiy dorivor o‘simliklar damlamasidan
foydalanish yaʼni ogʻiz bo ‘shligini chayqab turish talab etiladi.
PERIODONTIT
Periodontit-tish yorig`i hosil bo’lishi va yallig’lanishi bilan kechadigan
kasallik.Tishning uchki qismida tish ildizini o`rab turgan biriktiruvchi to’qimaning
yallig’lanishi bilan ajralib turadigan kasallik.Periodontit bakteriyalarning pulpadan
periodontga o`tishi natijasida boshlanadi.Bu narsa nervning yemirilishiga va tishni tutib
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
128
turuvchi boylamning zararlanishiga olib keladi va paydo bo‘lish sababi kariyesning
asoratlari qolishi, tish plakalari va toshlari, immunitet pasayishidir.
Bu kasallikni professional gigiyena qoidalariga amal qilish, antibiotik terapiya va
periodontal jarrohlik usuli bilan davolash talab etiladi.
STOMATIT
Stomatit-og’iz shlilliq qavatining yallig’lanishi bo’lib, u bakterial, virusli yoki
allergik kelib chiqishiga ega bo’lishi mumkin.Stomatitning turli xillari mavjud bo’lib, ular
turli xil belgilarni namoyon qiladi.Turlariga misol qilib Aftoz stomatit, og’izda afta deb
ataladigan og’riqli yaralar paydo bo’ladi.Bu yaralar doira shaklida bo’lib, oq rangli yuzaga
ega. Ko’pincha immun tizimi buzilganda yoki stress paytida paydo bo’ladi.Bu turdagi
stomatitni davolash
uchun
antiseptik
eritmalar,vitamin
terapiyasi,immunitetni
mustahkamlash kabi chora tadbirlar qo’llaniladi.Stomtitning asosiy belgilari bu og’iz
bo’shlig’ida qizarish va shish, og’riqli yaralar, pufakchalar yoki oq qoplamalar, xarorat
ko’tarilishi va og’izda yomon hidlaring paydo bo’lishi.
Allergik stomatit organizmning allergik reaksiyasi sababli yuzaga keladi.
Ko’pincha tish protezlari, dori vositalari, oziq-ovqat allergiyasi sabab bo’ladi.Davolash
uchun allergenni aniqlash va uni yo’qotish va antigistamin preparatlardan foydalanish
talab etiladi. Ammo sabablariga kelsak, immunitetning zaiflashishi, bakterial va virusli
infeksiyalar, dori vositalarining nojo`ya ta’siri bo‘lib chiqadi. Bu kasalliklarni davolashda
antiseptik eritmalar bilan chayish vа yallig’lanishga qarshi dorilar qabul qilish,
immunitetni oshirishga olib keladi. Kasalliklar oldini olish uchun esa Har kuni 2 marta
tishlarni yuvish, shirin va kislota hosil qiluvchi mahsulotlarni cheklash, tish shifokoriga
muntazam tashrif buyurish kerak.
Stomatitni davolashda yarani davolovchi va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga
ega bo'lgan turli dorivor o'simliklar yordam beradi. Bir osh qoshiq maydalangan xom
kartoshkani kuniga 2 marta 5 daqiqa davomida og'izda ushlab turish lozim. Davolash 5-7
kun davom etishi kerak. Moychechak ham turli xil yallig'lanishlarni davolash uchun
universal vositadir, xususan, stomatitni davolashda ham yordam beradi.
Bir stakan qaynoq suvga 1 choy qoshiq quritilgan romashka gullari solib,
dimlanadi. Damlama ilq holga kelgach, 1 osh qoshiq asal qo'shiladi. Bu damlama bilan 3-
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
129
4 marta chayish lozim. Moychechak o'rniga achchiq ko'k choydan ham foydalanish
mumkin.
Mingyaproqri esa nafaqat stomatitga, balki periodontal kasalliklarga, tish og'rig'iga
va gingivitga ham yordam beradi. Bu o'tning bir qosig'i bir stakan qaynoq suvga solinib,
15 daqiqa dimlanadi. Tayyor damlama bilan kuniga 3-4 marta og'iz chayiladi.
Sarimsoq an'anaviy ravishda og'iz kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Stomatit uchun siz
3 dona sarimsoqni maydalaysiz va bir choy qoshiq yogurt bilan aralashtirasiz. Aralashma
og'izga solinib, til bilan shilliq qavat va milklarning barcha ta'sirlangan joylariga surtish
kerak. Og'izda yonish hissi paydo bo'ladi.
Natija:
Og'iz bo'shligi kasalliklari, kariyes, gingivit, periodontit, stomatit
kasalliklarini kelib chiqish sabablari va davolash usullari eng sodda tabobat bilan
integratsiyalashgan holda davolash usullari yaxshi natijalarga olib keladi.
Xulosa:
Og'iz bo'shlig'i kasalliklari turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin,
jumladan, infeksiya, yallig'lanish, mexanik shikastlanish, immun tizimi zaifligi va
gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi. Ushbu kasalliklarni samarali davolash uchun
yuqorida keltirilgan yondashuvlar orqali og'iz bo'shligi kasalliklarini davolashda
kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega. Kasallikning turi va og'irlik darajasiga
qarab, individual davolash rejasi tuziladi. Maxsus davolash usullarini belgilash uchun
stomatologga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Аsosiy adabiyotlar.
1.
A.P.Avanesyan, ‘’Stomatologiya asoslari’’, Toshkent, 2018.
2.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi, ‘’Og’iz gigiyenasi
bo’yicha metodik qo’llanma’’, 2020.
3.
F.R.Xolmurodov, ‘’Tish kasalliklari va ularni davolash ‘’,Samarqand, 2019.
4.
J.D.Walter, ‘’Oral Health and Preventive Dentistry’’,London,2021.
5.
R.M.Kaminskiy,’’Stomatologiyada zamonaviy yondashuvlar’’,Moskva, 2022.
6.
Qo’shimcha adabiyotlar
7.
N.A.Rabinovich, ‘’Terapevtik stomamtologiya’’,Moskva , 2016.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
130
8.
R.D.Sinitsyn, ‘’Parodontologiya asoslari’’,Sankt-Peterburg, 2017.
9.
V.M.Balakirev, ‘’Tish kasalliklari va ularning oldini olish’’,Toshkent, 2022.
10.
World Health Organization, ‘’Oral Health Report’’, 2021.
11.
American Dental Association,’’ Fundamentals of Dentistry’’, 2020.
Ilmiy jurnallar
1.
A.E.Kubayev et al.THE RECOMMENDATION FOR CREATIMG A
WEBSITE\\Galaxy International Research Journal.-2022-T.10.
2.
A.E.Kubayev., S.B.Abdullayeva TIBBIY TASVIR OLISHDA RADIOLOGIYA
SOHASINING TAVSIFLANISHI \\Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal.-2022-T. 10.
3.
A.E.Kubayev.,A.S.Berdiyevna FORMATION OF STUDENTS’SKILL IN USING
THE INTERNET AND HIT THE TECHNOLOGIES \\Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal.-2022.-T.11.
4.
Bozorov Erkin Hodjievich, & Kubaev Asaliddin Esirgapovich. (2023). Medical
Diagnostic Models. International Journal of Studies in Natural and Medical
Sciences,
2(4),
87–96.
Retrieved
https://scholarsdigest.org/index.php/ijsnms/article/view/138
5.
Khojievich , B. E. ., & Esirgapovich , K. A. . (2023). Mathematical Models and
Their Classification the Use of Problem-Solving Technologies in Teaching the
Subject.
INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE
EDUCATION
,
2
(5), 1–7. Retrieved from
6.
https://inter-publishing.com/index.php/IJISE/article/view/1628
7.
Bozorov Erkin Hodjievich, Kubaev Asaliddin Esirgapovich, & Hodjiev
Shohjakhan Erkin o’g’li. (2023). Structural Models, Classification of the
Pharmacokinetics of Drugs, Substances.
International Journal of Studies in
Advanced
Education
,
2
(04),
56–64.
Retrieved
from
https://scholarsdigest.org/index.php/ijsae/article/view/141
