Authors

  • Komilov A’zam Lutfullayevich,
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, o‘qituvchi
  • Suyunov Oltibek Do‘stmurodovich,
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, stajyor-o‘qituvchi
  • O‘rozov Asqar Davron o’g’li
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, talaba

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.98608

Keywords:

Yo‘lovchi tashish jamoat transporti yo‘lovchi avtobus bekati bekatlarni loyihalash cho‘ntak.

Abstract

Mazkur maqolada avtobus bekatlariga qo’yiladigan umumiy texnik talablari keltirilgan. Shuningdek, maqolada aholi sonining oʻsishi va harakatchanligi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda jamoat transporti bekatlarini rejalashtirish, avtobus bekatlarini loyihalash  sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yoʻlovchi tashish logistika tizimini rejalashtirish va rivojlantirish muhimligi taʼkidlangan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

164

AVTOBUS BEKATLARINING UMUMIY TEXNIK TALABLARI VA ULARNI

LOGISTIK BOSHQARISHNI YAXSHILASH

Komilov A’zam Lutfullayevich,

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, o‘qituvchi

Suyunov Oltibek Do‘stmurodovich,

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, stajyor-o‘qituvchi

O‘rozov Asqar Davron o’g’li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, talaba


Anotatsiya.

Mazkur maqolada

avtobus bekatlariga qo’yiladigan umumiy texnik

talablari keltirilgan. Shuningdek, maqolada aholi sonining oʻsishi va harakatchanligi
oʻzgarishlarni hisobga olgan holda jamoat transporti bekatlarini rejalashtirish, avtobus
bekatlarini loyihalash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yoʻlovchi
tashish logistika tizimini rejalashtirish va rivojlantirish muhimligi taʼkidlangan.

Kalit so‘zlar.

Yo‘lovchi tashish, jamoat transporti, yo‘lovchi

,

avtobus bekati,

bekatlarni loyihalash, cho‘ntak.


Yo‘lovchi tashish shahar hayotini eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning

faoliyati aholi hayotining sifatini, shahar iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini va
shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan foydalanish imkoniyatini belgilaydi.

So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga jamoat transportida xizmat

ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish
yo‘nalishlari tarmog‘i ko‘lami 1,6 baravarga ortdi, respublika bo‘yicha 120 dan ortiq
yo‘lovchi avtovokzali va avtostansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Harakatdagi tarkibni
zamonaviy, qulay avtobuslar, mikroavtobuslar bilan yangilash, yo‘nalishlarni oqilona
tashkil etish va kengaytirish, yo’lovchi tashishlarini xavfsizligi choralarini kuchaytirish
hisobiga aholining avtomobil tashishlariga ehtiyojini imkon qadar to‘laqonli ta’minlash
avtomobil transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishidir [1].


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

165

O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan shahar

yo‘lovchi transporti tizimini isloh qilish va aholiga dunyo andozalariga mos keladigan
transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida bir qator qarorlar qabul qilindi.

2023-yil 16-fevral kuni O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Jamoat

transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qarori qabul qilingan
edi. [1].

Shaharlarning dinamik o‘sishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi turar joylar paydo

bo‘lishi tufayli biznes, savdo, ko‘ngilochar va sport markazlari, shahar aholisi turar-joy
tuzilmasidagi o‘zgarishlar kabi yo‘lovchi tashish uchun yangi marshrut liniyalarining
paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Transport infratuzilmasini modernizatsiyalash har bir davlat iqtisodiyoti uchun

ustuvor hisoblanadi. Hududlar orasida yo‘llarining mavjudligi bir bir joydan ikkinchi
joyga tezlik bilan o‘tish imkonini beradi. Avtobus to‘xtash punktining sig'imi jamoat
transporti tizimining muhim qismi bo'lib, jamoat avtobuslarining samaradorligi ushbu
punktlardagi yuqori ish qobiliyati va xizmat ko'rsatish darajasiga bog'liq [2, 3, 7].

Avtobus bekatlari shahar va yo‘l infratuzilmasining muhim elementi hisoblanadi.

Ular har ikki yo‘nalishdagi transport vositalarining o‘zaro yo‘lovchilar bilan, shuningdek,
yo‘nalishlar turli transport vositalar bilan a’loqa qilish joyi hisoblanadi.

Bekatlarning

joylashishi

shahar infratuzilmasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Termiz shahrida ham oraliq

bekatlarning qurilishi shahar normalariga mosligi talab darajasida emas. Jamoat
transportlari xarakatlanish davomida marshrut intevallariga amal qilinmaydi va aniq
belgilangan bekatlarga to’xtamaydi.

Biroq, o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat avtobus bekatlari daromad olish

shoxobchalariga aylantirilgan

.

Bekatlarning hajmi kichikligi va ularning maydonlarini

do‘konlar, fast-fud, kafelar egallaganligi sababli iste’molchilar avtobuslarni asosan
quyosh yoki yomg‘ir ostida kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Zamonaviy avtobus bekatlarining yana bir muhim muammolardan biri – nogironlar

aravachasi uchun suppachalarning yo`qligidir.

Bugungi kunda avtobus bekatlarini loyihalash va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha

bir nechta me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks etgan. Ya’ni joriy me’yorlarda avtobus
bekatlarini loyihalashtirish talablarini tartibga soluvchi yagona aniq standart mavjud
emas. Agar u bir me’yor bo‘yicha loyihalasa, uning oldiga kelib, boshqa me’yorga


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

166

asoslangan holda qoidabuzarlik bo’yicha ayblashlari mumkin. 1-jadvalda me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda aks etgan tafovutlar misol keltirilgan

.

1-jadval

Avtobus bekatlarini loyihalash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar tafovutlari

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar

1−2 ta

yo‘nalish

uchun bekat

uzunligi

2−3 va undan

ortiq

yo‘nalishlar

uchun bekat

uzunligi

Bekat

kengligi

SHNQning

26-bandiga ko‘ra,

qariyalar va nogironligi bo‘lgan
shaxslarning ehtiyojlarini
hisobga olgan holda obyektlarni
loyihalashtirish

12 metrdan kam
bo‘lmagan

24 metrdan
kam
bo‘lmagan

1,8 metrdan
kam
bo‘lmagan

SanQvaMning

kam

harakatlanuvchi odamlar
foydalanadigan binolarni
loyihalash va qurish
to‘g‘risidagi 3.19-bandi

10 metrdan kam
bo‘lmagan

20 metrdan
kam
bo‘lmagan

1,5 metrdan
kam
bo‘lmagan

Davlat standarti

ko‘pi bilan 35
metr

45 metrdan
kam
bo‘lmagan

3 metrdan
kam
bo‘lmagan

Jamoat transporti bekatlarining joylashishi, birinchi navbatda, foydalanuvchilarning

(yo‘lovchilarning) ehtiyojlarini hisobga olishi muhim ahamiyat kasb etadi [5, 6, 8].
Bekatlarni quydagi joylarda loyihalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

eng qulay va eng qisqa piyoda yo'nalishlari avtobus yo'nalishlariga
yaqinlashadigan joylarda;

muhim yo'nalishlarda yoki diqqatga sazovor joylarda;

boshqa jamoat transporti yo'nalishlari bilan kesishgan joylarda;

keyingi bekatgacha tegishli masofada (odatda 300-400 m);


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

167

to'xtatuvchi to'xtash joylari joylashgan joylarda.

Avtomobil yo‘llari toifasiga qarab, avtobus bekatlarida quyidagi elementlar:

chiqish maydonchasi, tushish maydonchasi, yopiq yoki ochiq (kanopli) kutish paviloni,
o‘tish chiziqlari, avtobuslar to‘xtashi uchun yo‘lning maxsus kengaytirilgan qismi,
ajratuvchi chiziq, trotuar va piyodalar yurish yo‘lakchalari, piyodalar o‘tish joyi,
avtopavilon, o‘rindiqlar, chiqindi uchun qutilar va yoritish uskunalari, jadvallar bilan
ma'lumot taxtalari va yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari (yo‘l belgilari,
belgilar, to‘siqlar); bo‘lishi lozim. Bekatlarda uskunalar elementlarini joylashtirishga
qo‘yiladigan umumiy talablar 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Bekatlarda uskunalar elementlarini joylashtirishga qo‘yiladigan umumiy

talablar

Avtobus to‘xtash joyi turini tanlashga ta’sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilardir:

transport harakati intensivligi,

transport oqimi,

yo‘l tarmog‘idagi joylashuvi (qishloq yoki shahar hududi, transport bog‘lanmasi,

avtomatlashtirilgan harakatni boshqarish tizimi va hokazo),

jamoat transporti uchun qo‘yiladigan talablar (masalan, xavfsiz harakatlanish),

avtobuslarning to‘xtash vaqti,

ruxsat etilgan tezlik, xarajatlar, mahalliy sharoitlar va shu kabi boshqa omillarni

hisobga olish talab etiladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

168

Masalan, harakat intensivligi yuqori va transport oqimi uzluksiz bo‘lgan joylarda

avtobus bekatlari cho‘ntak(yo‘l chetida maxsus ajratilgan to‘xtash joylari) ko’rinishida
joylashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. Agar transport oqimi kam bo‘lsa yoki avtobus
to‘xtash joyi avtomatlashtirilgan harakatni boshqarish tizimiga ega hududda joylashgan
bo‘lsa, u holda yo‘lning o‘zida to‘xtashga ruxsat berilgan joylar yoki maxsus to‘xtash

bo‘limlari bo`lishi maqsadga muvofiq.

2-rasm. Chorrahalardan oldin va keyingi cho‘ntak bekatlar

Xulosa.

Yo‘lovchi transportida tashish jarayonlarini samarali tashkil etish –

yo‘nalishdagi transport vositalari to‘xtash bekatlarini ratsional belgilash va
ularning harakatini tartibga solish asosida yo‘lovchi oqimlarini jo‘natuvchi
manzildan etib borish manziligacha qisqa vaqtda yetkazishni ta’minlaydi.

Demak shahar jamoat transporti harakatini qat’iy va aniq belgilangan

bekatlarda to‘xtashini tashkil etish, yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish, harakat
jadvallarini optimallashtirish kabi logistika operatsiyalarni amalga oshirish muhim
ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamoat taransportidagi yechimini kutayotgan

muammolardan biri, avtobus bekatlarining to‘g‘ri loyihalashtirish va zamonaviy
talablar asosida qurish zarurligi hisoblanadi. Jamoat transportida qilinadigan ishlar
sohadagi ayrim nazariy va amaliy jihatlari yetarli darajada o‘rganilmaganligi
sababli, bu masalalarni yangicha yondashuvlar asosida tadqiq etishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Исхаков М. М. Выбор участка на остановочном пункте для обслуживания
пассажиров маршрутных транспортных средств // «Вестник Оренбургского
государственного университета». – 2011. – № 10. – с. 59–63.

2.

Kuziyev A. U., Suyunov O. D., Xurramov K. B. Improving the quality of passenger
service in city public transport //International bulletin of engineering and technology.
– Т. 2. – №. 12. – С. 157-161.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

169

3.

Urokovich K. A. et al. TERMIZ SHAHAR 3-SONLI AVTOBUS YO
‘NALISHINING XIZMAT KO ‘RSATISH SIFATINI OSHIRISH //Eurasian Journal
of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 4-1. – С. 7-12.

4.

Uroqovich K. A., Do‘Stmurodovich S. O., O‘G‘Li F. T. K. TERMIZ SHAHAR
JAMOAT TRANSPORTIDA AVTOBUSLAR ISH UNUMDORLIGIGA TA'SIR
ETUVCHI EKSPLUTATSION KO ‘RSATKICHLAR TAHLILI //Eurasian Journal
of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 5-2. – С. 177-183.

5.

Urokovich K. A., Do‘stmurodovich S. O. IMPROVING THE SERVICE QUALITY
OF BUS LINE 3 OF TERMIZ CITY.

6.

Xolikberdiyevich M. A., Do‘Stmurodovich S. O., O‘G‘Li T. S. P. TERMIZ SHAHAR
JAMOAT TRANSPORT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH //Eurasian
Journal of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 5-3. – С. 168-175.

7.

Комилов А. Л. ШАҲАР ЙЎЛОВЧИ ТРАНСПОРТИНИНГ МАРШРУТ
ТАРМОҚЛАРИНИ ЛОЙИҲАЛАШ ТАЖРИБАСИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ
(СУРХОНДАРЁ МИСОЛИДА) //Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 4-2. – С. 139-145.

8.

Комилов А. Л. Рационал маршрутда сутка соатлари бўйича йўловчилар
оқимининг тақсимланиши (Термиз шаҳри мисолида) //Scientific progress. – 2021.
– Т. 2. – №. 2. – С. 1449-1456.

9.

Komilov A. L. Methods for Optimizing and Modeling Routes for Selecting a Routing
Scheme for Passenger Transport in Buses //Methods. – 2020. – Т. 7. – №. 9.

10.

Комилов А. Л., Мирзаев А. Ш. Ў. МОДЕЛЬ ПРОПУСКНОЙ СПОСОБНОСТИ
ОСТАНОВОЧНОГО ПУНКТА (НА ПРИМЕРЕ ТЕРМЕЗА) //Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2025. – Т. 5. – №.
3. – С. 154-163.

11.

Coals B. U. T. INTEGRATION OF LOGISTICS FUNCTIONAL AREAS AND THE
PLACE OF WAREHOUSING IN THEM //International Journal Of Management And
Economics Fundamental. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 50-57.

12.

Oʻgʻli J. Z. M., Oʻgʻli Y. M. O., Shavkatovna A. N. SHAHAR KOʻCHALARI VA
YOʻLLARI FANIDAN SHAHAR KOʻCHALARIDA HARAKAT JADALLIGINI
AMALGA OSHIRISH JARAYONI //Research Focus. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С.
60-63.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

170

13.

Abdikodirov, S. A., Eshkaraev, S. C., & Turaev, K. K. RADIOMETRIC
DETERMINATION OF THE PRESENCE OF THE RADIONUCLIDE RADON-222
IN THE ATMOSPHERIC AIR OF THE KUMKURGAN DISTRICT OF THE
SURKHANDARYA

REGION.

ИЛМИЙ

ХАБАРНОМА

Серия:

Кимё

тадцицотлари

,

7

(11), 30.

14.

Sh A A. et al. DETERMINATION OF THE AMOUNT OF RADON-222 BY
RADIOMETRIC METHOD IN THE ATMOSPHERIC AIR OF THE CITY OF
TERMEZ, SURKHONDARYA REGION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
//Journal of Pharmaceutical Negative Results. – 2022. – Т. 13.

References

Исхаков М. М. Выбор участка на остановочном пункте для обслуживания пассажиров маршрутных транспортных средств // «Вестник Оренбургского государственного университета». – 2011. – № 10. – с. 59–63.

Kuziyev A. U., Suyunov O. D., Xurramov K. B. Improving the quality of passenger service in city public transport //International bulletin of engineering and technology. – Т. 2. – №. 12. – С. 157-161.

Urokovich K. A. et al. TERMIZ SHAHAR 3-SONLI AVTOBUS YO ‘NALISHINING XIZMAT KO ‘RSATISH SIFATINI OSHIRISH //Eurasian Journal of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 4-1. – С. 7-12.

Uroqovich K. A., Do‘Stmurodovich S. O., O‘G‘Li F. T. K. TERMIZ SHAHAR JAMOAT TRANSPORTIDA AVTOBUSLAR ISH UNUMDORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI EKSPLUTATSION KO ‘RSATKICHLAR TAHLILI //Eurasian Journal of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 5-2. – С. 177-183.

Urokovich K. A., Do‘stmurodovich S. O. IMPROVING THE SERVICE QUALITY OF BUS LINE 3 OF TERMIZ CITY.

Xolikberdiyevich M. A., Do‘Stmurodovich S. O., O‘G‘Li T. S. P. TERMIZ SHAHAR JAMOAT TRANSPORT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH //Eurasian Journal of Academic Research. – 2024. – Т. 4. – №. 5-3. – С. 168-175.

Комилов А. Л. ШАҲАР ЙЎЛОВЧИ ТРАНСПОРТИНИНГ МАРШРУТ ТАРМОҚЛАРИНИ ЛОЙИҲАЛАШ ТАЖРИБАСИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ (СУРХОНДАРЁ МИСОЛИДА) //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 4-2. – С. 139-145.

Комилов А. Л. Рационал маршрутда сутка соатлари бўйича йўловчилар оқимининг тақсимланиши (Термиз шаҳри мисолида) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 1449-1456.

Komilov A. L. Methods for Optimizing and Modeling Routes for Selecting a Routing Scheme for Passenger Transport in Buses //Methods. – 2020. – Т. 7. – №. 9.

Комилов А. Л., Мирзаев А. Ш. Ў. МОДЕЛЬ ПРОПУСКНОЙ СПОСОБНОСТИ ОСТАНОВОЧНОГО ПУНКТА (НА ПРИМЕРЕ ТЕРМЕЗА) //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2025. – Т. 5. – №. 3. – С. 154-163.

Coals B. U. T. INTEGRATION OF LOGISTICS FUNCTIONAL AREAS AND THE PLACE OF WAREHOUSING IN THEM //International Journal Of Management And Economics Fundamental. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 50-57.

Oʻgʻli J. Z. M., Oʻgʻli Y. M. O., Shavkatovna A. N. SHAHAR KOʻCHALARI VA YOʻLLARI FANIDAN SHAHAR KOʻCHALARIDA HARAKAT JADALLIGINI AMALGA OSHIRISH JARAYONI //Research Focus. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 60-63.

Abdikodirov, S. A., Eshkaraev, S. C., & Turaev, K. K. RADIOMETRIC DETERMINATION OF THE PRESENCE OF THE RADIONUCLIDE RADON-222 IN THE ATMOSPHERIC AIR OF THE KUMKURGAN DISTRICT OF THE SURKHANDARYA REGION. ИЛМИЙ ХАБАРНОМА Серия: Кимё тадцицотлари, 7(11), 30.

Sh A A. et al. DETERMINATION OF THE AMOUNT OF RADON-222 BY RADIOMETRIC METHOD IN THE ATMOSPHERIC AIR OF THE CITY OF TERMEZ, SURKHONDARYA REGION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //Journal of Pharmaceutical Negative Results. – 2022. – Т. 13.