ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
160
O`ZBЕKISTОNDA SIYOSIY PARTIYALAR FAОLIYATINI HUQUQIY
TARTIBGA SОLISH MASALALARI
Rahmonov Ruslan
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 1-kurs tarix yo’nalishi magistranti
Annotatsiya:
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy
tartibga solish masalalari mamlakatdagi demokratik jarayonlarning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishida muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu maqola O‘zbekiston siyosiy
partiyalarining huquqiy asoslari, ularning tashkil etilishi, faoliyat yuritishi va saylov
jarayonlaridagi ishtirokini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada, O‘zbekistonning
mustaqillikka erishganidan so‘ng siyosiy partiyalar tizimining rivojlanishi, huquqiy va
siyosiy islohotlar, shuningdek, partiyalarning saylovlarga tayyorlanishi va ularning
parlamentdagi ishtiroki kabi masalalar yoritilgan. Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy
tartibga solinishi O‘zbekistonning konstitutsiyasi, saylov kodeksi va boshqa huquqiy
normalar
bilan
belgilangan.
Bu
huquqiy
asoslar
partiyalarning
faoliyatini
qonuniylashtirish, ularning saylovda ishtirokini ta’minlash va fuqarolarning siyosiy
huquqlarini amalga oshirishga imkon yaratadi. Maqolada, shuningdek, siyosiy
partiyalarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki, ularning dasturlari va mamlakatning
siyosiy tizimida tutgan o‘rni tahlil etilgan. O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatining
huquqiy tartibga solinishi, shuningdek, siyosiy pluralizmning rivojlanishi va davlatning
demokratiya yo‘lida ilg‘or qadamlar tashlashi uchun muhim omil sifatida qaraladi. Ushbu
maqola siyosiy partiyalarni tartibga solish borasida amalga oshirilgan islohotlar, ular bilan
bog‘liq qonunlarni va partiyalar o‘rtasidagi raqobatning huquqiy me’yorlarini o‘rganishga
alohida e’tibor qaratadi.
Kalit so’zlar:
Siyosiy partiyalar, Huquqiy tartibga solish, Demokratiya, Siyosiy
pluralism, Saylov kodeksi, Konstitutsiya, Siyosiy tizim
KIRISH
Siyosiy partiyalarning faoliyati qanday tartibga asoslanib tashkil etilishi hamda
qanday printsiplarga tayanib ish olib borishi aksariyat davlatlarda o'xshash, shuningdek,
bir vaqtning o'zida turli xil ko'rinishlarga ega. Buning bir necha sabablari va omillari
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
161
mavjud. Bular siyosiy partiyani tuzishdan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarga
bog'liqdir. Ya'ni, barcha partiyalar oldiga konstitutsiyaviy normalarga qat'iy rioya qilish
va partiyaning ichki hayotida demokratik tartibni o'rnatish talablari qo'yiladi. Siyosiy
partiyani tuzishda konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati katta. O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga ko'ra, "O'zbekiston Respublikasi
fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali
ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish,
referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan
amalga oshiriladi." 34-moddasiga asosan, "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy
harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat
birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida
o'zshilikni tashkil etuvchi muxolifatdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-
qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas." 43-moddasida esa "Davlat fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi"
kabi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning demokratik qadriyatlari va
tamoyillari shakllanishini ta'minlaydigan qonun va qoidalar kiritilishi O'zbekiston
jamiyatining kelajak maqsadlarini belgilab berganligining huquqiy kafolatidir. Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarga birlashish
huquqi konstitutsiyaviy maqomga ega.
Asosiy qism
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jami 12 ta (10, 32, 34, 56, 57, 60, 62, 77,
106, 108, 112, 120) moddalarida aynan siyosiy partiyalar haqidagi qoidalar kiritilgan
bo'lib, davlat va jamiyat tizimida siyosiy partiyalarning o'rni konstitutsiyaviy normalar
orqali aniq belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi
Qonunining 3, 4, 6, 7, 8, 9, 12-moddalarida bevosita siyosiy partiyani tuzish bilan bog'liq
harakatlar hamda printsiplar o'z ishiga qamrab olgan. Xususan, Qonunning 3-moddasida
siyosiy partiyani tuzishga qo'yilgan printsiplar mustahkamlangan bo'lib, ular:
•
Xohish-irodani erkin bildirish;
•
Partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish;
•
A'zolarning teng huquqliligi;
•
O'zini o'zi boshqarish;
•
Qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko'rsatadi, kabilardan iborat.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
162
O'zbekiston Respublikasi «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi Qonunning 6-moddasi
mazmuniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida siyosiy partiya tuzish uchun quyidagi
talablar qo'yiladi: Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy sub'ektda
(viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida
yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo'lgan kamida yigirma ming fuqaroning
imzosi bo'lishi talab etiladi. Siyosiy partiya tuzilishi uchun kamida sakkizta hududiy
sub'ekt (viloyat), shu jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri –
hududiy tsenz sifatida berilganligi, shuningdek, partiyaga birlashish istagida bo'lgan
kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo'lishi talab etilishi O'zbekiston Respublikasida
siyosiy partiyalar faqat umumdavlat miqyosida tuzilishi mumkinligini anglatadi. Hududiy
va hududlararo partiyalar tuzish to'g'risida qonun hujjatlarida normalar berilmagan.
Xorijiy davlatlar siyosiy amaliyotida ham siyosiy partiyalar asosan umumdavlat
miqyosida tuzilishi hamda faoliyat olib borishi kuzatiladi. Siyosiy partiya tuzish
tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo'lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini
tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasini
chaqirish bo'yicha tashkiliy qo'mitani tuzishlari lozim; Siyosiy partiya tuzish
tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo'lishi kerakligi tashkiliy qo'mita tuzish
bo'yicha amalga oshiriladigan xatti-harakatlar hajmiga kelib chiqib belgilangan, degan
mulohazaga borish mumkin. Sababi, partiyani tashkil etishga bog'liq hujjatlarni
tayyorlash, partiyaga a’zolar jalb qilish ko'plab odamlar tomonidan amalga oshiriladigan
ishlar sirasiga kiradi. Tashkiliy qo'mita o'zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik
muddatdan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o'z tashabbusi,
qo'mitaning tarkibi, rahbari (etakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki
konferentsiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim; Tashkiliy
qo'mita o'zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatdan kechiktirmay O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligiga o'z tashabbusi, qo'mitaning tarkibi, rahbari (etakchisi),
joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasi chaqiriladigan sanani yozma
ravishda xabar qilishi lozimligi to'g'risidagi norma nafaqat partiya tuzilishi va uni
ro'yxatdan o’tkazish jarayonini, balki partiya tashkil topishiga tayyorgarlik jarayonini ham
qonun bilan tartibga solmoqda. Yetti kunlik muddat masalasi esa, turli davlatlarda har xil
belgilanadi, ba'zilarida bu tashkiliy qo'mitaning vakolat muddatiga havola qilinadi.
XULOSA:
Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjud bo'lishi va uning ijtimoiy
voqelikni to'la aks ettirgan holda faoliyat yuritishi – demokratik huquqiy davlat va
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
163
fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidir. Partiyalarning demokratiyani
shakllantirishdagi bevosita ta’siri ularning jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi,
ya’ni siyosiy partiya xalq hokimiyatshiligini amalga oshirish maqsadida aholi ijtimoiy
fikrini ifodalovchi yirik tashkilot sifatida namoyon bo'ladi.
Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Partiya degani – bu
mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g'oya uchun, uning jamiyatda
ustuvor bo'lishi va ro’yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma’nosini
mana shu nuqtai nazardan tushunarsak, qancha partiya bo'lsa bo'laversin, ularning
faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi." O'z navbatida, jamiyat siyosiy maydonida
turli xil partiyalarning mavjud bo'lishi siyosiy fikrlar hamda qarashlarning xilma-xilligi
sharoitini yuzaga keltiradi. Oxirgi yillarda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri bu siyosiy partiyalarning roli va ta’sirini
kuchaytirishga qaratilgan.
ADABIYOTLAR
1.
Беков И., Аббосхўжаев Ш. Сиёсий партиялар ва Ўзбекистон Республикаси
Президенти сайлови. Т. “Ўзбекистон”, 2007 й.
2.
Беков И., Ҳамидова К. Сайлов ва сиёсий партиялар. Т. “Ўзбекистон”, 2014 й.
3.
Мирзо –Улуғбек Абдусаломов. Эркин ва демократик сайловларни ўтказишни
таъминлаш. Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. 2014 й. 3-сон.
4.
Мирзо-Улуғбек Абдусаломов. Очиқ ва эркин сайловлар-демократия асоси.
Туркистон, 2014 й. 27 сентябр.
5.
Мирзо-Улуғбек Абдусаломов. Президент сайлови-эл юртимиз фаровон
келажагини таъминлашнинг муҳим омили. Халқ сўзи. 2015 й. 19 феврал.
6.
Саифназаров И. Сиёсий партиялар ва давлат бошқаруви органлари
ҳамкорлиги. Фуқаролик жамияти. 2007 й. 2 сон.
7.
Қосимов Р. Сиёсий партия ва ижроия ҳокимият органларининг
мустаҳкамланиши. Фуқаролик жамияти. 2007 й. 2 сон.
8.
Раҳимова М. Президент сайлови: Миллий ва хорижий тажриба. Т.
“Ўзбекистон”, 2015 й.
