Authors

  • Radjabov Xushnudbek
    Qaraqalpoq Davlat Universiteti Tarix fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.98614

Keywords:

viloyat bо‘lim gerb uchastka raqam harbiy qism huquq sudya prokuror

Abstract

Mazkur maqolada XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin Amudaryo bо‘limida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy, huquq-tartibot sohasida amalga oshirilgan tadbirlar haqida sо‘z yuritiladi. Amudaryo bо‘limi ikki uchastkaga bо‘linib boshqarilgan. Aholi yashaydigan joylarning avvaldan saqlanib keliyotgan nomlari bilan birga, avval ularda bо‘lmagan joylarni, ovullarni raqamlar bilan belgilash amaliyotga kiritilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

212

AMUDARYO BО‘LIMIDA IJTIMOIY-SIYOSIY VA HUQUQ-TARTIBOT

SOHASIDA

YUZ BERGAN О‘ZGARISHLAR

Radjabov Xushnudbek

Qaraqalpoq Davlat Universiteti

Tarix fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Rossiya

imperiyasi bosqinidan keyin Amudaryo bо‘limida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy,
huquq-tartibot sohasida amalga oshirilgan tadbirlar haqida sо‘z yuritiladi. Amudaryo
bо‘limi ikki uchastkaga bо‘linib boshqarilgan. Aholi yashaydigan joylarning avvaldan
saqlanib keliyotgan nomlari bilan birga, avval ularda bо‘lmagan joylarni, ovullarni
raqamlar bilan belgilash amaliyotga kiritilgan. Bо‘limda harbiylashtirilgan boshqaruv
tizimi tashkil etilganiga e`tibor qaratilgan. Sud jarayonida ishtirok etishi mumkin bо‘lgan
sud-huquq tizimi amaldorlarining vazifalariga aniqlik kiritilganligi ham yoritilgan.
О‘lkada rus ma`muriyati talablariga qarshi bо‘lganlar uchun aynan shu davrda
turmaxona va qamoqxonalar tashkil etilganligiga ahamiyat berilgan.

Kalit so’zlar: viloyat, bо‘lim, gerb, uchastka, raqam, harbiy qism, huquq, sudya,

prokuror

XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amudaryo bо‘limining boshqaruv tizimida

о‘zgarishlar yuz bera boshladi.

Amudaryo bо‘limi tashkil etilgan paytda «Turkiston general gubernator»ligi

tarkibiga kiritilgan bо‘lsa, keyinchalik Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritildi. Sirdaryo
viloyatining darajasi, Rossiya imperiyasining guberniyalari maqomiga tenglashtirildi va
unga о‘ziga xos ravishda ramziy belgi – gerb berildi. Sirdaryo viloyatining gerbi,
Amudaryo

bо‘limining

ham

gerbi

bо‘lib

hisoblangan.

Gerbni

tasdiqlash bilan viloyat va bо‘limning Rossiyaga qaramligi yana bir bor tasdiqlangan.
1878-yil 5- iyulda podsho saroyida shaxsan Aleksandr II tomonidan tasdiqlangan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

213

Amudaryo bо‘limi uchastkalarga, bо‘lislikka, ovul va qishloq jamoalarga bо‘linib

boshqarildi. Soliq tizimiga о‘zgartirishlar kiritildi. Bо‘lim 2 uchastkaga bо‘lindi:
Shо‘roxon – bо‘limining janubiy qismidagi yerlarni, Chimboy – Amudaryoning quyi
qismidan g`arbda Talliqqacha bо‘lgan hududni о‘z ichiga oldi. Kо‘chmanchilik yillar
davomida davom etib kelayotgan qoraqalpoq, qirg`iz va qozoq xalqlariga xos bо‘lgan
hodisa edi. О‘lkadagi rus ma`muriyati buni «daydilik» deb atadi va unga qarshi kurash
olib bordi. Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga kо‘chib yurishi, shuningdek, о‘z
bо‘lisidan tashqarida, boshqa joylarda kо‘chib yurish huquqi bekor qilindi.[1. 214]

Rus ma`muriyati muqimlikni, ya`ni muqim bir joyda yashashni joriy qildi. Bu esa

о‘z navbatida aholini siyosiy tomondan nazorat qilishni, soliq tizimini tо‘liq amalga
oshirishni, bо‘lis, ovul va qishloqlarni boshqarishni, muntazam nazorat qila olishni
ta`minladi. Ayrim ovul va hududlar shu yerga xos saqlanib kelinayotgan nomlar bilan
atalgan bо‘lsa, imperiya bosqinidan keyin ayrim ovullar raqamlar bilan belgilandi. 1886-
yilga kelganda, Shо‘roxon uchastkasi 6 ta bо‘lislikdan: Shо‘roxon, Tо‘rtkо‘l, Shabbaz,
Biybazar, Mingbuloq, Tamdidan iborat bо‘lgan. Shо‘roxon bо‘lisi – Aq-qamish – Aq
bashli, Shо‘roxon va Kaltaminor ovullaridan, Tо‘rtkо‘l bо‘lisi Xuzlinirek, Tо‘rtkо‘l, Ulli-
yab, Saribiy, Shabbaz, Shimam, Xan-yabdan ovulidan, Biybazar bо‘lisi Biybazar,
Qalandarxona ovulidan iborat bо‘lgan. Mingbuloq bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi
ya`ni – 1, 2, 3; Tamdi bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi ya`ni – 1, 2, 3, raqamlari bilan
belgilana boshlangan.

Chimboy uchastkasidagi bir qator bо‘lisliklardagi ovullar nomlari e`tiborga

olinmagan va har bir ovul raqamlar bilan belgilangan. Chimboy uchastkasi hududi asosan
Nukus, Qо‘ng‘irot, Talliq, Naо‘pir, Chimboy, Kegeyli,Ishim, Kо‘k-kо‘l va Daо‘kara
bо‘lisliklaridan iborat bо‘lgan. Nukus bо‘lisligi birinchi, ikkinchi, uchinchi tо‘rtinchi
ya`ni – 1, 2, 3, 4 deb raqamlangan 4 ta ovuldan; Qо‘ng`irot esa shu yuqorida aytib
о‘tilgandek birinchi, ikkinchi ya`ni – 1, 2 deb raqamlangan 2 ta ovuldan; Talliq bо‘lisi
birinchi, ikkinchi, uchinchi ya`ni – 1, 2, 3 deb raqamlangan 3 ta ovuldan; Naо‘pir birinchi,
ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi, beshinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5 deb raqamlangan 5 ta ovuldan;
Chimboy bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi ya`ni
– 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 deb raqamlangan 7 ta ovuldan; [2. 152]Kegeyli bо‘lisi birinchi ya`ni 1
deb raqamlangan 1 ta ovuldan; Chimboy shahri birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi,
beshinchi, oltinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6 deb raqamlangan 6 ta ovuldan; Ishim bо‘lisi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

214

birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi beshinchi, oltinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6 deb
raqamlangan 6 ta ovuldan; Kо‘k-kо‘l bо‘lisi birinchi, ikkinchi ya`ni – 1, 2 deb
raqamlangan 2 ta ovuldan; Daо‘kara bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi ya`ni –
1, 2, 3, 4 deb raqamlangan 4 ta ovuldan iborat bо‘lgan.[3. 153]

Shunday qilib, Amudaryo bо‘limi Rossiya imperiyasiga qaram bо‘lib qolgandan

keyin joylar va hududlarning nomlanishiga ma`lum darajada о‘zgartirishlar kiritilgan
ovullar raqamlar bilan belgilangan. Afsuski odamlarning yashash joylarining bunday
raqamlar

bilan

belgilanishi

hatto

hozir

ham kо‘pchilik joylarda saqlanib qolmoqda. Markaz-1, Markaz-2, kichik tuman-21,
kichik tuman-22, 1-kо‘cha, 2-kо‘cha va hokazo (A.A.) Shu bilan birga, sud-huquq,
tartibot sohasida ham о‘zgarishlar amalga oshirildi. Imperiya bosqini davri hisobotlari,
ma`lumotlari

tahlili

shuni

kо‘rsatadiki,

о‘lkadagi

uchastka

boshliqlari va yordamchilari harbiylardan tashkil etilgan. Har bir uchastkaga harbiy
askarlar joylashtirilgan. Petro-Aleksandrovskdan alohida, maxsus harbiy bо‘lim, ichki
qamoqxona, undan tashqari turmaxona, qamoqqa olish bо‘linmasi bо‘limlari tashkil
etilgan.[4. 319]

Xususan, Rossiya imperiyasi harbiy boshqarmasi va idorasining harbiy qismidan

Petro – Aleksandrovskka 6-Turkiston о‘qchi polki, 4-Orenburg kazak polki, Petro-
Aleksandrovsk uyezd harbiy boshqarmasi, Nukusda 4-Orenburg kazak polkining yuz
askari muqim joylashtirilgan.

Bо‘lim boshlig`i bо‘limni fuqaroviy boshqaruvida uyezd boshlig‘i huquqlari bilan

tenglashtirilgan, lekin mahalliy ma`muriyat va xalq sudiga nisbatan ancha kengaytirilgan
huquqlarga ega bо‘lgan. Bо‘lim boshlig‘iga bо‘limdagi muqim joylashib olgan harbiy
qismlarni boshqarishda diviziya boshlig‘i huquqlari berilgan. Bо‘limdagi barcha harbiy
qismlarning

harakatlarini

ham

nazorat

qilish

borasida esa, Garnizon boshlig`i vazifasi, majburiyatlari va huquqlari berilgan [4].
О‘lkada dunyoviy sudlar tashkil etildi. Sud jarayonining olib borilishini tartibga keltirish
masalasida Rossiya imperiyasi Adliya vaziri kotibi, keyinchalik Rossiya imperiyasining
bosh prokurori, Rossiya podshosining haqiqiy yashirin maslahatchisi N.V. Muravyov bir
qator takliflar kiritgan.[5. 245]


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

215

Sudda sudya, prokuror, himoyachi va sud maslahatchilari ishtiroki ta`minlanishi

shartligini kо‘rsatgan. Sud raisi sud jarayonini boshqarishi, sudda tartibni saqlashi, ishni
qonun tantanasi va haqiqatni ochish uchun yо‘naltirishi, suddagi barcha jarayonlarga
nisbatan kо‘proq javob beradigan shaxs ekanligini ta`kidlagan. Himoyachi – sudning
adolatli qaror qabul qilishi uchun xalaqit emas, yordam berishi, shu bilan birga
sudlanuvchining shaxsiy vakiligina bо‘lib qolmasdan, balki, sudning ijtimoiy jamoatchi
arbobi sifatida ishtirok etishi, ayblanuvchini jazodan «oqlash» yoki ozod etish uchun
harakat qilishi, nima bо‘lishidan qat`iy nazar, hech qanaqa mablag`ga ahamiyat
bermasdan, ortiqcha harakatlarsiz, о‘z bilimini namoyish etishi kerakligini ta`kidlagan.

Sud maslahatchilari – о‘zining aktiga muvofiq sud jarayonida aybdorni oqlamasdan,

aybsizni sababsiz qoralamasdan о‘ziga xos ravishda «sudyalar bо‘lib» maslahatda
qatnashish kо‘rsatilgan. 1898-yil yozilgan Turkiston general gubernatorligininng
ma`ruzasida, sud bо‘limi muammolariga 1886-yil nashr etilgan «Turkiston о‘lkasini
boshqarish

haqidagi

Nizom»da

asosiy

e`tibor

qaratilgan. Ma`muriyatning о‘lkada yо‘l qо‘ygan eng katta kamchiligi sifatida, «rus sudi
va qonunlaridan mahalliy aholining tо‘liq ajratib qо‘yilganligi, shu bilan birga aholining
xalq sudlariga bо‘ysunganligi, о‘lkada tashkil etilgan rus sudlarining mahalliy sharoitga
yetarsiz darajada kо‘nikayotganligi» kо‘rsatilgan. О‘lkada rus ma`muriyati 1886-yilgi
nizomga kо‘ra tashkil etilgan dunyoviy sudlar mahalliy aholining xalq sudlaridan
ustunligini

kо‘rsatishga

harakat

qilgan.

Joylarda sudlarning va ularga tegishli organlarning alohida ish olib borishi, sud
hokimiyatining bо‘linganligi, sud palatasi darajasidagi apellatsiya, oliy apellatsiyalar
instansiyasining yо‘qligi, okrug sudlarining yetishmaganligiga e`tibor qaratilgan.[6. 261]

XIX asrning oxiriga kelib, Rossiya Bosh turma boshqarmasining taklifiga binoan

Rossiya Vazirlar qо‘mitasi Orol dengizidagi 230 kv. verst hududni egallagan «Nikolаy»
va 130 kv verst hududni egallagan «Borsa kelmas» orollarida koloniyalar qurishni qо‘llab-
quvvatlagan. U yerda Rossiya imperiyasini tan olmaganlar, unga bо‘ysunmagan –
«jinoyatchilarni» saqlash, ulardan baliqchilikni rivojlantirishda foydalanish mumkinligini
va

bu

mehnat

о‘lim

jazosi

bilan

tengligiga

e`tibor qaratilgan. Shuningdek, Turkiston general gubernatorligi hududidan qamoqqa
olinganlar va surgun qilinganlar uchun Kaspiy dengizi atrofidagi orollarda ham
koloniyalar

tashkil

etilgan.

Bunday

koloniyalarning

tashkil

etilishi

ularni


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

216

«jinoyatchilarni»

Sibirga

surgun

qilishdan

arzon

tushishi

va

ular

mehnatining foydali ekanligiga alohida urg‘u berilgan.

1898-yil 2-iyunda qabul qilingan, 1899-yil 14-mayda kuchga kirgan «Turkiston

о‘lkasini boshqarish haqida nizomi»ga asosan, Toshkent sud palatasi tashkil etilgan
bо‘lib, boshqa viloyatlar kabi Amudaryo bо‘limi sud tizimi ham tо‘g‘ridan tо‘g‘ri unga
bо‘ysungan. Toshkent sud palatasi bir necha shtatlarga ega bо‘lgan va ular yordamida
Amudaryo bо‘limidagi sud tizimini ham nazoratda ushlab turgan. Toshkent sud palatasi
Amudaryo bо‘limidagi jinoiy ishlarni – davlatga qarshi, inson hayotiga, ma`naviy
masalalar, dunyoviy sudlarning, qarorlari, urush-janjal, kontrabanda, bosqinchilik
masalalari, okrug sudlari hukmlariga apellyatsiya shikoyatlari kabilarni nazorat qilgan.
Shu bilan birga, fuqarolik ishlari bо‘yicha okrug sudlari qarorlari ustidan apellyatsiya
shikoyati, meros ishlari, zayom va boshqa veksellar masalalari, oila va nikoh
muammolari, bolalarni olib saqlash va boshqalarni ham о‘z nazoratidan chetda
qoldirmagan.[7. 138]

О‘zbekiston о‘z mustaqilligiga erishganidan keyin Vatan tarixini, shu jumladan sud-

huquq tizimi tarixini о‘rganishga alohida e`tibor qaratildi.

Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, о‘lkani boshqarish bо‘yicha Turkiston

generalgubernatorligi vakillarining о‘lka haqida yozgan kitoblari, hisobotlari va fikr-
mulohazalari, bо‘limdayuz bergan voqelikni о‘rganishda asosiy manbalardan biri sifatida
yordam berdi. Rossiya imperiyasi ma`murlari tomonidan о‘lkada tizimli ravishda olib
borilgan tadbirlar, о‘lkada siyosiy va huquqtartibot tizimini о‘rnatish va mustahkamlashda
muhim

rol

о‘ynagan

va

bu

jarayon

takomillashib

borgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков.

Родоплеменная структура и расселение в ХIХ – начале ХХ века. – М.: Изд-во Академ
Наук СССР, 1950. –С.154.

2. Таўмуратов Н. Қарақалпақстанда тәртиб қорғаў ўйымларының тарийхы.

(1873-2010 жж.) – Нукус: Илим, 2011. – С. 13-14.

3. Военно статистическое описание Туркестанского военного округа.

Хивинский район. Составитель генерального штаба полковник В. Лобочевский.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

217

Издания штаба Туркестанского военного округа. – Ташкент: Эл. пар. типо-лит.
штаба Туркестанского военного округа, 1912. – С.30-31.

4. Военно-статистическое описание Хивинского оазиса. Часть II //

Составитель К.Г. Гиршфельдом и А.С.Галкиным. – Ташкент: 1903. Часть II. –
С.214.

5. Всеподданейшии доклад министра юстиции стат секретаря

Н.В.Муравьёва о деятельности министерства юстиции за истекшее десятилетие.
1994-1904 г. С – 35. общ.59.

6. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi. Bundan keyin O`zRMDA.I-1-

jamg‘arma, 31-ro`yxat, 539-yig‘ma jild, 10-varaq.

7. К.К. Пален. Тюремное дело. С.Петербург. Сенатское типография. 1910.

общ. С–142.

8. Туркестанские ведомосты. 14 (26) март 1893 года. № 20.
9. Обзор Сыр-Дарьинской области. За1910 г.Т. Электро типография

канцелярии Туркестанского генерал губернаторства. 1912 С.143. 10.O`zRMDA. I-
129-jamg‘arma, Toshkent sud palatasi 1899-1918yy.1-3-varaq.

References

Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков. Родоплеменная структура и расселение в ХIХ – начале ХХ века. – М.: Изд-во Академ Наук СССР, 1950. –С.154.

Таўмуратов Н. Қарақалпақстанда тәртиб қорғаў ўйымларының тарийхы. (1873-2010 жж.) – Нукус: Илим, 2011. – С. 13-14.

Военно статистическое описание Туркестанского военного округа. Хивинский район. Составитель генерального штаба полковник В. Лобочевский. Издания штаба Туркестанского военного округа. – Ташкент: Эл. пар. типо-лит. штаба Туркестанского военного округа, 1912. – С.30-31.

Военно-статистическое описание Хивинского оазиса. Часть II // Составитель К.Г. Гиршфельдом и А.С.Галкиным. – Ташкент: 1903. Часть II. – С.214.

Всеподданейшии доклад министра юстиции стат секретаря Н.В.Муравьёва о деятельности министерства юстиции за истекшее десятилетие. 1994-1904 г. С – 35. общ.59.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi. Bundan keyin O`zRMDA.I-1-jamg‘arma, 31-ro`yxat, 539-yig‘ma jild, 10-varaq.

К.К. Пален. Тюремное дело. С.Петербург. Сенатское типография. 1910. общ. С–142.

Туркестанские ведомосты. 14 (26) март 1893 года. № 20.

Обзор Сыр-Дарьинской области. За1910 г.Т. Электро типография канцелярии Туркестанского генерал губернаторства. 1912 С.143. 10.O`zRMDA. I-129-jamg‘arma, Toshkent sud palatasi 1899-1918yy.1-3-varaq