Mualliflar

  • Ozodbek Ergashev
    Andijon davlat texnika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101727

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt modellashtirish texnokratik optimizm texnokratik pessimizm Sun’iy intellekt modellari ekspert tizimlar neyron tarmoqlar bayes tarmoqlari mashinali o‘rganish algoritmlari

Annotasiya

Maqolada sun’iy intellektning rivojlanishi, uni ta’lim tizimiga modellashtirishning ayrim jihatlari, usul va yo‘llari haqida fikr yuritilgan, shuningdek bu sohada olib borilayotgan tadqiqotlarning dolzarbligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sun’iy intellekt modellari, ekspert tizimlar, neyron tarmoqlar, bayes tarmoqlari, mashinali o‘rganish algoritmlari xaqida ham ma’lumotlar berilgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy

anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

60

SUN’IY INTELLEKTNI TA’LIM TIZIMIGA MODELLASHTIRISHNING AYRIM

JIHATLARI

Ergashev Ozodbek Shavkatovich

Andijon davlat texnika instituti

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15351260

katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada sun’iy intellektning rivojlanishi, uni ta’lim tizimiga

modellashtirishning ayrim jihatlari, usul va yo‘llari haqida fikr yuritilgan, shuningdek bu sohada
olib borilayotgan tadqiqotlarning dolzarbligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sun’iy intellekt modellari, ekspert
tizimlar, neyron tarmoqlar, bayes tarmoqlari, mashinali o‘rganish algoritmlari xaqida ham
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, modellashtirish, texnokratik optimizm, texnokratik

pessimizm, Sun’iy intellekt modellari, ekspert tizimlar, neyron tarmoqlar, bayes tarmoqlari,
mashinali o‘rganish algoritmlari

Аннотация

:

В

статье

рассматривается

развитие

искусственного

интеллекта

,

некоторые

аспекты

,

методы

и

способы

его

моделирования

в

системе

образования

,

а

также

указывается

актуальность

исследований

,

проводимых

в

этой

области

.

Также

представлена

информация

о

моделях

искусственного

интеллекта

,

экспертных

системах

,

нейронных

сетях

,

байес

-

сетях

и

алгоритмах

машинного

обучения

.

Ключевые

слова

:

искусственный

интеллект

,

моделирование

,

технократический

оптимизм

,

технократический

пессимизм

,

модели

искусственного

интеллекта

,

экспертные

системы

,

нейронные

сети

,

байесовские

сети

,

алгоритмы

машинного

обучения

Abstract:

The article discusses the development of artificial intelligence, some aspects,

methods and ways of its modeling in the education system, and also shows the relevance of
research in this field. Information is also provided on models of artificial intelligence, expert
systems, neural networks, Bayesian networks, and machine learning algorithms.

Keywords:

artificial intelligence, modeling, technocratic optimism, technocratic pessimism,

artificial intelligence models, expert systems, neural networks, Bayesian networks, machine
learning algorithms

Sun’iy intellekt bugungi kunda texnologiya va fanning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga

aylangan. U inson aqliga xos bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan tizimlarni
yaratishga qaratilgan bo‘lib, ma’lumotni qayta ishlash, tahlil qilish, qaror qabul qilish va o‘rganish
kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Sun’iy intellektni samarali yaratish va joriy qilish jarayonida
modellashtirish muhim o‘rin tutadi.

Global raqamlashtirish davrida ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng

foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim
sohasiga joriy etilishi o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Sun’iy
intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan ta’lim, avtomatlashtirilgan baholash, talabalarning
o‘qishdagi faolligi va natijadorligini tahlil qilish imkoni yaratiladi.

Sun’iy intellekt — bu inson fikrlash qobiliyatiga yaqinlashgan kompyuter tizimlarini

yaratishga qaratilgan fan sohasi bo‘lib, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ular asosida qaror
qabul qilish qobiliyatiga ega. Uning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:

Mashinali o‘rganish;
Neyron tarmoqlar;
Tabiiy tilni qayta ishlash;
Ekspert tizimlar;
Avtomatik tavsiya tizimlari.
Bu texnologiyalar ta’limda shaxsiy yondoshuv, bilimni avtomatik baholash va ta’lim

jarayonini individuallashtirishda keng imkoniyatlar yaratadi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy

anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

61

Ilmiy adabiyotlarda sun’iy intellektning rivojlanishi, uni modellashtirish usul va yo‘llari

haqidagi tadqiqotlar dolzarb bo‘lib bormoqda. Biz modellashtirishning ba’zi yo‘llari haqida fikr
yuritamiz. Jumladan:

- bionik modellashtirish – inson miyasini bevosita modellashtirish, ya’ni tafakkur sirlarini

ochish maqsadida hamda intellektga ega avtomatlarni yaratishda, har bir nerv hujayralarini va bu
hujayralar o‘rtasidagi aloqalarni modellashtirish;

- dasturiy–pragmatik modellashtirish. Bu intellektual faoliyatni hisoblash mashinalari

yordamida modellashtirishdir. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad insondan kam bo‘lmagan
intellektual masalalarni yechishga qodir bo‘lgan algoritmik va dasturiy jihatdan hisoblash
mashinalarini ta’minlashni o‘z ichiga oladi;

- evolyutsion modellashtirish. Bunda masala mavjud narsani modellashtirish emas, balki

kelajakda to‘g‘ri istalgan yo‘nalishda taklif etilgan, mo‘ljallangan kriteriyadagi texnik intellektni
modellashtirishga qaratilgan xatti–harakat, faoliyat tushuniladi. Interaktiv intellektual tizimlarni
yaratish ko‘zda tutiladi.

Tabiiy va sun’iy intellektning o‘zaro munosabatlarini hozirgi davrda o‘rganishda ikki xil

yondashuv mavjud:

- texnokratik optimizm: sun’iy va tabiiy intellekt o‘rtasidagi farqni texnik tasnif bilan

ifodalaydi, ya’ni ularning farqi sifat jihatidan emas, balki son jihatidan farqlanadi degan qarashni
ilgari suradi. EHMning shiddatli rivojlanishi inson tafakkuri bilan mashinalashgan sun’iy “fikr”
elementlari va hatti–harakatlari o‘xshash, aynidir deb isbotlashga urinish mavjud.

- texnokratik pessimizm: tabiiy va sun’iy intellekt o‘rtasidagi farqni yo‘qotish mumkin emas,

chunki miyaning modeli, tabiiy intellektdan farq qiladi, xuddi model o‘z andozasidan farq
qilganidek deb uqtiriladi va quyidagicha dalillar bilan asoslanadi;

- kelib chiqishidagi farq – tabiiy evolyutsiya hamda avvaldan tayyorlangan turlicha bo‘lgan

detallardan sun’iy holda sun’iy intellektni yasash, shakllantirish;

- tabiiy intellekt insonning obyektiv va subyektiv reallikka faol o‘zgartiruvchi munosabati

sifatida namoyon bo‘lib, psixik faoliyatning hissiy–emotsional tomonlari bilan bog‘liq kompyuter
tafakkurida olamga ongli munosabat, his–tuyg‘u kabi nozik psixik holatlar mavjud emas, unda
inson intellektual faoliyatining taqlidi sifatidagina hatti–harakat va intellekt mavjud;

- inson maqsadga muvofiq holda, aniq shart–sharoitga ko‘ra o‘z harakat dasturini o‘zgartira

oladi, shu alfozda yangi dastur qat’iy mantiqiy avvalgisidan kelib chiqmaydi; kompyuter tafakkuri
biror masala yoki muammoni yecha olmaydi hamda bunday masalalarni mustaqil qo‘ya olmaydi;

- inson intellekti dialektik xarakterga ega bo‘lgan tushuncha va hukmlar bilan ish ko‘radi,

ya’ni hissiyot va rang–tasvirsiz abstraksiyadan foydalanadi, ayni chog‘da mashina formal mantiq
qoidalariga asoslangan hisoblar bilan ish ko‘radi;

- inson miyasining ishlashida ongsiz faoliyat, intuitsiya katta ahamiyat kasb etadi, uni

formallashtirib bo‘lmaydi, shuning uchun kompyuter dasturi shaklida ifodalash mumkin;

- inson intellekti qat’iy o‘xshashsiz tuzilishga ega, psixika yaxlit organik but–butun jarayon

bo‘lib, bunda bir–biridan ajralgan, holi qismlar, tarkib yo‘q; kompyuter esa diskret–raqamli
tuzilma va u murakkab va o‘xshash faoliyatning qismlarinigina modellashtira oladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sohasidagi qo‘llanilishi bir necha asosiy

yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:

Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari — talabalar tomonidan topshirilgan test, referat yoki

yozma ishlarini avtomatik tahlil qilish va baholash imkoniyatini beradi; Intellektual o‘quv
yordamchilari — talabalarga real vaqtda maslahat berish, savollarga javob qaytarish va yordam
ko‘rsatish imkonini beradi; Tavsiya tizimlari — har bir talabaning bilim darajasi va qiziqishlariga
qarab o‘quv materiallarini tavsiya qilish; Talabalar faolligini tahlil qilish — sun’iy intellekt
asosidagi tizimlar orqali o‘quvchilarning qatnashishi, faolligi va muvaffaqiyat darajasi aniqlanadi.

Ta’lim tizimiga sun’iy intellektni samarali joriy etish uchun avvalo, uning to‘g‘ri

modellashtirilishi talab etiladi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

-Talab va muammolarni aniqlash:


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy

anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

62

-Axborot arxitekturasini yaratish:
-Model yaratish va algoritm tanlash:
-Testlash va baholash:
-Joriy etish va integratsiya:.
Hozirgi kunda quyidagi platformalar sun’iy intellektni ta’limda faol qo‘llamoqda:
Khan Academy – talabalarning bilim darajasiga qarab mashqlarni avtomatik tanlaydi.
Coursera va EdX – sun’iy intellekt asosida individual kurs tavsiyalari beradi.
Duolingo – til o‘rganishda sun’iy intellekt orqali shaxsiylashtirilgan mashqlar taqdim etadi.
ChatGPT va boshqa til modellari – talabalarga tushuntirish, savol-javob va matn tahrirlashda

yordam beradi.

O‘zbekistonda ham sun’iy intellektni ta’limga joriy etish bo‘yicha ilk qadamlar

tashlanmoqda. Ayrim universitetlarda avtomatlashtirilgan baholash, onlayn ta’lim platformalari
va elektron ta’lim kontenti yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sun’iy intellektni ta’lim tizimiga modellashtirish – zamonaviy ta’limni raqamlashtirishning

muhim bosqichidir. Bu jarayon orqali ta’limda samaradorlik, shaxsiylashtirilgan yondashuv va
tahlil qobiliyati kuchayadi. Bundan tashqari, pedagogik kadrlarning ish yukini kamaytiradi va
talabalarning bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Kelgusida sun’iy intellekt texnologiyalari
ta’limdagi transformatsiya jarayonini yanada chuqurlashtiradi va yangi imkoniyatlar eshigini
ochadi.

Xulosa qilib sun’iy intellekt hozirgi zamon ilm–fan rivoji va ishlab chiqarish bilan

integratsiyada muhim rol o‘ynashni inobatga olib pedagogika va falsafa kursini o‘qitishda bilish
nazariyasi mavzusiga kengroq o‘rin berish, pedagogika va falsafa fanining metodologik
vazifalarini tushuntirishda ilm-fan nechog‘lik sun’iy intellekt bilan bo‘lmasin, inson tafakkuri,
ongining yaratuvchanlik qobiliyati ustun ekanligini ta’kidlash asosida texnokratik qarashlarni
oldini olish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Давронов

З

.

Илмий

ижод

методологияси

.–

Т

.:

Иқтисод

молия

, 2007.–211

б

.

2.

Шермухамедова

Н

.

Илмий

тадқиқот

методологияси

.-

Т

.:

Ношир

, 2013.

3. Abdullayev A., Raximov J. Sun’iy intellekt va uning amaliyotda qo‘llanilishi. – Toshkent:

Fan, 2021.

4. Nazarov N.N. Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asoslari. – Toshkent:

Innovatsiya, 2020.

5. Yuldoshev A.Sh. Ta’limda raqamli texnologiyalar va SI vositalari. – Toshkent: Ilm Ziyo,

2022.

6. Russell S., Norvig P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. – 4th Edition. Pearson,

2021.

7. Shavkatovich E. O. Human Existence and its Oriental Essence //American Journal of

Science on Integration and Human Development (2993-2750). – 2023. –

Т

. 1. –

. 10. –

С

. 15-

18.

8. Ozodbek E. PHILOSOPHICAL FACTORS OF INCREASING SOCIAL AND

ECONOMIC ACTIVITY IN SOCIETY //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN
ILMIY JURNALI. – 2023. –

Т

. 3. –

. 11. –

С

. 40-43.

Bibliografik manbalar

Давронов З. Илмий ижод методологияси.–Т.:Иқтисод–молия, 2007.–211 б.

Шермухамедова Н. Илмий тадқиқот методологияси.-Т.: Ношир, 2013.

Abdullayev A., Raximov J. Sun’iy intellekt va uning amaliyotda qo‘llanilishi. – Toshkent: Fan, 2021.

Nazarov N.N. Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asoslari. – Toshkent: Innovatsiya, 2020.

Yuldoshev A.Sh. Ta’limda raqamli texnologiyalar va SI vositalari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2022.

Russell S., Norvig P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. – 4th Edition. Pearson, 2021.

Shavkatovich E. O. Human Existence and its Oriental Essence //American Journal of Science on Integration and Human Development (2993-2750). – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 15-18.

Ozodbek E. PHILOSOPHICAL FACTORS OF INCREASING SOCIAL AND ECONOMIC ACTIVITY IN SOCIETY //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 40-43.