SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
106
SUN`IY INTELEKT KONSEPSIYASI HAMDA UNING IJOBIY VA SALBIY
KOMPITENSIYALARI
Iminjonova Mohlaroyim Sultonmahmud qizi,
ADPI, Magistratura bo`limi,
Ta`lim tarbiya nazariyasi
(boshlang`ich ta`lim), 1-bosqich magistranti
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15351742
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sun`iy intelekt tushunchasi haqida fikr yuritilgan, su`niy
intelektning kelib chiqishi,sun`iy intelekt ustida qilingan tadqiqodlar hamda uning ijobiy va salbiy
kompitensiyalari ko`rib chiqilgan.
Kalit so`zlar:
Sun`iy intelekt, informatika, kompyuter, ijobiy va salbiy kompitensiyalar,
globallashuv davri, izlanuvchilar, turli sohalar.
Annotation.
In this article conception of artificial intelligence is thought, appearing of the
artificial intelligence, experiences on the artificial intelligence although positive and negative
components are considered.
Аннотация
.
В
данной
статье
рассматривается
концепция
искусственного
интеллекта
,
рассматриваются
мнения
об
искусственном
интеллекте
,
происхождение
искусственного
интеллекта
,
опыты
,
проведенные
по
искусственному
интеллекту
,
а
также
рассматриваются
его
положительные
и
отрицательные
компоненты
.
Ключевые
слова
:
Искусственный
интеллект
,
информация
,
компьютер
,
положительные
и
отрицательные
компоненты
,
эпоха
глобализации
,
исследователи
,
различные
области
Annotation.
In this article conception of artificial intelligence is thought, appearing of the
artificial intelligence, experiences on the artificial intelligence although positive and negative
components are considered.
Key words:
Artificial intelligence, information, computer, positive and negative
components, global period, researchers, various fields.tificial intelligence although positive and
negative components are considered.
Hozirgi jadal rivojlanib borayotgan sayyoramizda sun`iy intelekt allaqachon kelajakni
bashorat qilib ulgurgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat sodir bo`lgan sun`iy intelekt
haritasi orqali aniqlay olishadi. Shifokorlar bemorlardagi hastaliklarni sun`iy intelekt vositalari
orqali aniq va samarali tashhislay oladi. Mashinasozlik hamda ishlab chiqarish sohalariniku
aytmasa ham bo`ladi. Bu sohada ular anchayin ilg`orlab ketishgan. Izlanuvchilarimiz sun`iy
intelekt vositalarini tasavvur qilish qobiliyati haqida tadqiqotlar olib borishmoqda.
Insonlar faoliyatidan farqli o`laroq, sun`iy intelekt bajarayotgan texnologik hodisalar va
yumushlar samarali aniq va yaxshiroq amalga oshayotgani kundan kunga insonlarda ishonchni
oshirmoqda.
Aslida sun`iy intelekt nima? Sun`iy intelekt informatikaning alohida sohasi bo`lib, odatda
inson ongi bilan bog`liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o`rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shug`ullanadi. Sun`iy intelekt atamasi 1955-yilda Jon Makkarti (John McCarthy) tomonidan
kiritilgan. Sun`iy intelekt – tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo`llash orqali
insonning aql-idrok jarayonlariga taqlid qilishga asoslanadi. Soddaroq qilib aytganda sun`iy
intelekt kompyuterning inson kabi o`ylay olishi hamda ukar kabi yechim topishiga asoslangan
texnologiyadir.
Hozirgi global davrda sun`iy intelekt barcha sohalarda ulkan vosita sifatida kirib kelmoqda.
Ta`lim va pedagogika sohalari ham bu borada ilg`or yo`nalish bolib bormoqda. Masalan,
izlanuvchi yoki talaba biror ilmiy ish yoki tadqiqot ustida ish olib borsa, uning ustida taqdimotlar
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
107
qilishda, kamchiliklarini to`girlashda, ilmiy manbalar to`plashda sun`iy intelektning o`rni hamda
yordami juda katta. Bu esa albatta pedagog hodimlarning, tadqiqotchilarning vaqtini tejaydi hamda
ularga o`ng qo`l sifatida xizmat qiladi. Ishlab chiqarish va tijorat, sanoat yo`nalishlarida sun`iy
intelektning aniq hisoblash va kelasi davr hisobotlarini to`g`ri bashorat qilib berishi ham har bir
tadbirkor hamda har bir davlat uchun yaxshigina moliyaviy daromat olib kela oladi.
Ta`lim sohasida ham shunday sun`iy intelektlar borki, o`rganuvchiga butun bir o`qituvchi
yoki tekshiruvchi vazifasini bajarib bera oladi. Masalan, chet tillarini o`rganuvchilar uchun birga
suhbat olib boruvchi va ularning bilim va mahoratlarini tekshirib beruvchi yuzlab programmalar
sun`iy intelekt sifatida insonlarga yordam berib kelmoqda. Bu esa yana bir quvonarli ma`lumot.
Qolaversa, bu vositalar vaqt va joy tanlamayda, hohlagan vaqtingizda hohlagan joyda insonlar
mushkulini yengil qilish uchun tayyor.
“Agar o‘rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u xolda o‘ta qobiliyatli insonlarda
bu ko‘rsatkich 150, 180, xattoki 200 ballga yetish mumkin. Amerikalik shaxmatchi, jaxon
ekschempioni Robert Fisherning bu ko‘rsatkichi 187 ball bo‘lgan, XIX asr yarmida yashagan
angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayoq qadimgi yunon tilida gapira olgan va
uning ko‘rsatkichi 190 ballgacha borgan. Shuni qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intellekt
birmuncha bir tekis, inqilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy inson intellekti paydo
bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrni bosib o‘tgan. Intellektning evolyutsion rivojlanishi berilgan
bosqichdan birmuncha yuqori prinsipial, a’lo darajadagi tashkil topgan bosqichga o‘tish bilan
davom etadi. Shuning uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning
intellektini bir-biriga solishtirib bo`lmaydi. «Sun’iy intellekt» tushunchasiga turlicha ma’no
kiritish mumkin. Turli mantiq va xisoblash masalalarini yechuvchi EXMdagi intellektni e’tirof
etishdan tortib, to insonlar yoki ularning ko‘pchilik qismi orqali yechiladigan masalalar
majmuasini yechadigan intellektual sistemalarga olib boradigan tushunchagacha kiritish
mumkin”.
Har bir yaratilgan mehanizm yoki vositaning ijobiy tomoni bor ekanki, albatta uning salbiy
jihati ham mavjud bo`ladi. Ushbu o`rinda, sun`iy intelektning ham bir qancha salbiy kategoriyalari
mavjud. Masalan, ish joylarida sun`iy intelektdan foydalanish birinchi o`rinda ish o`rni
qisqarishiga sabab bo`ladi. Yuqorida ta`kidlaganimizday, inson qila oladigan faoliyatni qo`llay
olish uchun yaratilgan sun`iy intelekt ish joylarda ham shunga xizmat qiladi. Natijada ish joylarida
qisqartirishlar sodir bo`ladi. Bir necha xodim yoki ishchi bajarishi kerak bo`lgan vazifani birgina
sun`iy intelekt o`zi bajaradi.
“Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask Sun’iy intellektning butun boshli
svilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. Maskning fikricha, «Sun’iy intellekt
insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. Sun’iy intellekt mehnat bilan bog’liq
muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi robotlar hamma ishni bizdan ko’ra yaxshiroq bajarishadi.
Ilg’or texnalogiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar “sun’iy intellekt” ortidan quvish
natijasida, kompaniyalar “sun’iy intellekt” ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko’rmay
qolishlari mumkin”.
“BMTning 2019-yildagi texnologiya tendensiyalari – Sun’iy intellekt»
yig’ilishida nazariyadan amaliy qo’llanishga o’tayotgan sun’iy intellekt bilan bog’liq
ixtirolar namoyish etildi. “Sun’iy intellekt” sohasidagi o’zgarishlarni tezlashtirishga yordam
bergan bir qator omillar mavjudligi aytib o’tildi. Uchrashuvda BIMT Bosh direktori Frensis Garri
«Sun’iy intellekt hayot tarzimiz va ishimizni o’zgartirish orqali dunyoga chuqur ta’sir
ko’rsatadigan yangi raqamli chegaradir» deya ta’kidlab, BIMT muvozanatli va samarali xalqaro
intellektual mulk tizimini rivojlantirishga rahbarlik qilishini va barchaning manfaati uchun
innovatsiyalar va ijodkorlikni qo’llab quvvatlashini e’lon qildi “
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
108
Qolaversa, hozirda ko`plab ishxonalar sun`iy intelektga asoslanib bormoqda, bu esa
insonlarda harakatsizlik hamda kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. Yoshlar tasvirida esa bu
tayyor vosita kelajak avlodning hayotga bo`lgan harakat va intilishlariga mas`uliyatsizlik bilan
qaraydigan bo`lib qolishiga sabab bo`lishi mumkin. Chunki, barcha yoshlar ularda qanday
muammo bo`lmasin ularni Google, ChatGTP kabi sun`iy intellekt vositalari yordamida
yenglillashtirishmoqda. Bu esa ularning aqliy salohiyatini harakatini kamaytirib boradi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, sun`iy intelektdan kerakli joyda samarali foydalanish eng
to`g`ri tanlov bo`ladi. Zamon texnologiyalari bilan hamnafas hayot kechirish juda foydali, shunga
qaramay , unga butunlay bog`lanib qolish insonlarni miya faoliyatiga hamda jismoniy faoliyatiga
salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. J.Sh Bekqulov, I Ibragimov. Sun`iy intelekt asoslari. 5b.
2.
А
.
Рассел
.
И
.
Норвиг
.
Искусственный
интеллект
:
Современные
походы
.// -
Издателство
Пирсон
Прентис
Холл
. – 2009. - 1132p.
3. Yusupbekov N. R. Boshqarishning intellektual ti/.imlari va qaror qabul qilish
4. Qosimov S.S Axborot texnologiyalari.-Aloqachi,2006.
5. Yusupbekov N.R Boshqarishning intelektual tizimlari va qaror qabul qilish.
6. Nazarov X.N Robotlar va robototexnik tizimlar. Darslik.
