SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
40
O’ZBEK TILIDA SUN’IY INTELLEKT BILAN BOG’LIQ TUSHUNCHALARNI
HAQIDA
Djurabayeva Zamira Axmedovna
PhD, dotsent
Andijon davlat pedagogika instituti
zamiradjurabayeva-1958@gmail.com
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15351078
+99891-168-40-17
Annotatsiya:
Maqolada sun’iy intellekt, uning paydo bo‘lish tarixi, u bilan bog‘liq
terimnologik maydon, o‘zbek tilida sun’iy intellekt terminlarining holati va ularni rivojlantirish
omillari haqida so‘z yuritildi.
Kalit so‘zlar:
ilm, o‘zbek tili, dunyo tillari, ingliz tili, ishlab chiqarish, sun’iy intellekt,
termin, terminologiya, tushuncha, so‘z, rivojlanish.
Abstract:
The article talks about artificial intelligence, the history of its emergence, the
terminological field associated with it, the state of artificial intelligence terms in the Uzbek
language and factors of their development.
Keywords:
science, Uzbek language, world languages, English language, artificial
intelligence, term, terminology, concept, word, development.
Keyingi vaqtda dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish va jamiyatning barcha sohalarida sun’iy
intellektga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani kuzatilmoqda. Dunyoning axborot
kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan ilg‘or mamlakatlarida sun’iy intellektga asoslangan
zamonaviy yo‘nalishlar shakllandi. Bu jarayon sun’iy intellektlar yaratilayotgan ingliz, nemis,
fransuz, rus, yapon, xitoy kabi tillarda u bilan bog‘liq yangi terminologik maydonlarning
shakllanishi va taraqqiy etishiga sababchi bo‘lmoqda.
Masalan, ingliz tilida hozirda mavjud sun’iy intellekt texnologiyalari AI (“Artificial
intelligence”) “veak” (kuchsiz) hisoblanib, faqat ma’lum bir sohaga oid vazifalarni bajarishga
ixtisoslashgan. Kelajakda uning AGI (“Artificial general intelligence”) – umumiy sun’iy intellekt,
ASI (“Artificial super intelligence”) – super sun’iy idrok kabi yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lishi
kutilmoqda. [
YElmsov: 2016, 486
]
Sun’iy intellekt (SI; inglizcha: artificial intelligence, AI) – inson intellektiga taqlid qilishga
qodir bo‘lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi.
O‘zbek tili dunyo tillarining biri sifatida bu jarayondan chetda qolayotgani yo‘q. Garchi
o‘zbek tilida sun’iy intellektni ifodalovchi aniq termin bo‘lmasa-da, uni kalkalab olish mumkin.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da sun’iy va intellekt leksemalariga quyidagi izohlar berilgan
SUN’IY
[arabcha:
yasama, ishlangaan, tabiiy emas
]. 1. Biror usul bilan tabiiyga o‘xshatib
yasalgan, tayyorlangan, yuzaga keltirilgan. 2. Tabiiy bo‘lmagan yo‘l bilan amalga oshiriladigan,
notabiiy. 3. Ko‘chma. yasama, soxta, yolg‘ondakam, nosamimiy.
INTELLEKT
[lotincha:
intellektus – aql, idrok, tasavur
1. Kishining fikrlash qobiliyati,
aqliy rivojlanganlik darajasi, zehn. 2. Shunday aql-idrok, zehn -farosat egasi. [O‘TIL: 2007, 216]
Shu o‘rinda sun’iy intellekt bilan bog‘liq tushunchalarning fanga kirib kelishi haqida ham
to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Mazkur termin ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring
(1912-1954) nomi bilan bog‘liq. U 1950-yili texnologiya imkoniyatlari aql jihatdan insonlarni
ortda qoldirishi haqida maqola chop ettirdi. Shu asosda “Tyuring testi tartibi”ni ishlab chiqdi.
A.Tyuring fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinalar haqida fikrlar bildira boshlagan edi.
Maqola chop etilganidan so‘ng sun’iy intellekt sohasida yangidan-yangi tadqiqotlar amalga
oshirila boshlandi.
“Sun’iy intelekt” atamasi 1956-yilga kelib paydo bo‘ldi. Shu yilning yozida AQShning
Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Klod
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
41
Shyennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti,
Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski
(Garvard universiteti) kabi mashhur olimlar ishtirok etdi.
Anjumanda ma’ruza qilgan amerikalik informatika sohasi mutaxassisi Jon Makkarti (1927–
2011) “Artificial Intelligence” (“Sun’iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida tarixda nom qoldirdi.
XX asrning 80-yillari sun’iy intellyekt – kashfiyot deya e’tirof etilib, olimlar ushbu
yo‘nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar.
1997-yilda shaxmat bo‘yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lubiyatga uchratgan
mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari
asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab yaratildi.
Sun’iy intelekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi
ma’lumotlarni qayta ishlash kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma’lumotlarni
saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.
Ilm-fan, texnika yutuqlaridan samarali foydalanish yildan yilga kuchayib bormoqda. Bundan
mamlakatimiz ham chetda emas. Garchi sun’iy intellekt sohasida jahonshumul yutuqlarni qo‘lga
kiritmagan bo‘lsak-da, bu soha terminologiyasining o‘zbek tilida shakllanish bosqichidan
rivojlanish bosqichiga o‘tganligini mumnuniyat bilan eslab o‘tishimiz joiz. Tilimizda axborot
kommunikatsion texnologiyalari bilan bog‘liq terminlarning ulkan zaxirasi paydo bo‘ldi. Ularni
haqli ravishda ikki katta guruhga bo‘lshimiz mumkin.
1. Chyetdan kirib kelgan so‘zlar:
admin, akkuant, bat, bit, brazuer, vinchester, vord,
kompyuter, login, parol, modem, kesh, monitor, domen, chat, sayt, telegramm
va h.k. Mazkur
terminlarning har biri asos tilda o‘z ma’nosiga ega va o‘zbek tiliga o‘girilganda, o‘z ma’nosini
saqlab qoladi.
O‘zbekiston Respbulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2024-yil 14-oktyabr kuni
imzolagan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2010-yilga qadar rivojlantirish stretegiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori soha
terminologiyasini yangi bosqichga olib chiqida muhim turtki vazifasini bajardi.
Farmonda tashkiliy masalalar bilan birga ko‘plab o’zbek tilida ham ishlatilish boshlangan
atamalarga izoh berilgan. Jumladan:
sun’iy intellekt
— insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish imkonini beruvchi (shu
jumladan, mustaqil ravishda o‘rganish va yechimlarni izlash) hamda aniq vazifalarni bajarishda
inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan
texnologik yechimlar majmui;
neyron tarmoq
— mashinaviy o‘qitish usullaridan biri bo‘lib, biologik organizmning
neyron bog‘lamalarini tashkil etish va ularning ishlash tamoyiliga asoslangan matematik model,
apparat-dasturiy ta’minot;
mashinaviy o‘qitish
— namunalarni o‘rganish va tahlil qilish yordamida xulosa chiqaruvchi
algoritmlarni o‘rganuvchi soha bo‘lib, ma’lumotlardagi o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash hamda
o‘rganishda jarayonlarni tadqiq qilish (neyron tarmoqlar va statistika) va boshqa usullardan
foydalanish;
chuqur o‘rganish platformasi
— sun’iy neyron tarmoqlarini chuqur o‘rganish uchun
mo‘ljallangan dasturiy va apparat vositalari majmui;
sun’iy intellekt texnologiyasi
— sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan
texnologiyalar, shu jumladan, intellektual videotahlil, nutqni tanib olish va sintezlash, qabul
qilingan qarorlarni intellektual qo‘llab-quvvatlashning istiqbolli usullari;
«
katta ma’lumotlar»
— hajmi, xilma-xilligi, tezligi va (yoki) o‘zgaruvchanligi bilan ajralib
turadigan, samarali saqlash, boshqarish va tahlil qilish uchun talab etiladigan keng ma’lumotlar
to‘plami.
Xulosa o‘rnida qayd etish mumkinki, mamlakatimizda sun’iy intellekt imkoniyatlari va
texnologiyalarini ijtimoiy himoya dasturlarida qo‘llash imkoniyatlari va zarurati mavjud bo‘lib,
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
42
tegishli dasturlash yo‘nalishlaridagi yetakchi mahalliy mutaxassislar va xorijiy kompaniyalarni
jalb qilgan holda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va qo‘llash maqsadga muvofiq.
Bularning barchasi o’zbek tilida sun’iy intellekt bilan bog’liq so’z va tushunchalar paydo
bo’layotganidan darak beradi. Demak, sun’iy intellektning birinchi bosqichi sanalgan kompyuter
terminlari ustida jiddiy izlanishlar olib borishimizni ko‘rsatib turibdi.
Eng avvalo, sun’iy inetllekt bilan bog‘liq terminlar bazasini shakllantirib olishimiz lozim.
Mazkur sohaga oid dug‘atlar: mavzuiy, elektron, ikki tillik, ko‘p tillik, izohli lug‘atlarni
yaratishimiz, sun’iy intellektga oid so‘z va tushunchalarni o‘quvchilarga va keng aholiga
yetkazishning oson yo‘llarini topishimiz darkor. Busiz axborot kommunikatsion texnologiyalari
sohasida samaraga erishish qiyin kechadi va sun’iy intellekt rivojini ta’minlay olmaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Abduqunduzov
N.
Sun’iy
intellekt
–
texnologiik
rivojlanish
asosi//
https://yuz.uz/nevs/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi.
2.
Abdusattarov
F.
Suniy
intellekt
nima
beradi?//
https://kun.uz/kr/nevs/
2024/08/22/dunyoni-ozgartirayotgan-suniy-intellekt-ozbekistonning-rejalari-qanday
3. Axborot kommunikatsion texnologiyalari lug‘ati. – Toshkent: BMT vakolatxonasi, 2010.
B.
4. Yelmsev D.I. Iskusstvenn
ы
y intellekt, plyus
ы
i minus
ы
// Ekonomika i sotsium. 2016.
№
8
(27). – 486 str. url:
https://cyberleninka.ru.
5.
https://courier.unesco.org./ru/articles/glossariy-po-teme-iskusstvennyy-intellekt”
