Mualliflar

  • Sh Maxkamova
    Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi akademik litseyi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101870

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt milliy madaniyat texnologik rivojlanish axloqiy muammolar ijodiy sohalar.

Annotasiya

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining milliy madaniyatiga ta’siri o‘rganildi. Sun’iy intellektning ijobiy jihatlari sifatida til rivoji, madaniy merosni saqlash, ta’lim va ijodiy sohalardagi imkoniyatlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, milliy madaniyatning zaiflashishi, axloqiy muammolar va ijodiy sohalarga salbiy ta’sir kabi xavflar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish orqali milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish yo‘llarini izlashga qaratilgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

350

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING MILLIY MADANIYATIMIZGA

IJOBIY VA SALBIY TA’SIRI

Sh.Maxkamova

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar

instituti qoshidagi akademik litseyi oliy toifali o‘qituvchisi

A.Akbarov PhD

Andijon davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15356615

metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya :

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining milliy madaniyatiga ta’siri

o‘rganildi. Sun’iy intellektning ijobiy jihatlari sifatida til rivoji, madaniy merosni saqlash, ta’lim va
ijodiy sohalardagi imkoniyatlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, milliy madaniyatning zaiflashishi,
axloqiy muammolar va ijodiy sohalarga salbiy ta’sir kabi xavflar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola sun’iy
intellektdan to‘g‘ri foydalanish orqali milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish yo‘llarini izlashga
qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, milliy madaniyat, texnologik rivojlanish, axloqiy muammolar,

ijodiy sohalar.

Аннотация

:

В

данной

статье

рассматривается

влияние

технологий

искусственного

интеллекта

на

национальную

культуру

.

Анализируются

положительные

аспекты

ИИ

,

такие

как

развитие

языка

,

сохранение

культурного

наследия

,

а

также

новые

возможности

в

сфере

образования

и

творчества

.

Однако

также

обсуждаются

риски

,

связанные

с

ослаблением

национальной

культуры

,

этическими

проблемами

и

негативным

влиянием

на

творческие

сферы

.

Статья

направлена

на

поиск

путей

сохранения

и

развития

национальной

культуры

посредством

правильного

использования

ИИ

.

Ключевые

слова

:

искусственный

интеллект

,

национальная

культура

,

технологическое

развитие

,

этические

проблемы

,

творческие

сферы

.

Abstract:

This article examines the impact of artificial intelligence technologies on national

culture. The study analyzes the positive aspects of AI, such as language development, cultural
heritage preservation, and opportunities in education and creative fields. However, the risks of
cultural weakening, ethical concerns, and the negative effects on creative industries are also
discussed. The article aims to explore ways to preserve and enhance national culture through the
proper use of AI.

Keywords:

artificial intelligence, national culture, technological development, ethical issues,

creative industries.

Sun’iy intellekt (

Artificial Intelligence

) – bu kompyuter tizimlarining inson aqli kabi fikrlashi,

o‘rganishi va muammolarni hal qila olishini ta’minlaydigan texnologiya. Oddiy qilib aytganda,
Sun’iy intellekt – bu dastur yoki tizim bo‘lib, u

o‘z tajribasidan o‘rganishi, mantiqiy xulosa

chiqarishi va mustaqil qaror qabul qilishi

mumkin.

Sun’iy intellekt texnologiyalari dunyo bo‘ylab turli sohalarga jadal integratsiyalashib,

odamlarning kundalik hayoti, ish faoliyati va madaniy meros bilan o‘zaro munosabatlariga katta ta’sir
ko‘rsatmoqda. Bu jarayon madaniy o‘zgarishlarga ham sabab bo‘lmoqda, chunki sun’iy intellekt
nafaqat til, san’at, ommaviy axborot vositalari, balki odat va qadriyatlarni ham o‘zgartirish
imkoniyatiga ega.

Sun’iy intellekt qadimiy qo‘lyozmalarni raqamlashtirish, tarixiy manbalarni tarjima qilish va

san’at asarlarini tiklashda juda katta yordam beradi, shu bilan birga O‘zbekistonning boy madaniyati
sun’iy intellekt yordamida xalqaro maydonda targ‘ib qilinishi mumkin (masalan, virtual muzeylar,
interaktiv tarixiy dasturlar), lekin sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ijtimoiy tarmoqlar va media
platformalar asosan global madaniyatni targ‘ib qiladi, bu esa o‘zbek milliy qadriyatlarining


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

351

zaiflashishiga olib kelishi mumkin va yoshlar orasida milliy madaniyat, mahalliy san’at, musiqa va
adabiyotga bo‘lgan qiziqish kamayishi mumkin, chunki algoritmlar asosan xalqaro kontentni tavsiya
qiladi.

Sun’iy intellekt algoritmlari global miqyosidagi ma’lumotlarga asoslangan holda ishlab

chiqilganligi sababli, ba’zan o‘zbek madaniyatiga nisbatan noto‘g‘ri stereotiplarni (Stereotip-
muayyan guruh yoki jamoaning soddalashgan, sxemalashgan emotsional bo‘yoqdor va favqulodda
barqaror bo‘lgan obrazi, turli madaniyat vakillarining tili va tafakkurining o‘ziga xosligidir)
mustahkamlashi mumkin. Deepfake (Deepfake -bu sun'iy intellekt yordamida haqiqatga juda
o‘xshash soxta tasvirlar, videolar va audio yozuvlarni yaratish texnologiyasi) va sun’iy yo‘l bilan
yaratilgan soxta kontent noto‘g‘ri axborot tarqalishiga olib kelishi va madaniy qadriyatlarni buzishi
mumkin. Algoritmlar orqali tarqatilayotgan madaniy tarkiblar ayrim guruhlarga nisbatan noto‘g‘ri
qarashlarni shakllantirishi mumkin.

Bu esa o‘zbek milliy qadriyatlarini saqlab qolish zaruratini tug‘diradi. Mahalliy san’at, adabiyot

va an’analarni sun’iy intellekt orqali keng targ‘ib qilish milliy madaniyatni mustahkamlashga xizmat
qilishi mumkin.

Sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan ijodiy jarayonlar natijasida an’anaviy san’at,

musiqa va adabiyotga bo‘lgan talab kamayishi mumkin. Kompyuter tomonidan yaratilgan san’at
asarlari va she’rlar haqiqiy ijodiy jarayonga zarar yetkazishi, rassomlar, yozuvchilar va
bastakorlarning ish imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Sun’iy intellekt vositasida ishlab chiqilgan
musiqalar va san’at asarlari madaniy an’analardan uzoqlashgan holda, texnik vositalarga ortiqcha
bog‘lanib qolish xavfini tug‘diradi.

Sun’iy intellekt orqali yaratilgan kontentda milliy va diniy qadriyatlarni hisobga olish

mexanizmlari yetarlicha ishlanmagan bo‘lishi mumkin. Yoshlar orasida Sun’iy intellekt tomonidan
tavsiya etilayotgan tarkiblar natijasida axloqiy qadriyatlarga e’tibor kamayishi mumkin. Sun’iy
intellekt asosida ishlaydigan sun’iy shaxslar (virtual influenserlar) jamiyatda real insonlarning o‘rnini
egallashi va ijtimoiy qadriyatlarga putur yetkazishi mumkin.

Sun’iy intellekt ayrim kasblar, ayniqsa tarjimonlik, muharrirlik va san’atga oid kasblarga ta’siri

katta bo‘lishi kutilmoqda. Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual o‘yin-kulgular va interaktiv
kontentlar real hayotdagi madaniy tadbirlarga bo‘lgan qiziqishni pasaytirishiga olib kelishi, mahalliy
ijodkorlarning faoliyati Sun’iy intellekt tomonidan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan raqobat qilishda
qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Milliy madaniyatiga oid kontent Sun’iy intellekt algoritmlari orqali chet davlatlarga yetkazilishi

natijasida ma’naviy merosga oid ma’lumotlar nazoratsiz tarqaladi. Sun’iy intellektdan noto‘g‘ri
foydalanish orqali shaxsiy ma’lumotlarning buzilishi, intellektual mulk huquqlarining buzilishi kabi
muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Sun’iy intellekt texnologiyalari milliy madaniyatimizga ijobiy jihatdan, o‘zbek tilining

rivojlanishi, madaniy merosni raqamlashtirish, ta’lim va san’atni innovatsion usullar bilan boyitish
kabi imkoniyatlarni yaratmoqda. Sun’iy intellekt yordamida milliy adabiyot, san’at va tarixiy
boyliklar dunyoga kengroq tanitilmoqda. Biroq, salbiy jihatdan, globallashuv natijasida milliy
qadriyatlarning zaiflashishi, o‘zbek tilining Sun’iy intellect tizimlarida to‘liq qo‘llab-
quvvatlanmasligi, axloqiy muammolar va ijodiy sohalarning avtomatlashtirilishi kabi xavflar mavjud.
Sun’iy intellekt texnologiyalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoshlar orasida milliy madaniyatdan
uzoqlashishga olib kelishi mumkin.

Shu sababli, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan milliy madaniyatni mustahkamlash va

rivojlantirish yo‘lida to‘g‘ri foydalanish va raqamli texnologiyalarni milliy qadriyatlar bilan
uyg‘unlashtirish orqali o‘z madaniy boyliklarini global axborot maydonida muvaffaqiyatli targ‘ib
qilishi kerak. O‘zimizning milliy qadriyatlariga asosolangan Sun’iy intellekt texnologiyalari yaratish
kerak desak, ya’ni Sun’iy intellektni butunlay ajratib ishlab chiqilsa, bu global integratsiyaga
to‘sqinlik qilishi mumkin. Eng yaxshi yechim bu Sun’iy intellektni shunday moslashuvchan qilish
kerakki, u har xil madaniyatga moslasha olsin va bir vaqtning o‘zida umumiy global standartlarga


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

352

ham javob bersin. Biz shunaqa imkoniyatlarga ega bo‘lgan Sun’iy intellektni ishlab chiqishimiz
kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Russell, S., Norvig, P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. 2021.

2.

Tegmark, M. Life 3.0: Being Human in the Age of Artificial Intelligence. 2017.

3.

Kun.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz -O‘zbekistonda Sun’iy intellect rivojlanishi bo‘yicha

maqolalar.

Bibliografik manbalar

Russell, S., Norvig, P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. 2021.

Tegmark, M. Life 3.0: Being Human in the Age of Artificial Intelligence. 2017.

Kun.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz -O‘zbekistonda Sun’iy intellect rivojlanishi bo‘yicha maqolalar.