SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
812
YOSH MUTAXASSISLARNING KASBIY MOSLASHUV JARAYONINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
ADPI pedagogika va
psixologiya magistratura yo’nalishi
birinchi bosqich
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15367327
magistranti N.Orifjonova
Annotatsiya
: Ushbu maqolada, mutaxasislarning kasbiy faoliyatga moslashish (ko’nikish) –
bu shaxsning yangi mehnat vaziyatini o’zlashtirishining ijtimoiy jarayoni yoritilgan, unda shaxs va
mehnat muhiti bir-biriga faol ta’sir ko’rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi.
Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy ko’nikmalar va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda
ayrim kasbiy jihatdan zarur xislatlarning shakllanishida, xodimning o’z kasbiga nisbatan barqaror
ijobiy munosabatda bo’lishining rivojlanishida ifodalanadi.
Kalit so’zlar
; kasbiy intilish, mehnat ishonchliligini ta’minlash, mehnat qobiliyati, suniy
intelekt, kasbiy faoliyat, ilmiy izlanish, AKT.
Abstract
: This article discusses the social process of a person's assimilation of a new working
situation by specialists, in which the person and the working environment actively interact and are
adaptive-adaptive systems. Professional adaptation is expressed in the acquisition of professional
skills and qualifications by a person to a certain extent, in the formation of certain professionally
necessary qualities in him, in the development of a stable positive attitude of the employee towards
his profession.
Keywords
; professional aspiration, ensuring labor reliability, labor ability, artificial
intelligence, professional activity, scientific research, ICT.
Аннотация
:
В
статье
рассматривается
адаптация
(
привыкание
)
специалистов
к
профессиональной
деятельности
–
это
социальный
процесс
освоения
индивидом
новой
трудовой
ситуации
,
в
котором
индивид
и
трудовая
среда
активно
влияют
друг
на
друга
и
являются
адаптивно
-
приспособительными
системами
.
Профессиональная
адаптация
выражается
в
приобретении
индивидом
в
определенной
степени
профессиональных
навыков
и
квалификации
,
формировании
определенных
профессионально
необходимых
качеств
,
развитии
устойчивого
положительного
отношения
работника
к
своей
профессии
.
Ключевые
слова
;
профессиональные
устремления
,
обеспечение
гарантий
занятости
,
трудоспособность
,
искусственный
интеллект
,
профессиональная
деятельность
,
научные
исследования
,
ИКТ
.
Kasb ahloqi umuminsoniy ahloq nazariyasining qoidalarini, tamoyillari va tushunchalarini,
afzalliklari va kamchiliklarini o‘zida mujassamlantiradi. Bundan tashqari, kasb ahloqi faqat shu soxa
kishilari uchun xos bo‘lgan ayrim odob, ahloq normalari va qoidalarini xam ichiga oladi. Ayrim
kasblar — o‘qituvchi, vrach, tijoratchi, xuquqshunos, artist, raxbar xodimlar uchun inson — mexnat
ob’ekti xisoblanadi. Bu kasblarda mexnat ob’ektining, shaxsning taqdiri ko‘p jixatdan shu kasb
egasining ahloqiy faoliyatiga bogliq. Bunday kasb egalaridan faoliyat ob’ekti bo‘lgan odamlar bilan
o‘zaro muomala-munosabatlarini tartibga soluvchi ahloqiy normalarga qat’iy amal qilish talab etiladi.
Bu esa shu kasb egalarining ahloqiy mas’uliyatini oshiradi. Muallimlik ana shunday kasblardan
bo‘lgani uchun o‘qituvchi odobi kasb ahloqining boshqa turlaridan farq qiladi, bu — pedagogik
faoliyatning ahloqiy xarakteri va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Talabalarga ta’lim berish jarayonida kasbiy ahloqiy me’yorlarini shakllantirish muhim vazifa
hisoblanadi. Ta’lim beruvchi pedagog avvalo o‘zi tarbiyalangan va ahloq-odob me’yorlarini
o‘zida shakllantirgan bo‘lishi va bu hislatlarni kelgusi avlodga yetkazib berishi joizdir. Pedagog
umuminsoniy va milliy- ahloqiy fazilatlarni o‘zlashtirib olishi, tajribada ko‘llashi, o‘zining
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
813
dunyoqarashi, mafkurasi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va xis etish,
turmushda sinab ko‘rish natijasida umuminsoniy va milliy-ahloqiy sifatlar, qoidalar, normalar
o‘qituvchining o‘z
ahloqiy fazilatiga,
e’tiqodiga
aylanadi.
Bular muallimning
dunyoqarashi, fikr
va
mulohazalari bilan qo‘shilib,
bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o‘rni va rolini belgilaydi.
Kasbiy faoliyatga moslashish (ko’nikish) – bu shaxsning yangi mehnat vaziyatini
o’zlashtirishining ijtimoiy jarayoni bo’lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga faol ta’sir
ko’rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi.
Inson ishga kirar ekan, muayyan mehnat tashkilotining kasbiy va ijtimoiy- psixologik
munosabatlari tizimiga faol kirishib ketadi, o’zi uchun yangi bo’lgan ijtimoiy vazifalarni, qadriyatlar
va normalarni o’zlashtirib oladi, o’zining alohida tutgan yo’lini tashkilot (mehnat jamoasi)ning
maqsad va vazifalari bilan moslashtiradi, bu bilan o’zining xulqini mazkur korxona yoki
muassasaning xizmat yo’l-yo’riqlariga bo’ysundiradi.
Biroq inson ishga kirishda avvaldan qaror topgan muayyan maqsadlar, qadriyatli muomala
yo’nalishiga ega bo’ladi, shularga muvofiq korxonaga bo’lgan o’z talablarini shakllantiradi, korxona
esa o’z maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, xodimga, uning xulq-atvoriga o’z talablarini qo’yadi.
Xodim o’z talablarini amalga oshira borib, o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadilar, bir-birlariga
moslashadilar, buning natijasida mehnatga moslashuv jarayoni amalga oshiriladi. SHunday qilib,
mehnatga moslashuv – shaxs va uning uchun yangi bo’lgan ijtimoiy muhit o’rtasidagi ikki tomonlama
jarayondir.
Psixologiya tarixidan ma’lumki, kasbiy deformatsiya masalasi o’tgan asrning 20-30-
yillaridanoq o’rganila boshlangan.
Bu borada kasbiy intilish, mehnat ishonchliligini ta’minlash, mehnat qobiliyatini oshirish
muammolari, shuningdek, kasbiy faoliyatdagi noqulay sharoit bilan bog’liq vaziyatlar tadqiq etilgan
ilmiy izlanishlarni ko’rish mumkin. Ammo
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
814
shaxsning professional deformatsiyasi masalalariga bir muncha kam e’tibor qaratilgan.
Holbuki, 1930 yillarda psixotexnik S.G.Gallershteynning yozishicha, kasbiy faoliyatning
mazmuni xodimlarning u yoki bu vazifani bajarishlari bilan emas, balki organizmni kasbning
ma’lum jihatlariga moslashishi bilan bog’liqdir. Ishchi xodim organizmi va tashqi ta’sirlar
o’rtasida to’xtovsiz o’zaro ta’sirlashuv sodir bo’ladi. SHu tufayli xodimning faqat tanasida emas,
balki psixikasida ham deformatsiya kuzatiladi. Deformatsiya tushunchasi, odatda, organizmga
ta’sir etuvchi va unda muhim xarakter xususiyatini hosil qiluvchi o’zgarish sifatida talqin qilinadi.
Ko’pgina tadqiqotchilar “Inson-inson”tipidagi kasblarda kasbiy deformatsiyaning paydo
bo’lishi va shakllanishini ta’kidlaydilar. Bu borada kasbiy intilish, mehnat ishonchliligini
ta’minlash, mehnat qobiliyatini oshirish muammolari, shuningdek, kasbiy faoliyatdagi noqulay
sharoit bilan bog’liq vaziyatlar tadqiq etilgan ilmiy izlanishlarni ko’rish mumkin. Ammo
shaxsning professional deformatsiyasi masalalariga bir muncha kam e’tibor qaratilgan. Holbuki,
1930 yillarda psixotexnik S.G.Gallershteynning yozishicha, kasbiy faoliyatning mazmuni
xodimlarning u yoki bu vazifani bajarishlari bilan emas, balki organizmni kasbning ma’lum
jihatlariga moslashishi bilan bog’liqdir. Ishchi xodim organizmi va tashqi ta’sirlar o’rtasida
to’xtovsiz o’zaro ta’sirlashuv sodir bo’ladi. SHu tufayli xodimning faqat tanasida emas, balki
psixikasida ham deformatsiya kuzatiladi. Deformatsiya tushunchasi, odatda, organizmga ta’sir
etuvchi va unda muhim xarakter xususiyatini hosil qiluvchi o’zgarish sifatida talqin qilinadi.
Ko’pgina tadqiqotchilar “Inson-inson”tipidagi kasblarda kasbiy deformatsiyaning paydo
bo’lishi va shakllanishini ta’kidlaydilar.
Insonning muayyan mehnat muhitiga moslashuvi uning real muomalasida, mehnat
faoliyatining aniq ko’rsatkichlarida: mehnat samaradorligida, ijtimoiy axborot va uning amalda
ruyobga chiqarilishida, faollikda namoyon bo’ladi. Mehnatga moslashish birlamchi bo’lishi
(xodimning mehnat muhitiga kirishida) va ikkilamchi (kasbni almashtirgan va almashtirmagan
holda ish o’rnini almashtirishida yoki muhitning jiddiy ravishda o’zgarishida) bo’lishi mumkin.
Ular murakkab tuzilishga ega bo’lib, kasbiy, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-tashkiliy, madaniy-
maishiy va psixofizik moslashuvdan iboratdir.
Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy ko’nikmalar va malakalarni muayyan darajada
egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur xislatlarning shakllanishida, xodimning o’z kasbiga
nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo’lishining rivojlanishida ifodalanadi. Kasb sohasidagi ish
bilan tanishuvida, kasb mahorati ko’nikmalarini, mahoratini egallashda, funktsional vazifalarni
sifatli bajarishida va mehnat sohasidagi ijodkorlikda namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-psixologik moslashuv mehnat tashkiloti (jamoasi) ning ijtimoiy- psixologik
xususiyatlarini o’zlashtirishda, unda qaror topgan o’zaro munosabatlar tizimiga kirishda, uning
a’zolari bilan o’zaro ijobiy hamjihat bo’lishda o’z ifodasini topadi.
Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv korxona (jamoa)ning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv tizimi va
ishlab chiqarish jarayoniga, xizmat ko’rsatish tizimini, mehnat va dam olish rejimini
o’zlashtirishni bildiradi.
Madaniy-maishiy moslashuv – bu mehnat tashkilotidagi turmush xususiyatlari va bo’sh
vaqtni o’tkazish an’analarini o’zlashtirishdir. Bu moslashuv xususiyati ishlab chiqarish madaniyati
darajasi, tashkilot a’zolarining umumiy rivojlanishi, ishdan bo’sh vaqtdan foydalanish
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Shaxsiy professionallik ko'p jihatdan qobiliyatlarni rivojlantirish va ularni boyitish
jarayonida va natijasida erishiladi. Bu erda biz, asosan, ma'lum bir faoliyatni o'zlashtirish va uni
yaxshilash muvaffaqiyatini belgilaydigan shaxsiy xususiyatlar sifatida murakkab va o'ziga xos
qobiliyatlar haqida gapiramiz. Shaxsning kasbiy mahoratining rivojlanishi murakkab va alohida
qobiliyatlarning iqtidor darajasiga intensiv rivojlanishi bilan bog'liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Бодалев
,
А
.
А
.
Восприятие
и
понимание
человека
человеком
[
Текст
]/
А
.
А
.
Бодалёв
.-
М
.:
Педагогика
, 2005.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
815
2.
Богатырев
,
А
.
Н
.
Учителю
технологии
(
трудового
обучения
)
о
со
-
временных
информационных
технологиях
[
Текст
] /
А
.
Н
.
Богатырев
,
А
.
В
.
Коптелов
,
Г
.
Н
.
Некрасова
. –
Киров
1998. – 114
с
.
3.
Кузьмина
,
Н
.
В
.
Педагогическое
мастерство
учителя
как
фактор
развития
способностей
учащихся
/
Н
.
В
.
Кузьмина
//
Вопросы
психологии
. – 1994. –
№
1. –
С
. 20-26.
4.
Маркова
,
А
.
К
.
Психология
профессионализма
/
А
.
К
.
Маркова
. –
М
. :
Междунар
.
гуманит
.
фонд
«
Знание
», 1996. – 308
с
.
