SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
801
INKLYUZIV TA'LIMGA JALB ETILGAN RIVOJLANISHIDA MUAMMOLARI
BO'LGAN BOLALARGA MATEMATIKANI O'QITISHNING VAZIFALARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika kafedrasi
o‘qituvchisi:
Mirzaeva Umida Inamovna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15367188
Tel:97-162-06-70
Annotatsiya:
Ushbu maqolada eshitishida muammolari bo'lgan bolalarga inklyuziv ta'lim
sharoitida matematikani samarali o'qitishning vazifalari va huquqiy aspektlari haqida ma'lumotlar
keltirildi.
Kalit so'zlar
: karlik, zaif eshituvchilik, ta'lim, dars, maqsad, vazifa, ta'lim muassasasi,
matematika.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aloxida ta'lim extiyojlari bo’lgan
bolalarga ta'lim berishga oid normativ- xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to'g'risida” qarori asosida
tasdiqlangan “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
davlat ta'lim muassasalari to'g'risidagi Nizomda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya
berish, nuqsonlarni korrektsiyalash va davo choralarini ko'rish, sog'lomlashtirish kabi vazifalarni
bajarishi belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan “Bola
huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi Qonunida “jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan
bola” va “nogiron bola” tushunchalariga ta'rif berilgan. Xujjatda: “Jismoniy va (yoki) ruhiy
rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bola – nogironlikni belgilash uchun yetarli bo'lmagan jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo'lgan bola”; “Nogiron bola – jismoniy, aqliy, sensor
(sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo'lganligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati
bilan ijtimoiy yordamga, himoyaga muhtoj hamda qonunda belgilangan tartibda nogiron deb topilgan
bola” kabi izohlar keltirilgan. Qonunga muvofiq nogiron bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam va bilim
olishga bo'lgan huquqlari kafolatlangan bo'lib, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi
asosida hamda ota-onalar xohish-istagiga ko'ra umumta'lim yoki ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasi
turini tanlash huquqiga ega.
Ta'lim muassasalarida o'quv fanlari samarali o'qitilib hamda o'quvchilarning nutqi yetarlicha
shakllangandan so'ng muayyan sinflarda, xususan, 5-sinfdan mazkur o'quvchilar umumta'lim
maktablarga jalb etilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarida korrektsion-pedagogik ishning asosiy maqsadi
ma'naviy yetuk va barkamol, intellektual rivojlangan, mehnat bozorida o'z imkoniyatlariga mos kasb-
hunar bilan shug'ullanuvchi shaxsni tarkib toptirishdan iborat. Biroq sanab o'tilgan
vazifalar bolalarda mavjud eshituv analizatorining jarohatlanganligi natijasida yuzaga kelgan
birlamchi va ikkilamchi kamchiliklarni bartaraf etishsiz amalga oshmaydi. Shu bois zamonaviy
maxsus ta'limning maqsadi va vazifalari ham umumta'lim maktablari oldiga qo'yilgan vazifalarni
to'liq ma'noda bajarishga hamda qo'shimcha korrektsion-kompensatsion yondashuvlarni maqsadli va
tizimli olib borishni ham ko'zlaydi. Bu ikki bir-biriga tutash, bog'liq vazifalar kar va zaif eshituvchi
bitiruvchilarni fanlardan zaruriy bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalarga ega hamda ma'lum
bir kasb-hunarning elementar uquvlari bilan
qurollangan tarzda mustaqil hayotga tayyorlashni ko'zda tutadi. Sanab o'tilgan vazifalar
O'zbekistonning ta'lim siyosatiga oid qator xujjatlarning alohida bandlarida aks etgani ham kar va
zaif eshituvchi bolalarning ta'limi, rivojlanishi davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan
ekanligidan dalolat beradi. Kar va zaif eshituvchi o'quvchilarga boshlang'ich sinflarda matematikani
samarali o'qitish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Kar va zaif eshituvchi o'quvchilarga
boshlang'ich sinflarda matematikani samarali o'qitish o'z mazmuni va metodik jihatlari bilan ilmiy
va amaliy ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Matematika eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
802
ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan o'quv rejada aniq fanlar blok-
moduli tarkibidagi fandir. Umumta'lim
maktablaridagi kabi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim
muassasasida matematika fanini o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda kundalik faoliyat uchun
zarur, boshqa o'quv fanlarini o'zlashtirish uchun hamda umumta'limdan keyingi ta'limni davom
ettirish uchun asos bo'luvchi fanga oid akademik bilim, ko'nikma, malakalar hamda
kompetentsiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Uzluksiz ta'limning har bir bo'g'inida
matematikaning o'rni va ahamiyati beqiyosligi qator ilmiy ishlar, madaniy meroslarda keltirilgan
fikrlardan ayondir. Zero, tez suratlarda rivojlanayotgan, axborotlashayotgan jamiyatda samarali va
qulay faoliyat yurita oladigan, vaziyatni tez tahlil qilib, mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni
shakllantirishda matematik bilimlar zarurdir. Umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida
matematika fanini o'qitishning ijtimoiy zarurat ekanligi pedagogik qarashlarda asoslab berilgan.
Ma'lumki, umumta'lim maktablarida o'qitiladigan fanlar orasida matematikaning alohida o'rin olishi,
yoshlarni kelajakda texnologiyalar zamoni uchun mos intellektual jihatdan kuchli etib tayyorlashning
muhimligini asoslaydi. Matematika kelajakda kutilayotgan nanotexnologiyalar uchun qanchalik
ko'prik bo'lsa, inson hayotidagi kundalik yumushlar uchun ham shunchalik hayotiy zaruratdir.
O'quvchilarning matematik rivojlanishi deganda, elementar matematik tasavvurlar va ular bilan
bog'liq mantiqiy operatsiyalarning shakllanishi natijasida shaxsning bilish faoliyatida sodir bo'ladigan
siljishlar va o'zgarishlarni tushunmoq kerak. Shu bois eshitishida muammolari bo'lgan bolalarga
matematikani samarali o'qitishning asosiy vazifalari:
- atrof borliqning fazo, vaqt, miqdor bilan bog'liq kattaliklarida yo'nalish topa bilishni
rivojlantirish;
- matematik rivojlanish asosini tashkil qilgan fazo va vaqt, to'plam, son, kattalik, shakl
to'g'risidagi tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirish;
- sanash, hisoblash, o'lchash, modellashtirishda ko'nikma va malakalarni shakllantirish va
rivojlantirish;
- umumiy o'quv malaklarini shakllantirish va rivojlantirish;
- matematikaga oid atamalarni o'zlashtirish;
- bilishga bo'lgan qiziqish va layoqatlarni, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, o'quvchilarning
umumiy intellektual rivojlanishini ta'minlash. Ushbu vazifalar sinf o'qituvchisi va defektologning
yonma-yon olib boradigan faoliyatida o'zaro uyg'unlashishi lozim. Shundagina sog'lom bolalar kabi
kar va zaif eshituvchi bolalar ham o'z tengdoshlari kabi o'quv fanlarini egallashda to'siqlarga
uchramaydilar. Inklyuziv ta'limda esa, to'siqlarsiz ta'lim muhitini yaratish muhim omildir.
Xulosa
Inklyuziv ta'lim sharoitida rivojlanishida muammolari bo'lgan bolalarga matematikani
o'qitish
maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Ushbu jarayonda asosiy vazifa – har bir bolaning
individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta'lim olish imkoniyatini ta'minlashdir. Matematikani
o'qitishda bolalarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olish, o'quv materiallarini
soddalashtirish va vizual hamda amaliy usullardan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, bunday bolalar bilan ishlashda differensial yondashuv, qo'llab-quvvatlovchi muhit
yaratish va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan metodlardan foydalanish
samaradorlikni oshiradi. O'qituvchilarning maxsus tayyorgarligi va oilalar bilan hamkorlik qilish
orqali inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirish mumkin. Shu bois, rivojlanishida muammolari
bo'lgan bolalar uchun matematik ta'lim nafaqat bilimsizlikni bartaraf etish, balki ularning ijtimoiy
integratsiyasiga ham xizmat qilishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.
Vigotskiy L.S. Voprosi detskoy psixologii. Sankt Peterburg. «Soyuz», 1999.-215 s.
2.
Goneev A.D. Osnovi korrektsionnoy pedagogiki. Moskva. «Akademiya», 1999.-280 s.
3.
Qodirova F.U. Uzluksiz ta'limda innovatsion metodik xizmatni tashkil etishning o'ziga xos
xususiyatlari. “Xalq ta'limi” jurnali, 2020 yil 5-son. 42-46-betlar.
