SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
745
SUN’IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
Abdurahimova Janona G‘ayratbek qizi
Andijon Davlat Pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi talabasi “Kreativ Teacher”
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15366553
to‘garagi a’zosi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sun‘iy intellektni pedagogik ta’limga integratsiya qilish
masalalariga bag‘ishlangan. Unda sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi roli, imkoniyatlari va
afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, integratsiya jarayonida duch kelinadigan muammolar,
jumladan, texnologiya moslashuv darajasi, etika va maxfiylik masalalari tahlil qilinadi.
Muammolalarni bartaraf etish uchun yechimlar, xususan, treninglar va ta’limni individuallashtirish
usullari taklif qilinadi. Maqola kelajakdagi istiqbollarni ko‘rsatib, sun’iy intellektning ta’lim sohasida
imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur choralalarni bayon qiladi
Kalit so‘zlari:
Sun’iy intellekt, integratsiya,virtual o‘qituvchilar, baholash tizimlarining
avtomatlashtirilishi, afzalliklari, muammo va yechimlar
Abstract:
This article is devoted to the issues of integrating artificial intelligence into
pedagogical education. It considers the role, opportunities and advantages of artificial intelligence in
the educational process. It also analyzes the problems encountered in the integration process,
including the level of technology adaptation, ethics and privacy issues. Solutions are proposed to
overcome the problems, in particular, training and methods of individualizing education. The article
shows future prospects and outlines the necessary measures to expand the capabilities of artificial
intelligence in the field of education
Keywords:
Artificial intelligence, integration, virtual teachers, automation of assessment
systems, advantages, problems and solutions
Аннотация
:
Статья
посвящена
вопросам
интеграции
искусственного
интеллекта
в
педагогическое
образование
.
В
статье
рассматриваются
роль
,
возможности
и
преимущества
искусственного
интеллекта
в
образовательном
процессе
.
В
нем
также
анализируются
проблемы
,
возникающие
в
процессе
интеграции
,
включая
уровень
адаптации
технологий
,
этические
аспекты
и
вопросы
конфиденциальности
.
Предлагаются
решения
проблем
,
в
частности
,
методы
обучения
и
индивидуализации
образования
.
В
статье
обозначены
дальнейшие
перспективы
и
обозначены
необходимые
меры
по
расширению
возможностей
искусственного
интеллекта
в
образовании
.
Ключевые
слова
:
Искусственный
интеллект
,
интеграция
,
виртуальные
учителя
,
автоматизация
систем
оценки
,
преимущества
,
проблемы
и
решения
.
Sun’iy intellekt haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo, sun’iy intellekt nima degan savol paydo
bo‘ladi? Hozirgi kunda hamma foydalanayotgan SI, ya’ni sun’iy intellekt tushunchasi haqida aytib
o‘tsak, sun’iy intellekt (SI inglizcha: artificial intelligence, AI) - inson intellektiga taqlid qilishga
qodir bo‘lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi. Bugungi kunda keng
qo‘llanib kelinayotgan sun’iy intellekt texnologiyalariga aqlli web-qidiruv tizimlari, tavsiya tizimlari,
tabiiy tilni tushunish , o‘zini- o‘zi boshqaradigan avtomobillarni misol qilish mumkin. Sun’iy
intellektga 1956- yil mustaqil fan sifatida asos solingan. Shu yilning yozida “Dartmouth” kollejida
o‘tgan anjumanda John Mc Carthy “sun’iy intellekt” atamasini birinchi marta ishlatgan va tarixga
mazkur atama muallifi sifatida kirgan.
Sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayonini samarali, individual va innovatsion qilish imkonini
beradi. Masalan, moslashtirilgan o‘quv dasturlari, virtual o‘qituvchilar va avtomatlashtirilgan
baholash tizimlari orqali ta’lim sifatini oshirish mumkin. Hamma narsaning afzalligi va kamchiligi
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
746
bo‘lgani kabi sun’iy intellektning ham mana shu tomonlarini ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Sun’iy intellekt qulay va oson bo‘lishi mumkin, lekin sun’iy intellekt sababli paydo
bo‘layotgan muammolar ham kam emas, ulardan ba’zilari texnologiyaga tayyorgarlik darajasining
past bo‘lishi, etika va maxfiylik masalalari, ta’lim jarayonida o‘qituvchining rolining cheklanib
qolishi va yana bir qancha sabablarni aytib o‘tish mumkin. Bunga yechim qilib, o‘qituvchilar va
talabalar uchun treninglar tashkil qilish, sun’iy intellektni pedagogik jarayonga moslashuvchan
usullar bilan integratsiya qilish, ta’limni individuallashtirish imkoniyatlaridan foydalanish kabi
fikrlarni keltirishimiz mumkin.
SI ta’lim jarayonining turli jihatlariga joriy etilishi bilan o‘qituvchilar va o‘quvchilarga keng
imkoniyatlar yaratmoqda, o‘quvchilarning qobiliyatlarini baholab, har bir o‘quvchining bilim
darajasiga mos ravishda individual yondashuvlarni taklif qiladi.
Sun’iy intellekt orqali ta’lim resurslarini yangilab borish, ular ustida doimiy ishlash imkoniyati
mavjud. Masalan o‘quvchi muayyan mavzuda topshiriq bajarayotganda tizim uni aniq vaqt davomida
tahlil qiladi, qo‘shimcha tavsiyalar beradi, izohlar yoki ko‘proq ma’lumotlar beradi. Bu esa
o‘quvchining ko‘proq bilim olishi, vaqtini mazmunli o‘tkazishi, olgan bilimlarini tahlil qila olish va
mustaqil ta’lim olish imkonini beradi.
Sun’iy intellektning o‘quvchilar uchun afzaliklari:
v
Ish hajmini kamaytirish: ma’muriy ishlarni avtomatlashtirish orqali o‘qituvchilarning yukini
kamaytiradi, ya’ni oldin o‘qituvchilar jurnallarni, dars ishlanmalarini va shunga o‘xshash ish
hujjatlarini qo‘lda yozar edilar hozir esa bularning barchasi “online” tarzda amalga oshirilmoqda, bu
albatta, qulay va oson.
v
O‘quvchilar bilan individual ishlash imkoniyati bunda har bir o‘quvchiga alohida
yondashish imkoniyatini yaratadi.
Innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llash bunda yangi texnologiyalar yordamida ta’lim
jarayonini yanada qiziqarli qiladi.
Sun’iy intallektning o‘quvchilar uchun afzalliklari:
v
Mustaqil ta’lim olish imkoniyati bunda o‘quvchilaristalgan vaqtda o‘zlariga mos bo‘lgan
tezlikda o‘qishlari mumkin.
v
Qiziqarli va interaktiv o‘qitish bunda sun’iy intellekt yordamida vizual va interaktiv
materiallar bilan o‘qish yanada qiziqarli bo‘ladi
v
O‘zlashtirish samaradorligi oshirish bunda esa sun’iy intellekt o‘quvchilarning kuchli va
zaif tomonlarini tahlil qilib, mos o‘qitish metodlarini tavsiya qiladi.
Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellektning pedagogik ta’limga integratsiyasi o‘quv jarayonini
individuallashtirish, interaktivlikni oshirish va o‘qituvchilarga yordam berish imkoniyatlarini taqdim
etadi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim sohasida muhim rol o‘ynamoqda. Ular
yordamida
ta’lim
jarayonini
soddalashtirish
va
ta’lim
sifatini
yanada
rivojlantirish
mumkin.Darhaqiqat, har bir narsaning yaxshi tomoni bo‘lgani kabi yomon tomoni ham bo‘ladi.Bu
bilan sun’iy intellektdan foydalanishni yomon demoqchi emasman, lekin hamma narsaning ham
me’yori yaxshi.Hozirgi kunda yoshlar ham aynan mana shu narsalarga bog‘lanib qilmoqda. Biror
narsa haqida ma’lumot kerak bo‘lsa biz albatta kitoblardan emas ,balki telefon orqali topamiz. Bu
qulkay va oson. Biz biror ma’lumotni internetdan foydalagan holda tez topamiz,lekin tez esimizdan
chiqadi, shuning uchun ham biz kitob o‘qishni unutib qo‘ymasligimiz kerak va asosiysi ijtimoiy
tarmoqlar va sun’iy intellektga bog‘lanib qolmasligimiz kerak. Shu boisdan, bugungi kundan boshlab
sun’iy intellektni har tomonlama o‘rganish va undan unumli foydalanish ta’lim ishtirokchilari uchun
dolzarb vazifadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Anderson.J, E. Rainie. L (2018). The Future of Artificial Intelligence in Educastion.
Cambridge University Press
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
747
2. Luckin. R (2017). Enhanking Learning and Teaching with Technology: What the Resaearch
Says. UCL Press
3. Nuritdino.SH Sun’iy intellekt va uning qo‘llanilishi. Toshkent:Innovatsiya, 2021
4. Akhmedov. B Sun’iy intellekt va uning ta’limdagi roli. Tashkent: Ta’lim, 2019
5. Internet manbalari
