SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
733
SHAKLLARNI TEKISLIKDA TASVIRLASHGA OID MASALALAR USTIDA
ISHLASH METODIKASI
Pozilova Odina Davronbek qizi
Andijjon Davlat Pedagogika instituti
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15366410
magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining geometriya haqida
boshlang’ich tasavvurlarini uyg’otish va buni qanday amalga oshirish haqida ma’lumot keltirib
o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Geometrik shakillar, nuqta, kesma, metod, to’g’ri chiziq, egri chiziq, perimeter,
yuza, paletka.
Methodology for working on problems related to depicting shapes on a plane
Abstract :
This article provides information on how to awaken elementary school students'
initial ideas about geometry and how to do it.
Key words:
Geometric shapes, point, intersection, method, straight line, curved line, perimeter,
surface, palett
Методика
работы
над
задачами
,
связанными
с
изображением
фигур
на
плоскости
.
Аннотация
:
В
данной
статье
дана
информация
о
том
,
как
пробудить
у
младших
школьников
первоначальные
представления
о
геометрии
и
как
это
сделать
.
Ключевые
слова
:
Геометрические
фигуры
,
точка
,
сечение
,
метод
,
прямая
,
кривая
,
периметр
,
поверхность
,
палитра
.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida geometrik shakllar muhim ahamiyat kasb etadi.
Geometrik materiallar ko’pchilik hollarda arifmetik va algebraic materiallar bilan uzviy bog’likda
o’rgatiladi. Undan tashqari hozirgi zamonda mavjud boshlang’ich ta’limning turli tizimlari ta’lim
maqsadining nimalarga ko’proq e’tibor berish degan masalada tubdan o’zgarishlar amalga
oshirilmoqda.Ta’limning rivojlantruvchi funksiyasi birinchi o’ringa chiqib bormoqda, bu narsa
kichik yoshdagi maktab o’quvchisining shaxs sifatida shakillanishini ta’minlaydi va uning shaxsiy
qobiliyatlarini ochilishini yuqori darajada ta’minlaydi. Bu bilan bog’liq holda kichik yoshdagi
o’quvchilarning umumiy ta’limda matematikani rivojlantruvchi va tarbiyalovchi ro’lini
kuchaytrishga keng yo’l ochilmoqda. So’ngi yillarda boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan
matematikaning qator yangi usullari taklif etildi, shu bilan bir qatorda geometric mazmun bilan
boyitilgan kurslar ham. Bu usullar ko’proq kichik yoshdagi o’quvchilarni rivojlanishi masalasini
yuqori darajada amalga oshiradi, ularni ko’proq mantiqiy tafakkurlarini rivojlanishiga, fazoviy
tasavvurlarini kengaytrishga ko’proq diqqat e’tiborini qaratadi. Bu usullar o’z navbatida
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hamda imkoniyatlarini to’liq hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. So’nggi yillarda matematika darsligida geometriya darslarining hajmi ortib bormoqda.
Tabiiyki boshlang’ich sinf o’qituvchilarida geometric shakllarni qanday va qaysi metodlar orqali
o’rgatsak samarali bo’ladi degan savol tug’iladi.
Mavzu bo’yicha talabalarning bilim va ko’nikmalariga o’qituvchilar:
-Boshlang’ich sinf matematika darsligiga kiritilgan geometriya masalalarinini tartibini bilishi;
- Geometrik materiallar bilan tanishishga hizmat qiluvchi arifmetik masalalarni;
-Geometrik tasavvurlarni shakillantrish metodlari va usullarini;
- O’quvchilar tomonidan yechiladigan geometrik maslalarni o’zlashtrishga qulay bo’lgan
mashqlarni tanlash;
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
734
-Geometrik materiallarni o’rganish jarayonida foydalaniladigan ko’rgazmalarni va didaktik
o’yinlarni;
-Geometrik mazmundagi masalalarning o’zlashtrilish darajasini tekshirishning turlicha
ko’rinishlari, shakli va usullarini bilishi kerak. Shuningdek har bir o’qituvchi-o’qitish davomida
geometric elementlar bo’lgan arifmetik amalllarning o’zaro aloqasini tadbiq etilishini bilish.
- Geometrik tasavvurlarni shakillantrish metod va usullarini maqsad sari yo’naltrib, qollay
olishni;
- geometric elementlarga boy bo’lgan mashqlarni tanlay bilish va maqsad sari yo’naltrish,
qo’llay olishi;
- Geometrik misollarni o’rganishga xizmat qiluvchi ko’rgazmalli qo’llanmalar va didaktik
o’yinlardan foydalana olishi;
- Geometriya elementlarini o’zlashtrilganligini tekshirishning turlicha ko’rinishlarini , shakl va
usullarini qo’llay olishi;
- Tekshiruv maqsadiga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni tuza olishi kerak.
Geometrik materiallar boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga
kiritilmaydi chunki, o’quv jarayonida feometriya elementalirini o’rganish bilan bevosita bog’liq
holda olib boriladi. Geametrik mazmundagi masalalarni hisob-kitobga o’rgatish davomida geometric
figurlardan, didaktik material sifatida foydalanish-bularning barchasi o’quvchilarning geometric
tasavvurlarini mustahkamlashga imkon beradi.” 10 gacha bo’lgan raqamlarni raqamlash “ mavzusini
o’rganishda bolalar nuqta va kesmalar bilan tanishadilar, ulardagi uchburchak, to’rtburchak,
beshburchaklar va boshqa burchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi. “ 100 raqamigacha bo’lgan
sonlarni qo’shish va ayrish” mavzusini o’rganishda esa to’g’ri burchak, to’g’riburchakli to’rtburchak,
kvadratlar ko’pburchaklarning bir ko’rinishi sifatida o’rganiladi. Geometrik mazmundagi masalalar
sinflar kesimida quyidagicha o’rgatiladi.
1-sinf
Doira, kvadrat, baland, past, ko’pburchak, uchburchak, o’ng, chap, o’rta uzunlik, keng, qalin,
uzoq,yaqin, shaklni sanash, shakl yasash, had soni, chizish asboblari, shakl nomi, qiziqarli shaklllar.
Nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq, kesma, siniq chiziq sm, o’lchash, taqqoslash, masala, chizish,
dm.
2-sinf
To’g’ri burchak, to’g’ri to’rtburchak, shakl nomi, shakl yasash, kesmani o’lchash, shakl
ajratish, to’g’ri bo’lmagan burchaklar, kvadrat, shakllarni taqqoslash, chizish, siniq chiziq,kub
rasmini sanash, millimeter, kesmani harf bilan belgilash va yozish, uzunlik miqdorlarni taqqoslash,
geometric mazmunli masalalar, mantiqiy shakl tuzish, doira, paletkada yuzani o’lchash, to’g’ri
to’rtburchak yuzasini o’lchash, vertikal, gorizantal, og’ma so’zlari ko’zda chamalash.
3-sinf
Shakl nomi, figuralarni ajratish, o’lchash, perimeter,harf bilan belgilash, kilometr, siniq chiziq,
uzunlik jadvali, burchak, yuzani toppish, yuzani taqqoslash, geometric mazmunli masala, doira
radiusi, ko’zda chamalash.
4-sinf
Chizish, chizma nomi, belgilash, perimeter, shakl yasash, geometric masala, shakl ajratish,
birliklarni almashtrish, yuzani toppish, yuzani taqqoslash, Paletka qoidasi, to’g’ri to’rtburchak
yuzasini toppish usuli, yuza birliklari jadvali, xarita tuzish, mashtab, hajm, kub-sm, dm-kub.
Endi o’qituvchidan pedagogik mahoratni, texnikani talab qiladi. Chunki, o’qituvchi matematika
darsligini o’qitishning ilk kunlaridanoq geometriyani o’quvchilarga o’rgatishni boshlaydi.
O’qituvchilar bunda turli xil tabiat predmetlari yoki geometric shakllar modellari bilan ish ko’rib,
mashqlarni bajarib, shakllarning muhim va muhim bo’lmagan umumiy belgilarini aniqlaydi.
O’quvchilar dastlab, nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq kesma, siniq chiziq tushunchalari haqida aniq
tasavvurlarni anglatish kerak. Bu tushunchalar geometriya darligining ta’riflanmaydigan
tushunchalaridan bo’lganligi uchun
“ Nuqta deb nimaga aytiladi”, “ To’g’ri chiziq deb nimaga
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
735
aytiladi”
degan savollar ma’noga ega emas va o’qituchi bunday savol bermasligi kerak. Endi dstlabki
geometrik tushunchalar va shakllarni qanday tushuntrish haqida o’zimning va tajribali ustozlarimdan
o’rgangan metodlarni ko’rib chiqamiz. Birinchi nuqtaga ta’rif beramiz qalam uchini qog’ozdagi izi,
bo’rning doskadagi izi, nuqta haqida tasavvur beradi. O’quvchilarda to’g’ri chiziq haqida tasavvurni
uyg’otish xar hil bo’lishi mumkin. Masalan, bo’r surtilgan bo’rni tarrang qilib tortib turib qo’yib
yuborilsa, doskada to’g’ri chiziqning izi qoladi va uni har ikkala tomonga davom ettirsa bo’ladi,
ikkinchi usuli chizg’ich yordamida ham to’g’ri chiziq hosil qilish mumkin. Qog’oz varog’ini buklash
yoli bilan to’gri chiziq hosil bo’ladi. Bunda bolalar diqqatini shu faktga qaratish muhimki, qog’oz
varog’ini har xil yo’nalishda bukilganda ham natija, bari bir xol bo’ladi, yani to’g’ri chiziq hosil
bo’ladi. Doskada ham to’g’ri chiziqni yo’nalishini o’zgartrish, ya’ni uni garizantal, vertikal va qiya
holda chizish ham muhim. Bolalarga to’g’ri chiziq bilan tanishtrish bilan bir vaqtda egri chiziq bilan
ham tanishtirib borilishi kerak. Masalan tarang tortilgan ip doskada to’g’ri chiziq izini qoldirgan
bo’lsa, endi shu ipni bo’shatib sal qiya holga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq tasavvurini beradi.
O’quvchilarga perimeter, yuza tushunchalarini to’g’ri va aniq, tushunarli qilib o’rgatish yo’lini
turli kitoblar va ustozlarimning metodlari orqali shuni anglab yetdimki, barcha geometrik shakllarni
o’rgatishda ko’rgazmalilik birinchi o’rinda turar ekan. Shuning uchun perimeter bilan yuzani
o’quvchilar farqlab olishlari uchun geometrik shakllarning maketini o’qituvchi o’zi uchun yasashi
yoki yasattirib olishi kerak, chunki o’qituvchiga butun ish faoliyati davomida bu ko’rgazmali qurol
juda ham asqotadi. Yana bizga qum yoki maydalanga tuproq kerak bo’ladi. Partani ustiga tuproq yoki
qumni to’kib yasalgan geometric shaklimizni botirib olamiz. Shu tuproqqa botirib olgan qo’limizdagi
shakl geometric figuraning yuzasi hisoblanadi va tuproq yoki qumda qolgan shakl perimeter boladi
deb tushuntirsak bo’ladi. Chunki yuzani ham perimetrni ham o’zining balandligi va eni bor va shuni
o’quvchi anglab yetish kerak. Bundan tashqari rivojlangan davlatlarda AI ya’ni sun’iy intelekt
maktablarda va institutlarda keng foydalanilmoqda bu ham o’z navbatida o’quvchilarni har bir fanni
chuqur egallashlari uchun katta yordam beradi.
O’quvchilarni soda geometric figuralar bilan tanishtrish va tasavvur qila olishi, ularni nomlari,
katakli qog’ozga soda yasashlarni o’rganib olishlati kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq
chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday
figuraning yuzasini (paletka yordamida) toppish malakasini egallab olishi kerak. Kichik maktab
yoshidagi o’quvchilarga matematikani o’rgatish jarayonida hal etilafogan ko’p masalalar ichida
o’quvchilarning fazoviy tafakkur va tasavvurlarini rivojlantrish katta ahmiyatga ega hisoblanadi. Shu
narsa aniqki avvalgi mavjud dastur va metodikaga qaraganda hozirgi zamon boshlang’ich maktabi
juda ham ilgarilab ketgan. Boshlang’ich sinflarda matematikani o’rganish davomida geometric
materialllarning talab va imkoniyat darajasida arifmetik material bilan bog’langan. Masalan yuz
haqida boshlang’ich tushunchalarni shakillantrish bo’yicha tayyorgarlik jarayoni 1-2 sinflarda
boshlanadi. Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo’yash, mehnat darslarida
qog’ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish tekislikni yopiq chiziq bilan
chegaralash ham o’z navbatida soda geoterik shakllarni o’rganishga yordam beradi. Geometrik sanoq
materialidan foydalanib, bolalar bir biridab juda farq qiladigan va mutlaqqo bir xil bo’lgan figuralarni
bemalol ajrata olishadi. Xulosa qilib aytganda o’qituvchida o’zining pedagogik texnikasi bolishi va
yaxshi rivojlangan bo’lishi, kreativligi, shuningdek, ilg’or pedagogik texnalogiyalardan foydalana
olishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
REFERENCES:
1.
Xayrullayeva M. Farobiy ruhiy professorlar va ta’lim tarbiya to’g’risida- T.:
O’qituvchi, 2002-yil. 79-bet.
2.
M.E Jumayev “Matematika o’qitish metodikasi” Toshkent 2004 o’qituvchi
3.
Habibullayev R.A o’quvchilarning matematik tafakkurini shakllantrish Toshkent:
O’qituvchi, 2010, 247-bet.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
736
4. M Ahmedov, n Abdurahmonova, M Jumayev 1- sinf uchun matematika darsligi Toshkent “
Yngi yo’l paligraf servis”-2018.
