Mualliflar

  • Xayotbek Bazarov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110720

Kalit so‘zlar:

kasbiy ident musiqa o‘qituvchilari milliy madaniyat zamonaviy texnologiyalar pedagogik yondashuvlar ijodkorlik integratsiya innovatsion yondashuvlar

Annotasiya

mazkur maqolada bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarida kasbiy identni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari. Kasbiy ident tushunchasi, uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati, o‘qituvchi shaxsining shakllanishida zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning o‘rni tahlil qilingan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

321

Bazarov Xayotbek Ne’matovich

Andijon davlat universiteti

Musiqa ta’lim yo‘nalishi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya.

mazkur maqolada bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarida kasbiy identni rivojlantirishning

pedagogik imkoniyatlari. Kasbiy ident tushunchasi, uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati, o‘qituvchi

shaxsining shakllanishida zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning o‘rni tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

kasbiy ident, musiqa o‘qituvchilari, milliy madaniyat, zamonaviy texnologiyalar,

pedagogik yondashuvlar, ijodkorlik, integratsiya, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar.

Аннотация:

В статье анализируются педагогические возможности формирования

профессиональной идентичности будущих учителей музыки. Анализируется понятие

профессиональной идентичности, ее значение в педагогической деятельности, роль современных

технологий и инновационных подходов в формировании личности учителя.

Ключевые слова:

профессиональная идентичность, учителя музыки, национальная культура,

современные технологии, педагогические подходы, творчество, интеграция, современные

технологии, инновационные подходы.

Abstract:

This article analyzes the pedagogical possibilities of developing professional identity in

future music teachers. The concept of professional identity, its importance in pedagogical activity, and the

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

TALABALARDA KASBIY IDENTINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK

IMKONIYATLARI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5

Published: 31.05.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

32

2

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

role of modern technologies and innovative approaches in the formation of the teacher's personality are

analyzed.

Keywords:

professional identity, music teachers, national culture, modern technologies, pedagogical

approaches, creativity, integration, modern technologies, innovative approaches.

Language:

Uzbek

Citation:

Bazarov , X. (2025). PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING

PROFESSIONAL IDENTITY IN STUDENTS. Universal International Scientific Journal, 2(5), 321–325.

Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2716

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed

under the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0). http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim

tizimi milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va
o‘ziga

xos

pedagogik

yondashuvlarni

shakllantirish orqali xalqaro tajriba bilan
uyg‘unlashgan holda rivojlanmoqda. Shu
sababli, musiqa o‘qituvchilarining kasbiy
tayyorgarligi faqatgina bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishni emas, balki ularning ijtimoiy va
shaxsiy mas’uliyatlarini shakllantirishni ham
o‘z ichiga oladi. Mazkur tadqiqot ishida
bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarida kasbiy
identni

rivojlantirishning

ijtimoiy

va

pedagogik

zaruratlari

tahlil

qilinadi.

Shuningdek, milliy ta’lim tizimida bu
jarayonni

amalga

oshirishning

samarali

usullari va xorijiy tajribalari ham o‘rganiladi.
Bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarida kasbiy
identni rivojlantirish uchun zarur ijtimoiy va
pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash va
ularning milliy madaniyatni rivojlantirishdagi
o‘rnini yoritishdir. Shu orqali musiqa ta’limi
tizimida ijodiy va professional o‘qituvchilarni
tayyorlashga hissa qo‘shishdir.

Kasbiy ident — bu shaxsning o‘zini

kasbiy faoliyat orqali anglash va o‘z
qobiliyatlarini jamiyatga namoyon etish
jarayonidir. Ushbu tushuncha shaxsning
ijtimoiy va kasbiy rivojlanishini ifodalaydi

hamda uning jamiyatdagi ijtimoiy o‘rnini
belgilaydi. Kasbiy ident jarayonida shaxs o‘z
kasbiy

maqsadlarini

anglaydi,

o‘ziga

xosliklarini rivojlantiradi va tanlagan kasbiy
yo‘nalishiga

bo‘lgan

munosabatini

shakllantiradi.

Kasbiy identning mohiyati shaxsning

o‘zini jamiyatning muayyan sohasida foydali
deb his qilishida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon,
ayniqsa, pedagogik faoliyat sohasida dolzarb
ahamiyat kasb etadi, chunki o‘qituvchi nafaqat
o‘z kasbiy bilimlarini, balki shaxsiy
xususiyatlarini ham ta’lim jarayonida ifoda
etadi.

O‘rinova,

S.

Sh

“Musiqa

o‘qituvchilarining

kasbiy-pedagogik

mahoratini va uning bir tarmog‘i sanaladigan
kasbiy kompetensiyasini oshirish ahamiyati
haqida so‘z boradi”.

Demak

bugungi

musiqa

o‘qituvchilarining

kasbiy-pedagogik

mahoratini oshirish zarur. Bu, o‘z navbatida,
ularning kasbiy identini shakllantirish va
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Kasbiy kompetensiya o‘qituvchining o‘z
faoliyatida

samarali

ishlash

qobiliyatini

belgilaydi va ta'lim jarayonining sifatini
oshiradi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

32

3

O‘rinova, S. Sh. “Kompetensiyaviy

yondashuv o‘qituvchilarning kasbiy identini
shakllantirishda asosiy omil bo‘lib, ularning
bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda
qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi”. Bo‘lajak
musiqa

o‘qituvchilarining

pedagogik

faoliyatga

tayyorgarligi

jarayonida

kompetensiyaviy yondashuv jihatlari bayon
etgan.

Bo‘lajak

musiqa

o‘qituvchilarini

tayyorlash

jarayonida

kompetensiyaviy

yondashuvning

ahamiyatini

ta’kidlaydi.

Kompetensiyaviy

yondashuv

o‘qituvchilarning

kasbiy

identini

shakllantirishda asosiy omil bo‘lib, ularning
bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda
qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi.

Primov, R. T “Kasbiy kompetensiya

o‘qituvchining o‘z faoliyatida samarali ishlash
qobiliyatini belgilaydi va ta’lim jarayonining
sifatini oshiradi”. musiqa o‘qituvchilarining
kasbiy-pedagogik

mahoratini

oshirish

zarurligini ta’kidlaydi. Bu, o‘z navbatida,
ularning kasbiy identini shakllantirish va
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekistonda

mustaqillikka

erishgandan so‘ng ta’lim sohasida milliy
qadriyatlarni rivojlantirish asosiy maqsadlarga
aylandi. Milliy musiqa madaniyati va uning
ta’lim

jarayonidagi

o‘rni

jamiyatning

ma’naviy

rivojlanishi

uchun

muhim

ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan musiqa
o‘qituvchilarining kasbiy identi ularning
quyidagi faoliyatlarida aks etadi:

• Milliy

qadriyatlarni

asrash:

O‘quvchilarga milliy musiqa an’analarini
o‘rgatish va uni yangi avlodga yetkazish.

• Ijodiy jarayonni rag‘batlantirish:

Talabalarni ijodiy fikrlashga, yangi musiqa
asarlarini yaratishga undash.

• Musiqa madaniyatini targ‘ib qilish:

Jamiyatda milliy musiqa madaniyatining
ahamiyatini oshirish.

Bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarida kasbiy

identni rivojlantirishning ijtimoiy zaruriyati
milliy madaniyatni saqlash, ta'lim sifatini
oshirish va jamiyat talablariga javob beradigan
ijodkor shaxslarni tayyorlash bilan uzviy
bog‘liqdir. Bu jarayon nafaqat o‘qituvchining
shaxsiy rivojlanishini, balki milliy va global
musiqiy merosni boyitish orqali jamiyatning
madaniy rivojlanishini ham ta'minlaydi.

Pedagogik yondashuvlarning o‘rni -

bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarida kasbiy
identni shakllantirish va rivojlantirishda
pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyatga
ega. Ular orqali o‘qituvchilar o‘z faoliyatini
zamonaviy talablarga moslashtiradi, shaxsiy
va professional rivojlanishni ta’minlaydi va
talabalarning ijodiy imkoniyatlarini ochib
berishga

xizmat

qiladi.

Quyida

bu

yondashuvlarning asosiy yo‘nalishlari va ular
natijalari batafsil bayon etiladi. Bo‘lg‘usi
musiqa o‘qituvchilarining kasbiy identini
shakllantirish

uchun

ularda

quyidagi

ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim:

• Tanqidiy

fikrlash:

Musiqa

o‘qituvchilarining o‘z ishini tahlil qilish va
yaxshilash qobiliyatini oshiradi. Tanqidiy
fikrlash ularga o‘zlarini professional jihatdan
baholash, dars jarayonidagi kamchiliklarni
aniqlash va takomillashtirish imkonini beradi.

• Ijodiy

yondashuv:

Musiqa

o‘qituvchilari nafaqat mavjud metod va
texnologiyalardan foydalanishi, balki yangi
yondashuvlarni ishlab chiqishi lozim. Bu
ularga darslarni yanada qiziqarli va samarali
tashkil qilishda yordam beradi. Masalan,
o‘quvchilarni

mumtoz

musiqa

bilan

zamonaviy

musiqiy

yo‘nalishlarni

uyg‘unlashtirish orqali qiziqtirish mumkin.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

321

• O‘z-o‘zini

baholash:

Musiqa

o‘qituvchilarida o‘zining pedagogik va ijodiy
yutuqlarini ob’ektiv baholash ko‘nikmasi
shakllantiriladi. Bu ularga kasbiy faoliyatini
rejalashtirish va rivojlantirishga yordam
beradi.

Amaliy

mashg‘ulotlar

orqali

o‘qituvchilar o‘z kasbiy qobiliyatlarini
oshiradi va real muhitda o‘z mahoratini
sinovdan o‘tkazadi:

• Professional muhitni yaratish: Musiqa

o‘qituvchilari

amaliy

mashg‘ulotlarda

birgalikda ishlash, ansambllarda qatnashish
yoki talabalar bilan hamkorlikda musiqiy
loyihalar tashkil etish orqali professional
muhitni shakllantiradi. Bunday muhit o‘zaro
tajriba almashish va kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

• Ijtimoiy hamkorlik: Mashg‘ulotlarda

talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ijtimoiy
hamkorlikni

rivojlantirish

musiqa

o‘qituvchilarining

kommunikativ

ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Bu
ularga jamiyat ehtiyojlariga mos pedagogik
faoliyat olib borishda yordam beradi.

• Loyiha

asosida

o‘rganish:

O‘quvchilarni musiqiy loyihalarga jalb qilish,
masalan, mahalliy musiqiy merosni tadqiq
qilish yoki konsert dasturlarini tayyorlash,
talabalarning nazariy bilimlarini amaliy
faoliyat bilan birlashtirishga imkon beradi.

Bugungi kungacha bir qanacha xorij

olimlar

tomonidan

kasbiy

indenti

rivojlantirishni ijtimoiy pedagogic zaruriyati
o’rganilagan va taxlil qilingan.

Lev Semyonovich Vygotskiy “Ta'lim -

bu ijtimoiy jarayon. Inson rivojlanishi
boshqalar va atrof-muhit bilan o'zaro ta'sir
orqali sodir bo'ladi”. Vygotskiy ta'lim
jarayonida ijtimoiy muloqot va hamkorlikning
muhimligini ta'kidlaydi. Uning fikricha,
shaxsning

rivojlanishi

va

kasbiy

identifikatsiyasi

jamiyatdagi

ijtimoiy

munosabatlar orqali shakllanadi. Kasbiy
faoliyatda

ham

talabalar

real

hayotiy

vaziyatlarga duch kelib, ularni hal qilish
jarayonida

boshqa

mutaxassislar

bilan

muloqot

va

hamkorlikda

o'z

kasbiy

qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

Erik Erikson “Shaxsiyat shakllanishi

butun umr davom etadigan jarayon, ammo
o'smirlik davri o'zini anglash va kasbiy
yo'nalishni rivojlantirish uchun hal qiluvchi
davrdir”. Eriksonning nazariyasiga ko'ra,
yoshlik davri shaxsning o'zligini anglash va
kasbiy yo'nalishini aniqlash uchun juda muhim
davrdir. Bu davrda talaba o'z qobiliyatlarini
sinab ko'radi, maqsadlarini belgilaydi va
kasbiy faoliyatda o'z o'rnini topishga intiladi.
Agar talaba o'z yo'nalishini aniq belgilab
olmasa, kelgusida kasbiy motivatsiya va
qoniqish yetishmasligi mumkin.

Donald Super “Kasbiy rivojlanish - bu

shaxsiy qobiliyatlar, qiziqishlar va hayotiy
sharoitlarning

o'zaro

ta'siri

natijasida

shakllanadigan uzluksiz, butun umr davom
etadigan jarayondir”. Super shaxsning kasbiy
rivojlanishi

dinamik

jarayon

ekanligini

ta'kidlaydi.

Unga

ko'ra,

talaba

o'z

imkoniyatlari va qiziqishlariga mos ravishda
kasb tanlashi lozim. Shaxs o'z hayoti
davomida

turli

bosqichlarda

kasbiy

maqsadlarini

qayta

ko'rib

chiqadi

va

sharoitlarga moslashadi. Shu sababli, ta'lim
jarayonida talabaga tanqidiy va ijodiy fikrlash
ko'nikmalarini singdirish muhim hisoblanadi.

John

Dewey

“Ta'lim

hayotga

tayyorgarlik emas; ta'limning o'zi hayotdir”.
Dewey ta'lim jarayonini real hayotdan ajratib
bo'lmasligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, ta'lim
nazariya va amaliyotning uyg'unligi orqali
samarali bo'ladi. Kasbiy identifikatsiya ham
faqat o'quv jarayonida emas, balki hayotiy
tajribalarda, amaliy mashg'ulotlar va real


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

32

4

muhitdagi faoliyat orqali rivojlanadi. Bu
yondashuv talabaning o'zini to'liq kasbiy shaxs
sifatida shakllantirishiga yordam beradi.

Albert Bandura “O'ziga ishonch - bu

shaxsning kelajakdagi vaziyatlarni boshqarish
uchun zarur bo'lgan harakatlarni tashkil etish
va amalga oshirish qobiliyatiga bo'lgan
ishonchidir”. Bandura o'ziga ishonchning
(self-efficacy)

shaxsiy

va

kasbiy

muvaffaqiyatdagi

ahamiyatini

ta'kidlaydi.

Agar talaba o'z qobiliyatlariga ishonmasa,
murakkab vazifalar oldida chekinishi yoki
muvaffaqiyatsizlikdan

qo'rqishi

mumkin.

Shuning uchun, ta'lim jarayonida talabalarga
o'z qobiliyatlarini sinab ko'rish va o'z ustida
ishlash imkoniyatlarini yaratish zarur. Bu
ularga kasbiy mas'uliyat va muvaffaqiyatga
erishish uchun zarur bo'lgan ishonchni
rivojlantiradi.

Makiguchi Tsunesaburo “Ta'limning

asosiy maqsadi - shaxsning baxt-saodatini
ta'minlashdir. Bu esa uning jamiyatdagi o'rni
va kasbiy faoliyatida o'z aksini topadi”. Yapon
pedagogi

Makiguchi

ta'limning

bosh

maqsadini

shaxsning

baxt-saodati

bilan

bog'laydi. Uning fikricha, ta'lim jarayoni
talabaning jamiyatdagi o'rni va kasbiy
faoliyatida namoyon bo'lishi kerak. Bu
yondashuv

kasbiy

identifikatsiyani

shakllantirishda ta'limning insoniy va ijtimoiy
jihatlariga e'tibor qaratishni talab etadi.

Paulo Freire “Ta'lim - bu ozodlik

amaliyotidir, u orqali insonlar o'z haqiqatlarini
kashf etadilar va o'z dunyosini o'zgartiradilar”.
Braziliyalik pedagog Freire ta'limni ozodlikka
erishish vositasi sifatida ko'radi. Uning

nazarida, ta'lim jarayoni talabalarga o'z
haqiqatlarini

kashf

etish

va

jamiyatni

o'zgartirish imkonini beradi. Bu yondashuv
kasbiy identifikatsiyada talabaning faolligi va
tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga urg'u
beradi.

Sugata Mitra “Bolalarga o'rganish uchun

erkinlik bering, ular o'zlari bilmagan narsalarni
ham o'rganadilar”. Hindistonlik ta'lim
tadqiqotchisi Mitra ta'limda erkinlik va
mustaqil

o'rganishning

ahamiyatini

ta'kidlaydi. Uning fikricha, talabalarga o'z-
o'zini o'rganish imkoniyatini berish orqali ular
yangi

bilimlarni

mustaqil

ravishda

egallaydilar.

Bu

yondashuv

kasbiy

identifikatsiyada

talabaning

o'zini

rivojlantirish va mustaqil qaror qabul qilish
qobiliyatini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda bo‘lg‘usi musiqa

o‘qituvchilarining kasbiy identi rivojlanishi
nafaqat ularning shaxsiy o‘sishi, balki milliy
musiqa ta’limining sifatini oshirishga, yosh
avlodning madaniy va ma’naviy tarbiyasini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek,
ushbu jarayon milliy musiqa madaniyatini
jahon miqyosida targ‘ib qilish, ijodiy
salohiyatni rivojlantirish va musiqa ta’limini
innovatsion yondashuvlar bilan boyitishga
imkon beradi. Shu sababli, kasbiy identni
rivojlantirish

ta’lim

tizimining

barcha

darajalarida ustuvor yo‘nalish bo‘lishi va
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarur.
Faqat shunda biz madaniy boyliklarni asrab-
avaylash va ularni yangi avlodga etkazish
orqali madaniy taraqqiyotga erisha olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.

Kolb, D. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and

Development. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.

2.

Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan.

3.

Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological

Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.

4.

Elliot, D. (1995). Music Matters: A New Philosophy of Music Education. New York: Oxford


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

32

5

University Press.

5.

Назаров, Х. (2018). Ўзбекистонда миллий мусиқа таълими тизими ва унинг

ривожланиши. Тошкент: Ўқитувчи.

6.

Каримов, Ш. (2020). Таълимда инновацион технологиялардан фойдаланишнинг

самарали усуллари.Тошкент: Илм-зиё.

Bibliografik manbalar

Kolb, D. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.

Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan.

Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.

Elliot, D. (1995). Music Matters: A New Philosophy of Music Education. New York: Oxford University Press.

Назаров, Х. (2018). Ўзбекистонда миллий мусиқа таълими тизими ва унинг ривожланиши. Тошкент: Ўқитувчи.

Каримов, Ш. (2020). Таълимда инновацион технологиялардан фойдаланишнинг самарали усуллари.Тошкент: Илм-зиё.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари