CLASSIFICATION OF UZBEKISTAN FOLK SONGS

Abstract

Uzbeks are famous for being very organized and creative people in holding wedding ceremonies, parties, walks, and various holidays. A people who have replaced rest and relaxation with leisure. The musical heritage of the Uzbek people, dating back to ancient times, continues to resonate in our days with its folk songs, diverse genres, and rich visual means. The songs also reflect such qualities as eloquence, resourcefulness, and perseverance characteristic of the people

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
321-326
6

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bazarov , X. (2025). CLASSIFICATION OF UZBEKISTAN FOLK SONGS. Universal International Scientific Journal, 2(4), 321–326. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universaljurnal/article/view/111228
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Uzbeks are famous for being very organized and creative people in holding wedding ceremonies, parties, walks, and various holidays. A people who have replaced rest and relaxation with leisure. The musical heritage of the Uzbek people, dating back to ancient times, continues to resonate in our days with its folk songs, diverse genres, and rich visual means. The songs also reflect such qualities as eloquence, resourcefulness, and perseverance characteristic of the people


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

321

Universaljurnal.uz

Bazarov Xayotbek Ne’matovich

Andijon davlat universiteti

Musiqa ta’lim yo‘nalishi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya.

О’zbeklar tо’y marosimlarini, gap-gashtaklarni, sayillarni, turli bayramlarni

o’tkazishda o’ta tashkilotchi va ijodkor xalq sifatida shuhrat topgan. Dam olish, hordiq chiqarishni о’rniga

qo’ygan xalq. O’zbek xalqining qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, xalq

qo’shiqlari, xilma-xil janrlari hamda boy tasviriy vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda.

Qo’shiqlarda xalqqa xos bo’lgan chechanlik, chapanilik, topqirlik, qaytmaslik kabi sifatlar ham aks etadi.

Kalit so‘zlar:

Qo’shiq, ashula, to’y va motam qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari, marosim qo‟shiqlari,

allalar, termalar, lirik qо’shiqlar, bolalar folklori qo’shiqlari, o’lan, lapar, xalq og’zaki ijodi.

Аннотация:

Узбеки славятся тем, что они очень организованный и творческий народ в

проведении свадебных церемоний, вечеринок, прогулок и различных праздников. Народ, который

заменил отдых и расслабление досугом. Музыкальное наследие узбекского народа, восходящее к

древним временам, продолжает звучать и в наши дни своими народными песнями, разнообразными

жанрами и богатыми изобразительными средствами. В песнях также отражены такие качества, как

красноречие, находчивость и упорство, свойственные народу.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

O’ZBEK XALQ QO’SHIQLARI TASNIFI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 30.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

32

2

Ключевые слова:

Песня, распев, свадебные и траурные песни, трудовые песни, обрядовые

песни, алласы, термасы, лирические песни, детские фольклорные песни, олан, лапар, народное

устное творчество.

Abstract:

Uzbeks are famous for being very organized and creative people in holding wedding

ceremonies, parties, walks, and various holidays. A people who have replaced rest and relaxation with

leisure. The musical heritage of the Uzbek people, dating back to ancient times, continues to resonate in

our days with its folk songs, diverse genres, and rich visual means. The songs also reflect such qualities as

eloquence, resourcefulness, and perseverance characteristic of the people.

Keywords:

Song, chant, wedding and mourning songs, work songs, ceremonial songs, allas, termas,

lyrical songs, children's folklore songs, olan, lapar, folk oral art.

Language:

Uzbek

Citation:

Bazarov , X. (2025). CLASSIFICATION OF UZBEKISTAN FOLK SONGS. Universal

International

Scientific

Journal,

2(4),

321–326.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2717

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15672299

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Qо’shiq xalq og’zaki ijodining lirik

turiga kiruvchi eng ommaviy, keng
tarqalgan, faol turi hisoblanadi. Xalq
lirikasi janrlari uchun ham folklorga xos
yetakchi

xususiyatlar:

og’zakilik,

ommaviylik, an‟anaviylik, variantlilik,
anonimlik birdek tegishlidir. О’zbek xalq
lirikasi namunalari marosimlar tarkibida va
mustaqil ijro etiladigan qo’shiqlardan
iborat

Bо’lib, janriy jihatdan: tо’y va motam

qо’shiqlari, mehnat qо’shiqlari, allalar,
termalar, ishqiy-maishiy – lirik qо’shiqlar,
bolalar folkloriga ajraladi.

“Ashula” atamasini qo’shiqning biror

cholg’u sozi bilan ijrosini va bevosita

qо’shiq ma’nosida ham qo’llaniladi.
Musiqashunoslar tili bilan aytilsa, ijro
jarayonida avjga ega namunalar ashula,
avji yо’qlari esa qо’shiq , deb yuritiladi.
Adabiyotshunoslik va folklorshunoslikda
lirika atamasi keng qо’lanilib kelinadi.
Lirika yunoncha lira deb yuritilgan cholg’u
asbobi

nomidan

olingan

bo’lib,

kuylanadigan asarlarni bildiradi. Qо’shiq
atamasi asosida qо’sh о’zagi turadi. Turkiy
xalqlarda «qо’sh» sо’zi uch ma’noda:
«kuylamoq», «qо’sh qо’shmoq» – yer,
haydab, ekin ekmoq va juft ma‟nolarini
bildiradi.

Har uch ma‟no ham bir-birini inkor

etmaydi. «Qо’sh» mavsum, ya’ni bahor


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

32

3

marosimida ilohlarni ulug’lab aytilgan
qutlov,

alqovdir.

(Saxa

turklarida

shonmonlik qо’shig’i – kuturuu – sо’zi kut

ruh,

uruu–ulug’lamoq,

qutlamoq

ma’novlarini anglatadi). Shuning uchun
«kuylamoq»ning bevosita hosildorlik kulti
bilan aloqadorligi, ekin-tekin payti bu

Qо’shiqning kuylanishi albatta shart

bо’lgan. Ma’lumki qо’shiqlar asosan
tо’rtliklardan

tashkil

topgan.

Ikki

misraning birikib, juftlik, ya’ni «qо’shiq»
hosil qilishi shunchaki tasodif emas. «Eru
xotin – qо’sh hо’kiz» degan maqol bor.
Qо’sh haydamoqning kо’chma ma’nosi qiz
va yigitning qо’shilishi, ya’ni oila qurishi,
juftlashish ekanligini ustoz olim Asqar
Musaqulov о’z tadqtiqotlarida ta’kidlab
О’tgan. Xalq qо’shiqlarida bu tasavvurlar
o’zining chiroyli ifodasini topgan. Shunday
ekan, yuqoridagi maqol bilan qo’shiq
kuylayotganda «juft bo’lsin» degan ibora
ham aslida qо’shiq va juftlikni muqaddas
deb

bilish

bilan

bog’liq

qadim

tasavvurlarning mahsulidir. Qо’shiq sо’zi
«Devonu lug’otit turk»da «koshug’»,
Yusuf Xos Hojibda «qoshuq», Haydar
Xorazmiyda «qо’sh», Mahmud Umar
Zamahshariyning «Muqaddimatul-adab»
asarida

«qо’shiq»,

Alisher

Navoiy

asarlarida «qо’shiq», «surud», «ayolg’u»,
«lahn», «turku», Zahiriddin Muhammad
Boburning «Boburnonoma»sida «qо’shiq»
shaklida kelganini ko’ramiz. Alisher
Navoiy ham, Bobur ham xalq qo’shiqlarini
nazarda tutganda «qо’shiq» kalimasini
ishlatadi. Qolgan paytlarda «surud» yoxud
boshqa bir atamani keltiradi. Turk

folklorshunoslari

ham

О’rta

Osiyo

xalqlaridagi

«qо’shiq»

Turkiyadagi

«qoshma» va «turku»lar bilan o’xshash
ekanligini ta’kidlaydilar.

О’zbek xalq qо’shiqlari bugungi

kunga

qadar

kо’p

marotoba

о’rganilganligiga

qaramay, afsuski, yetarli darajada

tasnif etilgan emas.

Folklorshunos

olima

Muzayyana

Alaviya o’zbek qo’shiqlarini

1.Lirik;
2.Mehr baytlari;
3.Terma;
4.Mehnat qо’shiqlari;
5. Mavsum marosim qо’shiqlariga

bо’ladi.

F.Karamatov

xalq

qо’shiqlarini:

maishiy, oilaviy-marosim, mehnat, tarixiy
va sotsial

norozilik qо’shiqlariga bо’lib tahlil

etadi.

Qardosh qoraqalpoq mutaxassislari

qо’shiqlarni besh turga:

1. Mavsum qо’shiqlari,
2. Tо’y qо’shiqlari,
3. Motam qо’shiqlari,
4. Chо’pon qо’shiqlari
5. Diniy qо’shiqlarga bо’lishgan.
Qо’shiqlarning tasnifi masalasida

xorijlik olimlarning ham fikri turlicha.
Ayrimlari

Qо’shiqlarning ijro etilishi holati va

musiqiyligiga qarab tasnif etilish kerak
desa, ayrimlari ijro о’rniga qarab tasniflash
lozim

deyishadi.

Ayrim

olimlar

qo’shiqning ma’lum bir turi yuzasidan fikr


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

32

4

bildirsa,

boshqasi

boshqa

bir

tur

xususiyatidan kelib chiqib, fikr yuritadilar.

Rus folklorshunosi D.M.Balashov

xalq qо’shiqlarini

1.Mavsum,
2) tо’y,
3) motam marosimi folklori namunasi

sifatida о’rgansa, V.Propp mavsum va
oilaviy marosim deb ikki guruhga ajratadi.

Ijro о’rniga qarab tasnif etilganda

qо’shiqlar: marosim va nomarosim
qо’shiqlariga ajraladi. О’z navbatida
marosim qо’shiqlari ham ikki: mavsum
marosim va oilaviy-maishiy marosimlar
qо’shiqlariga

bо’linadi.

Mavsumiy

marosim qo’shiqlari tematik va funksional
xususiyatlariga

kо’ra,

yilning

tо’rt

mavsumi bilan bog’liq (navrо’z, sust xotin,
choy momo, obla baraka, yasun-yusun)
bilan bog’liq qo’shiqlarni kiritish mumkin.
Marosim qo’shiqlari inson hayotining eng
muhim

davrlari,

burilish

nuqtalari:

tug’ilish, tо’y ( balog’at, uylanish), о’lim
va ularning tabiatga munosabati о’z aksini
topgan bо’lib, maishiy, psixologik hamda
estetik funksiya ham bajarib keladi. Ayrim
mavsumiy marosim qo’shiqlari davrlar
o’tishi bilan lirik qo’shiqlarga aylangan
holatlar

mavjud.

«Qoshingni

qaro

deydilar», «Kichkinajon – kichkina»,
bolalarning «Boychechak», «Chuchvara
qaynaydi», «Oftob chiqdi olamga»
qо’shiqlari shular jumlasidandir. Bu
qо’shiqlar

dastlab

faqat

mavsum

marosimida

ijro

etilgan.

«Qoshingniqoradeydilar»,«Kichkinajon
kichkina»,

«Boychechak»

bevosita

Navro’z – ya‟ni bahorgi marosim bilan
bog’liq. Oilaviy-maishiy marosim
qо’shiqlari safiga tо’y, farzandning
tо’g’ilishi, xatna tо’yi va nikoh tо’yi,
matom-marosimi bilan bog’liq yig’I –
yо’qlov, motam yor-yorlari va shomon
aytimari

bilan

bog’liq

kinna,

badiknikiritish

mumkin.

Nomarosim

qо’shiqlari esa asosan lirik qo’shiqlardan
tashkil

topgan

bо’lib,

marosim

qо’shiqlaridan farqlanib turadigan jihati
ularning biror-bir marosim bilan maxsus
bog’lanmaganligi, istalgan paytda, istagan
joyda aytilishidir. Bu yо’nalishdagi
qо’shiqlar:

1.Mehnat qо’shiqlari.
2. Tarixiy qо’shiqlar.
3.Termalar.
4. Bolalar qо’shiqlari
5. Lirik qо’shiqlar
Mutaxasislar mehnat qо’shiqlarini

xalq lirikasining eng qadimiy janrlaridan
biri

sifatida bilishadi. Mehnat qо’shiqlari

ham qachonlardan masxsus marosimlar
tarkibida ijro etilgan. Keyinchalik davrlar
о’tishi bilan marosim unutilib, faqat
qо’shiq matni qolgan. Qadimda qo’sh
haydash ham, o’rim ham, oblo baraka ham
maxsus marosim sanalgan. Mehnat
qо’shiqlarining о’zi kо’plab

a)

dehqonchilik

bilan

bog’liq

qo’shiqlar (qо’sh, oblo baraka, yorg’ichoq
qо’shiqlari),

b)chorvachilik

bilan

bog’liq

qо’shiqlar (sog’m qо’shiqlari: hushey-
hushey, turey


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

32

5

turey, churey-churey),
v) kasb hunar (charx, bо’zchi, gilam

tо’quvchilar va hokoza) qo’shiqlaridan
tashkil topgani holda, tarixiy qo’shiqlar
tarixda bо’lib o’tgan biror bir voqea yoxud
shaxs haqida tо’qilgan satrlardir. Tarixiy
qо’shiqlarning eng gо’zal namunasi
Mahmud

Koshg’ariyning

«Devonu

lug’atit–turk kitobi»da keltirilgan. Bu
kitobdagi tо’rtta marsiyani yigi-yо’qlov
namunasi

emas,

tarixiy–qahramonlik

qo’shig’i namunasi sifatida o’rganmoq
lozim.

О’zbeklardagi

«Namoz»,

«Mardikorlar» kabi qо’shiqlarni ham
ushbu turkumga kiritish mumkin.

Termani mutaxasislar ham lirik, ham

epik turga kiritishadi. Tо’g’ri termaning

profesonal ijodkor–baxshi tomonidan

ijro etilishi, doston kuylash an‟anasi bilan

chambarchas bog’liqligi uni epik tur

deya tadqiq etish imkonini beradi. Biroq
unda epik voqelik emas, ijodkorning
ma’lum bir holatdagi kechinmalari о’z
ifodasini topadi. Ya’ni baxshi terma
kuylash orqali о’zini doston aytishga,
tinglovchini

esa

doston

tinglashga

ayyorlagan. «Kunlarim», «Do’mbiram»,
«Nima aytay» anna shunday termalar
sirasiga kiradi.

«Oq olma qizil olma» tо’plamida

noma’lum shoirdan yozib olingan «Bibi

shaylanayotir» termasi shu paytgacha

yozib olingan termalarning eng gо’zal
namunasidir. Bolalar qо’shiqlari atamasini
ham keng ma’noda tushinmoq kerak.
Birinchi о’rinda kauchun tushunarli.

«Huya» bu О’zbekistonning janubiy
viloyatlarida otalarning bolalarni erkalatish
uchun aytgan qо’shiqlaridir. Alladan farqli
tomoni uni faqat erkaklar ijro etadi. Huya
aytish an’anasi bugungi kungacha yaxshi
saqlanib

kelinayapti.

Ikkinchisi

esa

bolalarning о’zi tomonidan

kuylanalidigan

qo’shiqlar.

«Boychechak», «Chittigul», «Oq terakmi
kо’k

terak»,

chorlamalar

shular

jumlasidandir. О’zbek xalq qо’shiqlarining
asosiy qismini lirik qо’shiqlar tashkil etadi.
Bu о’rinda lirik deganda biz sevgi
muhabbat

haqidagi

ishqiy-maishiy

qо’shiqlarni nazarda tutamiz. Lirik
qo’shiqlar ham

1. Aytishuv yo’nalishidagi (О’lan va

lapar) aytishuv yо’nalishida bо’lmagan,
turli

mavzudagi

qо’shiqlarga

ajratib

tasniflash mumkin.

О’lan ham, lapar ham qadimda tо’y

kuni, qiz uzatish marosimida aytilgan. Qiz
va yigitlar tarafma, taraf bо’lib shodu-
xurramligini, baxtiyorligi yoxud afsus
nodamatini, xullas kechinmalarini qо’shiq
orqali ifoda etishgan. Har ikkalasi ham
aytishuvga, ya’ni qiz va yigitning sо’z
musoboqasiga asoslanadi. Faqat laparlarda
voqebandlik kuzatilsa, о’lanlarda bu holat
kuzatilmaydi. Bugungi kunda о’lan ham,
lapar ham istalgan sharoitda, istalgan joyda
ijro etilishi mumkin. О’lanlar asosan
chorvachilik

bilan

shug’ullangan,

kuchmanchi hayot kechirgan urug’lar
orasida uchrasa, laparlar esa Kо’proq


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

32

6

о’troqlashgan hayot tarziga mosligi kо’zga
tashlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. B.Sarimsoqov “Marosim folklori” /O’zbek xalq poetik ijodi T.. – O’qituvchi
2. O.Madayev “O’zbek xalq og’zaki ijodi” /Toshkent “Mumtoz so’z” – 2010;
3. M.Jo’rayev “Navro’z bayrami” /T.. Fan – 2009;
4. S.Yo’ldosheva “Xalq urf-odatlari va an’analari” /Toshkent, Ijod dunyosi,ttalar tomonidan bolalarga

atab aytiladigan qо’shiqlar: Alla va huyalar. Alla hamma

References

B.Sarimsoqov “Marosim folklori” /O’zbek xalq poetik ijodi T.. – O’qituvchi

O.Madayev “O’zbek xalq og’zaki ijodi” /Toshkent “Mumtoz so’z” – 2010;

M.Jo’rayev “Navro’z bayrami” /T.. Fan – 2009;

S.Yo’ldosheva “Xalq urf-odatlari va an’analari” /Toshkent, Ijod dunyosi,ttalar tomonidan bolalarga atab aytiladigan qо’shiqlar: Alla va huyalar. Alla hamma