Ushbu tadqiqot qandli diabet patogenezida jigarning mikrosomal
oksidlanish tizimi – xususan, monooksigenaza tizimi fenotipining o‘rni va uning metabolik
jarayonlarga ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Alloksan yordamida diabet modeli yaratilgan tajribaviy
hayvonlarda mikrosomal oksidlanish faolligi darajasi bo‘yicha ajratilgan metabollovchi
fenotiplarning (tez, o‘rta, sekin) glyukozaning darajasi, insulin va S-peptid ko‘rsatkichlari, hamda
glikogen zaxiralari bilan bog‘liqligi sistematik baholandi. Natijalar metabolik yuk ostida tez
metabollovchilarda diabet kechishi og‘irroq kechishini, glyukozaning keskin ortishi va insulin
darajasining jiddiy pasayishini ko‘rsatadi. Bu esa monooksigenaza tizimining yuqori faolligi
metabolik stressni kuchaytirishini va individual farmakoterapiyani rejalashtirishda ushbu fenotipik
farqlarning inobatga olinishi zarurligini anglatadi.