P
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan 2025-yil.
751
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING INGLIZ TILIDAGI TINGLAB TUSHUNISH
KO`NIKMALARINI AUDIOERTAK MATERIALLARI ORQALI SHAKLLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI.
Begmuradov Jasurbek
Namangan davlat universiteti doktoranti
Email:jbegmurodov26@gmail.com
Tel: +998 93927 40 44
Annotatsiya
Tadqiqotda audioertaklarning didaktik ahamiyati, ularnin
rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Dars jarayonida pre-listening, while-
listening va post-listening bosqichlarining metodik jihatlari
munosabatini shakllantirish va motivatsiyasini oshirish imkoniyatlari ham muhokama
qilingan.
yondashuv, pre-listening, while-listening, post-
dramatizatsiya, motivatsiya, didaktik materiallar.
TECHNOLOGY FOR FORMING ENGLISH LISTENING SKILLS OF
PRIMARY STUDENTS THROUGH AUDIO STORY MATERIALS.
Begmuradov Jasurbek
PhD student, Namangan State University
Email:jbegmurodov26@gmail.com
Tel: +998 93927 40 44
ABSTRACT
This thesis discusses the technology of developing listening comprehension skills
in English for primary school students through audio fairy tales. The study analyzes the
didactic value of audio fairy tales, their suitability for the age and psychological
characteristics of students, as well as their effectiveness in developing listening
comprehension skills. The methodological aspects of the pre-listening, while-listening
P
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan 2025-yil.
752
and post-listening stages of the lesson are considered, and ways to develop students'
listening, pronunciation and oral speech skills through the use of multimedia approaches,
visual materials and dramatization tools are shown. The possibilities of using audio fairy
tales to form a positive attitude towards the language and increase motivation of students
are also discussed.
Keywords:
primary school, English, listening comprehension, audio story, multimodal
approach, pre-listening, while-listening, post-listening, oral speech, pronunciation,
dramatization, motivation, didactic materials.
jbegmurodov26@gmail.com
Hozirgi globallashuv jarayonida xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini erta yoshdan
boshlab o`rganish dolzarb masalaga aylanmoqda. Ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot
vositasi, balki ilm-fan, texnologiya, iqtisodiyot va ta`limning asosiy tillaridan biri sifatida
butun dunyo miqyosida faol o`rganilmoqda [2]. Bu esa yosh avloddan zamonaviy
P
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan 2025-yil.
753
kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda ingliz tilini erta bosqichda o`rgatish
zarurligini ko`rsatadi. Ayniqsa, boshlang`ich ta`lim bosqichi tilni o`zlashtirish uchun eng
sezgir, moslashuvchan va samarali davr hisoblanadi [1]. Shu sababli, bu davrda chet tilni
o`qitishda to`gri metodik yondashuvlarni qo`llash o`ta muhimdir. Til o`rganish jarayonida
to`rtta asosiy ko`nikma-tinglash, o`qish, yozish va gapirish mavjud bo`lib, ulardan aynan
tinglab tushunish ko`nikmasi eng birinchi va poydevoriy bosqich sifatida shakllantirish
lozim [4:45-50]. Chunki tilni eshitish orqali idrok etish, talaffuz va intonatsiyani anglash,
konteksdan ma`no chiqarish, keyinchalik og`zaki nutqni rivojlantirish uchun zarur
bo`lgan tayanch yaratadi. Shu nuqtai nazardan, boshlang`ich ta`limda tinglab tushunishni
shakllantirish uchun taqdim etilayotgan audioertak materiallari didaktik jihatdan qulay,
qiziqarli va samarali vosita hisoblanadi [8:60-65].
Audioertaklar bolalar dunyoqarashiga yaqin, obrazli syujetli va emotsional jihatdan
ta`sirchan matnlar asosida yaratilgani sababli ularni tinglash orqali til elementlari ongli
ravishda yodda qoladi [5:22-27]. Bunday materiallar o`quvchilarni yoshi, qiziqish doirasi
va psixologik xususiyatlari to`liq mos tushadi [3]. Shu bilan birga, audioertaklar
o`quvchilarni til o`rganish jarayoniga jalb etadi, ularning motivatsiyasini oshirish va
darsni jonlantiradi. Ertak syujetini ketma-ketligi va qahramonlari orqali hikoya qilinishi
eshitilgan matnni yaxlit tushunishga yordam beradi, bu esa chet tilni eshitish asosida
o`zlashtirishda muhim omildir [10]. Tinglab tushunishni shakllantirish jarayonida
metodik bosqich alohida ahamiyatga ega. Darslar odatda uch asosiy bosqichda tashkil
etiladi: pre-listening, while-listening va post-listening [7:18-24]. Pre-listening bosqichi
bu o`quvchini eshitiladigan meterialga tayyorlash jarayoni bo`lib, unda ertak mavzusi,
asosiy leksik birliklar va kontekstalar bilan tanishtiriladi.
Bu bosqichda rasm, video, so`zlar bilan ishlash yoki tahminiy savollar orqali
o`quvchilarning diqqatini muayyan yo`nalishga qaratish mumkin. While-listening
bosqichida o`quvchilar audioertaklarni tinglaydilar va eshitilgan material asosida
savollarga javob beradilar, syujet bo`yicha ketma-ketlikni aniqlaydilar, asosiy mazmunini
tushunishga harakat qiladilar. Bu bosqich faollik, diqqat va idrokning kuchli ishlatilishini
talab qiladi.
Post-listening bosqichida esa eshitilgan material ustida ishlanadi, ya`ni ro`l
o`ynash, voqeani davom ettirish, savollarga og`zaki yoki yozma shaklda javob berish, o`z
fikrini bildirish kabi topshiriqlar beriladi. Bu esa o`quvchilarda mustaqil fikrlash, og`zaki
ifoda va ijodkorlikni shakllantiradi [6:35-39].
Ilmiy tadqiqotchilarimizdan Salomova o`zining tadqiqot va amaliyot natijalarida
audioertaklarda foydalanilgan darslar an`anaviy tinglashga asoslangan mashg`ulotlarga
nisbatan ko`proq samara berganini aniqlangan. [9:12-17]. O`quvchilar ushbu darslarda
faolroq ishtirok etgan, matn mazmuni yaxshiroq tushungan, yangi so`zlarni eslab qolish
darajsi yuqori bo`lgan. Ayniqsa, rollar ijro etish, ovoz bilan ertak aytish va guruhlarda
ishlash orqali ularni tilga nisbatan ijobiy munosabati shakllangan. Shu bilan birga, ayrim
P
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan 2025-yil.
754
muammolar ham kuzatiladiki, bazi o`quvchilar notanish so`zlar yoki murakkab
Grammatik tuzilmalarni tinglab tushunishda qiynaladilar [4]. Bu holatda darlarga
tayyorgarlik bosqichining muhimligi yana bir bor tasdiqlandi. Eshitiladigan matnning
tushunarliligi, talaffuzning ravshanligi va grammatik soddaligi yoshga mos bo`lishi shart.
Shuningdek, visual materiallar (rasmlar, piktogrammalar), mimika, ishora va
dramatizatsiya vositalari yordamida so`zlar va matn tushuntiriladi. Bunday multimedaili
yondashuv tinglab tushunishni sezilarli darajada yengillashtirdi deb yozdi ilmiy
tadqiqotchi olim Z. Tursunova [10:40-45].
Umuman olganda, audioertaklar vositasida chet tilni o`qitish darslarni tashkil qilish
metodik va amaliy jihatdan o`zini oqlagan, natijadorligi yuqori bo`lgan yondashuv
hissoblanar ekan. Bu uslub o`quvchilarning nafaqat eshitish orqali tilini o`zlashtirilishiga,
balki ularning og`zaki nutqni, talaffuzni, tilga nisbatan ijobiy munosabatini, ijtimoiy-
madaniy bilim va kompetensiyalarini ham shakllantiradi. Shu munosabat bilan
boshlang`ich sinf o`quvchilarining ingliz tilini o`rganish jarayonida audioertaklardan
tizimli va maqsadga yo`naltirilgan holda foydalanish dolzarb metodik yo`nlish sifatida
qaralishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdukarimov, A.
.
2.Xodjayeva, N. T.
.
Toshkent: Fan
va texnologiya, 2018.
3.Rasulov, D. R.
.
Samarqand: Zarafshon,
2017.
.
2019.
B. 45 50.
Ilmiy-amaliy
pedagogika jurnali
.
2021.
B. 22 27.
6.Juraev, M., Usmonova, Z. Ingliz tili darslarida multimodal vositalardan foydalanishning
samarasi.
.
2020.
B. 35 39.
usullari.
Pedagogik izlanishlar
.
2022.
B. 18 24.
8.Ergasheva, D. Audio-
.
2021.
B. 60
65.
.
2018.
B. 12 17.
shakllantirish.
.
2023.
B. 41 46.
