Mualliflar

  • Sh.B.Tursunova Sh.B.Tursunova
  • Gulnoza Abdurazzaqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57733

Kalit so‘zlar:

Texnika texnik fikrlash Texnik ijodkorlikka intellektual kreativ ijodiy qobiliyat bilim ko’nikma malaka

Annotasiya

O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu fazifani hal qilishda o`quvchilarni texnik fikrlashini rivojlantirish masalasi yoritilgan


background image

535

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

TEXNOLOGIYA DARSLARI ORQALI O`QUVCHILARDA TEXNIK

FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Namangan davlat pedagogika instituti

Aniq fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.B.Tursunova

Namangan davlat pedagogika instituti

Texnologiya ta’lim yo’nalishi 1- bosqich talabasi

Abdurazzaqova Gulnoza Komiljon qizi

Annotatsiya:

O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda

mehnatga muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini
ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining asosiy
vazifalaridan biridir. Bu fazifani hal qilishda o`quvchilarni texnik fikrlashini
rivojlantirish masalasi yoritilgan

Таянч

so’zlar:

Texnika, texnik fikrlash,Texnik ijodkorlikka, intellektual,

kreativ, ijodiy qobiliyat, texnik fikrlash, bilim ko’nikma, malaka

O`zbekiston

Respublikasining

«Ta`lim

to`g`risida»gi

Qonunida

bolalarning qobiliyati, is`tedodini rivojlantirishga, «kadrlar tayyorlash milliy
dasturi«da esa ijodiy fikrlash va atrof - muhitga ongli munosabatda bo`lishni
shakillantirishga katta e`tibor berilgan. O`qitish jarayonida, maktablardagi
to`garak mashg`ulotlarida, maktabdan tashqari muassasalarda o`quvchilar ijodiy
faoliyatini o`stirish muammosi katta ijodiy va iqtisodiy ahamiyatga ega.

Fan va texnikaning aniq turlari bo`yicha o`quvchilar ijodiy faoliyatini

aktivlashtirish - umumta`lim predmetlari, mehnat ta`lim o`qituvchilari va to`garak
rahbarlarining eng muhim vazifasidir. Chunki qiziqishlar bo`yicha amalga
oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning boshqa shakllari bilan uzviy bog`lik
holda shaxsni uyg`un shakllantiradi va maktabni bitiruvchilarni sanoat hamda
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida ongli, samarali mehnat qilishga tayyorlaydi.
O`quvchilar va texnika to`garagi rahbarlarining ilg`or tajribasini o`rganish,
umumlashtirish va tadbiq qilish doimo pedagogika fanining muhim vazifalaridan
biri bo`lgan va shunday bo`lib qoladi.

O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga

muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy
qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining asosiy
vazivalaridan biridir. Bu fazifani hal qilishda o`quvchilarni texnik ijodkorlikka
jalb etish katta rol o`ynaydi.

Hozirgi kunda bu ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki fan- texnika

taraqqiyotining hozirgi bosqichi xalq xo`jaligining barcha sohalari fan va
texnikaning ilg`or marralariga olib chiqishni talab qiladi. SHuning uchun ham
mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yosh ishchi, texnik muxandis eng
zamonaviy ma`lumotga, yuksak intellektual va jismoniy barkamollikka ega
bo`lishi, ishlab chiqarishning ilmiy - texnik va iqtisodiy asoslarini chuqur bilishi,
mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo`lishi zarur.


background image

536

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Psixologlarning fikricha, ijodkorlik odamning yoshiga qaramay,

faoliyatining barcha soxalarida namoyon bo`lishini, xech qanday mustasnosiz
barcha kishilar, garchi turli darajada bo`lsa-da, ijtimoiy imkoniyatga ega ekanini,
ijodiy qobiliyatini o`stirish mumkinligini ta`kidlanadi. SHuni aytish kerakki, bu
soxada ham ko`chirish mexanizmini mavjud buladi, ya`ni bir material bilan
soxadagi ijodkorlik mashqlari boshqa soxalardagi faoliyatga katta ta`sir kursatadi.
Biroq bunday ko`chirish ijodiy qobiliyatlarni o`stirish tarbiyaning aloxida ishi va
vazifasiga aylansagina amalga oshirish mumkin. Bu fikrlar barcha
o`quvchilarning ijodkorlik faoliyatiga barvaqt jalb qilish zarur deyishga asos
bo`ladi.

Pedagogik tadqiqotlarda ijodiy faoliyatiga o`rganish ancha kichik yoshdan

boshlanmasa, bolaga keyingi yillar mobaynida o`rnini to`ldirish qiyin bo`lgan
zarar etkazilishini, shuning uchun ijod qilishga juda kichik yoshdan o`rganish
kerakligi va bunga o`rgatish mumkinligi isbotlangan hisoblanadi.

Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish yo`llari xam belgilab berilgan.

Ilmiy tadqiqotlarning natijalari hozirgi maktab o`quvchilarining faoliyati ijodiy
izlanish tavsifida bo`lishi kerak, buning uchun esa o`quvchilarni ob`ektiv
borliqdagi hodisalarni mustaqil holda aniqlash, tekshirish va tushuntirishga
o`rgatuvchi uslublarini qo`llash zarurligini tasdiqlash imkonini beradi. Tayyor
holda o`quvchilarga beriladigan bilimlar va ularning ijodiy qobiliyatlarini
susaytiradi.

Shuningdek, fan asoslari, mehnat ta`limi va ishlab chiqarish mehnati

mashgulotlarida ilmiy, umummehnat, umumtexnik va maxsus bilimlar xamda
ko`nikmalarni o`zlashtirish o`quvchilarni ta`lim va mehnat jarayonining dastlabki
bosqichlaridayoq, ilmiy faoliyatga jalb qilish bilan birgalikda bo`lishi kerakligi
ham aniqlandi. Shu taqdirdagina bilim va ko`nikmalarning shakillanishi va
mustahkamlanishi samaraliroq bo`ladi, chunki o`quvchilar bularni egallash
zarurligini tushunadilar.

Olib borilgan tadqiqotlar va barcha yoshdagi o`quvchilarni texnik

ijodkorlikka jalb etishdagi ilg`or tajriba shuni ko`rsatadiki, ijodiy faoliyatning
samaradorligiga qator asosiy pedagogik talablarni bajarishga, birinchi navbatda
o`quvchilarga tavsiya qilinadigan ijodiy vazifa va topshiriqlarni ular bajara
olishga, ularning ijodiy faoliyati natijali bo`lishiga va ijodiy jarayonning
uzluksizligiga bogliqdir.

Natijalilik talaba ayniqsa muhimdir, chunki erishilgan natija ijobiy

emotsional kayfiyatni vujudga keltirib, o`quvchilarni ijodiy aktivlikka
rag`batlantiradi. Ijodiy faoliyat natijasini faqat olingan mahsulotga qarab emas,
balki ijodiy topshiriqni har bir bosqichiga qarab baholash kerak.

Bolalarning texnik ijodkorligida vazifani bajarish to`rtta asosiy

bosqichga ajraladi;

-G`oyani idrok etish va asoslash:
-Topshiriqni texnik jixatdan ishlab chiqish:
-Topshiriq (ob`ekt) ustida amaliy ishlash ob`ektni sinab ko`rish^
-Ijodiy echim natijasini baholash.


background image

537

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Har bir bosqich aniq natijaga ega bo`lishi kerak: bu natija

·

birinchi bosqichda idrok etilgan va qabul qilingan g`oya,

·

ikkinchi bosqichda g`oya konstruktorlik - texnologik jixatdan ishlab
chikish, amalga oshirish imkoniyatiga etkazish:

·

uchunchi bosqichda qarorni amalga oshirish,

·

to`rtinchi bosqichda analiz, ishni tugatish va echimni baholash
hisoblanadi.

Ijodiy topshiriqni bajarishdagi har bir bosqichning natijaliligiga

o`quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko`nikma va malakalarini rivojlanishi bilan
uzviy bog’liqdir.

O`quvchilarda texnik fikrlashni rivojlantirish vositasi mehnat faoliyati

jarayonida beriladigan ijodiy topshiriq sistemasi bo`lib, ular ma`lum izchillikda
soddaroq texnik vazifalardan asta - sekin murakkabroq masalalarga o`tish
tartibida beriladi

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

1.N.A.Muslimov. SH.S.SHaripov. O.A.Qo’ysinov. Mehnat ta’limi o’qitish

metodikasi kasb yo’llash. O’.F.M.J.nashriyoti Toshkent – 2004 yil

2.

Абдуллаев

С

.

Х

.,

Турсунова

Ш

.

Б

.

Технологик

таълим

сифатини

оширишда

бўлажак

ўқитувчи

касбий

компетенциясининг

ўрни

//

Ижодкор

ўқитувчи

.

Тошкент

. – 2021. –

С

. 347-355.

3.

Турсунова

,

Ш

.

Б

.

БЎЛАЖАК

ТЕХНОЛОГИЯ

ФАНИ

ЎҚИТУВЧИЛАРИНИ

ПЕДАГОГИК

ФАОЛИЯТГА

ТАЙЁРЛАШДА

ЗАМОНАВИЙ

ТАЪЛИМ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН

ФОЙДАЛАНИШ

.

MATERIALLARI TO ‘PLAMI

, 109.

4.Tursunova SH.B. “Bo’lajak texnologik ta’limi o’qituvchilarini pedagogik

faoliyatga tayyorlash yo’nalishlari”// Mug’allim ham uzluksiz bilimlendirio’

5/2- 2022 yil ISSN 2181-7138.85-89 betlar

5.

Казакбаева

,

С

.

И

.,

Турсунова

,

Ш

.

Б

., &

Курбонов

,

А

.

А

. (2018).

K

ОМПЕТЕНЦИЯ

УЧИТЕЛЯ

ПРИ

ПОВЫШЕНИИ

РЕЗУЛЬТАТОВ

ОБРАЗОВАНИЯ

И

ВОСПИТАНИЯ

.

ББК

1 E91

, 215.

6.

Турсунова

,

Ш

.

Б

. (2021).

ОЛИЙ

ТАЪЛИМ

МУАССАСАЛАРИДА

БЎЛАЖАК

ТЕХНОЛОГИК

ТАЪЛИМИ

ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ

КАСБИЙ

КОМПЕТЕНТЛИГИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ

.

Academic

research

in

educational sciences

,

2

(6), 824-830.

7.

Турсунова

,

Ш

., &

Сотиволдиева

,

Г

. (2022).

ТЕХНОЛОГИК

ТАЪЛИМИ

ЎҚИТУВЧИНИНГ

ТАЪЛИМ

ТАРБИЯ

СИФАТИНИ

ОШИРИШДАГИ

КОМПЕТЕНЦИЯСИ

.

Journal

of

new

century

innovations

,

4

(1), 452-455.

8.

Турсунова

Ш

.

Б

.

Педагогик

компетентлик

ва

уни

самарали

ривожлантириш

//Science and Education. – 2021. –

Т

. 2. –

. 3. –

С

. 377-381.

Bibliografik manbalar

N.A.Muslimov. SH.S.SHaripov. O.A.Qo’ysinov. Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi kasb yo’llash. O’.F.M.J.nashriyoti Toshkent – 2004 yil

Абдуллаев С. Х., Турсунова Ш. Б. Технологик таълим сифатини оширишда бўлажак ўқитувчи касбий компетенциясининг ўрни //Ижодкор ўқитувчи. Тошкент. – 2021. – С. 347-355.

Турсунова, Ш. Б. БЎЛАЖАК ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИ ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШДА ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ. MATERIALLARI TO ‘PLAMI, 109.

Tursunova SH.B. “Bo’lajak texnologik ta’limi o’qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash yo’nalishlari”// Mug’allim ham uzluksiz bilimlendirio’ № 5/2- 2022 yil ISSN 2181-7138.85-89 betlar

Казакбаева, С. И., Турсунова, Ш. Б., & Курбонов, А. А. (2018).

KОМПЕТЕНЦИЯ УЧИТЕЛЯ ПРИ ПОВЫШЕНИИ РЕЗУЛЬТАТОВ ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ. ББК 1 E91, 215.

Турсунова, Ш. Б. (2021). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА БЎЛАЖАК ТЕХНОЛОГИК ТАЪЛИМИ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ КАСБИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(6), 824-830.

Турсунова, Ш., & Сотиволдиева, Г. (2022). ТЕХНОЛОГИК ТАЪЛИМИ ЎҚИТУВЧИНИНГ ТАЪЛИМ ТАРБИЯ СИФАТИНИ ОШИРИШДАГИ КОМПЕТЕНЦИЯСИ. Journal of new century innovations, 4(1), 452-455.

Турсунова Ш. Б. Педагогик компетентлик ва уни самарали ривожлантириш //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 3. – С. 377-381.