228
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
TEXNOLOGIYA TA’LIMI O‘QITUVCHILARINI
TAYYORLASHDIGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI
Namangan davlat pedagogika instituti
Katta o‘qituvchisi PhD SH.B.Tursunova.
Texnologik ta’lim 1-bosqich talabasi
Xakimova Xushroy Baxodir qizi
Annotatsiya
: Bo‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim
olish jarayonida bilimlarni egallash va ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish,
istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qo‘llash yo‘llarini
egallaydi, ularni pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog’lash, qadriyat hamda
motivatsiyalar mohiyatan o‘zlashtirib borishi va texnologik loyihalash hamda
amalga oshirishga asoslangan holda texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy
shakllantirish modeli ishlab chiqildi.
Kalit so‘zlar: Mutaxassis,ta’lim tamoyili,integratsiya,kasbiy ko‘nikma,
malaka,ijodkorlik,qadriyat,motivatsiya,raqobatbordosh
Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari,
davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari asosida ta’lim
tarbiya berish, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama kamol toptirishdir. Tarbiyalanuvchilarning ongi, xulq-
atvori va dunyoqarashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimli jarayonda
muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga erishishga
yo‘naltirilgan, ta’lim natijasini kafolatlaydigan pedagogik jarayon tashkil etish
o‘qituvchilaridan kasbiy kompetentlik, tashabbuskorlik, shaxsiy pedagogik
sifatlar, talabalar bilim olish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalari
va tajribasi, tizimli taxlil va qaror qabul qilish malakasi, lavozim vazifalarni, eng
avvalo, davlat siyosati talablaridan kelib chiqqan holda bajarishning maqbul va
samarali yo‘llarini amalga oshirish malakalarini muntazam rivojlantirib
borishlarini talab etadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga to‘la javob beruvchi,
ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatbardosh, yangi sharoitlarga tez
moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga
qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi yetuk mutaxassisni
shakllantirish dolzarb muammo hisoblanadi.
Texnologiya ta’limi yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni,
shuningdek, mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilayotgan talablar bu borada
quyidagi muammolarning mavjudligini ko‘rsatadi:
- texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda talabalar tomonidan
ta’limning tamoyillari, mazmuni, metodi va zamonaviy vositalarini mustaqil
tanlashlari uchun zarur shart-sharoit yaratilmaganligi hamda bilim va
ko‘nikmalarning shakllantirilmaganligi;
- kasbiy faoliyatning turli yo‘nalishlarida talabalarning faol ta’lim shakllariga
bo‘lgan ehtiyoji va ijtimoiy zaruriyatning to‘la qondirilmayotganligi, shuningdek,
texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining mazkur yo‘nalishdagi o‘quv-tarbiyaviy
229
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
ishlarni tashkillashtirish uchun yetarli darajada kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega
emasliklari;
- oliy ta’lim tizimida pedagogik kadrlarni tayyorlash o‘quv rejalari fanlarni
bloklararo, blokning ichida va predmet doirasida integratsiyalashning kasbiy
pedagogik ta’lim asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning
mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida kasbiy
ko‘nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlari yetarlicha amalga
oshirilmaganligi.
Oliy pedagogik ta’lim muassasi talabalariningshaxsiy rivojlanishi –
ularningijtimoiy-shaxsiy qiziqishlarining kasbiy yo‘nalish kasb etishi, mustaqil
fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib
borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg’unlashuvi hamda o‘z-o‘zini
tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojlarining shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bo‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayoni – bu
insonda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan
ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o‘z-
o‘zini takomillashtirishning eng maqbul davridir. Talaba ushbu jarayonda bilimlarni
egallash va ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish, istiqbolda kasbiy faoliyatini
tashkil etishda ularni samarali qo‘llash yo‘llarini egallaydi, ularni pedagogik-
psixologik faoliyat bilan bog’lash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan
o‘zlashtirib boradi.
Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash mazmunini
yangilash maktabda texnologik ta’lim sifat darajasini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan
pedagog kadrlarning bilim va kasbiy malakalari darajasini yuqori bosqichga
ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, ularning shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maqsadlarga qaratilgan tadqiqotlarimiz natijasida
buyum va maxsulot turlarini,ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini
bilish,texnologik loyihalash hamda amalga oshirishga asoslangan holda
texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish modeli ishlab chiqildi.
Inson texnikani qay tariqa yaratgan bo‘lsa, xuddi shu tariqa yangi texnika
inson tafakkuriga ijobiy ta’sir etib, uni zamonaviy inson sifatida tarbiyalaydi va
shakllantiradi. Ayni shu o‘rinda inson tomonidan mehnat qurolini ishlab chiqish
tabiati hamda ushbu jarayonning pedagogik xususiyatlari o‘zaro bog’liq
ekanligini qayd etib o‘tamiz. Mehnat quroli vositasida mehnatni tashkil etish
faqatgina ta’lim va tarbiya tizimi yuzaga kelishining boshlang’ich sharti bo‘lib
qolmay, balki kasbiy-pedagogik tayyorgarlik tizimining paydo bo‘lish sharti ham
hisoblanadi. SHu bilan bir vaqtda, uning boshlang’ich, genetik asosi texnika va
pedagogika o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyaning kelib
chiqishiga nisabatan madaniy-genetik yondashuv asosida pedagogik bilimlar,
faoliyatning shakllanish jarayoni va uning mohiyati, pedagogik va texnik bilimlar
o‘rtalaridagi munosabatlar kasbiy shakllanishning yuzaga kelishida genetik
jihatdan muhim bo‘lgan boshlang’ich asos vazifasini o‘taydi. Texnologiya ta’lim
o‘qituvchisini tayyorlash jarayonining tuzilishi va mazmunini loyihalashda, uning
asosini kasbiypedagogika tashkil etdi.
230
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchisini kasbiy-pedagogik tayyorlashda
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-ilmiy,
matematik
bilimlar,
psixologik-pedagogik,
umummuhandislik,
maxsus
tayyorgarlik mazmunini tanlash va tuzib chiqish, texnologiya ta’limi o‘qituvchisi
pedagogik faoliyati haqida, uning vazifalari hamda hal etadigan ta’lim-tarbiyaviy
masalalari, munosabatlari usullari borasida to‘la tasavvurga ega bo‘lish imkonini
beradi.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda motivatsion, irodaviy
sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini
boshqara olish layoqatlarining o‘zaro bog’liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy
faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi.
Inglizcha
«competence»
tushunchasining lug’aviy ma’nosi «qobiliyat»
demakdir, biroq kompetentsiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni
ifoda etishga xizmat qiladi.
Kompetentliktalaba tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini
emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va amaliy
harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Bitiruvchilarning kasbiy
tayyorgarligi darajasiga qo‘yiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentlik
talabalarning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to‘plamini
maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyatini anglatadi.SHuning uchun talabalarni
pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli-vaziyatli topshiriqlar haqiqiy
pedagogik va ishlab chiqarish vaziyatlari bilan bog’liq muammolarga duch
kelishi kerak.SHunda ular muammoli-vaziyatli topshiriqlar asosini tashkil
etuvchi muammoni hal etish tushunchalarini yuzaga keltiruvchi aqliy faoliyatni
turli usullar (analiz, sintez, taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish va boshqalar)
yordamida amalga oshiradi.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining tayyorlashda muhim pedagogik shart-
sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin.
1. Zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o‘quv-metodik
hujjatlar (davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari,
namunaviy o‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar,
metodik tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko‘rsatmali vositalar,
dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi.
2. Ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o‘qituvchi, malakali o‘quv
ustalari, texnik xodimlar)ning yetarlicha salohiyatga ega bo‘lishi.
3. O‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditoriyalari,
o‘quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio,
televidenie, komp
ь
yuter, nusxa ko‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-
uskunalari,
magnitofonlar
(audio,
video,
mul
ь
timediya),
trenajyorlar,
kinoproektorlar, diaproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va
hokazolar) jihatdan yetarlicha ta’minlanganligi.
4. Ijtimoiy va o‘quv-texnologik jihatdan qulay muhit (o‘qituvchilar,
talabalar, rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o‘zaro
munosabatlari mazmuni, yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi.
231
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
5. Tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli
yo‘lga qo‘yilganligi.
Pedagogik turkum hamda umummuhandislik fanlarining texnologik jihatdan
o‘zaro yaqinlashuv jarayoni yangi mazmun kasb etmoqdaUshbu holat ta’lim
jarayoniga ta’lim shakllari, metodlari va vositalarining «yaxlit tashkil etuvchisi»
bo‘lish talabiga to‘la javob bera oladigan komp
ь
yuter texnikasining jadal tatbiq
etilishi uchun zarur ijtimoiy asoslarni yaratib, yangi innovatsion va pedagogik
texnologiyalarni
shakllanishiga
asos
bo‘ldi.O‘quv
jarayoniga
axborot
texnologiyalarini keng ko‘lamda tatbiq etish sharoitida «pedagogik texnologiya»
tushunchasining
mohiyati
o‘zgarmoqda.
Mazkur
tushuncha
dastlab
texnologiyaning xususiyatlarini ifoda etishga xizmat qilgan bo‘lsa, hozirda
pedagogik texnologiyani mazmunan boyitish ko‘p jihatdan unga muayyan texnik
elementlarni qo‘shish hisobiga kechmoqda.Texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini
tayyorlashda pedagogik tajribadan o‘tgan va hozirgi kunda amaliyotga joriy
etilayotgan o‘quv rejalaridagi pedagogik turkum fanlarining mazmuni va o‘rni
aniqlandi.
2020
yilda
tasdiqlangano‘quv
rejasidagi
pedagogik-
psixologikturkumdagi
fanlar
bloki
texnologiya
ta’limining
barcha
yo‘nalishlariunifikatsiyasini ta’minlaydi. O‘z navbatida, o‘quv rejalarida davlat
ta’lim standarti talablari to‘laqonli aks ettirilishiga erishildi, bu esa pedagogik
turkumdagi fanlar bo‘yicha darslik, o‘quv hamda ilmiy-metodik qo‘llanmalar,
ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlanishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Texnologiya
ta’limi
o‘qituvchisini
tayyorlash
bosqichma-bosqich,
gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, pedagogik turkum fanlari hamda matematika
va
tabiiy-ilmiy
fanlar,
loyihalash-konstruktorlik-texnologiya,
ixtisoslik,
qo‘shimcha va tanlov fanlari, ishlab chiqarish amaliyotidan olingan bilim va
amaliy ko‘nikmalar texnologiya ta’lim metodikasi fanida integratsiyalashgan kurs
sifatida pedagogik amaliyotda o‘z tatbiqini topadi.Ta’lim mazmunining didaktik
sintezini ta’minlashga qaratilgan pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli-
vaziyatli topshiriqlar integratsion kurs sifatida texnologiya ta’lim metodikasigaoid
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning eng maqbul texnologiyasi
sifatida taklif etilishi mumkin.
Bo‘lajak Texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini auditoriyada olgan nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarni amaliyotga tadbiq etish va o‘z shaxsiy va
individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda pedagogik amaliyot qulay
imkoniyat yaratadi.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda auditoriya mashg’ulotlar
(ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar mashg’ulot va hokazolar)ning ustuvor
o‘rin tutishini inobatga olinib o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich izchillikda olib
borildi va shu bilan birgalikda ikkinchi bosqichda talabalarning kasbiy
shakllanishida mustaqil ta’limning o‘rni va ahamiyati aniqlandi. Talabalar
tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishda mustaqil ta’lim olish, ya’ni avtodidaktika
tamoyili va tashkiliy–metodik shartlari o‘rganildi. Mustaqil ta’lim olish
texnologiyasi masalali-faoliyatli tamoyilga asoslanib, mustaqil bilim oluvchi
232
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
talaba tomonidan mustaqil va avtonom ravishda bajaradigan o‘quv
topshiriqlarining guruhlari va murakkablik darajalari belgilandi.
Amaldagi o‘quv rejasiga ko‘ra talabalarning haftalik maksimal o‘quv
yuklamasi 30 soat hajmda belgilanib, shundan 30 soati auditoriya, 30 soati
mustaqil ta’limga ajratilgan. O‘quv dasturlari o‘zgarishi jarayonida fanlarning bir
qator masalalari va muammolari mustaqil ta’lim orqali o‘rganilishi ko‘zda
tutilgan. Talabaning mustaqil ishi uning auditoriyada va undan tashqarida,
o‘qituvchi rahbarligida yoki o‘qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladiganmustaqil
ish majmuini anglatadi. Mustaqil ish quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
1. Bevosita auditoriyada – ma’ruza amaliy mashg’ulot, seminar yoki
laboratoriya ishlari bo‘yicha vazifalar berish jarayonida;
2. O‘qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot
chog’ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, yakka topshiriq
bajarishda va boshqalar.
3. Axborot resurs markazida, uyda, talabalar uylarida, kafedralarda talaba
tomonidan o‘quv yoki ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida.
Texnologik ta’limi yo‘nalishlari mutaxassislarni tayyorlash va sifatini
nazorat qilish mexanizmi sifatida texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash
Davlat ta’lim standartlarida aks ettirilgan majburiy minimal talablar ishlab
chiqildi.
Kasbiy va shaxsiy shakllanishning dastlabki bosqichida odatda talabalarning
motivatsion, irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy
ko‘nikmalar,o‘z-o‘zini
boshqarishni
aks
ettiruvchi
individual
sifatlarnirivojlantirishga intilmasligi, o‘zi ustida ishlashni yoki ta’lim
muassasasida o‘qishni xohlamasligi, o‘qituvchilik kasbini noto‘g’ri tanlaganligi
kabi holatlar mutaxassislar tayyorlashda qiyinchiliklarga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Maxmutov, M.I. Problemnoe obuchenie: Osnovn
ы
e vopros
ы
teorii / M.I.
2. Maxmutov. - M.: Pedagogika, 1975. - 368 s.
3. Maxmutov, M.I. Sovremenn
ы
y urok: monografiya / M.I. Maxmutov. - 2-
eizd., ispr. i dop. - M.: Pedagogika, 1985. – 184 s.
4. Protsess obucheniya (Osnov
ы
didaktiki). B.P.Esipov tahriri ostida. M.,
1967y.
5. I.S.Yakimanskaya. Razvivayu
щ
ee obuchenie.M.,1979y.
6. To‘lipov O‘. “Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy
ko‘nikmahamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari” –
T “Fan”. 2004 y
7. D.A. Txorjevskiy “Mehnat ta’limi metodikasi” – T “O‘qituvchi” 1987y
8. O‘.M.Asqarova “Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar” O‘quv
qo‘llanma. – T . “Mehnat”,2004y.
