531
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINI
MAXSUS KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING
INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARI
Namangan davlat pedagogika instituti
Katta o‘qituvchisi PhD Sh.B.Tursunova.
Texnologik ta’lim 2-bosqich talabasi
G’aniyeva Iroda Erkinovna
Annotatsiya:
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim
o‘qituvchilarini maxsus kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy
g‘oyalaridan kelib chiqib maxsus kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion
ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda, oliy ta’lim tizimidagi interfaoli o‘qitish
jarayoni va interfaol ta’lim vositalaridan salmoqli foydalanish imkoniyatlari
Kalit so’zlar:
Integrativ, kompetensiya, maxsus kompetensiya, kvazi-
professional, strategik faoliyat, metodologik, muammoli ta’lim
Pedagogik nazariyaga ko‘ra, talabalarni ta’lim jarayonida va darsdan tashqari
faoliyati yuqori malakali mutaxassis tayyorlash bo‘yicha didaktik jarayonning
ajralmas qismi hisoblanadi. Talabalarning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda
ularning
mahsus
kompetensiyasini
rivojlantirish
jarayoni
talabaning
tashabbuskorligini kuchaytirish nuqtai nazaridan emas, balki ustozning intellektual,
ma’naviy-irodali salohiyatning maxsus metodlari va vositalaridan foydalanish orqali
talaba maqsadlari tomon safarbar etish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak.
Shunday muhitni yaratish lozimki, unda talaba nafaqat pedagogik ta’sir
ob’ekti, balki o‘zaro bog’liq amaliy faoliyat sub’ekti sifatida ham faoliyat ko‘rsata
olsin. Ta’lim jarayonida va o‘qishdan tashqari faoliyatni tashkil etishning ushbu
yondashuvi uni amalga oshirishni ta’minlaydigan muayyan vositalarni qo‘llashni
o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida professor-o‘qituvchilar tomonidan
qo‘llaniladigan ta’lim vositalari, shakllari va usullari shular jumlasidandir.
Talabalarning kasbiy malakasini rivojlantirish jarayonida darsdan tashqari
faoliyatini faollashtiradigan usullarga kvazi-professional muhitni yaratuvchi
o‘yinlar kiradi. Ular tezkor va strategik maqsadlar va ularning muvaffaqiyatli
yutuqlari uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-
o‘zini nazorat qilish, professional kompetentsiyasini oshirish uchun ta’lim-tarbiya
jarayonida bilim va amaliy-kasbiy bilimlarni rivojlantiradi.
Ushbu sohada bilimlarni loyihalash deganda odatda pedagogik faoliyatining
tayyorgarlik bosqichi tushuniladi. Uning asosi kashfiyot tashkil etadigan dolzarb
muammoni hal qilishga mo‘ljallangan.
Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonining sifatini
oshirishda fanlararo aloqadorlikka erishishning yangi shakllarini topish maqsadga
muvofiqdir. Ushbu o‘rinda fundamental, xususan, pedagogik va texnik bilimlarni
o‘zlashtirishda fanlararo uyg’unlikni ta’minlash masalasini tahlil etish uchun
ularning metodologik asoslari borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur.
Pedagogik fanlarning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy fanlar
532
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
hamda umummuhandislik fanlari bilan o‘zaro aloqasi ko‘p qirrali muammodir. Shu
bois mazkur muammoga nazariy, metodologik va amaliy jihatdan yondashish taqozo
etiladi.
Turli yo‘nalishlarga taalluqli bilimlar asoslarini integratsiyalash ularning fan,
ta’lim, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda iqtisodiyot sohalarida ro‘y
berayotgan o‘zgarishlarning ijtimoiy jihatdan asoslanishiga zamin yaratadi[36].
Shuni ta’kidlash lozimki, talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga
tayyorlashda (ma’ruza, amaliy, kurs ishi, mustaqil ta’lim) ta’lim shakllarining o‘zi
yetarli emas. Bu jarayonda talabalarning malakaviy amaliyotlari, bitiruv
malakaviy ishini ham inobatga olish zarur. Shu sababli, talabalarni ma’ruza,
amaliy, tajriba, kurs ishi va mustaqil ta’limdan tashqari malakaviy amaliyoti va
bitiruv malakaviy ishni bajarish hamda himoya qilishni tashkil etish jarayonlari
kompleks o‘rganildi va pedagogik va ixtisoslik fanlar integratsiyasi mazmunini
ishlab chiqishda e’tiborga olindi.
Integrativ yondashuvlar asosida o‘qitishda xalqaro tajribalar asosida
pedagogik mobillikni rivojlantirish bilan bog’liq texnologiyalar va o‘qitish
shakllarini
qo‘llash
maqsadga
muvofiq.
Bo‘lajak
texnologik
ta’lim
o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan nazariy
mashg’ulotlarda “Buddying” metodi asosida olib bordik ushbu metodni
qo‘llashda talabalar guruhda ishlagan holda rassom, dizayner, konstruktor va
texnolog rollari ko‘rinishda rolli faoliyat shaklda olib boriladi. An’anaviy o‘qitish
metodlari sifatida quyida keltirilgan metodlarni keltirib o‘tish mumkin.
Mantiqiy o‘qitish metodlarining
o‘ziga xos hususiyatlari shuki, unda o‘qitish
jarayonini o‘qituvchining mehnat usullarini namoyish qilish va o‘quvchilarni unga
taqlid qilishi asosida tashkil topadi.
Asosiy shartlari quyidagilardan iborat.
1. Topshiriqni aniqlash, uning maqsadi va bajarishni tushuntirish.
2. O‘quvchilarda zarur bilimlarning mavjud bo‘lishi.
3. Ta’lim metod va usullarini shakllantirayotgan ko‘nikma va malakalarni
xususiyatlariga moslash.
4. Instruktajning samaradorligi.
5. Mashqlarning etarli miqdorda va o‘quvchi malakasiga mos bo‘lishi.
6. O‘quvchilar faoliyatini o‘z vaqtida va ob’ektiv baholash, o‘quvchilarni
baholash natijalaridan xabardorligi.
7. O‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligi.
Ko‘rgazmali metodni
asosan o‘rganiladigan obyektlar, jarayonlar va ularning
tasvirini namoyish qilish va o‘quv qurollari bilan ishlash kabi usullar orqali amalga
oshiriladi. Texnologik ta’limda ko‘rsatmali metodning xususiyati shundan iboratki,
bunda ko‘rsatmalilik ko‘pincha o‘quv materialiga ilyustratsiya sifatida emas balki
uning o‘zi bilim manbai bo‘lib ko‘p hollarda esa ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu metod namoyish qilish, amalda ko‘rsatish va sayohat darslari sifatida
tashkil etiladi.
533
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Amaliy metodlar
instruktaj va mashqlar orqali amalga oshiriladi. Shu nuqtai
nazardan instruktajga qo‘yiladigan talablarni qarab chiqish maqsadga muvofiq:
1. Instruktaj jarayonida ta’limning har xil metod va usullarini omilkorlik
bilan kombinatsiyalash.
2. Instruktaj mazmunini o‘qituvchi asoslashi.
3. Instruktajni to‘laligi va instruktajni elementlarga ajratish.
4. Instruktajda shunday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar ular
yordamida o‘z faoliyatlarini nazorat qila olishlari lozim.
Texnologiya fani jarayonida tatbiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa
muddatli mashqlarda boshlash maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari amaliy xarakterga ega bo‘lgan darslar bo‘lgani
uchun bunday darslarni bayon etishda labaratoriya-amaliy metodi, mashq metodi va
texnik adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash metodlaridan foydalaniladi.
Muammoli ta’lim
g’oyalari har xil sabablarga ko‘ra hali mehnat ta’limida
keng qo‘llanilmayotir. Buning sababi mehnat darslarida muammoli ta’limning
samaraliligi emas, balki uni qo‘llashning ma’lum qiyinchiliklar bilan
bog’liqligidadir. Talabalar hamma o‘quv materiallarining muammolarini mustaqil
hal qilish yo‘li bilan o‘zlashtirishi
muammoli ta’lim
deyiladi
.
Bunda o‘qituvchining
tushuntirishi ham reproduktiv holati ham, nazariy ham talabalarning mashqlarini
bajarishi ham bo‘ladi.
Texnologiya fani darslarida muammoli ta’lim metodlari orqali quyidagi
muammoli vaziyatlar hal etiladi.
1. Muammoni bayon etish, bunda pedagog mustaqil ravishda muammoli
vaziyatni keltiradi va uning yechimini mustaqil qidiradi va topadi.
2. Pedagog mustakil ravishda muammoni ko‘yadi, ammo uning echimini
talabalarni jalb kilgan holda hamkorlikda izlaydilar, topadilar, xulosalaydilar.
3.Pedagog o‘quv jarayonida o‘quvchilar oldiga muammoni qo‘yadi.
o‘quvchilar uni izlaydilar, axborot almashadilar, qayta ishlab, o‘zlarining
ishtiroklaridagina yechimini topadilar.
4.Muammoli vaziyat o‘quvchilarning o‘zlari vujudga keltiradilar. Uning
yechimini boshqa o‘quvchilar izlanishlari, yangicha fikrlashlari orqali o‘zaro
yechim qidiradilar, topadilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida talabalar
maxsus kompetentligini rivojlantirishning o‘ziga xos prinsiplari, qonuniyat va
amalga oshirish metodlari mavjud bo‘lib, talabalardan integrativ yondashuv
asosida maxsus kompetentligini ilmiy-amaliy yondashuvlarni talab etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda integrativ yondashuv asosida maxsus
kompetensiyani rivojlantirish maqsadida ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirish, o‘qitishning ta’lim vositalari, usullari va maqsadlarni integrativ tashkil
etish, talabalarda maxsus kompetentligini rivojlantirish maqsadida o‘quv-uslubiy
va elektpon vocitalap majmyini yapatish talab etiladi:
–integrativ yondashuv asosida ta’limning o‘ziga xos tomonlapini inobatga
olish;
534
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
– maxsus kompetentlikka asoslangan ta’lim metodlapini ma’lum bir
tartibda bajarish; – ta’lim jarayonida integrativ muloqotni tashkil etish; –integrativ
yondashuv asosida maxsus kompetentlikni rivojlantiruvchi metodikalarni
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Казакбаева
С
.
И
.,
Турсунова
Ш
.
Б
.,
Курбонов
А
.
А
.
КОМПЕТЕНЦИЯ
УЧИТЕЛЯ
ПРИ
ПОВЫШЕНИИ
РЕЗУЛЬТАТОВ
ОБРАЗОВАНИЯ
И
ВОСПИТАНИЯ
//
ББК
1 E91. – 2018. –
С
. 215.
2.
Турсунова
Ш
.,
Сотиволдиева
Г
.
ТЕХНОЛОГИК
ТАЪЛИМИ
ЎҚИТУВЧИНИНГ
ТАЪЛИМ
ТАРБИЯ
СИФАТИНИ
ОШИРИШДАГИ
КОМПЕТЕНЦИЯСИ
//Journal of new century innovations. – 2022. –
Т
. 4. –
№
.
1. –
С
. 452-455.
3.
Турсунова
,
Ш
.
Б
. (2021).
ОЛИЙ
ТАЪЛИМ
МУАССАСАЛАРИДА
БЎЛАЖАК
ТЕХНОЛОГИК
ТАЪЛИМИ
ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ
КАСБИЙ
КОМПЕТЕНТЛИГИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ
.
Academic
research
in
educational sciences
,
2
(6), 824-830.
4.
Казакбаева
С
.
И
.,
Турсунова
Ш
.
Б
.
СПЕЦИФИЧЕСКИЕ
ЛИЧНОСТНЫЕ
КАЧЕСТВА
УЧИТЕЛЯ
КАК
СОСТАВНАЯ
ЧАСТЬ
ИМИДЖА
ПЕДАГОГА
//
ПРОРЫВНЫЕ
НАУЧНЫЕ
ИССЛЕДОВАНИЯ
КАК
ДВИГАТЕЛЬ
НАУКИ
. – 2019. –
С
. 205-207.
5.Bakhromovna, T. S. Characteristics of the Teacher of the Future
Technological Education.
JournalNX
,
7
(05), 170-173.
