Mualliflar

  • Sh.Tursunova Sh.Tursunova
    Namangan davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57803

Kalit so‘zlar:

Texnologiya professional ta’lim infratuzilma tadbirkorlik intellektual mulk innovatsiya imidj gnoseologik psixologik didaktik sotsiologik kibernetik qonuniyatlar

Annotasiya

Ushbu maqolamda bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.O’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikmalari va innovatsiyalarni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr yuritilgan


background image

219

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

O’QUVCHILARDA TADBIRKORLIK KO’NIKMALARI VA

INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYA FANINING

O’RNI VA AHAMIYATI

Namangan davlat pedagogika instituti

Aniq fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.Tursunova

Annotatsiya:

Ushbu maqolamda bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta,

professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan
mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni
shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.O’quvchilarda tadbirkorlik
ko’nikmalari va innovatsiyalarni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr yuritilgan

Kalit so’zlar:

Texnologiya, professional ta’lim, infratuzilma,

tadbirkorlik, intellektual mulk, innovatsiya, imidj, gnoseologik, psixologik,

didaktik, sotsiologik, kibernetik qonuniyatlar

«Texnologiya» fani boshqa o’quv fanlaridan o’quvchilarning muayyan

ishlab chiqarish sohalari bo’yicha bilimi, ko’nikma va malakalarini
shakllantiruvchi yagona o’quv fani sifatida o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
«Texnologiya» fani mashg’ulotlari maxsus sinf xonalarida, o’quv-tajriba
maydonida, o’quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayonida, ishlab chiqarish korxonalarida,
hunarmandchilik ustaxonalarida olib boriladi

Bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim

tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi,
yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga
aylanib bormoqda.

O’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikmalari va innovatsiyalarni rivojlantirish

istiqbollari oxirgi 30 yil ichida jamiyatni turli sohalarini tubdan o’zgartirdi. SHu
bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma
qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi,
kadrlar kompetentsiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga
nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot
olish imkoniyatlarining cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga
asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, inson kapitali va imidjiga
zarur miqdordagi investitsiyalarning sarflanmasligi, malakali xodimlarning
yetishmasligi, o’rta bo’g’in rahbar va xodimlarning past darajadagi malakasi,
ishchilarda mehnatga nisbatan rag’batning yo’qligi, ishchi va muhandis-texnik
kasblar obro’sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi
muammolar o’z yechimini kutmoqda.

Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya,

Frantsiya, Germaniya, AQSH, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq
Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida texnologik ta’lim
tizimi ishlab chiqarishning asosiy bo’g’ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga
malakali

mutaxassislar tayyorlashning

muhim bosqichlari

va

tashkil

etuvchilaridan biri deb qaraladi.

Texnologik ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha Milliy malaka

ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari,


background image

220

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni
bajarishga qodir bo’lishi lozim:

Pedagogik faoliyatida:

umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanlaridan, o’rta maxsus,

kasb-hunar va professional ta’lim muassalarida kasbiy fanlardan o’rnatilgan
tartibda dars berish;

umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar va professional

ta’lim muassalaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo’lib ishlash;

ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan

lavozimlarda ishlash;

professional ta’lim muassasalarida o’quv ustasi bo’lib ishlash;

kasbiy ta’lim o’qituvchisi mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni

amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida
metodist bo’lib ishlash;

pedagogika va texnika fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot

tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash;

umumiy o’rta ta’lim muassasalarida va maktabdan tashqari ta’lim

muassasalarida ishlash;

mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi

ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:

pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlab

chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab
chiqish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos

kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;

jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va

boshqarish;

fikrlar har xil bo’lgan sharoitda to’g’ri qaror qabul qilish;
bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va

amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak

ta’lim mazmunini belgilash tamoyillari va mezonlariga rioya etish,

o’quv materiallarini tanlash va tizimlashtirishga doir zamonaviy yondashuvlarni
hisobga olish, o’quv materiallarini modellashtirish;

yaxlit pedagogik jarayonning umumiy qonun, qonuniyat va

tamoyillariga amal qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida gnoseologik, tashkiliy,
psixologik, didaktik, sotsiologik va kibernetik qonuniyatlarning uyg’unligiga
erishish;

ta’lim-tarbiya jarayoni tarkibiy qismlari (maqsad, natija, mazmun,

shakl, metod va vosita)ning o’zaro aloqadorligi va umumiyligini hisobga olish;

ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy va yordamchi

shakllaridan unumli foydalanish; o’quvchilarning bo’sh vaqtini samarali tashkil
etish va o’tkazish;


background image

221

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

talabalarning kreativ salohiyatni ta’lim tizimni axborotlantirish

jarayonida shakllantirish va rivojlantirish;

ta’lim menejmenti bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va

rivojlantirish;

ta’lim-tarbiyaning xilma-xil metodlarini, zamonaviy pedagogik

texnologiyalarni oqilona tanlay olish, ijodiy yondashuv asosida metod va
texnologiyalarning milliy mentalitetga mosligini ta’minlash qobiliyatlariga ega
bo’lishi kerak.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda ta’lim yo’nalishlaridagi

fanlar va ularni o’qitish metodikasiga oid mavzularda tadqiqot olib borish;

internet tarmog’ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni

maqsadga yo’nalgan holda qidirish va topish;

ta’lim yo’nalishlaridagi fanlarga oid ilmiy to’plamlar, mahalliy va chet el

ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o’rganish;

ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini

amalga oshirishda qatnashish;

ma’lumotlarni jamlash, qayta tayyorlash, mavzu bo’yicha ilmiy

ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish;

tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtira olishi, uni tashkil etish metodikasini

egallash, o’quvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish;

o’quvchilarda mafkuraviy va axborot hurujlariga qarshi immunitetni

yuzaga keltirish metod va texnologiyalarini bilishi;

globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya

texnologiyalarining o’rni va ta’siri haqida tushuntirish ishlarini olib borish;

mahallalarda ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo’yicha individual

suhbat o’tkazish;

milliy urf-odat va marosimlarni o’tkazishda, umuminsoniy qadriyatlar,

mehr-muruvvat, bag’rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy
fazilatlarni ochib berish qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak.

Tadbirkorlik faoliyatida:

ta’limda yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;
biznesni tashkil etish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Pedagog olimlar va tadqiqotchilarning tasniflari shuni ko’rsatadiki, ta’lim

muhitida tadbirkorlik ko’nikmalari va innovatsiyalarning yo’nalishlariga
muvofiq, ta’lim tizimlari oliy ta’limda tahsil olayotgan bo’lajak texnologiya fani
o’qituvchilarining tadbirkorlik ko’nikmalarini tizimlashtirish imkonini beradi.
Xozigi davrda bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilaridan umumiy o’rta ta’lim


background image

222

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

maktablari o’quvchilarida “startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko’nikmalari
va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda o’quvchi yoshlar orasida targ’ib qilish
maqsadida maktablarda master-klass, treninglar o’tkazishni sifatli tashkil etish
kompetentsiyalari talab etiladi.

Ushbu muammo yechim ilmiy xodimlar hamda ilg’or tajribali amaliyotchi

o’qituvchilar fikr mulohazalari, tavsiya va takliflarini inobatga olgan holda
yaratilgan ta’lim muhiti bo’lib, texnologiya fani o’qituvchilari, maktablar
rahbarlari, metodist va sinf rahbarlari uchun mo’ljallangan umumiy o’rta ta’lim
maktablari o’quvchilarida “startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko’nikmalari
va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda o’quvchi yoshlar orasida targ’ib qilishga
mo’ljallangan o’quv-metodik resurslarni ijodiy yondashgan holda tayyorlab
qo’llash orqali amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Tursunova SH.B.

O’qituvchi kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda

kreativ muloqot omillari T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti “Uzluksiz ta’lim” ilmiy uslubiy jurnal 2021 yil
Maxsus son 80-83 betlar (13.00.00

9)

2.

Tursunova SH.B.

Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak texnologik ta’limi

o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish academic research in
educational sciences volume 2 | issue 6 | 2021 issn: 2181-1385 scientific journal
impact factor (sjif) 2021: 5.723 academic research, uzbekistan 824

www.ares.uz

3.

Tursunova SH.B.

Pedagogik kompetentlik va uni samarali rivojlantirish

"Science and education" scientific journal march 2021 / volume 2 issue 3
4.

Tursunova SH.

B. “Characteristics of the future technological education”

“JournalNX” – A Multidisciplinaru Peer Reviewed Journal ISSN: 2581-4230 Impact
factor 7.223. 34-36 betlar

Bibliografik manbalar

Tursunova SH.B. O’qituvchi kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda kreativ muloqot omillari T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti “Uzluksiz ta’lim” ilmiy uslubiy jurnal 2021 yil Maxsus son 80-83 betlar (13.00.00№ 9)

Tursunova SH.B. Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak texnologik ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish academic research in educational sciences volume 2 | issue 6 | 2021 issn: 2181-1385 scientific journal impact factor (sjif) 2021: 5.723 academic research, uzbekistan 824 www.ares.uz

Tursunova SH.B. Pedagogik kompetentlik va uni samarali rivojlantirish "Science and education" scientific journal march 2021 / volume 2 issue 3

Tursunova SH.B. “Characteristics of the future technological education” “JournalNX” – A Multidisciplinaru Peer Reviewed Journal ISSN: 2581-4230 Impact factor 7.223. 34-36 betlar

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари