Mualliflar

  • Sh.Tursunova Sh.Tursunova
  • Mexrigul Aliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57706

Kalit so‘zlar:

Tarbiya ta’lim to`garak individual mashg`ulot bilim malaka ko`nikma ertaliklar konkurslar viktorinalar ekskursiyalar ko`rgazmalar.

Annotasiya

Texnologiya bo`yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomi qo`shimchasidir. O`quv mashg`ulotlari bilimlarga qiziqishini o`zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo`llash hamda chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o`zining o`yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o`quvchilarga ishning o`zlariga ko`proq yoqqan, o`zlarini ko`proq qiziqtirgan to`rini tanlashlari uchun imkon yaratadi


background image

657

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

TEXNOLOGIYA FANIDAN SINFDAN TASHQARI MUSTAQIL

ISHLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI.

Namangan davlat pedagogika institute

Aniq fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.Tursunova

Namangan davlat pedagogika instituti

Texnologiya ta’lim yo’nalishi magistranti Aliyeva Mexrigul Murodilla qizi

Annotatsiya:

Texnologiya bo`yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat

darslarining davomi qo`shimchasidir. O`quv mashg`ulotlari bilimlarga qiziqishini
o`zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo`llash hamda
chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda
berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o`zining
o`yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish
o`quvchilarga ishning o`zlariga ko`proq yoqqan, o`zlarini ko`proq qiziqtirgan
to`rini tanlashlari uchun imkon yaratadi.

Kalit so’zlar:

Tarbiya,ta’lim,t o`garak, individual mashg`ulot, bilim,

malaka,

ko`nikma,

ertaliklar,

konkurslar,

viktorinalar,

ekskursiyalar,

ko`rgazmalar.

Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o`quv

hamda sinfdan tashqari ishlarning o`zagi, maktabning hayot bilan aloqasini
mustahkamlashning asosiy yo`lidir. O`quvchilar mehnat ruhiy va amaliy
tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir.

Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-kunga mustahkamlanib

bormoqda, sinfdan tashqari ishlarning o`quvchilar o`zlarining mustaqilliklari va
tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil
etilgan mehnatning go`zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga
yordam beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda.

O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni davom ettirilishi to`garak

ishlari, jumladan “Mohir qo`llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik
to`garaklari” kabi to`garaklar keng tarqalgandir.

O`quvchilarning mehnat faoliyatiga psihologik va amaliy tayyorlash

o`quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan
vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo`llash orqali amalga oshirilishi kerak.

O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning

butun ta’lim – tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo`lib, u bolaning har
tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlash,
chuqurlashtirish, amalda qo`llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan
biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o`quvchilarning bilim doirasini
kengaytiradi, mehnat ta’lim va tarbiyasi bolalarda fan texnika, san’atning turli
sohalariga qiziqishini o`stirish masalalarini hal etishga yordam beradi.


background image

658

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Texnologiya bo`yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat

darslarining davomi qo`shimchasidir. O`quv mashg`ulotlari bilimlarga qiziqishini
o`zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo`llash hamda
chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda
berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o`zining
o`yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish
o`quvchilarga ishning o`zlariga ko`proq yoqqan, o`zlarini ko`proq qiziqtirgan
to`rini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda
o`quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo`ladi, bu
yerda ular istalgan ish bilan shug`ullanishilari, qo`yilgan maqsadga erishish uchun
kerak bo`lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin.

Sinfdan tashqari ishning formalar ko`pdir:
Ommaviy ish – kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar, ekskursiyalar,

ko`rgazmalar.

Maktablarda boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni

ertaliklar, ko`rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommoviy ish turlaridan
keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e’tibor beriladi. Ommaviy
ishning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta
tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o`z fikri,
bilim va ko`nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarida talab
qilinadi.

Maktabning tarbiyaviy ishlarida ommoviy ishlar katta rol o`ynaydi.

Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik o`quvchilarni har
tomonlama harakat qilishga matnlarni yodlash, kostyumlar tayyorlash, jixozlash,
bezash ishlarini amalga oshirishga majbur qiladi. Kechalar mavzulari shunday
tanlanish kerakki, u o`quvchilarda har tomonlama qiziqish uyg`otsin, ularni
uylashga, ixtiro qilishga majbur etsin va faqat mavjud bilim va ko`nikmalar bilan
cheklanib qolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofiq yangiliklarni ham
o`zlashtira borsin. Ayniqsa kechalar ikki yondosh sinflar kushilganda juda
qiziqarli va jonli o`tadi. Kecha mavzusi asosan makol va matallardan olinadi,
ammo kecha mavzusini “Mehnat va mehnat kishilarini sharaflaydigan” mehnatga
alokador bo`lishi ham mumkin.

Mehnatga bagishlangan kechalarni har bir o`quv choragi va yil

oxirida o`tkazish maqsadga muvofiq bular edi. Kecha “Maktab mehnat darslarida
nimalarni urganib oldingiz” mavzusi asosida o`tkazish mumkin. Kechaning
maqsadi mehnat darslarida olingan ko`nikma va malakalarni mustaxkamlash,
mehnatga muxabbat singdirishdir.

Turli ishlarni bajarish, asboblarni to`g`ri ishlatish, darslarda

foydalaniladigan materiallar va asboblar bo`yicha bilimlarni tekshirishga
bagishlangan musobaqalar sinfda va sinflararo o`tkazilishi mumkin. Ish turlarini,


background image

659

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

tayyorlash texnologiyasini aynan o`zini qoldirib uzgartirish kerak. Hamma
topshiriqlarni bajargan o`quvchilarni maxsus nishon bilan taqdirlash mumkin.

To`garak ishlarida ko`rgazmalar, mavzuli albomlar, ko`rgazmali

qurollarni tashkil etish va bajarish muhim o`rin egallaydi.

Ko`rgazmalar mavzusi xilma-xil bo`lishi mumkin, masalan sinfda

mehnat darslarida bajarilgan ishlar ko`rgazmasi, uyda mustaqil ishlagan yoki
to`garaklarda ishlangan ishlar ko`rgazmasi va shu kabilar. Ko`rgazmani
tomoshabinlar qanday idrok etishlari, ko`rgazmani qanday tashkil etilganligi,
qanday bezatilganligini, namunalarning joylashtirishiga bog’liqdir. Ko`rgazma
estetik didni tarbiyalaydi.

To`garak ishi – “Mohir qo`llar”, “Qo`g`irochoq teatri”, “Yosh

tabiatshunoslar”, “Quvnoq ustaxona” to`garaklari.

Boshlang`ich sinflardagi to`garak ishlari o`quvchilarida umumiy

rivojlantirishni, o`zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatlariga ega
bo`lsinlar.

Boshlang`ich sinflarda to`garak ishi kuyi sinf o`quvchilarini umumiy

rivojlantirish, ayniksa o`qishning turmush bilan alokasi nuktai nazaridan juda
muhim va keraklidir. “Mohir qo`llar”, “Qo`g`irchoq teatri”, “Yosh
tabiatshunoslar” to`garaklari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`lib, to`garaklarda
o`g`il va qiz bolalar bir xil qiziqish bilan shugullana oladilar. har biri o`z qiziqishi,
kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug`ullana oladilar.

To`garaklarni tashkil etishdan oldin o`qituvchi maktabdagi mavjud

imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To`garak uchun albatta alohida xona
kerak bu xona stol-stullar, ma’lum asbob-moslamalar to`plami, tayyor ishlarni
qo`yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo`lishi kerak.

To`garak ish rejasini to`garak rahbari sinf rahbarlari bilan

hamkorlikda bir yilga tuziladilar. Rejada to`garak qaysi ish turi bilan
shug`ullanishi va shu ish turlari bo`yicha qanday amaliy ishlar amalga oshirilishi
qayd etiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murakkabga o`tishini ta’minlash uchun
murakkablik darajasiga ko`ra joylashtiriladi. Rejada o`tkaziladigan ekskursiya
ham ko`rsatiladi. To`garak rejasini maktab rahbari tasdiklaydi. To`garak
mashg`uloti haftada bir marta o`tkazilib, u 1,5 soatdan ortiq davom etmasligi
kerak.

To`garak mashg`uloti odatda yangi ish usullarini ko`rsatishdan

boshlanib, to`garak a’zolari bu harakatni takrorlaydilar, asosiy ishga esa ular bu
ish usullarini yaxshi egallab olganlaridan so`ng kirishiladi. To`garak a’zolari
ishlarni bajarish jarayonija oddiy sxemalar, chizmalardan foydalanishga,
materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bo`lishga, asboblar hamda
ish joiyini toza va tartibli saqlashga albatta odatlantirish zarur. To`garakning har
bir a’zosi “O`zing bilim oldingmi – o`rtog`inga ham o`rgat” degan qoidani doimo
yodida saqlashi kerak.


background image

660

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Individual mashg`ulot - kolleksiyalar to`plash, texnika bilan mustaqil

shug`ullanish, qishloq xo`jaligi ishlari bilan shug`ullanish kiradi.

Boshlang`ich sinf o`quvchilari ko`plab ijtimoiy foydali mehnatda

katnashadilar. Ular paxta terishda, sabzavot mevalarni yig`ishda, ipak qurti
boqishda, maktabni, maktab xovlisini, ko`cha hiyobonlarni obodonlashtirishda
qo`llaridan kelgancha harakat qiladilar. Ular dala shiyponlarida kutubxonalar
tashkil etadilar, xavaskorlik konsertlarini beradilar, makulatura, temir-tersak
to`playdilar, kichkintoylarni, nafaqaxo`rlarni otaliqqa oladilar. Bu tadbirlarni
barchasi o`quvchilar tashabbusi bilan amalga oshiriladi.

Biz ko`p narsalarni o`rganishni faqat dars vaqtida bajara olmaymiz,

qilgan vaqtimizda ham ulgura olmaymiz. Shuning uchun sinfdan tashqari olib
borgan ishlarimiz katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarning
qiziqishlariga, qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Bajarilgan ishlarimizni ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga
olib keladi.

Mehnat

topshiriqlarini

sinfdan

tashqari

ishlarda

qo`llash

o`qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta to`garak ishlarini doimo
nazorat qilib, ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan
kasbiga qiziqtirib va o`quv fanlari mazmunini mukammalashtirib o`quv jarayonini
to`g`ri tashkil etish kerak.

Sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish,

boshlang`ich sinflarda o`zlashtirgan bilim, malaka va ko`nikma va malakalarini
mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini
o`stiradi hamda bidiiy estetik didini oshirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
o`z vaqtida, rejali, tartibli o`tkazilgan mashg`ulotlar o`quvchilarning qiziqish va
xavaslarini oshiradi, ma’naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi.

Xulosa qilib aytganda o`quvchilarga boshlang`ich sinfdanoq kelajakda to`g`ri

kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak avlodning barkamol bo`lishida,

jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR.

1. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang`ich sinflarda qog`ozdan amaliy ishlar”

1996 yil

2. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O, “Texnologiya ta’lim metodikasi”

T., “O`qituvchi” 1986

3. Shumulevich N.M. “Qog`ozdan texnik modellar yasash” T., “O`qituvchi”

1989 y

4. Vorobyov A.Sh. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O`qituvchi” 1989

yil

5. Mavlonova.R.A. “Boshlang`ich sinf Texnologiya darsliklari”. T. 1996y
6. Tursunova Sh.B. “Texnologiya ta’limi metodikasi” o’quv qo’llanmasi

2022 yil

Bibliografik manbalar

X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang`ich sinflarda qog`ozdan amaliy ishlar” 1996 yil

R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O, “Texnologiya ta’lim metodikasi” T., “O`qituvchi” 1986

Shumulevich N.M. “Qog`ozdan texnik modellar yasash” T., “O`qituvchi” 1989 y

Vorobyov A.Sh. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O`qituvchi” 1989 yil

Mavlonova.R.A. “Boshlang`ich sinf Texnologiya darsliklari”. T. 1996y

Tursunova Sh.B. “Texnologiya ta’limi metodikasi” o’quv qo’llanmasi 2022 yil