Mualliflar

  • Abdulaziz Mattiyev
    Andjon davlat chet tillari instituti Filologiya fanlari falsafa doktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58905

Kalit so‘zlar:

Sifat kategoriya turkum tizma.

Annotasiya

Sifat turkumidagi so‘zlar o‘rni bilan ot turkumiga o‘tib, otlik funksiyasini bajarib kelishi mumkin. Ya’ni bunda sifat belgini emas, predmetni ifodalaydi. Sifatlar ot o‘rnida qo‘llangan singari boshqa so‘z turkumidagi so‘zlar ham (ot, sifatdosh, ravishlar) sifat o‘rnida qo‘llanishi mumkin.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(6)

10

Universaljurnal.uz









Mattiyev Abdulaziz Oktyabrjon o‘g‘li

Andjon davlat chet tillari instituti

Filologiya fanlari falsafa doktori

Uzbekistan

O‘ZBEK TILIDA SIFAT KATEGORIYASIDAGI SO‘ZLAR

Annotatsiya:

Sifat turkumidagi so‘zlar o‘rni bilan ot turkumiga o‘tib, otlik funksiyasini bajarib kelishi

mumkin. Ya’ni bunda sifat belgini emas, predmetni ifodalaydi. Sifatlar ot o‘rnida qo‘llangan singari boshqa so‘z
turkumidagi so‘zlar ham (ot, sifatdosh, ravishlar) sifat o‘rnida qo‘llanishi mumkin.

Kalit so’zlar:

Sifat, kategoriya, turkum, tizma.

Abstract:

Adjective words can be replaced by nouns and perform the noun function. That is, in this case, the

quality does not represent the sign, but the object. As adjectives are used instead of nouns, words from other word.

Key words:

quality, category, category, series.

Аннотация:

Прилагательные слова могут заменяться существительными и выполнять функцию

существительного. То есть в этом случае качество представляет не признак, а объект. Так как прилагательные
используются вместо существительных, слова из другого слова.

Ключевые слова:

качество, категория, разряд, ряд.

Language:

Uzbek

Citation:

Mattiyev , A. (2024). WORDS OF ADJECTIVE CATEGORY IN UZBEKI. Universal International

Scientific Journal, 1(6), 10–12. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1097

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.13798947

Sifat kategoriyasidagi so‘zlar biror predmet,

voqea-hodisa va holatning belgi

xususiyatlarini (yani rang-tusi, hajmi, shakli,

xarakter,

xossa-xususiyatlari,

vazni,

mazasi)

ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: sabrli

odam, qaysar qiz, qattiq ishmol, shinam uy. Demak,
predmet, holat va voqea-hodisaning belgisini,
xossa-xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiluvchi
so‘zlar sifat deb ataladi. Sifatlar semantik jihatdan 9
turga bo‘linadi .

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 6

Published: 02.09.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(6)

Universaljurnal.uz

11

Sifatning ma’no turlari. Sifatlar semantik

ma’nosi jihatidan asosan 9 turga ajratiladi:
Xarakter-xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar.
Bunday sifatlar, ayniqsa, inson xarakter-xususiyatiii
ifodalab kelgan so‘zlar tilda juda ko‘p qo‘llanadi:
yaxshi, yoqimtoy, muloyim, ziyrak, mahmadona,
dilkash va h.k. Bulardan bir turkumi inson, predmet
va hayvonlarning xarakter-xususiyatini ifodalashda
umumiy qo‘llanadi, bir turkumi esa faqat inson
xarakteri yoki predmeg xossasini ifodalashga xos
bo‘lib qolgan.

Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet, xodisaga,

inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli
sifatlar orqali ifodalanishi mumkin:

1) tabiiy holat belgilari, a) ijobiy ma’noda:

go‘zal, ko‘hlik, chiroyli, suluv, latif, qomatdor va b.;
b) nuqsoniy belgilar: cho‘loq, mayib, maymoq,
bukir, cho‘tir, soqov, xunuk, g‘ilay, kar, pes, ko‘r,
qiyshiq va b. Qayd etilgan sifatlarning ayrimlari
hayvon va predmetlarning belgisi uchun ham
qo‘llanaverishi mumkin;

2) jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi

sifatlar: bardam, baquvvat, tetik, yosh, keksa, qari,
ojiz, zaif va b. Bunday sifatlar predmet belgilari
uchun ham qo‘llana oladi;

3) ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar: xursand,

xafa, jinni, sog‘, sergak, xushyor, g‘azabnok,
darg‘azab, tajang, kindor, ma’yus, g‘amgin,
alamdiyda, alamzada va b.;

4)

kishining

hayotiy

holatini,

ahvolini

ifodalovchi sifatlar: boy, badavlat, kambag‘al,
qashshoq, yo‘qsil, gado, yetim, mushfiq, bechora,
musofir va b.;

5) predmetning harorat belgisini ifodalovchi

sifatlar: issiq, sovuq, iliq, salqin, ilmiliq kabi;

6) tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi sifatlar:

toza, ozoda, sof, musaffo, saxtiyon, kir, isqird, irkit
va b.;

7) predmetning eskilik, yangilik holatlarini

ifodalovchi sifatlar: yangi, eski, churuk, uvada,
juldur va b.

8) predmetning pishgan yoki xomlik holatlarini

ifodalovchi sifatlar: xom, g‘o‘r, dumbul, pishgan,
pishiq kabi.

9)

predmetning

ho‘l-quruqlik

holatini

ifodalovchi sifatlar: ho‘l, nam, namxush, namtob,
quruq, qoq, qoqquruq, shilta, shalabbo va b.

10) tinch va notinch holatlarni ifodalovchi

sifatlar: tinch, jim, jimjit, sokin, osuda, osoyishta,
notinch, betinch, bezovta va b.

Shuningdek, silliq, g‘adir-budir, g‘ijim, tekis,

siyrak, zich; qalin, yupqa, omonat, puxta, g‘uj,
shovul, tanho, gavjum, ochiq, berk kabi sifatlar ham
turli holatlarni ifodalab keladi. Yuqorida keltirilgan
holat bildiruvchi sifatlarning‘ deyarli hammasi
darajalanadi, shakl o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni
qabul qiladi va ko‘pchiligi ko‘chma ma’noda
qo‘llanadi .

Rang-tus bildiruvchi sifatlar. Predmetning belgi

xususiyatlaridan biri rang-tusdir. Bir turkum sifatlar
predmetning ana shu belgisini ifodalash uchun
qo‘llanadi: oq, qizil, qora, ko‘k, yaigil, malla va b.

Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar. Bunday

sifatlar orqali predmetning turli shakl-ko‘rinishlari,
ichki va tashqi formalari ifodalanadi: dumaloq,
yassi, uzunchoq, qiyshiq, to‘garak, do‘ng va b.
.Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat
bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin:
semiz, ozg‘in, pachoq, bukir kabi.

Hajm-o‘lchov-masofa

bildiruvchi

sifatlar.

Bunday sifatlar predmetning hajmi, o‘lchovi,
miqdori kabi belgilarini ifoda etadi: keng, tor, uzun,
chuqur, chog‘, yirik va b. Bu sifatlar ayrim
tomonlari bilan shakl va holat bildiruvchi sifatlarga
o‘xshab ketadi: Keng dala... hamma yoq lolalardan
libos kiygan. Ummatali yukni orqalab, katta ko‘cha
tomonga yurdi. Katakday kichik, yer bag‘irlagan
qing‘ir qiyshiq xarob uylarda rus ishchilari
yashaydi.

Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar. Bu tur sifatlar

predmetga xos xususiyatlardan biri bo‘lgan maza-
ta’mni ifodalashga xizmat etadi. Maza- ta’mni
ifodalash uchun ot turkumidagi so‘zlardan ham
foydalaniladi: shakar, novvot, nomakob, suv, zahar,
miya, kakra kabi.

Hid bildiruvchi sifatlar. Bu tur sifatlar

predmetning hidini ifodalash uchun xizmat qiladi:
xushbo‘y, qo‘lansa, sassiq, ifor, muattar va b.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(6)

Universaljurnal.uz

1

2

Bunday sifatlar tilning lug‘at boyligida juda kam
sonni tashkil etadi. Shu tufayli bunday belgi uchun
predmet nomlaridan foydalaniladi, ya’ni hidni
ifodalash uchun predmet nomiga «hid» so‘zini
qo‘shib aytish orhali qo‘shma sifatlar hosil qilinadi:
atir hidi, rayhon hidi, yog‘ hidi, kerosin hidi, baliq
hidi kabilar.

O‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar.

Bir qator sifatlar o‘rin va paytga munosabat bildirib
keladi: tonggi, kuzgi, kechki, keyingi, avvalgi,
qishki, yozgi, ertangi, uydagi va b .

Birikmali sifat komponentlari (modellari). Bir

qator so‘zlar (ot, sifat, son turkumidan) birikmali
sifatlarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bunday
komponentlarda hali sintaktik munosabat butunlay
yo‘qolib ketmaganligi, hali yaxlit bir so‘z darajasiga
kelib qolmaganligi uchun ular qo‘shma sifatlar
guruhiga kira olmaydi, ular birikmali sifatlardir:
tosh aralash (qum); loviya aralash (mosh), qum
aralash (loy); qor aralash (yomg‘ir); suv aralash
(kerosin); hazil aralash (kinoya) va b; tengi yo‘q,

bahosi yo‘q, ahamiyati yo‘q, mazasi yo‘q; ko‘p
sonli, ko‘p millatli, ko‘p tirajli, ko‘p tarmoqli, ko‘p
yillik, ko‘p bolali, ko‘p seriyali va h. k .

Tizma (izohli sifat). Bir belgi ma’nosini

ifodalash uchun sodda, qo‘shma, juft va birikmali
sifatlardan tashqari tizma sifatlar, ya’ni turli leksik-
frazeologik

birikmalar,

yoyiq

izohlovchilar

qo‘llanishi ham mumkin. Leksik ifodalar va izohlar
turli so‘z turkumlaridan tarkiblanadi. Bunday
izohlovchilar

ko‘proq

predmet

belgisining

(aniqlovchining)

aniqlovchilari,

uni

konkretlashtiruvchi vositalar, mubolag‘alar bo‘ladi.

Sifat turkumidagi so‘zlar o‘rni bilan ot turkumiga

o‘tib, otlik funksiyasini bajarib kelishi mumkin.
Ya’ni bunda sifat belgini emas, predmetni
ifodalaydi. Sifatlar ot o‘rnida qo‘llangan singari
boshqa so‘z turkumidagi so‘zlar ham (ot, sifatdosh,
ravishlar) sifat o‘rnida qo‘llanishi mumkin.
Ko‘pincha

otlar

ko‘chgan

ma’noda

yoki

emotsional-ekspressiv ma’nolarni ifodalash uchun
predmet belgisi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Ўзбек тили грамматикаси 1-том. Морфология. ‒ Тошкент: Фан, 1973.

2.

Абдураҳмонов Ғ. Равишдош тарихидан // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали.

3.

Ҳамроева М. Ўзбек ва озарбайжон тилларида –(и)б формантли равишдош // “Ўзбек тили ва
адабиёти” журнали.

4.

Ўзбек тили ҳолат феълларида семантик каузация // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали,
1981.

Bibliografik manbalar

Ўзбек тили грамматикаси 1-том. Морфология. ‒ Тошкент: Фан, 1973.

Абдураҳмонов Ғ. Равишдош тарихидан // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали.

Ҳамроева М. Ўзбек ва озарбайжон тилларида –(и)б формантли равишдош // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали.

Ўзбек тили ҳолат феълларида семантик каузация // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали, 1981.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари