YULG’UN O’SIMLIGI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI ANIQLASH | Universal xalqaro ilmiy jurnal

YULG’UN O’SIMLIGI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI ANIQLASH

inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Ulashish
Isayev , Y., & Zokirova , X. (2025). YULG’UN O’SIMLIGI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI ANIQLASH. Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(1), 76–82. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universaljurnal/article/view/61916
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada yulg’un o’simligining guli va novda qismidagi suvda eruvchan B1, B2, B3, B6, B9, B12, C va PP vitaminlarning miqdorini YSSX metodi yordamida aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari bayon qilingan. Olingan natijalar yulg`unning o`rganilgan qismlarida mazkur vitaminlar sezilarli darajada mavjud ekanligini, gulida B2, B9 va PP vitaminlari nisbatan ko`proq, poya qismida esa C vitamini ko`proqligini ko`rsatdi. Yulg’un o’simligida B12 vitamini topilmadi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(1)

76

Universaljurnal.uz

Isayev Yusufjon Tojimametovich

1

., Zokirova Xusniyoxon Xursandbek qizi

Andijon davlat universiteti, kimyo fanlari doktori, professor

1

Andijon davlat universiteti, magistr

2

Uzbekistan

yusufjon_67@inbox.ru

.,

xusniyoxonzokirova@gmail.com

https://orcid.org/0000-0002-9904-6791

.,

https://orcid.org/0009-0002-7594-6362

Annotatsiya:

Maqolada yulg’un o’simligining guli va novda qismidagi suvda eruvchan B1, B2, B3,

B6, B9, B12, C va PP vitaminlarning miqdorini YSSX metodi yordamida aniqlash bo‘yicha olib borilgan

tadqiqot natijalari bayon qilingan. Olingan natijalar yulg`unning o`rganilgan qismlarida mazkur vitaminlar

sezilarli darajada mavjud ekanligini, gulida B2, B9 va PP vitaminlari nisbatan ko`proq, poya qismida esa

C vitamini ko`proqligini ko`rsatdi. Yulg’un o’simligida B12 vitamini topilmadi.

Kalit so‘zlar:

o`simliklar, yulg’un, kimyoviy tarkibi, vitaminlar, YUSSX.

Аннотация:

В статье представлены результаты исследований, проведенных для

количественного определения водорастворимых витаминов B1, B2, B3, B6, B9, B12, C и PP в

цветках и в коре веток тамарикса (гребенщика) методом высокоэффективной жидкостной

хроматографии (ВЭЖХ). Полученные результаты показали, что количество витаминов B2, B9 va PP

в цветках сравнительно больше, а витамина C больше в коре веток, в то время как витамин B12 в

исследованных материалах отсутствует.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

YULG’UN O’SIMLIGI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI

ANIQLASH

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 1

Published: 9.01.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(1)

Universaljurnal.uz

77

Ключевые слова:

растения, гребенщик (тамарикс), химический состав, витамины, ВЭЖХ.

Abstract:

The article presents the results of studies carried out to quantify water-soluble vitamins

B1, B2, B3, B6, B9, B12, C and PP in the flowers and bark of Tamarix (crest) branches using high-

performance liquid chromatography (HPLC). The results obtained showed that the amount of vitamins B2,

B9 va PP in flowers is relatively higher, and vitamin C is higher in the bark of branches, while vitamin B12

is absent in the studied materials.

Keywords:

plants, tamarix, chemical composition, vitamins, HPLC.

Language:

Uzbek

Citation:

Isayev , Y., & Zakirova , K. (2025). DETERMINATION OF THE AMOUNT OF WATER-

SOLUBLE VITAMINS IN THE CONTENT OF THE VEGETABLE PLANT. Universal International

Scientific Journal, 2(1), 76–82.

https://doi.org/10.69891/3060-4540.2025.80.52.001

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14677308

Google scholar:

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=YULG%E2%80%99UN+O%E2%80%99SIMLIGI+TARKIBIDAGI+SUVDA+ERUVCHAN+VITAMINLAR+MIQDORINI+ANIQLASH&btnG=

Crosreff doi:

https://doi.org/10.69891/3060-4540.2025.80.52.001

Vitaminlar organizm uchun zarur

bo'lgan organik moddalar bo'lib, ular turli
fiziologik jarayonlarning to'g'ri kechishini
ta'minlashda,

organizmning

normal

ishlashini ta'minlashda, umuman inson
salomatligida

muhim

rol

o'ynaydi.

Organizmni

vitaminlarga

bo`lgan

ehtiyojining

bir

qismi

o`simlik

mahsulotlari

hisobiga

qoplanadi.

O‘simliklar, ayniqsa mevalar, sabzavotlar,
donlar va yong‘oqlar, vitaminlarning eng
boy

manbalardandir. O‘simliklarning

o‘zida

vitaminlar

ko‘plab

hayotiy

jarayonlarga, shu jumladan hujayra o‘sishi,
energiya ishlab chiqarish, immun tizimi va
asab tizimining sog‘lom ishlashiga yordam
beradi.

Xalqaro

tasniflash

bo`yicha

vitaminlar odatda ikki guruhga, ya`ni
yog‘da va suvda eriydigan vitaminlarga
bo`linadi [1]. Suvda eriydigan vitaminlar

nisbatan oson o`zlashtiriladi, ba`zilari
organizmda umuman to`planmaydi, yoki
zahirasi uzoq vaqtga yetadi. Ko‘plab suvda
eriydigan vitaminlar o‘simliklarni meva,
barg va poya qismlarida ishlab chiqariladi.

Oʼsimliklar turli xil organik moddalar,

jumladan, fenol moddalar, saponinlar,
oshlovchi moddalar, efir moylari, organik
kislotalar, uglevodlar saqlaydi. Shuning
uchun

oʼsimliklar

azaldan

dorivor

moddalar, oshlovchi moddalar va boshqa
biologik faol moddalar manbayi boʼlib
kelgan.

Yulgʻun, jingʻil - yulgʻundoshlar

oilasiga mansub daraxt yoki butalar
turkumiga

kiruvchi

o`simlik.

Uning

Janubiy Yevropa, Janubiy Afrikaning
choʻl, chala choʻllarida va Osiyoda
(Hindistongacha) 54 ta turi tarqalgan [2].
Oʻzbekistonda

Androsov

yulg‘uni

(Tamarix androssowii), jingʻil (Tamarix


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(1)

Universaljurnal.uz

78

laxa), Bunge yulg‘uni (Tamarix bungei),
egik yulg‘un (Tamarix. hispida) kabi jami
12 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda 250 ming
gektarga yaqin yulg‘un changalzorlari bor.
Yulg‘un yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka,
shoʻrxokka, zaxlikka chidamli oʻsimlik
hisoblanadi. Aprel – may oylarida gullaydi
va mevasi sentabr oyining boshida pishib
yetiladi. Hozirgi kunga kelib insonlarda
vitaminlar yetishmovchiligi ko’paygan bir
davrda yulg’un o’simligidan tayyorlangan
damlamalar foydali hisoblanadi [3].

Yulg`unning efir moyi tarkibi juda

o'ziga

xosdir.

Unda

uglevodorodlar

(9,51%), spirtlar (3,46%), aldegidlar
(2.55%),

monoterpen

uglevodorodlar

(5.4%), kislorodli terpenlar (23,06%),
kislorodli

diterpenoidlar

(3,37%),

shuningdek,

sezilarli

miqdorda

yog'

kislotalari va ularning efirlari (45.43%),
efir

moyining

asosiy

komponentlari

tetragidrogeranilaseton

(21,35%)

va

digidroaktindiolid (5,40%) ga to’g’ri
keladi [4]. O`simlik takibida jami 63 xil
makro- va mikroelement mavjudligi
aniqlan bo`lib, bulardan P, Ca, K, Na, Mg
miqdori ko’proq ekanligi qayd etilgan,
shuningdek pektinlar, taninlar, fitontsidlar
mavjud.

Ular

ichak

faoliyatini

normallashtiradi, oshqozon-ichak traktidan
tiklanishiga

yordam

beradi,

siydik

chiqarish yo'li va buyrak toshlaridagi
og'riqni yengillashtiradi. Ushbu butaning

barglari ko'plab dorivor xususiyatlarga ega.
Ulardan olingan ekstrakt yoki qaynatma
immunitetni mustahkamlash, diareyani
davolash, oshqozon osti bezi sog'lig'ini
mustahkamlash, jigarni tozalash, teridagi
yallig'lanish va turli toshma, yaralarni
davolash, virusli kasalliklarga qarshi
kurashish,

shuningdek

tish

emalini

yemkiruvchi

bakteriyalardan

xalos

bo'lishda ishlatiladi [5].

Lekin yulgʼun tarkibidagi vitaminlar

miqdori haqida maʼlumotlar adabiyotlar
uchramaydi. Bundan kelib chiqadiki,
o’simlik turi hali to’liq o’rganilmagan
bo’lib, hozirgi kunda uning ustida ko’plab
tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuning
uchun

ham

Respublikamizda

yetishtirilayotgan

yulg’un

(tamarix)

o’simligining barg va poyalari tarkibidagi
vitaminlar miqdorini aniqlash va qiyosiy
taxlilini

o’tkazish

tadqiqotimizning

maqsadi etib belgilandi.

Tadqiqot ob`yekti sifatida yulg`un

novadalari va gullari olindi, chunki aynan
su qismlari shifobaxsh vosita sufatida
qo`llaniladi.

O`simlik

materiallari

tarkibidagi vitaminlar miqdori YuSSX
metodi yordamida aniqlandi. Chunonchi
bu metod organic moddalar analizida keng
qo`llaniladi [6].

Na’munalar tarkibidagi vitaminlar

tarkibi alohida o’rganilganda quyidagi
natijalar olindi (1-2 jadvallar).

1-jadval

Yulg’un (

tamarix

) o’simligi guli tarkibidagi vitaminlar miqdori


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(1)

Universaljurnal.uz

79

Vitamin

Ushlanish

vaqti, sek

Konsentratsiya,

mg/l

100 g namunadagi

miqdor, mg

Vitamin B

1

2,771

0,576

1,440

Vitamin B

3

5,76

3,384

8,460

Vitamin PP

7,542

4,621

11,553

Vitamin B

9

16,743

3,755

9,388

Vitamin B

2

18,739

3,503

8,758

Vitamin B

6

6,248

1,428

3,570

Vitamin B

12

Aniqlanmadi

0

0,000

Vitamin C

4,317

2,148

5,370

1-jadval natijasiga ko’ra, olingan

namunalar tarkibidagi 8 ta vitamin miqdori

tadqiq etilgan bo’lib, yulg’un o’simligining

bargida 7 xil vitamin mavjud ekanligi

aniqlandi. Taxlil natijasida vitamin B

12

aniqlanmadi. O’simlikning har ikkala

qismida ham B

1

, B

3

, PP, B

9

, B

2

, B

6

va C

vitaminlari mavjud ekanligi tahlil qilindi.

2-jadval

Yulg’un (

tamarix

) o’simligi novda po’stlog’i tarkibidagi asosiy vitaminlar miqdori

Vitamin

Ushlanish

vaqti, sek

Konsentratsiya,

mg/l

100 g namunadagi

miqdor, mg

Vitamin B

1

2,81

0,852

2,130

Vitamin B

3

5,758

3,066

7,665

Vitamin PP

7,829

0,844

2,110

Vitamin B

9

16,886

2,307

5,768

Vitamin B

2

18,887

1,889

4,723

Vitamin B

6

6,502

1,287

3,218

Vitamin B

12

Aniqlanmadi

0

0,000

Vitamin C

4,425

3,046

7,615

O’tkazgan tajribalar natijasidagi

ma’lumotlardan

ko’rish

mumkinki,

o’simlikning guli va novdasining po’stloq

qismida B

1

, B

2

, B

3

, B

6

, B

9

, C va PP

vitaminlar uchraydi. Yulg’un po’stog’i

tarkibida vitamin C va B

3

ning miqdori

sezilardi darajada yuqori bo’lib 100 g

namunadagi miqdori C vitamini 7.615

mgni vitamin B

3

ning miqdori esa 7.665 ni

tashkil etadi. Shuningdek, B

1

vitamini

2.130 mg, PP 2,110 mg, B

9

5,768 mg, B

2

4,723 mg, B

6

3.218mg ni tashkil etadi.

O’simlikning gul qismida esa eng ko’p PP

vitamini 11,553 mg borligi, hamda


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(1)

Universaljurnal.uz

80

B

2

vitamini 8,758mg, B

9

9,388mg, B

3

8,460

mg mavjudligi aniqlandi. Bu vitaminlar

miqdori o’simlikning novda po’stlog’i

tarkibidagi vitaminlar miqdoridan yuqori

ekanligini ko’rsatadi. Har ikki namunada

ham vitamin B

12

aniqlanmadi demak,

yulg’un tarkibida vitamin B

12

uchramaydi

degan xulosaga kelishimiz mumkun.

Yulg'un o'simligi guli va novda po'stlog'i tarkibidagi vitaminlar miqdorining nisbati

Tajriba qism:

Tadqiqot uchun Andijon viloyati

Andijon tumani hududida o’suvchi dorivor

yulg’unning may-iyun oylarida yigib

olingan gullari va oktyabr oyida yig`ib

olingan

novdalari

olindi.

O’simlik

materiali tarkibidagi suvda eruvchan

vitaminlar miqdori aniqlash LC-40 Nexera

Lite (Shimadzu, Yaponiya) yuqori samarali

suyuqlik xromatografida amalga oshirildi.

Terilgan na’munalar salqin joyda quritildi.

Standart eritmalar va namuna ekstrakti LC-

40D nasosi, SIL-40 avtosampleri, SPD-

M40 foto-diod matritsali detektoridan

(PDA)

iborat

samarali

suyuqlik

xromatografi va LabSolutions ver. 6.92

dasturiy ta’minoti yordamida tahlil qilindi.

Shim pack GIST C18 (150 × 4,6 mm; 5

mkm, Shimadzu, Yaponiya) teskari fazali

kolonkasi hamda asetonitril va sirka

kislotaning suvdagi 0,25 % li eritmasidan

tashkil topgan gradientli harakatchan faza

qo'llanildi. In'ektsiya hajmi 10 mkl, oqim

tezligi 0,6 ml/min va kolonka termostati

0

2

4

6

8

10

12

14

Vitamin B1 Vitamin B3 Vitamin PP Vitamin B9 Vitamin B2 Vitamin B6 Vitamin C

gul qismi

novda po'stlog'i


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(1)

Universaljurnal.uz

81

harorati 40 °C etib belgilandi. Har bir

vitaminning

analitik

signali

(cho'qqi

maydoni) uchta to'lqin uzunliklari 265,

291, 550 nm da qayd etildi. Vitamin C ni

aniqlash uchun 15 daqiqali gradiyent

ishlatildi va analitik signal 265 nm to‘lqin

uzunlikda o‘lchandi.

Xulosa:

Shunday qilib, yulg`un guli

va poyasi tarkibidagi suvda eruvchan

vitaminlar

miqdori

YuSSX

metodi

yordamida

aniqlandi.

Yulg’un

o’simligining gul qismi tarkibida PP

vitaminning miqdori 11,553 mg/100 g,

novda po’stlog’i tarkibida esa u atiga

2,110mg/100g ni tashkil etdi. Vitamin B

9

ning miqdori guli tarkibida 9,388 mg/100g,

po’stloq qismida esa 5,768 mg/100g

ekanligi aniqlandi (diagramma).

O’simligining

guli

tarkibidagi

vitaminlar

miqdor

jihatidan

tizimlashtirilsa, B

1

< B

6

<C< B

3

< B

2

<B

9

<

PP qatorida, novda po’stlog’i tarkibidagi

vitaminlar esa B

1

<PP< B

6

< B

2

< B

9

<C< B

3

qatorida ortib boradi.

Demak, olib borilgan tadqiqotlar

natijasi shuni ko’rsatadiki, yulg’un
o’simligining yer ustki qismlari o’rtasida
vitaminlar miqdori bo’yicha tafovut
mavjud. Suvda eriydigan vitaminlar gul
qismida ekanligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


1. Yo.X.Turaqulov «Biokimyo». T. «Oʼqituvchi». 1970. 468 b.
2. I.R. Asqarov. Tabobat qomusi. - Toshkent. Mumtoz so’z 2019. 1142 b.
3. Alshehri, S.A.; Wahab, S.; Abullais, S.S.; Das, G.; Hani, U.; Ahmad, W.; Amir, M.;

Ahmad, A.; Kandasamy, G.; Vasudevan, R. Pharmacological Efficacy of Tamarix aphylla:
A Comprehensive Review. Plants 2022, 11, 118. https://doi.org/10.3390/plants11010118.

4. А.В. Великородов, В.Н. Пилипенко Т.А. Пилипенко А.Г. Тырков. изучение

химического состава эфирного масла тамарикс. Xимия растительного сырья. № 4. С.
117-121, https://DOI:10.14258/jcprm.2017042041

5. Isayev Y., Madrahimov G., Zokirova H. (2024). Determination of macro-and

microelements in the medicinal tamarix plant using IBP-OES method. Universal
International

Scientific

Journal,

1(9),

75–80.

https://doi.org/10.69891/3060-

4540.2024.86.98.00

6. К.И.Сакодынский, В.В.Бражников и др. Аналитическая хроматография. – М.:

Химия. 1993. 464 с.

7. Далимов, Д. Н., Исаев, Ю. Т., & Сайиткулов, А. М. (2001). Молекулярные


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(1)

Universaljurnal.uz

82

комплексы моноаммониевой соли глицирризиновой кислоты с некоторыми
лекарственными средствами и их интерферониндуцирующая активность. Химия
природ. соедин, (2), 132-134.

8. Исаев, Ю. Т., Рустамов, С. А., Аскаров, И. Р., & Хожиматов, М. М. (2019).

Получение комплексных соединений глицирама с биуретом и их биологическая
активность. Universum: химия и биология, (4 (58)), 15-18.

9. Рустамов, С. А., Исаев, Ю. Т., & Аскаров, И. Р. (2019). Получение комплексных

соединений глицирама с о-Аминофенолом. Universum: технические науки, (2 (59)),
49-51.

Bibliografik manbalar

Yo.X.Turaqulov «Biokimyo». T. «Oʼqituvchi». 1970. 468 b.

I.R. Asqarov. Tabobat qomusi. - Toshkent. Mumtoz so’z 2019. 1142 b.

Alshehri, S.A.; Wahab, S.; Abullais, S.S.; Das, G.; Hani, U.; Ahmad, W.; Amir, M.; Ahmad, A.; Kandasamy, G.; Vasudevan, R. Pharmacological Efficacy of Tamarix aphylla: A Comprehensive Review. Plants 2022, 11, 118. https://doi.org/10.3390/plants11010118.

А.В. Великородов, В.Н. Пилипенко Т.А. Пилипенко А.Г. Тырков. изучение химического состава эфирного масла тамарикс. Xимия растительного сырья. № 4. С. 117-121, https://DOI:10.14258/jcprm.2017042041

Isayev Y., Madrahimov G., Zokirova H. (2024). Determination of macro-and microelements in the medicinal tamarix plant using IBP-OES method. Universal International Scientific Journal, 1(9), 75–80. https://doi.org/10.69891/3060-4540.2024.86.98.00

К.И.Сакодынский, В.В.Бражников и др. Аналитическая хроматография. – М.: Химия. 1993. 464 с.

Далимов, Д. Н., Исаев, Ю. Т., & Сайиткулов, А. М. (2001). Молекулярные комплексы моноаммониевой соли глицирризиновой кислоты с некоторыми лекарственными средствами и их интерферониндуцирующая активность. Химия природ. соедин, (2), 132-134.

Исаев, Ю. Т., Рустамов, С. А., Аскаров, И. Р., & Хожиматов, М. М. (2019). Получение комплексных соединений глицирама с биуретом и их биологическая активность. Universum: химия и биология, (4 (58)), 15-18.

Рустамов, С. А., Исаев, Ю. Т., & Аскаров, И. Р. (2019). Получение комплексных соединений глицирама с о-Аминофенолом. Universum: технические науки, (2 (59)), 49-51.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов