Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58502

Kalit so‘zlar:

yulg’un (tamarix) makroelementlar mikroelementlar induksion bog‘langan plazmali optik emission spektometriya

Annotasiya

ushbu maqolada yulg’un o’simligining novdasi po’stlog’i hamda gullari tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdorini induksion bog‘langan plazmali optik emission spektometriya (IBP-OES) usulida aniqlash natijalari keltirilgan. O’simlik  materialining  mineral  tarkibi o’zaro qiyoslanganda novda po’stlog’i tarkibida makro- va mikroelementlar miqdori o’simlikning gul qismiga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

75

Universaljurnal.uz

Isayev Yusufjon Tojimametovich.,

Madrahimov G`ayrat Ne`matjonovich.,

Zokirova Xusniyo Xursandbek qizi

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan

yusufjon_67@inbox.ru

madrahimov7@gmail.com

xusniyoxonzokirova@gmail.com

https://orcid.org/0000-0002-9904-6791

https://orcid.org/0009-0008-6151-8811

https://orcid.org/0009-0002-7594-6362

DORIVOR YULG’UN (TAMARIX) O’SIMLIGI TARKIBIDAGI MAKRO- VA

MIKROELEMENTLARNI IBP-OES USULIDA ANIQLASH

Abstract:

The article presents the results of determining the amount of chemical elements in the bark

of stems and flowers of the tamarix plant by induction-coupled plasma optical emission spectrometry (OES-

ISP). When comparing the mineral composition of plant raw materials, it was found that the amount of

macro- and microelements in the bark of stems is greater than in flowers.

Keywords:

tamarisk, macroelements, microelements, inductively coupled plasma optical emission

spectrometry.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yulg’un o’simligining novdasi po’stlog’i hamda gullari tarkibidagi kimyoviy

elementlar miqdorini induksion bog‘langan plazmali optik emission spektometriya (IBP-OES) usulida aniqlash

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 12.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

7

6

natijalari keltirilgan. O’simlik materialining mineral tarkibi o’zaro qiyoslanganda novda po’stlog’i tarkibida makro-

va mikroelementlar miqdori o’simlikning gul qismiga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

yulg’un (tamarix), makroelementlar, mikroelementlar, induksion bog‘langan plazmali optik

emission spektometriya.

Аннотация:

В статье представлены результаты определения количества химических элементов в коре

стеблей и цветках растения гребенщик (тамарикс) методом оптико-эмиссионной спектрометрии с

индукционно-связанной плазмой (ОЭС-ИСП). При сравнении минерального состава растительного сырья

установлено, что количество макро- и микроэлементов в коре стеблей больше, чем в цветках.

Ключевые слова:

тамариск, макроэлементы, микроэлементы, оптико-эмиссионная спектрометрия с

индуктивно связанной плазмой.

Language:

Uzbek

CitationIsayev ,

Y., Madrahimov , G., & Zokirova , H. (2024). DETERMINATION OF MACRO- AND

MICROELEMENTS IN THE MEDICINAL TAMARIX PLANT USING IBP-OES METHOD. Universal

International Scientific Journal, 1(9), 75–80.

https://doi.org/10.69891/3060-4540.2024.86.98.001

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14512328

Crosreff doi:

https://doi.org/10.69891/3060-4540.2024.86.98.001

Kirish:

Bugungi kunda butun dunyoda

aholi salomatligi bilan bog’liq masalalar juda

muhim va ahamiyatli bo’lib, davlat va

jamiyatning

rivojlanishi

bilan

uzviy

bog’liqdir.inson organizmi oʼzini yaxshi xis

etishi, ruhiy sog’lom, aqliy va jismoniy ish

qobiliyatini saqlab turishi uchun unga biogen

moddalar,

jumladan,

makro-

va

mikroelementlar zarur bo’ladi.

Aholi salomatligi taminlash uchun, aholi

va jamiyatning xususiyatlarini inobatga olgan

holda tabiiy dori darmonlarga bo’lgan talab

nihoyatta ortmoqda. Yurtimiz shifobaxsh,

foydali o’simliklarga juda boy. Dorivor

oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning

tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga

bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida

turli miqdorda toʻplanadi.

Dorivor oʻsimliklarning turilari koʻp

bo’lib, xalq tabobati va tibbiyotda keng

qo’llaniladi. Dorivor oʻsimliklardan biri

bo’lgan yulg’un (Tamariks yoki Tamarisk) -

yulg’undoshlar oilasiga mansub bo’lgan buta

yoki daraxt hisoblanadi. Bo’yi 6 metrgacha

o’sadi, barglari mayda, ninasimon. Gullari

mayda, oq, pushti yoki binafsha rangda, uzun

shingilsimon to’pgulga yig’ilgan. Yulg'un aprel

- may oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr oyida

pishadi.

Mevasi

3-5

pallali ko’sakcha.

Po’stlog’ida 8% ga yaqin, bargida 11-12 %,

mevasida 24.8 % oshlovchi moddalar borligi

olimlar tomonidan aniqlangan [1]. Janubiy

Yevropa, Janubiy Afrikaning cho'l, chala


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

77

cho'llarida va Osiyoda (Hindistongacha) 54 turi

tarqalgan.

Rossiyaning

janubi,

Kavkaz,

Qozog'iston va O'rta Osiyoning daryo va soy

bo'ylarida,

to'gay

o'rmonlarida,

chakalakzorlarda, ko'l va dengiz qirg’oqlarida

uchraydi. Butasimon yulg'un yoqilg'i sifatida

hamda ko'chma qumlarni mustahkamlash

uchun ekiladi, yog'ochidan tokarlikda va

o'ymakorlik ishlarida foydalaniladi, novdasidan

turli buyumlar to'qiladi. Yulg'un yaxshi asal

beruvchi o'simlik, ba'zi turlari manzarali. Tez

o'sadi, urug'i, ildiz bachkisi va qalamchalaridan

ko'paytiriladi [1,3].

Xalq tabobatida po’stlog’i, ildizidan

tayyorlangan

qaynatma

ko’p

dardlarni

davolashda qo’llaniladi. Tutuni xo’l yaralar va

chechakni quritadi. Yanchilgani va kuli olovdan

kuyganga va xo’l yaralarga sepiladi. Mevasi va

guli bitishi kiyin yaralarni quritadi. Yaprog’i,

ayniksa, mevasi qaynatmasi bilan og’izni

chayib turilsa, tish og’rig’ini, tishlarning

yemirilishini to’xtatadi. Surunkali balg’am

tuflashda, ayniksa, mevasi juda foydali.

Yulg’un (tamarix) ekstraktlari turli

bakteriyalar, mikroblar, zamburug'larga qarshi

faollikka ega ekanligi aniqlangan bo’lib, bu

ularni

infektsiyalarni

davolash

uchun

antibakterial faolligini ko’rsatib beradi.

Yallig’lanishni oldini olish, hamda turli yara

kasalliklarini

davolashda

samarali

vosita

ekanligi aniqlangan. Shuningdek sintetik dori

vositalaridan

ancha

foydali

hisoblanadi.

Biologik faolligi va fitokimyoviy tarkibiga

ko‘ra, yulg’un (tamarix) o’simligi tibbiyot va

boshqa

sohalarda

bir

nechta

potentsial

qo‘llanmalarga ega .Masalan tibbiyotda yulg’un

ekstraktidan yallig‘lanish, infektsiyalar va

yaralar kabi kasalliklar uchun tabiiy vosita

sifatida ishlatilinsa, kosmetologiya sohasida

esa yulg’un ekstraktlarining antioksidant va

yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari tufayli terini

parvarish qilish mahsulotlari sifatida

ishlatilishi mumkin. Foydalanish davomida

terini shikastlanishdan himoya qiladi va

yallig‘lanishni kamaytiradi. Tabiiy va samarali

teri parvarish vositasi sifatida qo’llaniladi.

Shuni takidlash kerakki ushbu maqsadlar uchun

yulg’un

ekstraktining

xavfsizligi

va

samaradorligini aniqlash uchun qo‘shimcha

tadqiqot ishlari olib borilishi maqsadga muvofiq

hisoblanadi [4].

Bundan tashqari yulg’un agrosanoat

uchun ham muhim bo’lib undan qishloq

xo‘jaligida tuproqni barqarorlashtirish va

eroziyaga qarshi kurashda foydalanish

iqtisodiy samaradordir, Ayniqsa qurg‘oqchil va

tuproq

sho‘rlangan

muhitda

ishlatilishi

mumkin. Fikrimizcha yurtimizdagi chala cho’l

mintaqalari va cho’llashib borayatgan ayrim

hududlarning tuproq namligini saqlash uchun

yulg’un ko’chatlarini ekish yurtimizning

ekologik farovonligini taminlashga bevosita


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

7

8

xizmat qiladi.

Uning kimyoviy tarkibi aniqlanishicha,

yulg’un (tamarix) efir moyining tarkibi juda

o'ziga xosdir tarkibida uglevodorodlar (9.51%),

spirtlar

(3.46%),

aldegidlar

(2.55%),

monoterpen uglevodorodlar (5.4%), kislorodli

terpenlar (23.06%), kislorodli diterpenoidlar

(3.37%), shuningdek, sezilarli miqdorda yog'

kislotalari va ularning efirlari (45.43%), Efir

moyining

asosiy

komponentlari

tetragidrogeranilaseton

(21.35%)

va

digidroaktindiolid (5.40%) ga to’g’ri keladi[5].

O’tkazilgan tajribalar natijasidagi olingan

ma’lumotlardan

ko’rish

mumkinki,

yulg`unning guli va novdasining po’stloq

qismida makroelementlar ko’p miqdorda

uchraydi. Jumladan: o’simlik guli tarkibida P

307058,6 mg/kg, Ca 30584,82 mg/kg, Mg

440362,51 mg/kg, Na 724362,24 mg/kg va K

1140473,51 mg/kg miqdorda, o’simlik novdasi

po’stlog’i tarkibida esa P 2 484 624,88 mg/kg,

Ca224 698,99 mg/kg, Mg 314336,24 mg/kg, Na

121 807,33 mg/kg, K 366 027,29 mg/kg

miqdorda

mavjuddir.

O’simlik

novdasi

po’stlog’idag’ida P ko’p miqdorda uchrasa,

yulg’un

gulida

esa

Mg,

Na,

K

makroelementlarning miqdori yuqori ekanligi

aniqlandi.

Makroelementlar

qatorida

yulg’un

o’simligining mikroelementlar miqdori ham

o’rganildi. O’simlikning guli va novdasining

po’stloq qismidagi mikroelementlar nisbati bir

biridan keskin farq qiladi. Jumladan: o’simlik

guli tarkibida Al 21217,96 mg/kg, Sn 2331,36

mg/kg, Zn 4621,28 mg/kg, B 4123,06 mg/kg va

Si 13855,7 mg/kg Mn 3618,87 mg/kg, Fe

37235,91 mg/kg, Cu 1224,43 mg/kg, Ti 609,29

Sr 10573,29 mg/kg, Ba 534,02 mg/kg, Cs

770,12 mg/kg, Cr 770,12 mg/kg miqdorda,

o’simlik novdasi po’stlog’i tarkibida esa

yuqoridagi

mikroelememntlar

miqdoridan

keskin farq qiluvchi natijalar olindi. Masalan:

Al miqdori 3452884,22 mg/kg, Si 72636,39

mg/kg, Fe 59200,81 mg/kg, Ba 1169,09 mg/kg,

Cs 1 943,85 mg/kg bo’lib bu gul qismidagi

miqdordan ancha yuqoridir, Zn 2128,05 mg/kg,

Sr 9738,14 mg/kg, Ti 609,29 mg/kg, miqdorda

mavjud bo’lib bu gul qismidagi miqdordan oz

ekanligi o’rganildi. Novda qismida Rb 2628,82

mg/kg, Ni 2813,14 mg/kg, Re 6112,37 mg/kg,

Co 1462,38 mg/kg, Sm 1125,65 mg/kg

miqdorda aniqlangan bo’li gul qismida bu

mikroelementlarning

miqdori

aniqlanish

minimumidan kichik ekanligi aniqlandi.

TAJRIBA QISM:

Bizning tadqiqot

ishlarimizda Yulg’un o’simligi guli va novda

po’stlig’i tarkibidagi kimyoviy elementlar

miqdorini induksion bog‘langan plazmali optik

emission spektometriya usulida aniqlandi.

Mineral tarkibini aniqlash uchun Andijon

viloyati hududida o’suvchi dorivor yulg’un

o’simligidan

namunasidan

foydalanildi.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

7

9

Terilgan na’munalar salqin joyda quritildi.

O`simlik tarkibidagi elementlarni aniqlash

induksion bog‘langan plazmali optik emission

spektometrida

amalga

oshirildi.

Olingan

natijalarni tahlil qilish QTegra ISDS dasturida

bajarildi.

Buning

uchun

tekshirilayotgan

Oldindan quritilgan, maydalangan, 0,001 g

yulg’un o’simligining maydalangan po’stlog’i

aniqlikdagi tarozida 1 g tortib olinib, chinni

tigelda quruq kul olish metodida mufel pechda

500oC gacha qizdirish bilan kul olindi. Bunda

dastlab 500oC gacha 100oC/soat tezlikda

qizdirildi va 5 soat 500oC haroratda ushlab

turildi. Hosil bo‘lgan kul ICP-MS tozalikdagi 6

ml konsentrlangan HNO3 va 2 ml 60 % li H2O2

ta`sirida minerllastirildi. Sovitilgan eritma 100

ml hajmli polipropilen o‘lchov kolbasiga

o‘tkazilib, ultra toza suv bilan chizig‘iga

yetkazildi. Mazkur ishchi eritmadan shpritsli

filtr

yordamida

filtrlanib

analiz

uchun

foydalanildi.Na’munalar tarkibidagi asosiy

makroelementlar va mikroelementlar tarkibi

alohida o’rganilganda quyidagi natijalar olindi

(1-2 jadvallar).

1-jadval

Yulg’un (

tamarix

) o’simligi guli va novda po’stlog’i

tarkibidagi asosiy makroelementlar miqdori(mg/kg)

Yulg’un o’simligining guli va novda po’stloq qismi

tarkibidagi asosiy mikroelementlar miqdori o’rganilgan

bo’lib olingan natijalar jadval shaklida keltirilgan.

2-jadval

Yulg’un (

tamarix

) o’simligi guli va novda po’stlog’i

tarkibidagi asosiy mikroelementlar miqdori (mg/kg)

Mikroelementlar miqdori(mg/kg)

Element

nomi

Gul qismi

Novda po’stlog’i

Al

21217,96

3452884,22

Sn

2331,36

1123,17

Zn

4621,28

2128,05

Rb

<LOQ

2628,82

Pb

123,4

248,32

Ni

<LOQ

2813,14

Re

<LOQ

6112,37

Co

<LOQ

1462,38

B

4123,06

1515,02

Si

13855,70

72636,39

Mn

3618,87

3456,94

Fe

37235,91

59200,81

Cu

1224,43

649,25

Ti

609,29

1208,86

Sm

<LOQ

1125,65

Sr

10573,29

9738,14

Ba

534,02

1169,09

Cs

770,12

1 943,85

Cr

770,12

584,04

* Izoh: <LOQ – natija aniqlash minimumidan kichik

XULOSA

Shunday

qilib,

Andijon

tumani

hududidan yig`ib olingan dorivor yulg’un
o’simligi bargi va poyalarining mineral tarkibi
bog`langan

plazmali

optik

emission

spektrometriya (ICP-MS) metodi yordamida
aniqlandi. Bunda o`simlik takibida jami 63 xil
element mavjudligi, bulardan P, Ca, K, Na, Mg
miqdori ko’proq ekanligi qayd etildi. Olingan
ma`lumotlar o`simlikning biologic faolligini
tasdiqlaydi.

Ushbu ma’lumotlar asosida inson

organizmida makro- va mikroelementlar bilan
bog`liq ko’plab kasalliklarni oldini olishga va
davolashda yordam beruvchi tabiiy vositalar
ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish tavsiya
etiladi.

Makroelementlar miqdori(mg/kg)

Element

nomi

Gullari

Novdasining po’stlog’i

P

307058,6

2 484 624,88

Ca

30584,82

224 698,99

Mg

440362,51

314 336,24

Na

724362,24

121 807,33

K

1140473,51

366 027,29


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

80

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. I.R.Asqarov. Tabobat qomusi. - Toshkent. Mumtoz so’z 2019. 1142 b.
2. Alshehri, S.A., Wahab, S., Abullais, S.S., Das, G., Hani, U., Ahmad, W., Amir, M., Ahmad, A.,

Kandasamy, G., Vasudevan, R. Pharmacological Efficacy of Tamarix aphylla: A Comprehensive Review.
Plants 2022, 11, 118. https://doi.org/10.3390/plants11010118.

3. В. Шуйская, М.П. Лебедева, А.В. Колесников, Т. И. Борисочкина, К.Н. Тодерич.

Xимический состав солей выделяемых тамариксом (Tamarix ramosissima), произрастающим в
условиях различного засоления почв. Бюллетень Почвенного института им. В.В.Докучаева.
2016;(82):110-121. https://DOI:10.19047/0136-1694-2016-82-110-121

4. Roodabeh Bahramsoltani, Mahdieh Kalkhorani, Sayed Mohd Abbas Zaidi, Mohammad Hosein

Farzaei, Rahimi Roja. The genus Tamarix: Traditional uses, phytochemistry, and pharmacology. Journal
of Ethnopharmacology. Volume 246, 10 January 2020, 112245 https://doi.org/10.1016/j.jep.2019.112245

5. А.В. Великородов, В.Н. Пилипенко Т.А. Пилипенко А.Г. Тырков. Изучение химического

состава эфирного масла тамарикс. Xимия растительного сырья. 2017. 4. 117-121;
https://DOI:10.14258/jcprm.2017042041.