72
RIVOJLANISH JARAYONIDA O‘SMIRLIK DAVRI
INQIROZLARI
Hakimova Gulyora Adaxamjon qizi., Alisherova Zulfiyaxon
Andijon davlat pedagogika instituti
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 03.05.2024
Qayta qabul : 16.05.2024
Saytda mavjud : 31.05.2024
Muallif (lar)
Hakimova G.A
Alisherova Z
Muallif bilan aloqa
© Muallif. Hakimova G.A
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish
va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kundagi
dolzarb muammolardan biri bo‘lgan o‘smirlik davri
inqirozlari hamda bu davrda o‘smirlarda qanday
o‘zgarishlar ro‘y berishi, ularni xulq-atvoridagi
o‘zgarishlar,salbiy
hamda
ijobiy
xislatlarning
shakllanishi, salbiy xislatlarni ijobiy xislatlarga
o‘zgartirish uchun qanday chora- tadbirlar ko‘rish
lozimligi ularda qo‘rquv hissi va havotirlanish hissining
kuchli bo‘lishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yoritilgandir,
shuningdek va ommaviy axborot vositalaridan to‘g‘ri
foydalanish borasida qanday ishlar olib borilishi
kerakligi,Ota-onalari va o‘qituvchilar bu yoshdagi
bolalar bilan qanday munosabatda bo‘lishlari to‘g‘risida
so‘z yuritildi.
Kalit so‘z:
O‘smirlik davri,inqirozlar ,ideal men,
axloqiy men, xayoldagi auditoriya, oila muhiti,salbiy va
ijobiy faza, ommaviy axborot vositalari, determinatsiya,
o‘smirlar psixikasi,kattalik tuyg‘usi.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются
одни из актуальных проблем подросткового
возраста, кризисы и кризисы, какие изменения
происходят у подростков в этот период, изменения
в их поведении, формирование отрицательных и
положительных
черт,
трансформация
отрицательных черт в положительные. какие меры
следует предпринять для изменения характеристик,
информации о сильном чувстве страха и тревоги у
подростков, а также что следует сделать для
правильного использования средств массовой
информации. Обсуждалось, как родителям и
педагогам следует обращаться с детьми этого
возраста.
Ключевые слова:
Подростковый возраст,
кризисы, идеальное Я, моральное Я, воображаемая
аудитория, семейное окружение, негативная и
позитивная фазы, средства массовой информации,
детерминация, психика подростка, становление
взрослой жизнью.
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
73
UNIVERSAL international scientific journal
Annotation:
In this article, one of the
current problems of adolescence, crises and
crises, what changes occur in adolescents
during this period, changes in their behavior,
the formation of negative and positive traits,
and the transformation of negative traits into
positive ones. what measures should be taken
to change the characteristics, information
about the strong feeling of fear and anxiety in
teenagers, and what should be done about the
correct use of mass media It was discussed
how parents and teachers should deal with
children of this age.
Key words:
Adolescence, crises, ideal
self, moral self, imaginary audience, family
environment, negative and positive phase,
mass media, determination, adolescent psyche,
becoming an adult.
KIRISH (INTRODUCTION
)
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida
yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib ta‘lim
va tarbiya berish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan.Ma‘lumki,
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev o‘smir yoshlarni har
tomonlama
qo‘llab-quvvatlab
ularga
o‘qishlari, ishlashlari uchun shart-sharoitlar
yaratib
bermoqda.
Sh.M.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida
birinchi bor imzolagan qonun hujjati 2016-yil
14-sentabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida” gi qonuni ekanligini ham
unutmasligimiz kerak.
METODLAR (METHODS)
O‘smirlik davri, asosan, 10-11 yoshdan 14-15
yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi,
ko‘pchilik bolalarda bu davr erta boshlanadi va
5-6-siflarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘smir
endi bola emas,lekin katta ham emas. U
o‘zini xuddi katta odamlar singari tuta
boshlaydi. O‘smirlarda ham fiziologik,
ham psixologik o‘zgarishlar kuzatila
boshlaydi. Bu davrda o‘smir, bolalik bilan
hayrlashadi, lekin katta hayotda o‘z
o‘rnini hali topmagan bo‘ladi. O‘smirlik
davri ‘’krizis davri” ,”qiyin davr” singari
nomlar bilan nomlanadi, bu davrda
o‘smirlarda psixik portlash jarayoni
kuzatiladi. Olimlardan biri L.S.Vigotskiy
o‘smirlik davridagi bunday holatni
“psixik rivojlanishdagi krizis “ deb
nomlagan.[1-63]
NATIJALAR (RESULTS)
O‘smirlik
davrida
yoshlarda
dunyoqarashlari
o‘zgaradi,
yangi
prinsiplar paydo bo‘ladi, o‘zligini anglay
boshlaydi, o‘zini baholash singari
xususiyatlar shakllana boshlaydi. Yana
o‘smirlarda bu davrga kelib “Ideal men”
va “Axloqiy men” shakllanadi. Bu
yoshdagi bolalarda o‘zini atrofdagilarga
isbotlash hissi yuqori bo‘ladi. U endi
kichkina emas, balki katta bo‘lib
qolganini isbotlashga urinadi. O‘zini
kattalardek tuta boshlaydi. Shuning uchun
psixolog
olimlar
“Katta
bo‘lib
qolganlik”tuyg‘usini o‘smirlik yoshidagi
asosiy his ekanligini takidlashgan.
L.S.
Vigotskiy
o‘smirlik
davrida
qiziqishlarning
o‘zgarishga
bog‘liq
ravishda ikkiga bo‘lgan salbiy va ijobiy
fazasini takidlagan.” Salbiy fazada
ilgarigi
qiziqishlar
o‘zgarishini,
o‘qishining
sustlashib
ketishini
atrofdagilarga
salbiy
munosabatda
bo‘lishi, o‘z -o‘zidan qoniqmasligi, ya‘ni
Universal International Scientific Journal
74
UNIVERSAL international scientific journal
unga o‘zining hech narsasi yoqmaydi hattoki,
o‘zining tana tuzilishi ham yoqmay qoladi
hamma narsadan umidini uzib atrofida
bo‘layotgan voqea hodisalarga umuman
befarq bo‘lib qoladi. Ijobiy fazadagi o‘smir
yigit-qizlarda
esa
ilgargi
holatlaridan
yaxshiroq natijalar ko‘rsatishadi masalan,
darslarda yana ham faol qatnasha boshlaydilar,
oila a‘zolariga va do‘stlariga yaxshi
munosabatda bo‘ladilar”[2-355].Bu davrda
o‘smirlarda fikrni tez-tez o‘zgartirish, do‘st
tanlash kabi jarayonlar kuzatiladi.Ularning
ijobiy yoki salbiy xislatlarni egallashi 13-15
yoshlar oralig‘ida sodir bo‘ladi. L.S.Vigotskiy
“O‘smirlik davri salbiy xislatlarini ijobiy
xislatlarga o‘zgartirish yoshini 13 yosh deb
hisoblagan
14-15
yoshlarga
kelib
o‘smirlardagi salbiy xislatni ijobiy xislatga
o‘zgartirish birmuncha qiyinlasha boradi. Bu
davrda ota-onalar va o‘qituvchilar birgalikda
bolaga e‘tiborni kuchaytirishsa, o‘smir
bolalardagi salbiy xislatlarni ijobiy xislatga
o‘zgartirish yanada tezroq va osonroq
bo‘ladi”[3-355].
MUXOKAMA (DISCUSSIONS)
O‘smirlarda
<<Xayoldagi
auditoriya>>
fenomeni paydo bo‘ladi. Unda o‘smirni
tomoshabinlar kuzatib turgandek, u sahna
markazida hamma unga qiziqadi, uni tashqi
ko‘rinishiga, xulq-atvoriga va hissiyotlariga
hamma qiziqadi degan fikrlar paydo bo‘ladi.
O‘smirlik davrida qo‘rquv hissi ham juda
kuchli bo‘ladi. Bolalar atrof muhitda oila
ichida
bo‘layotgan
muammolardan,
janjallardan ham qo‘rquvga tushishi mumkin.
Oilasidagi unga bo‘layotgan munosabatlardan
qoniqmasligi o‘zini hech kimga kerak
emasdek
his
qilishi,uni
hech
kim
yoqtirmagandek tuyuladi go‘yoki u juda
yomon va xunuk inson kabi qo‘rquvlar
bo‘ladi. O‘smirlar psixikasi shu qadar
o‘zgaruvchanki, u hattoki ob-havodan
ham qo‘rquv hissini tuyishi mumkin
masalan, shamol,chaqmoqlardan juda
qattiq qo‘rqib talvasaga tushib qolishi
mumkin.
Bu
borada
D.R.Rahmonovaning
“O‘smirlarda
qo‘rqinch
determinatsiyasi
xususiy
holatlarini turli vaziyatlarda rivojlanishi
mavzusidagi ilmiy ishida qo‘rqinch
holatlar o‘smirlarga juda qattiq salbiy
ta‘sir ko‘satishini takidlab o‘tgan”[4-
357].
O‘smirlar o‘zlarining tushunchalari
o‘y-fikrlari negizida ularning orzu,
maqsad va ularni ro‘yobga chiqarish
amalga oshirish namoyon bo‘la boshlaydi
va ular ota-onasidan uni fikrini hurmat
qilgan holda, qo‘llab-quvvatlab sarmoya
kiritishlarini
kutadilar.
O‘smirlarda
muayyan kasbga mayl va qiziqish
uyg‘onadi va ular shu yo‘nalish bo‘yicha
astoydil o‘qib o‘rgana boradilar.
Aytib
o‘tilganidek, o‘smirlarda
ijobiy hamda salbiy xislatlar bo‘ladi. Shu
sababli, barcha o‘smirlarda axloqiy
tushunchalar bir xil bo‘lmaydi. Bizning
yurtimizda ko ‘p millat vakillari ahil,
inoq, do‘stona munosabatda istiqomat
qilishmoqda. Ko‘p yoshlarimiz ya‘ni
o‘smirlarimiz milliy qadriyatlarimizni
unitib
qo‘yishmoqda
boshqa
davlatlardagi tengdoshlariga taqlid qilib
ularning kiyinish madaniyatini, Ota-
onaga
va
yaqinlarga
bo‘lgan
munosabatlarini o‘rganib ularga taqliq
qilishmoqda. Bunga sabab ommaviy
axborot
vositalarining
kundan-kunga
Universal International Scientific Journal
75
UNIVERSAL international scientific journal
rivojlanib ketayotgani deb o‘ylayman. O‘smir
yoshlarimiz hozirda kitob o‘qish o‘rniga qo‘l
telefonlaridan ko‘p foydalanishmoqda ko‘p
vaqtlarini Telegram, Instagram, Fecebook kabi
saytlarda behuda o‘tkazib yuborishmoqda.Bu
esa o‘sib kelayotgan yangi avlod yoshlarining
odobiga,
xulqiga
salbiy
ta‘sir
ko‘rsatmoqda
.O‘smirlarda
axloqiy
tushunchalar barobar tarkib topmasligini
psixolog
A.I.Maliovanov
ham
takidlab
o‘smirlarni to‘rtta guruhga ajratgan.
“1.Xatti-harakati o‘zlari anglagan ijobiy
qoidalarga tayanib ish tutadigan, so‘zi bilan
ishi mos keladigan o‘smirlar.
2.Axloqiy tushunchalari qiliqlariga mos
kelmaydigan o‘smirlar.
3.Xatti-harakatlari axloqiy normalar haqidagi
bilimlari bilan ajralib turadigan, shu bilimlarga
mos harakat qiladigan o‘smirlar .
4. O‘zlari biladigan axloqiy talablari bilan
kindalik
xulq-atvorlari
aloqasini
tushunmaydigan o‘smirlar”[5-145].
XULOSALAR (CONCLUSION)
Xulosa o‘rnida aytganda kattalar
o‘smirlar bilan do‘stona ularni to‘la
tushunib va aql bilan rahbarlik qilsalar,
bunga o‘smirlar ijobiy qaraydi.Ammo bu
raxbarlik
kattalarning
xohish
istagi
ustunligida kechsa, bu holatda o‘smirlar
qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik salbiy
oqibatlarga ba‘zan depressiyaga olib
kelishi mumkin. O‘smirlik davri inson
hayotida
mustahkam
poydevor
qo‘yiladigan
kasbiy
va
shaxsiy
jarayonlarda muhim ahamiyatga ega davr
hisoblanadi.Shu sababli ota-onalar va
o‘qituvchilar o‘smir bolalarni nazorat
qilib turishlari ularga to‘g‘ri yo‘lni
topishlarida
ko‘maklashishlari
kerak.Ularni qo‘llab-quvvatlab ishonch
bildirishlari lozim.BU davrda olingan
bilim
va
ta‘lim-tarbiya
insonning
hayotida muhim ro‘l o‘ynaydi.Lekin
o‘smirlarga hamma narsani me‘yorida
bo‘lgani maqulroq ta‘lim va tarbiyani
kuchaytirib yuborilsa bolani ta‘limdan
ko‘ngil qolish holatlari kuzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar (Reference List)
1.
Mirziyoyev.Sh Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davim ettirib,yangi
bosqichga ko‘taramiz.T:”O‘zbekiston-2017”
2.
Davletshin.M.G. “Yosh davrlari va pedagogik texnologiya.” T:. - 2004.
3.
Karimova.V.M, Akromova.F.A “Psixologiya.” T – 2000.
4.
“Umumiy psixologiya” E.G‘.G‘oziyev T: Toshkent-2010
5.
“Rivojlanish psixologiyasi”T.[Toshkent- 2007
6.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi. R. A. Mavlonova, N. X. Rahmonqulova, B. A.
Normurodova, K. O. Matnazarova.2014,145-b.
