67
YALLIG’LANISHGA QARSHI XUSUSIYATGA EGA
BO’LGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR
Yunusaliyeva Madina Doniyor qizi
Andijon davlat universiteti
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 03.05.2024
Qayta qabul : 30.05.2024
Saytda mavjud : 31.05.2024
Muallif (lar)
M.D.Yunusaliyeva
Muallif bilan aloqa
madinayunusaliyevamadina@gmail.com
© Muallif. M.D.Yunusaliyeva
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish
va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Anotatsiya:
Ushbu
maqolada
O’zbekistonda
ko’p
o’stiriladigan
yallig’lanish xususiyatiga ega bo’lgan turli xil
o’simlik turlari, ularning ahamiyati haqida
ma’lumot keltirilgan.
Kalit so’zlar:
dorivor o’simliklar,
yallig’lanishga qarshi, farmasevtika, tibbiyot,
biologik
faol
moddalar,
vitaminlar,
bo’ymodaron, gulxayri, qariqiz, zanjabil,
rozmarin, smorodina, antioksidant.
Аннотация:
В
етом
разделе
представлена информация о различных видах
растений, которые часто выращиваются в
Узбекистане
и
обладают
противовоспалителъными свойствами, а
также об их значимости.
Ключевые слова:
лекарственные
растения, противовоспалительные средства,
фармацевтические препараты, лекарственное
средство, биологически активные вещества,
витамины, бузина, бузина, имбирь, розмарин,
смородина, антиоксидант.
Abstract:
This
article
information about various types of plants that are
widely grown in Uzbekistan and have
inflammatory properties, and their importance.
Key words:
medicinal plants, anti-
inflammatory,
pharmaceuticals,
medicine,
biologically
active
substances,
vitamins,
elderflower,
elderberry,
ginger,
rosemary,
currant, antioxidant.
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
68
UNIVERSAL international scientific journal
O‘zbekistonda asrlar davomida xalq
tabobatida qo‘llanib kelingan bir qancha keng
tarqalgan
dorivor
o‘simliklar
mavjud.
Markaziy Osiyoning qo‘shni mintaqalari bilan
taqqoslaganda, O‘zbekistonning tog‘laridagi
maydon birligiga nisbati bo‘yicha o‘simliklar
soni bir necha barobar ko‘p.Mamlakatning boy
o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil
o‘simliklar mavjud, ular orasida dorivor
o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar ekologik
toza
bo‘lib
oziq-ovqat,
aromatik
va
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish
uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
Dorivor o‘simliklar odam va hayvon
organizmlariga ta’sir qiluvchi biologik faol
moddalarni saqlovchi, tibbiyot maqsadida
foydalaniladigan
o‘simliklar
hisoblanadi.Ularda turli biologik faol
moddalar (BFM) to‘planadi: (alkaloidlar,
glikozidlar, vitaminlar, achchiq moddalar,
oshlovchi
moddalar,
polisaxaridlar,
flavonoidlar, efir moylari va b.).Odatda
dorivor o‘simliklarni quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: Tinchlantiruvchi, uyqu keltiruvchi,
og‘riq qoldiruvchi, yaralarni tuzatuvchi, qon
to‘xtatuvchi, safro haydovchi, yumshatuvchi
va boshqalar.Inson va hayvonlar organizmida
ro‘y beradigan turli kasalliklarni davolashda
ishlatiladigan
dori-darmonlar
ichida
shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlanayotgan
dorilar muhim o‘rinda turadi.[1]
Tabobat insoniyat bilan bir davrda
paydo bo’la boshlagan. Insonlar o’z-o’ziga,
bir-biriga yordam berishi oqibatida asta-sekin
tibbiy bilimlar vujudga kelib, asrar davomida
o’ziga xos yo’lini bosib o’tgan. Tibbiy bilimlar
rivojlanishi
hozrgi
davrga
kelib o’ta
ixtisoslashib, mayda bo’limlarga bo’lindi.
Shunga qaramay, tabobat ilmi hozirgi
zamonda
ham
o’z
ahamiyatini
yo’qotmagan va asrlar osha yetib keldi.
Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimovning tashabbusi bilan “ Xalq
tabobati akademiyasi”ning tashkil etilishi
O’zbekiston tarixida muhim voqea bo’ldi.
Zero, qadimiy Turon tabobati dunyosida
tamal
toshi
qo’yganligi
tarixiy
manbalardan ma’lum. Bu muqaddas
zamin tuprog’idagi har bir siyohning
yaprog’idan ildizigacha turli dardlarga
shifo bo’lishi azaldan isbotlangan.
Dorivor ichimliklar, malhamlar tabiiy
giyohlardan
tayyorlanganligi
bois
alpqomat alpomishlar, suluv Barchinoylar
dunyoga kelib, yetti iqlimga dong’i
ketgan. Jahon tabobatining shayxurraisi
Abu Ali ibn Sino kabi allomalarning
vatani bu yurt.[2]
O‘zbekistonda
dorivor
o‘simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud.
Shulardan tabiiy sharoitda o‘sadigan va
madaniylashtirilgan
120
ga
yaqin
o‘simlik turlaridan ilmiy va xalq
tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda
tibbiyotda
qo‘llaniladigan
dori-
darmonlarning qaryib 40-47% o‘simlik
xomashyolaridan olinadi. O‘simliklar
murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan jonli
tabiiy kimyoviy laboratoriya bo‘lib, oddiy
noorganik
moddalardan
murakkab
organik moddalar yoki birikmalarni
yaratish
qobiliyatiga
ega.
Dorivor
o‘simliklarning quritilgan o‘ti, kurtagi,
ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi,
po‘stlog‘i, bargi, guli, g‘unchasi, mevasi
(urug‘ii), danagi, sharbati, qiyomi,
toshchoyi, efir moyi va boshqalardan
doridarmon tarzida foydalaniladi.Dorivor
o‘simliklarni 2 xil tasniflash qabul
Universal International Scientific Journal
69
UNIVERSAL international scientific journal
qilingan: 1) ta'sir qiluvchi moddalarning
tarkibiga qarab alkaloidli, glikozidli, efir
moyli, vitaminli va boshqalar, 2)
farmakologik ko‘rsatkichlariga qarab
tinchlantiruvchi,
og‘riq
qoldiruvchi,
uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir
qiluvchi, markaziy nerv sistemasini
qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va
boshqalar.[3]
Quyida
yallig’lanishga
qarshi
xususiyatga ega bo’lgan dorivor o’simliklar
bilan tanishamiz:
Bo‘ymodaron - Asteraceae oilasiga
mansub ko‘p yillik o‘simlik, ildizlari
o‘rmalovchi, simsimon shaklda. Poyasi tik
turuvchi, balandligi 20-80 sm, mayin tuklar
bilan
qoplangan.
Barg
yaproqlari
lansetsimon, cho‘zinchoq, uzunligi 3-15 sm,
eni 0,5-3 sm, pastki qismida nuqtali
bezchalari bor, ikki yoki uch karra patsimon
bo‘lingan, asosiga biroz yetmaydi, ko‘p sonli
(15-30) bir-biridan sezilarli uzoqroq
joylashgan birlamchi bo‘laklari bor, ular 9-
15 ta tishsimon bo‘lakchalarga ega. Gul
savatchalari poyaning yuqori qismidagi
qalqonchalarda to‘planadi. Tilsimon gullari
5 ta, rangi oq, kamdan kam hollarda pushti
rangda bo‘ladi. Urug‘lari (pistacha) yassi,
cho‘zinchoq kumushsimon-kulrang, uzunligi
1,5-2 mm. Iyun oyidan yozning oxirigacha
gullaydi: urug‘lari iyul-sentyabrda pishib
yetiladi. Tibbiyotda o‘simlikning yer usti
qismi ishlatiladi.
Bo‘ymodaron barglari va gullari
tarkibida azulenlar, murakkab efirlar, kamfora,
tuyol, sineol, kariofillen, chumoli, sirka va
izovalerian kislotalarini o‘z ichiga olgan efir
moyi kiradi. O‘simlik tarkibida taninlar,
qatronlar,
achchiqliklar,
vitaminlar,
alkaloidga o‘xshash axillien va boshqa
moddalari mavjud.
Bo‘ymodaron o‘ti yallig‘lanishga
qarshi va bakteritsid ta’sirga ega. Ular
oshqozon-ichak
traktining
turli
kasalliklari, oshqozon yarasi va gastrit
uchun damlama va qaynatma shaklida
qo‘llaniladi. Bu oshqozon va ishtaha
ochuvchi choylarning tarkibiga kiradi.
Bo‘ymodaronning qichitqio‘t o‘simligi
bilan birga preparati ichki va tashqi qon
ketishida qon to‘xtatuvchi va
tinchlantiruvchi
vosita
sifatida
buyuriladi.[4]
Gulxayri - Malvaceae oilasiga
mansub ko‘p yillik o‘t. Poyasi tik
o‘suvchi, oddiy yoki kam shoxlangan,
mayin yulduzsimon tukli, balandligi 70-
150 sm. Barglari tuxumsimon, pastki
qismi odatda uchburchak-yuraksimon
shakliga ega, chetki qismi tartibsiz
qo‘ng‘urali-tishsimon, ba’zida bir oz 3-5
bo‘lakli, zich mayin tukli, kul rang-
yashil, bandli, yuqori barglari qisqa
bandli. Gullar barglar qo‘ltig‘ida tutam
bo‘lib joylashgan, juda qisqa gulbandli,
zich mayin tukli. Ostki kosacha
Gulyonbarglari (8)-9-(10) qo‘shilib
o‘sgan, tuxumsimon cho‘zilgan, zich
mayin tukli, uchli bargchalardan tashkil
topgan, kosachabarglarga nisbatan
qisqaroq. Kosachabarglari tuxumsimon,
tepaga qarab uzayib uchli, zich mayin
tukli, pastki qismida qo‘shilib o‘sgan.
Gultojibarglari och yoki yorqin pushti,
ba’zan oq tusli, kosachaga qaraganda
1,5-2 baravar uzunroq, gultojibarglar
uchburchak-teskari
yuraksimon.
Urug‘lari orqa tomonda silliq yoki juda oz
burishgan, yulduzsimon-mayin tukli,
Universal International Scientific Journal
70
UNIVERSAL international scientific journal
chetki qismida to’mtoq, soni 15-18. Iyun-
avgust
oylarida
gullaydi,
iyul-sentyabr
oylarida mevalaydi.
Gulxayri yallig‘lanishga qarshi, o‘rab
oluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga
qarshi ta’sirga ega. Gulxayrining shifobaxsh
xususiyatlari polisaxaridlarning ko‘pligi bilan
bog‘liq, ularni suvli damlamada shishishi
kuzatiladi, hajmi oshishi va shilliq pardalar
va terini ingichka qatlam bilan qoplashi
mumkin. Bu qatlam shilliq pardalarni zararli
omillardan (sovuq yoki quruq havo; oziq-
ovqat tarkibiy qismining bezovta qiluvchi
ta’siri, qurishi) himoya qiladi.[4]
Qariqiz - Arctium tomentosum Mill.
(Лопух войлочный) Asteraceae oilasiga
mansub, balandligi 60-180 sm bo‘lgan yirik
ikki yillik o‘t o‘simlik. Ildizi etli, o‘q ildiz,
kam shoxlangan, uzunligi 60 sm gacha;
poyasi tik turuvchi, egiluvchan, chiziq-
chiziqli, mayin tukli. Barglari bandli, keng
yurak-tuxumsimon, tishsimon. Pastki barglari
yirik (uzunligi 50 sm gacha, eni biroz
kamroq). Gullari qalqoncha yoki
qalqonsimon ro‘vak shaklida joylashgan
sharsimon savatchalarga yig‘ilgan. Gullari
naysimon, ikki jinsli, gultojibarglari binafsha-
qizg‘ish rangli, kosachabarglari popukli.
Mevasi cho‘zinchoq, silliq, qirrali, dog‘li, 5-
7 mm uzunlikdagi popukli pistachalar. Iyul –
avgust oylarida gullaydi, mevalari avgust –
sentyabrda pishadi.
Turli xil mualliflarning fikriga ko‘ra,
qariqiz o‘simligi mikroblarga qarshi
faollikka ega, bezgakka qarshi (isitma
tushiruvchi) ta’sirga ega va shamollashda
qo‘llaniladi,
oshqozon
yarasi,
jigar
kasalliklarida,
bavosil,
siydik
tosh
kasalliklarida, bod kasalligida, ko‘karishlar,
yaralar, bosh og‘rig‘ida (peshonada
kompress shaklida) mahalliy vosita
sifatida
ishlatiladi.
Qariqiz
preparatlarning antitoksik ta’siriga oid
ma’lumotlar mavjud (hasharotlar va
ilonlarning chaqishida, simob preparatlari
bilan zaharlanish va boshqalar).
Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, yuqori
nafas yo‘llari va oshqozon-ichak trakti
shilliq qavatining yallig‘lanishi uchun
ishlatiladi. Shuningdek, qariqiz jinsiy
organlar kasalliklari, jigar toshi, trofik
yaralarni davolashda, tasmasimon
chuvalchanglar bo‘lganda ishlatiladi.
Barg shirasidan teri saratonini
davolashda ishlatiladi.[5]
Zanjabil — o‘tkir va ozgina
qizdiradigan
mahsulot
bo‘lib,
u
qovurilgan taomlarda sharqona ta’mni
ochib beradi. Sharqda mashhur bo‘lgan
ziravorlar o‘zining noyob ta’mi va
shifobaxsh xususiyatlari tufayli dunyoni
zabt etdi — zanjabilning ta’mi va hidi
nafaqat taomlarni, balki shamollash va
tushkun kayfiyat bilan kurashishga
yordam beradigan xushbo‘y choyni ham
eslatadi. Yangi va maydalangan zanjabil
vitamin, mikroelement, efir moylari
manbai
bo‘lib,
organizmga
yallig‘lanishga
qarshi
va
mustahkamlovchi
ta’sir
ko‘rsatadi.
Askorbin kislotasi, A va B guruhi
vitaminlari, rux, kalsiy, yod, tabiiy
antibiotik
va
antimikotiklar
tufayli
zanjabil kuchli antioksidant bo‘lib, bir
vaqtning
o‘zida
immunitetni
mustahkamlaydi.
Zanjabilning
ildizi
yallig’lanishni kamaytirishda samarali
hisoblanadi. Kefir — bir choy qoshiq
zanjabil sharbati, bir chimdim dolchin va
Universal International Scientific Journal
71
UNIVERSAL international scientific journal
qizil qalampirni kefirga qo‘shib, tunda ichish
mumkin.
Sevimli retseptlar qatorida zanjabil
sharbatini kamaytirmaslik kerak. Bu eliksir,
ayniqsa, go‘shtli taomlar uchun yaxshi, chunki
uning tarkibida oqsil tuzilishini o‘zgartiruvchi
fermentlar mavjud.[6]
Rozmarin
(Rosmarinus)
—
labguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar
turkumi, efir moyli ekin. Oʻrta dengiz
havzasida 1—3 turi usadi. Doim yashil buta.
Boʻyi 1,5–2 m cha. Bargi va toʻpgulidan efir
moyi olinadigan d o rivor P. (R. offi cinalis),
asosan, Yevropa mamlakatlarida, shuningdek,
Qrim va Kavkazda oʻstiriladi. Qalamchasidan,
kamdankam urugʻidan koʻpaytiriladi. 2—3
yillik koʻchatlari ekiladi. Ekilgandan keyin
2—3yildan boshlab bargi va toʻpguli yigʻib
olinadi. Hosildorligi 40—120 s/ga. Bargi va
toʻpguli tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda
ishlatiladigan 1,5 — 2,5% (quruq moddaga
nisbatan) efir moyi, 0,5% gacha rozmaritsin va
boshqa
alkaloidlar,
ursol
va
rozmarin
kislotalari bor. Butalari 7 — 9 yilda
yoshartiriladi. R. 2 0—25 y. hosil beradi.
Rozmarinning organizmga foydalari juda
ko’p. Masalan tanadagi yallig’lanishni oldini
oladi; asab tizimini himoya qiladi; nafas yo’li
kasalliklariga qarshi kurashadi; qon bosimini
yaxshilaydi;
migren
og’riqlarni
kamaytiradi.[7]
Smorodina yoki qoraqat (Ribes)
qoraqatdoshlar
oilasiga
mansub
butasimon
koʻp
yillik
oʻsimliklar
turkumi, rezavor mevadir. Vatani —
Yevropa. Sning Yevrosiyo, Shimoliy va
Janubiy Amerikaning sovuq va moʻʼtadil,
Afrikaning
muʼtadil
mintaqalarida
oʻsadigan 150 yovvoyi turi bor. Yevropa,
Osiyo va Shimoliy Amerikada ekiladi.
Oʻzbekistonda
togʻli
hududlarda
butazorlar orasida; soylarda, tog yon
bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi.
Smorodinaning qora (R. nigrum L), qizil
S. (R. rubrum), tillarang S. (R. aureum) va
boshqa turlari ekiladi. Qora smorodina
barglari va mevalari yallig’lanishga
qarshi ta’sirga ega. Jigarni inson
tanasining kimyoviy zavodi deb hisoblash
mumkin. Agar odamda jigar bilan bog'liq
muammo bo'lsa, u inson tanasining
sog'lig'iga
jiddiy
zarar
etkazadi.
Tarkibidagi antioksidant moddalar qora
smorodina meva ekstrakti, masalan,
antosiyaninlar, vitamin C, flavonoidlar va
fenolik kislotalar yaxshi antioksidant
ta'sirga ega va jigarni himoya qilishda
sezilarli ta'sirga ega.[8].
Foydalanilgan adabiyotlar (Reference List)
1. www.google.com Dorivor o‘simliklar ularning tabiatda va inson hayotidagi roli. cyberleninka.ru
2. M.A.Jo’rayev – Dorivor o’simliklar atlasi. Toshkent-2019.
3. Tulyaganova M. Yuldashev A.S – O’zbekistonda keng tarqalgan foydali o’simliklar. Toshkent-2011.
4. O.K.Xojimatov, X.Q.Haydarov, D.T.Xamrayeva, D.A.Imomova, A.N.Xujanov – O’zbekiston
dorivor o’simliklaratlasi. Samarqand – 2021.
5. uz.wikipedia.org/wiki/Qariqiz
6. medal.uz/zanjabil-sogliq-uchunfoydalari-va-istemoli/
7. instagram.com/sogliqdunyosi/p/CxX007gqrc/
8.
https://srcyrl.ingredients-lonier.com/info/what-are-the-benefits-of-black-currant-fruit-e-
74356891.html
