187
KREDIT TA'LIM TIZIMI SHAROITIDA TALABALARDA KASBIY
SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH
Bozorova Muazzam Hamid qizi
Yangi asr Universiteti, Maxsus Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 24.06.2024
Qayta qabul : 28.06.2024
Saytda mavjud : 30.06.2024
Muallif (lar)
M.H.Bozorova
© M.H.Bozorova
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos
keltirish va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan
maqsadda foydalanish mumkin.
Annotatsiya.
"O'zbekiston
Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish kontsepsiyasi"da oliy ta'lim
jarayonlariga
raqamli
texnologiyalar
zamonaviy o'qitish usullarni joriy etish,
yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish,
korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-
texnik ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan
talabalar
ulushini
oshirish,
kredit-modul
tizimini joriy etish, o'quv rejalarida amaliy
ko'nikmalarni
oshirishga
qaratilgan
mutaxassislik
fanlari
bo'yicha
mashg'ulotlar ulushini oshirish bo'yicha aniq
vazifalar
belgilab
berilgan.
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentning
2019
yil
oktyabrdagi
Farmoni
bilan
tasdiqlangan
"O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi"ga
ko'ra
mamlakatdagi
oliy
ta'lim
muassasalarining 85 foizi 2030 yilgacha
bosqichma-bosqich
kredit-modul
tizimiga
o'tishi
rejalashtirilgan.
Bu
yaqin
yillar
davomida mamlakatdagi deyarli barcha oliy
ta'lim muassasalarining kredit-modul tizimida
faoliyat yurita boshlashidan darak beradi.
Kredit-modul tizimi, bu — ta'limni tashkil etish
jarayoni
bo'lib,
o'qitishning
texnologiyalari jamlamasi va kredit o'lchovi
asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir
butunlikda
olib
borish
serqirra
hamda
murakkab tizimli jarayondir.
Kalit so‘zlar:
Kredit- modul tizimi,
mustaqil
ta’lim,
axborot
zamonaviy ta’lim, psixologik imkoniyat, ta’lim
jarayoni.
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
188
UNIVERSAL international scientific journal
Аннотация:
В «Концепции развития
системы высшего образования Республики
Узбекистан до 2030 года» предусмотрено
внедрение
цифровых
технологий
и
современных методов обучения в процессы
высшего образования, широкое вовлечение
молодежи в научную деятельность, борьбу с
коррупцией, инженерное дело. и технического
образования определены конкретные задачи по
увеличению доли студентов, обучающихся
естественным наукам, по внедрению кредитно-
модульной
системы,
увеличению
доли
производственной практики по профильным
предметам,
направленной
на
совершенствование практических навыков в
учебных программах. Согласно «Концепции
развития системы высшего образования
Республики Узбекистан до 2030 года»,
утвержденной Указом Президента Республики
Узбекистан от 8 октября 2019 года, 85
процентов высших учебных заведений страны
будет поэтапный переход на кредитно-
модульную систему до 2030 года. Зуб
планируется. Это свидетельствует о том, что
практически все высшие учебные заведения
страны в ближайшие годы начнут работать по
кредитно-модульной
системе.
Кредитно-
модульная система представляет собой
процесс
организации
образования
и
представляет
собой
модель
оценки,
основанную на совокупности модульных
технологий обучения и кредитной меры. Ее
проведение в целом представляет собой
сложный и системный процесс.
Ключевые слова:
Кредитно-модульная
система,
самостоятельное
образование,
информационные технологии, современное
образование, психологические возможности,
образовательный процесс.
Abstract:
In the "Concept of the
Development of the Higher Education System of
the Republic of Uzbekistan until 2030",
introduction of digital technologies and modern
teaching methods into higher education processes,
wide involvement of young people in
scientific activities, fight against corruption,
engineering and technical education specific
tasks have been defined to increase the share
of students studying in science, to introduce
the credit-module system, to increase the
share of practical training in specialized
subjects aimed at improving practical skills
in the curricula. According to the "Concept
of the Development of the Higher Education
System of the Republic of Uzbekistan until
2030", approved by the Decree of the
President of the Republic of Uzbekistan on
October 8, 2019, 85 percent of the higher
education institutions in the country will
gradually transition to the credit-module
system until 2030. tooth is planned. This
indicates that almost all higher education
institutions in the country will start operating
in the credit-module system in the coming
years. The credit-module system is a process
of educational organization and is an
evaluation model based on a set of module
technologies of education and a credit
measure. Carrying it out as a whole is a
complex and systematic process.
Key words:
Credit-module system,
independent
education,
information
technology,
modern
education,
psychological
opportunity,
educational
process.
KIRISH
Kredit-modul
tamoyilida
ikkita
asosiy
masalaga
ahamiyat
beriladi:
talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash;
talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari
sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:
• o'quv jarayonlarini modul asosida
tashkil qilish;
• bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini
aniqlash;
• talabalar bilimini reyting ball
asosida baholash;
Universal International Scientific Journal
189
UNIVERSAL international scientific journal
• talabalarga o'zlarining o'quv rejalarini
individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
• ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim
olishning ulushini oshirish;
• ta'lim dasturlarining qulayligi va mehnat
bozorida mutaxassisga qo'yilgan talabdan kelib
chiqib o'zgartirish mumkinligi. Yuqoridagilar dars
mashg'ulotlarini nafaqat o'qitishni innovasion
ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, balki
talabadan mustaqil
o'qib-o'rganish,
ta'limga
yangicha munosabatda bo'lish, mehnat bozori
talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy
bilimlarni
egallash,
amaliy
ko'nikmalarini
shakllantirishga o'rgatishdan iboratdir. Muxtasar
aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy
rivojlanishi va kamolotiga yo'naltirilgan. Ilm
sohibining butun hayoti davomida bilim olishini
ta'minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy
talablarga javob bera oladigan inson kapitalini
shakllantirishga qaratilgandir. Keling, shu o'rinda
modul va kredit tushunchalari mohiyatiga
qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar
o'rganiladigan o'quv rejasining bir qismi. U
talabalarda ma'lum bir bilim va ko'nikma hosil
qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish
salohiyatiga ega bo'lishiga qaratilgan bir nechta
fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda
o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil qiladi, jonli,
video hamda audio ma'ruzalar o'qiydi, talabaning
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Talaba esa mavzuni mustaqil o'rganadi hamda
berilgan topshiriqlarni bajaradi. Xorijiy tajribaga
ko'ra, kredit-modul tizimida o'quv jarayoni har
semestrda 2-4 tagacha moduldan iborat bo'ladi.
Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik
sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga
qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o'zaro
uzviy to'ldirish printsipi asosida shakllantiriladi.
Talaba mutaxassis bo'lib shakllanishi uchun
nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash,
amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo'lishi
talab etiladi. Modulga asoslangan o'quv dasturlari
maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va
quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi:
• o'quv maqsadi hamda vazifalarning
to'liq ochib berilishi;
• talabaning fanni (kursni) boshlashi
va tugatishidan keyingi orttirishi lozim
bo'ladigan malakasiga qo'yiladigan talablar;
• modul tarkibiga kirgan har bir
fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya'ni
ma'ruzalar mavzulari, seminar va amaliy
mashg'ulotlarning rejasi, mustaqil ta'limni
baholash uchun mo'ljallangan topshiriqlar;
• o'qitishning qisqacha bayoni: ta'lim
berish usul hamda vositalari; bilimlarni
baholashning usul va shakllaridan iborat.
Modul asosida o'qitish tizimida talabalar
bilimi,
malakasi
hamda
ko'nikmasini
baholashda reyting baholash tizimidan
foydalaniladi. Unda talabaning barcha o'quv
faoliyati, ya'ni auditoriya va auditoriyadan
tashqarida olgan, o'zlashtirgan bilimlari ball
berish orqali baholanadi. Bu o’z navbatida
oliy ta’limda taxsil olayotgan yosh
kadrlardan o’z sohalari bo’yicha yetuk
mutaxassis bo’lish bilan birgalikda o’zlari
egallayotgan sohalari bo’yicha mustaqil
faoliyat yurita oladigan, zarur paytda
mustaqil fikr yurita oladigan raqobatbardosh
kadrlar bo’lishlarini talab qilmoqda. Ta’lim
jarayonida talabaning mustaqil ta’lim
olishini faollashtirish zarur. Mustaqil ta’lim
masalasini qo’yilishi, yechish, o’z–o’zini
nazorat qilish va baholashning yo’llarini
talaba tomonidan tanlanishi va bajarilishi
bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda oliy
ta’limda o‘quv jarayoni mutaxassislarni har
tomonlama shakllantirishga yo‘naltirilgan
bo‘lib, ularning ma’lum kasbiy bilim, malaka
va
ko‘nikmalarni
egallash
sharoitida
talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish
va boshqarish bo‘yicha har tomonlama
tizimli ish olib borishni talab etadi. Oliy
ta’limda dars jarayoni ko‘plab ma’lumotlar
sig‘imini egallashga, samarador, ijodiy
Universal International Scientific Journal
190
UNIVERSAL international scientific journal
tafakkurni shakllantirishga, shaxsning intellektual
salohiyatini rivojlantirishga, mantiqiy tahlil va
ma’lumotlarni har tomonlama qayta ishlashga
bo‘ysundirilmog‘i
lozim.
Mutaxassislar
tayyorlashda zamonaviy talablarga binoan ta’lim
jarayonini tashkil etishning muhim shartlaridan
biri talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini
faollashtirish hisoblanadi. Talabalarning mustaqil
ta’lim olish tizimida mustaqil ta’lim mazmuni
uning asosini tashkil etadi. Mustaqil ta’lim
mazmunini mustaqil ta’lim materiallari, ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchilarning faoliyati tashkil
etadi. Bunda o‘qituvchi va talaba muloqoti asosiy
rol o‘ynaydi. Mustaqil ta’lim olishning asosiy
vositasi - bu mustaqil ta’lim materiallaridir. Ular
uzviy bog‘langan tizim bo‘lib, darsliklar, o‘quv-
metodik qo‘llanmalar va ma’ruza matnlaridan farq
qiladi. Ularda teran va mazmundor uslubiy
ko‘rsatmalar, ta’lim oluvchining bilish faoliyatini
boshqarish bloki, kasbiy tayyorgarligi jarayonida
mustaqil o‘qish mezonlari, uning o‘z-o‘zini
mustaqil o‘qishga yo‘naltirib borishi, o‘z-o‘zini
nazorat qilishi, o‘z-o‘zini namoyon etishi va
shaxsiy bilish faoliyati jarayonida o‘z - o‘zini
baholay olishi uchun psixologik - pedagogik
tavsiyalar mavjud bo‘ladi. Mustaqil ta’lim
materiallari o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari, ma’ruza
matnlari,
kompyuter
dasturlari,
audio
va
videomateriallar, mavjud an’anaviy darsliklardan
foydalanishga doir tavsiyalar, axborotning boshqa
manbalari ko‘rinishida bo‘ladi.
Mustaqil ta’lim materiallari bir necha
belgilari bo‘yicha tasniflanadi.
1. O‘quv materiali tavsifiga ko‘ra: bular
darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalardan
olinadigan bilim va ma’lumotlar; qo‘shimcha
materiallar; namunaviy ma’ruza matni va boshq.
2. O‘quv axboroti hajmiga ko‘ra:
O‘rganilayotgan masalalar, o‘quv fani mavzui
bo‘yicha axborotning to‘la hajmi. Axborot
texnologiyalari bilan bog‘liq materiallar.
3. Foydalanish muddatiga ko‘ra: Ta’lim
oluvchilarga bir marta foydalanish
uchun
tarqatiladigan materiallar;
Mashg‘ulotlarda bir necha marta
foydalaniladigan materiallar. Mustaqil ta’lim
olish jarayonida mustaqil ta’lim materiallari
hamda ta’lim oluvchi va o‘qituvchi muloqoti
yetakchi komponentlar hisoblanadi. Bu ikki
komponentning o‘zaro ta’sir darajasi ochiq
ta’lim modellarini tenglashtirishga yordam
beradi. Ko‘plab talabalarning ilgari mustaqil
ta’lim materiallari bilan mustaqil ishlash
muammosiga hech qachon duch kelmaganini
e’tiborga olish lozim. Mustaqil ta’lim
materiallari darsliklar, o‘quv va metodik
qo‘llanmalardan farqli o‘laroq tuzilishi
jihatdan murakkab xarakterga ega. Amaliyot
ko‘rsatadiki, ko‘plab ta’lim oluvchilar tahsil
jarayonida o‘zlarining mustaqil ta’lim
materiallari bilan ishlay olish ko‘nikmalarini
xolis baholay olmaydilar. Bu baholashlar
hamisha shaxsiy (sub’ektiv) xarakterga ega.
Bu jarayonning xolisligini qay tarzda
ta’minlash borasida jiddiy muammo chiqadi.
Ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim
materiallari
bilan
mustaqil
ishlash
ko‘nikmasini baholash mezonlarini ishlab
chiqish, belgilash, asoslab berish va undan
foydalanishni ko‘rsatish lozim. Har bir ta’lim
oluvchi o‘zini o‘zi baholashi va o‘z
faoliyatini to‘g‘rilashi yoki tashkil qilishga
tayyorgarligiga muvofiq holda mezonlar
tanlaydi.
Bugungi
kunda
rivojlangan
mamlakatlarda talabalarning o’quv va ijodiy
faolliklarini
oshiruvchi,
ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini kafolatlovchi
pedagogik texnologiyalarni qo’llashga doir
katta tajriba to’plangan bo’lib, bu tajriba
asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda.
Talaba asosan, o’zi o’zlashtirgan bilimlarni
namoyish etadi, o’qituvchi esa uning
fikrlarini
tinglaydi,
zarur
o’rinlarda
o’qituvchi – talaba an’anaviy ta’limdagi
suhbat ishtirokchilari savollar bilan murojaat
qiladi. Talabalar guruhi (jamoasi) bu
vaziyatda
butunlay
sust
ishtirokchi,
tinglovchi bo’lib qoladi. Bir qarashda talaba
Universal International Scientific Journal
191
UNIVERSAL international scientific journal
yoki
o’qituvchi
tomonidan
uzatilayotgan
axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi
(jamoasi)
uchun
bilimlarni
o’zlashtirish
imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg’otadi.
Biroq,
psixologik
tadqiqot
natijalarining
ko’rsatishicha, shu tarzda qabul qilingan bilim
(ma’lumot)lar juda tez unutiladi. Hususan,
amerikalik psixolog olimlar R. Karnikau va F.
Makelrouning o’rganishlariga ko’ra shaxsning
tabiiy fiziologik – psixologik imkoniyatlari
muayyan shakllarda o’zlashtirilgan bilimlarni turli
darajada
saqlab
qolish
imkonini
beradi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan
muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy
kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni talabalarga yetkazib
berish asosida ma’lum faoliyat ko’nikma va
malakalarni shakllantirish, faoliyatini nazorat
qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va
amaliy bilimlar darajasini baxolash o’qituvchidan
yuksak pedagogik mahoratni, ta’lim jarayoniga
nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta’lim
jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni
kiritish ta’kidlanadi. Pedogogik texnologiya bu
ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv bo’lib, unda
ta’lim jarayonining tashkil etishda texnika va
inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning
o’zaro munosabati ta’limning optimal formalari
yaratilishiga
zamin
bo’ladi.
Pedagogik
texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga
bo’lish mumkin:
- ta’lim - tarbiya ishtirokchilari shaxsiga
qo’yiladigan ijtimoiy talablar;
- hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy
tayyorgarligi;
- ta’lim jarayoning maqsadi, mazmuni,
mohiyati, amalga oshirish vositalari;
- ta’lim jarayonini diffentsiyalashtirish;
- ijodiylik.
Ya’ni shaxs: manbani o’zi o’qiganida
10 %;
ma’lumotni eshitganida 20 %;
sodir bo’lgan voqea, hodisa yoki
jarayonni ko’rganida 30 %;
sodir
bo’lgan
voqea,
hodisa
yokijarayonni ko’rib, ular to’g’risidagi
ma’lumotlarni eshitganida 50 %; ma’lumot
(axborot)larni o’zi uzatganida (so’zlaganida,
bilimlarini namoyish etganida) 80 %;
XULOSA
O‘zlashtirilgan bilim (ma’lumot,
axborot)larni o’z faoliyatiga tatbiq etganida
90 % hajmdagi ma’lumotlarni yodda saqlash
imkoniyatiga ega. Talabalarda mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash
xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash
operatsiyalari
asosida
dars
jarayoni
faollashtiriladi. Bu o’qituvchining: nima
uchun?, qanday maqsadda?, sababalari
qanday?, natija nima uchun shunday bo’ldi?
singari savollarning muhokamasi orqali
amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni
evristik, muammoli vaziyatlarga tortish,
tanqid, gumon xolatlarini muhokama qilish,
ulardagi muammolarni mustaqil holda topish
va ularni yechish uchun o’z loyihalarini
tuzish
va
himoya
qilish
talabalar
tafakkurining
ma’nodor
va
unumdor
bo’lishiga xizmat qiladi. Ko’nikma va
malakalarni
shakllantirish
bilimlarni
o’zlashtiribgina qolmay xilma-xil ko’nikma
va malakalarni hosil qiladilar. Ko’nikma-
mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti-
harakatlarning
avtomatlashgan
usuli.
Fiziologik jihatdan ko’nikma bosh miyaning
katta yarim sharlari po’stlog’ida hosil bo’lib,
vaqtinchalik
nerv
bog’lanishlarining
barkaror tizimining funksiyasini ta’minlaydi.
Dinamik-stereotiplarni yaratish sharoitlari
bir vaqtning o’zida avtomatlashgan akt bilan
murakkab
analitik-
sintetik
faoliyatini
yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat
ko’nikmalar, balki malakalar ham yuzaga
keladi. Ta’lim jarayoni tashkil etishning
o’ziga xos metodlaridan biri ishbop
o’yinlardir. Ishbop o’yinlar munosabatlar
Universal International Scientific Journal
192
UNIVERSAL international scientific journal
sistemasini
modellashtirish,
faoliyat
xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 1997 y., 29 avgust
№463-1.
2. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi». Toshkent, 1997 y., 29
avgust №463-1.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «Uzluksiz ta’lim
tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida»gi 5-sonli Qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 343-sonli Qarori.
5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 yanvardagi “Oliy ta’limning
Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 2001 yil 16 avgustdagi “343-sonli qororiga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi 3-sonli qarori.
