Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74616

Kalit so‘zlar:

flavanoid ferul kislotasi gall kislotasi xloragen kislotasi Andijon navi YuSSX

Annotasiya

Ushbu maqolada amarant o`simligi tarkibidagi flavanoid miqdorini aniqlash usuli va olingan natijalar keltirilgan. Amarant oilasi (Amaranthaceae Juss.) ga 65 ta turkum o‘simlik mansub bo‘lib, ularni 900 dan ortiq turlari bor. Shular ichidan Amaranthus L turkumi keng taqalgan. Amaranthus L turkumining hozirgi kunda turli manbalarda 60 dan 100 taga turi mavjudligi keltiriladi.


background image

UN

IV

ERSA

L intern

atio

n

al

sc

ien

tific j

o

u

rn

al

www.universaljurnal.uz

167

AMARANT O`SIMLIGI TARKIBIDAGI FLAVANOIDLAR

N.T.Yoʻlchieva- k.f.f.d (PhD)

Andijon davlat universiteti


Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 18.06.2024
Qayta qabul : 24.06.2024
Saytda mavjud : 28.06.2024

Muallif (lar)
N.T.Yoʻlchieva

Muallif bilan aloqa

https://orcid.org/0009-0000-2873-4573

nafizayuldasheva@gmail.com

© N.T.Yoʻlchieva

UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal

Ochiq ma’lumotlar:

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal

Maxfiylik bayonoti

Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish
va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.



Annotatsiya.

Ushbu maqolada amarant

o`simligi

tarkibidagi

flavanoid

miqdorini

aniqlash usuli va olingan natijalar keltirilgan.
Amarant oilasi (Amaranthaceae Juss.) ga 65 ta
turkum o‘simlik mansub bo‘lib, ularni 900 dan
ortiq turlari bor. Shular ichidan Amaranthus L
turkumi

keng

taqalgan.

Amaranthus

L

turkumining hozirgi kunda turli manbalarda 60
dan 100 taga turi mavjudligi keltiriladi.

Kalit so`zlar:

flavanoid, ferul kislotasi,

gall kislotasi, xloragen kislotasi, Andijon navi,
YuSSX.

Аннoтация:

Абстрактный. В данной

статье представлен метод определения
количества флавоноидов в растении амарант
и

полученные

результаты.

Семейство

Амарантовые (Amaranthaceae Juss.) включает
65 родов растений и более 900 видов. Из них
широко

распространено

семейство

Амарантовые L. По разным данным в
настоящее время насчитывается от 60 до 100
видов Amaranthus L.

Ключевые

слова:

флаваноид,

феруловая

кислота,

галловая

кислота,

хлорогеновая кислота, андижанский сорт,
ЮССХ.

Annotation:

This article presents the

method of determining the amount of flavanoids
in amaranth plant and the obtained results.
Amaranth

family

(Amaranthaceae

Juss.)

includes 65 genera of plants and more than 900
species. Of these, the Amaranthus L family is
widespread. According to various sources, there
are currently 60 to 100 species of Amaranthus L.

Key words:

flavanoid, ferulic acid, gallic

acid, chlorogenic acid, Andijan variety, YuSSX.

Universal International Scientific Journal

2024, 1(3)

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(3)

168

UNIVERSAL international scientific journal

Respublikamizda amarantning mahalliy

iqlim sharoitlariga mos hosildor navlarini
yaratish, introduksiya qilish, yetishtirilgan
xom ashyoni qayta ishlash borasida bir qator
diqqatga sazovor ilmiy ishlarni amalga
oshirilmoqda. Bu borada mintaqamiz iqlim
sharoitiga mos introduksiya qilingan amarant
o‘simligi navlari bargi va gulto‘pi qismlarini
qayta ishlash orqali olingan shifobaxsh
fitochoy va bo‘yoq mahsulotlarini kimyoviy
tarkibini tadqiq qilish, ajratib olingan
komponentlarni

biologik

faolliklarini

o‘rganish, ularni tegishli sohalarga tadbiq etish
muhim ahamiyat kasb etadi.

Amarant insonlar tomonidan qariyib

4000 yildan beri foydalanib kelinayotgan
o‘simliklardan biri bo‘lib, tropik va subtropik
iqlim sharoitlariga mos turlari ko‘plab
uchraydi. Amarant o‘rta asrlarda inklar va
atsteklar davrida iqtisodiy jihatdan muhim
ahamiyat kasb etgan. Ularda imperatorlarga
soliqlarni amarant urug‘i bilan to‘laganligi
to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Qadim
ajdodlari esa amarantdan diniy marosimlarida
ham foydalanishgan. Amarant so‘zi qadimgi
slavyanlarining “ mara (amrita)-o‘lim”, “a-
inkor” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “o‘limni
inkor etish”, yoki “abadiylik” ma’nosini
bildiradi. Grekchada esa “αμάρανθος” “α–
inkor” prefiksi va “μαραίνω–so‘limoq”
“ανθος–gul” so‘zlari qo‘shilishidan hosil
qilinib, so‘zma-so‘z “so‘limaydigan gul”
degan ma’noga ega (quritilgan amarant 3-4 oy
o‘z shakli-shamoyilini saqlaydi). Qadimgi
slavyan tabobatida amarant qarishga qarshi
vosita sifatida ishlatilgan. Markaziy Amerika
xalqlari–inklar va atsteklar, qadimiy etnik
ruslar va ellinlar ham uni mangu hayot belgisi
deb hisoblashgan [1].

Amarant

keyinchalik

Shimoliy

Amerikaga,

Hindistonga

va

Osiyo

mamlakatlari bo‘ylab dunyoga tarqala
boshlab,

Xitoygacha

yetib

kelgan.

Hozirgi paytda Hindiston, Pokiston,
Nepal va Xitoyning tog‘li aholisi orasida
donli

va

sabzavot

sifatida

keng

ommalashgan.

Amarant

oilasi

(Amaranthaceae Juss.) ga 65 ta turkum
o‘simlik mansub bo‘lib, ularni 900 dan
ortiq

turlari

bor.

Shular

ichidan

Amaranthus L turkumi keng taqalgan.
Amaranthus L turkumining hozirgi kunda
turli manbalarda 60 dan 100 taga turi
mavjudligi keltiriladi [2]. Ushbu o‘simlik
turlari don, sabzavot, dorivor, dekorativ,
texnik va yem-xashak ekini sifatida
Janubiy

Amerika

mamlakatlari,

Indoneziya,

Xitoy,

Xindiston

kabi

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida
keng miqyosda yetishtiriladi.

Amarantning

A.

cruentus

L.,

A.caudatus L., A. viridis L, A. tricolor
L,A. caudatus L.,A, cruentus L., A.
hipochondriacus L., A. blitum L., A.
caudatus L., A. mantegazzianus Passer.,
A. dubius mart., A. paniculatus L., A.
Spinosus,

L.,

A.

tricolor

kabi

madaniylashtirilgan turlari ma’lum [3].
Biz tomonimizdan O`zbekiston iqlim
sharoitiga moslashtirilgan “Andijon”
navining kimyoviy tarkibi va biologic
faolliklari o`rganildi [4].

Amarant

barglarida

kversetin,

izokversetin, izoramnetin, siren kislotasi,
sinapin kislotasi, protokatexin kislotasi,
trifolin, rutin, daydzein, kempferol,
karotinoidlar

kabi

ikkilamchi

mahsulotlarning

bo‘lishi

uning

shifobaxshlik xususiyatlarini belgilaydi.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(3)

169

UNIVERSAL international scientific journal

Amarant urug‘i tarkibida fenol kislotalar
o‘simlik naviga ko‘ra umumiy miqdori 100 g
mahsulotda 16,8 mg dan 59,7 mg gacha tashkil
etadi. Shulardan eruvchan fenol kislotalar 7 %
- 61 % ni tashkil etadi. Tabiiy bioflavonoid-
rutin amarant urug‘i, barglari tarkibida
o‘simlikning

turi

va

yetishtirilayotgan

mintaqasiga ko‘ra 0,08 -24,5 mg/kg ni tashkil
etadi

Flavonoidlar

o‘simliklar

tarkibiga

kiruvchi ikkilamchi metabolit birikmlardir.
Ushbu birikmalar ikkita benzol yadrosini tutib

turuvchi uch uglerodli fragmentdan iborat
C6-C3-C6

uglerod

skletiga

ega

birikmalar

hisoblanadi.

Amarant

to`pgullari

tarkibidagi

flavanoidlar

miqdori,

YuSSX

xromatografiyasi

analizida

mahsulot

ekstraktlari

tarkibidagi fenol birikmalar miqdorini
aniqlash 268 nm to‘lqin uzunligida olib
borildi. Tahlil xromatogrammasi quyida
keltirildi [5].

YuSSX xromatogrammasi. 1- ferul kislota, 2- xlorogen kislota 3-gall kislota.

Namuna tarkibida xlorogen kislotasi

miqdori 2,15 mkg/ml ni tashkil etadi. Gall
hamda

ferul

kislotalari

miqdori

mos

ravishda 1,04 va 0,012 mkg/ml miqdorni
tashkil

etadi.

Mazkur

flavonoidlar

orasida eng kam miqdor ferul kislotasiga
to‘g‘ri kelib, 0,012 mg/g ni tashkil etdi.

Quyidagi

jadvalda

fenol

birikmalarining miqdorlari keltirilgan:

Amarant to`pgullari tarkibidagi fenol birikmalar miqdori

№ Vitaminlar

Chiqish vaqti, daq

Konsentratsiyasi mkg/100 g

1

Ferul kislota

6,13

0,012

2

Xlorogen kislota

10,07

2,15

3

Gall kislota

10,62

1,04


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(3)

170

UNIVERSAL international scientific journal

O

OH

HO

OH

OH

Галл

кислота

Ферул

кислота

OH

H

3

CO

HO

O

O

O

OH

OH

HO

HO

O

HO

Хлороген

кислота


Ma’lumki, organizmda hujayralarda

antioksidantlik

himoyaning

pasayishi

natijasida ortiqcha erkin radikallarning hosil
bo‘lishi keskin ortadi. Erkin radikallarning
miqdori ortib ketishi esa ko‘plab kasalliklarni
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hujayrada
kislorodning faol shakli (KFSH)ning miqdori
ayrim ferment va noferment tizimlar orqali
boshqariladi. Kasalligini keltirib chiqaruvchi

omillardan biri organizmdagi oksidlanish
jarayonining buzilishidir. Xulosa o`rnida
aytish mumkinki biologik faollik jihatdan
yuqori

bo`lgan

bu

o`simlikdan

tayyorlangan

oziq-ovqat

qo`shilmasi

immun tizimini mustaxkamlashda muhim
o`rin tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Arêas, J. A. G., Carlos-Menezes, A. C. C. C., & Soares, R. A. M.

(2016). Amaranth. Encyclopedia of Food and Health. P135-138

2.

Mlakar SG., et al. “Nutrition value and use of grain amaranth:

potential

future

application

in

bread

making”.

Agricultura

6

(2009): 43-53

3.

Achigan-Dako, E.G., Sogbohossou, O.E.D., Maundu, P., 2014. Current

knowledge on Amaranthus spp.: research avenues for improved nutritional value and yield in
leafy amaranths in sub-Saharan Africa. Euphytica 197, 303–317

4.

И.Р.Асқаров, Н.Т.Юлчиева. Амарант-природный ресурс, богатый

биологически активными соединениями.

Научный журнал “Universum” химия и

биология. Москва 2021 год Выпуск-11, с.87

5.

Н.Х.Тўхтабоев, Н.Т.Йўлчиева, Ш.У.Юлдашев. Айрим маҳаллий амарант

навлари таркибидаги биологик фаол бирикмалар ва уларнинг ахамияти. Товаралар
кимёси ва халқ табобати.№2 2022.-Б.281-292

Bibliografik manbalar

Arêas, J. A. G., Carlos-Menezes, A. C. C. C., & Soares, R. A. M. (2016). Amaranth. Encyclopedia of Food and Health. P135-138

Mlakar SG., et al. “Nutrition value and use of grain amaranth:

potential future application in bread making”. Agricultura 6

(2009): 43-53

Achigan-Dako, E.G., Sogbohossou, O.E.D., Maundu, P., 2014. Current knowledge on Amaranthus spp.: research avenues for improved nutritional value and yield in leafy amaranths in sub-Saharan Africa. Euphytica 197, 303–317

И.Р.Асқаров, Н.Т.Юлчиева. Амарант-природный ресурс, богатый биологически активными соединениями. Научный журнал “Universum” химия и биология. Москва 2021 год Выпуск-11, с.87

Н.Х.Тўхтабоев, Н.Т.Йўлчиева, Ш.У.Юлдашев. Айрим маҳаллий амарант навлари таркибидаги биологик фаол бирикмалар ва уларнинг ахамияти. Товаралар кимёси ва халқ табобати.№2 2022.-Б.281-292