133
XIX ASR 2-YARMI XIVA ADABIY MUHITI. MUHAMMAD
RAHIMXON FERUZ VA KOMIL XORAZMIY
Husanova Dildora Narzulla qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Navoiy nomidagi davlat stipendianti
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 18.06.2024
Qayta qabul : 24.06.2024
Saytda mavjud : 25.06.2024
Muallif (lar)
D.N.
Husanova
Muallif bilan aloqa
© D.N.
Husanova
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish
va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XIX asr 2-
yarmi Xiva adabiy muhiti haqida, adabiy muhitning
o‘ziga xos ajralib turuvchi xususiyatlari haqida,
o‘zbek adabiyoti tarixidagi tutgan o‘rni va qo‘shgan
hissasi haiqdagi ma’lumotlar tahlil qilinadi. Xiva
adabiy muhitining ikki yirik vakili Shoh va shoir
Feruz hamda yetuk shoir Komil Xorazmiy ijodi,
g‘azallari xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
XIX asr 2-yarmi, Xiva adabiy
muhiti, madaniyat, adabiyot, san’at, tarjimachilik,
musiqa,
tarixnavislik,
tazkira,
Feruz,
Komil
Xorazmiy, g‘azal.
Abstract:
This article analyzes information
about the literary environment of Khiva in the second
half of the 19th century, its distinctive features, its
role and contribution in the history of Uzbek
literature. The work and ghazals of two major
representatives of Khiva's literary environment, Shah
and poet Feruz, and mature poet Kamil Khorezmi will
be discussed.
Key words:
2nd half of the 19th century,
literary environment of Khiva, culture, literature, art,
translation, music, historiography, tazkira, Feruz,
Kamil Khorazmiy, ghazal.
Аннотация:
В
данной
анализируются сведения о литературной среде
Хивы во второй половине XIX века, ее
отличительных особенностях, роли и вкладе в
историю
узбекской
литературы.
Будут
обсуждаться творчество и газели двух крупных
представителей литературной среды Хивы –
Шаха и поэта Феруза, а также зрелого поэта
Камиля Хорезми.
Ключевые слова:
2-я половина XIX
века, литературная среда Хивы, культура,
литература,
искусство,
перевод,
музыка,
историография,
тазкира,
Феруз,
Камиль
Хорезмий, газель.
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
134
UNIVERSAL international scientific journal
Ma’rifatparvar
Cho‘lpon
ta’kidlaganidek: “Adabiyot yashasa, millat
yashaydi”. O‘zbekning bir millat bo‘lib
shakllanishi, bir bayroq ostida birlashishi ham
ma’rifat mayog‘i bo‘lgan adabiyot bilan
bevosita bog‘liqdir. Adabiyot kuchli badiiy
estetik vosita bo‘lib, inson ruhiyatiga ta’sir
etishda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Bu borada
har bir davr adabiyot tarixida o‘ziga xos
uslubini, maktabini yaratdi. XIX asr 2-yarmi
Xiva adabiy muhiti ham kuchli adabiy aura-
muhitga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Bu
muhit ko‘plab shoirlar, xattotlar, tarjima
ustalarining shakllanishida muhim omil bo‘ldi.
Jumladan, Komil Xorazmiy (1825-
1899)
1
, Muhammadrasul Mirzo (1840-1922),
Muhammad Rahimxon Feruz (1844-1910),
Ahmad Tabibiy (1869-1911)
2
, Muhammad
Yusuf Bayoniy (1840-1923), Ilyos Mulla
Muhammad o‘g‘li So‘fi (1860-1916), Mutrib
Xonaxarobiy (1870-1925), Muhammad Yusuf
Chokar (1872-1951), Avaz O‘tar o‘g‘li (1884-
1919), Abdurazzoq Faqiriy (1884-1925), Safo
Mug‘anniy (1882-1938), Komiljon Devoniy
(1887-1938), Muhammad Rahim Rog‘ib
(1918 y. vafot etgan) kabi so‘z sohiblarining
ijod namunalari hozirgi kunga qadar yetib
keldi va xalqimiz qalbidan joy olib kelmoqda.
Ularning go‘zal badiiyatga ega g‘azal-u
mustahzodlari allaqachon qo‘shiqqa aylanib,
har bir o‘zbek yuragiga yetib borgan desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunda Xiva adabiy
muhitida
musiqaga
alohida
urg‘u
berilganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarurdir.
1
Komil. Devon (Nashrga tayyorlovchilar: А.Ҳайитметов,
V.Mo‘minova). – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi ASN,
1975. – 224 b
.
Xiva adabiy muhitining o‘ziga xos
xususiyatlari sifatida quyidagilarni talqin
qilish mumkin:
1.
Madaniyat, adabiyot, san’at
taraqqiy etdi.
Bu bevosita Feruz nomi
bilan bog‘liqdir. Shoir va tarixchi
Bayoniy shoh va shoir Feruz zamonida
ko‘plab
madrasalar
qurilganini,
matbaachilik
yo‘lga
qo‘yilganini,
kitobxonlik avj olganini, xonning o‘zi
bularning
barchasiga
bosh-qosh
bo‘lganini
yozadi.
Bayoniyning
«Shajarayi. Xorazmshohiy»sidan: «Xon
hazratlari haftada ikki kun: juma va
dushanba oqshomlarida ulamo bilan
suhbat tuzub, kitobxonliq etdurur erdilar.
Andog‘kim,
Yusufhoji
oxund
va
Ismoilxo‘ja oxund va Xudoybergan
oxund va olimu ulum ma’qul va
manqulda Mullo Muhammadrasul va
faqiri haqir majlisi humoyunlarig‘a haf-
tada ikki martaba hozir bo‘lub,
kitobxonliq etar erduk. Goho domla
Muhammadrasul bila ikkovimiz kirib,
suhbati
humoyunlarida
kitobxonliq
bo‘lur erdi va sipohiylar va to‘ralarni ham
kitobxonliq etarga targ‘ib etar erdilar.
Bas,
hamma
kitobxon
bo‘ldilar».
Shoirlikning havosi ham, maqomi ham
baland
edi.
Xonning
atrofidagi
amaldorlaridan,
aka-uka
qarindoshlarigacha she’r yozar edilar.
2
Tabibiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Badiiy
adabiyot, 1968. – 228 b.
Universal International Scientific Journal
135
UNIVERSAL international scientific journal
2. Tarjimachilik yuqori bosqichga
ko‘tarildi.
Feruz
3
tashabbusi bilan Xorazm
tarjima
maktabi
maydonga
keldi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, XIX asrning
o‘rtalarida Xivada saksondan ko‘proq kishi
tarjimonlik bilan muntazam shutullangan. 120
asar tarjima qilingan. Ayrimlari 2—5 marta
o‘zbekchaga ag‘darilgan. Aksariyati fors-tojik
tilidan o‘girilgan. Bu asarlar janrlariga ko‘ra
ham xilma- xil edi. Ular orasida badiiydidaktik
asarlar, ishqiy-sarguzasht qissalar katta o‘rin
egallagan edi. Ogahiy yigirmadan ortiq asarni
fors tilidan o‘zbekchaga o‘girdi. XIX asrning
2-yarmi - XX asr
4
boshlarida esa bu an’anani
Tabibiy va Bayoniy davom ettirdilar.
3. Saroyda rasmiy-adabiy makatab
shakllandi.
Maktab
rahnamosi
sifatida
Ogahiy saylandi.
4. Boy an’anaga ega musiqa rivoj
topdi.
Tanbur notasi kashf qilindi (Komil).
She’r va musiqa hamkorligi kuchaydi. Feruz
Xorazm shashmaqomini taraqqiy toptiryudda
katta xizmat qildi. Xonning amri bilan shoir
Ahmad
Tabibiy
tomonidan
1908-yili
yaratilgan «Majmuatush- shuaro» («Shoirlar
to‘plami») she’riy (masnaviy yo‘lida) bo‘lib,
1638 sahifadan iborat edi.
5. Lirik janrlar ko ‘lami ortdi.
Adabiy
muhit vakili Ahmad Tabibiyning 23 janrda
ijod qilganligi ilmiy asoslangan
5
.
6. Tarixnavislik rivoj topdi, tarixiy
asarlarning ko ‘lami ortdi.
Birgina
3
Feruz. Elga shohu ishqqa qul. – Toshkent: Adabiyot
va san’at, 1994. – 160 b.
4
Xorazm davlatchiligi tarixi. – Urganch, 2009. – 321 b.
5
Amonov Sh. Ahmad Tabibiy tarje’bandlarining
matniy xususiyatlari // O‘zbek tili va adabiyoti. –
Toshkent, 2022, – №2. – B. 48-52.Komil.
Ogahiyning o ‘zida 6 tarixiy asar
6
ning
uchrashi bunga misoldir.
7. Tazkira yozish an’anasi qayta
tiklandi.
Bu manbalar Xorazm adabiyoti
tarixiga oid birlamchi manabalar sifatida
qaraladi. (Ahmad Tabibiy (1869-1911)
«Maj-muatush-shuaroyi
Feruzshohiy»
(«Feruzshoh shoirlari antologiyasi»),
Muhammad Yusuf Bayoniy («Shajarayi
Xorazmshohiy»), Hasanmurod Laffasiy
(«Xiva
shoirlarining
va
adabiyotchilarining tarjimayi holi»),
Bobojon
Tarroh
(«Xorazm
navozandalari») va boshqalar).
Muhammad
Rahimxon
Soniy
Feruz
7
- buyuk davlat arbobi, atoqli shoir,
madaniyat
va
san’at
homiysi,
ma’rifatparvar. Feruzning Xorazm xoni
sifatidagi faoliyati Vatanimiz tarixining
eng murakkab va ziddiyatli davriga
to‘g‘ri keldi. Markaziy Osiyo Rusiya
istibdodi girdobiga tushgan bu davrda u
davlatni nihoyatda tadbirkorlik bilan
boshqardi. Adabiyot, san’at, ilm-fan va
maorifni
rivojlantirishga
rahnamolik
qildi. Xivada bevosita uning tashabbusi
bilan madaniy-ma’rifiy, adabiy muhit
yuzaga keldi.
Feruzning bir qator she’rlarida
Vatanning ko‘rkam bahori, uning go‘zal
tarovati, oshiqning ma’shuqa qadamiga
gul barglaridan poyondoz to‘shab, intizor
kutishi nihoyatda ta’sirli ifodalangan.
6
Laffasiy, Hasanmurod. Tazkirai shuaro. – Urganch:
Xorazm, 1992. – 120 b.
7
Feruz gulshani. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2016. –
84 b.
Universal International Scientific Journal
136
UNIVERSAL international scientific journal
«Fasli gul» - bahorning kelishi bog‘larga
o‘zgacha bir ziynat bag‘ishlaydi. Shoir bunday
go‘zal tabiatni g‘animat bilib, undan
bahramand bo‘lishga da’vat etadi. U mohir
musavvir kabi bahor lavhasini va unga
monand ma’shuqaning betakror go‘zal
qiyofasini chizadi. Bahor kelishi bilan tabiat,
borliq butun go‘zalligini namoyish etar ekan,
ma’shuqaning ham o‘z jamolidan «burqa’» -
pardani olib, oshiq ko‘zlarini ravshan qilishini
iltijo etadi:
Ochilmish gul, yeturmish bog‘a ziynat,
ey sanam, kelgil,
Icharga bir nafas ahbob birla jomi Jam,
kelgil...
Jamshid jomi haqida adabiyotlarda
quyidagi ma’lumotlar keladi. Alisher Navoiy
«Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Jamshid
saltanatining taraqqiyoti va tanazzuli haqida
ma’lumot bergan. Mutasavviflar gʻayb
asroridan voqif qalbni «jomi jam»ga
oʻxshatishgan. Irfoniy adabiyotdagi «jom
sharobi» ilohiy sirlarni oshkor qilishi bilan
«jomi jahonnamo»ga qiyos qilingan. Solik bu
«jomi jahonnamo»ga nazar solib, uning
sirlaridan ogoh boʻladi hamda qalbini gʻurur
va oʻzligidan xalos etib, doʻst ishqi bilan
limmo-lim toʻldiradi
8
. Demak, shoir yordan
kelishini so‘rar ekan, bahor kelib, bog‘lar
o‘zgacha
ziynatlanganini,
turfa
gullar
ochilganini aytib yordan do‘stlik ila, ishq ila
limmo-lim jom birla kelishini ta’kidlaydi.
G‘azal aruzning hazaji musammani solim
vaznida yozilgan bo‘lib, bu mazmun, ohang va
ritmning o‘zaro uyg‘unlashishiga katta
yordam bergan.
8
Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H,
Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N,
Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova
To‘shab bargini gul yer uzra, tortar
intizoringni,
Guliston ichra gul bargi uza qo‘yub
qadam, kelgil.
Havodur mo‘tadil, ham fasli guldur,
kecha ham mahtob,
Tuzub majlis, icharga lolagun may
dam-badam kelgil...
Olib burqa’ jamolingdin qilurg‘a
ko‘zlarim ravshan,
Jafou javru zulmingni qilib bir
lahza kam, kelgil.
Gahi aylab bahona gul terarga, bu
haziningni
Qilurg‘a xayli ushshoq ichra, jono,
muhtaram, kelgil.
Sanga Feruz erur bir qul, vale
hajringdadur noshod,
Bu qulni shod etarga, ey, nigori
muhtasham, kelgil.
Xiva adabiy muhitining yana bir
yorqin namayondasi ham siyosatda, ham
adabiyotda o‘z faolligini ko‘rsata olgan,
shoir, xattot, bastakor, musiqashunos,
tajimon,
davlat
arbobi
Komil
Xorazmiydir.
Shoir
sifatida
Komil
Xorazmiy o‘zidan unutilmas badiiy lirika
qoldira oldi. Komil Xorazmiy ijtimoiy
lirikasida jamiyatdagi, ayniqsa, shoir
faoliyat yuritishga majbur bo‘lgan saroy
muhitidagi ilm-hunar ahliga, sof qalbli
insonlarga nohaq munosabat, ularni
ta’qib va tahqir etish hollari zo‘r iztirob
S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev
O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari.
Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360 bet.
Universal International Scientific Journal
137
UNIVERSAL international scientific journal
bilan tasvirlanadi. Komil Xorazmiy lirikasida
muhabbat mavzusi ayricha o‘rin tutadi. Shoir
bu mavzuda g‘azal, murabba’, muxammas,
mustazod, masnaviy, musabba’ va boshqa
shakllarda ko‘plab asarlar yaratgan.
Sharq mumtoz she’riyatining eng yaxshi
an’analari ruhida kamol topgan bu ulkan
qalam sohibining muhabbat lirikasida, bir
tomondan Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiy
kabi azamat shoirlar yaratgan she’riy
timsollardan mahorat bilan foydalanilsa,
ikkinchi
tomondan,
ularda
Komil
qalamigagina xos bo‘lgan noyob timsollarni,
xilma-xil badiiy kashfiyotlarni ko‘ramiz.
Olam ahlidin vafo osorini qilmang
gumon,
Naqd umrim sarf etib qildim alarni
imtihon,
Uzlat istab ahli olamdin qoching boricha
jon,
Oshnolig‘ aylabon o‘z joningizg‘a har
zamon,
Boisi yuz ming balou mehnatu g‘am
bo‘lmangiz.
Bu taxmis Navoiyning “Bo‘lmangiz”
radifli g‘azaliga bog‘lab yozilgan bo‘lsa-da,
shoir badiiy mahorati natijasida o‘ziga xos
ohoriylik kasb etadi. Yuqoridagi 3 misra oxirgi
2 misra bilan go‘zal uyg ‘unlikka kirishadi.
Shoirning quyidagi “Lola” radifli g‘azali
ham boshdan oyoq lolaga berilgan ta’riflar va
husni ta’lilning go‘zal namunasi ekanligi bilan
alohida ajralib turadi.
Yuzu xoling g‘amidin gar emastur
notavon lola,
Nedin bo‘lmish hamisha siyna dog‘u
bag‘ri qon lola.
Yor shu qadar go‘zalki, uning bu
husnidan oshiqlar g‘am chekadi, yuzi-yu xoli,
noz-u g‘amzalari oldida so‘z ayta olishmyadi.
Oshiq lolani korib, uning holiga hayron
holda aytmoqda. Ey yor, sening hajringda
bu lolaning siyna-yu bag‘ri qizil qondek
tusga kirmasa, yana boshqa nima sabab
bolishi mumkin?! Ya’ni uning rangi qizil
bolishiga sening husning hajrida firoq
chekishi sababdir.
Xijolatmandi xolu orazing ermas
esa nechun,
Qo‘yub gulshanni dashtu tog‘ aro
tutmish makon lola.
Tabiiyki, lola, asosan, tog‘-u
dashtlarda o‘sadi. G‘azalda bu holat ham
shoirona tarzda go‘zal dalillanadi. Agar
lola sening go‘zalliging oldida xijolat
chekmasa edi, hamma gullar maskani
gulshan bo‘lgani holda o‘zi yolg‘iz tog‘-
u dashtlarni makon tutarmidi?
Bo‘yoldi
qong‘a
g‘amzang
tirboronidin ul go‘yo,
Qochib Ko‘hsor g‘orin anglamish
dorilamon lola.
Tunu
kun
davr
etib
hech
ko‘rmadilar dashtu gulshanda,
Yuzingda sab’ai sayyora birla
osmon lola.
Uchinchi baytda ham yuqoridagi
mazmun davom etadi. Lola yorning
g‘amzalaridan qochib Ko‘hsor g‘origa
bormish va u yerni o‘zi uchun eng baxtli,
dorilomon joy deb anglamish. Keying
baytda ham ohoriy tashbeh beriladi.
Yorning go‘zalligidan lola berkingan
bolib, endi uni hatto dashtda ham,
gulshanda ham topib bo‘lmay qoldi. Bu
go‘yoki osmondagi sab’ayi sayyora,
ya’ni yetti kezuvchi, yetti qaroqchi
yulduzga ishora bo‘lib, ular doim o‘z
Universal International Scientific Journal
138
UNIVERSAL international scientific journal
o‘rnini o‘zgartirib turadi. Bu go‘yoki lolaning
qochib yurisshiga ishoradir.
Ochibmu bog‘ aro ustida gullar sarv yo
shamshod,
Boshig‘a qistirubmu yoki ul sori ravon
lola.
Qadam qo‘y sarvning boshi uza, ey
sho‘x, gulshanda,
Ki to bilsun seni bir xisravi oliy makon
lola.
Keying baytlarda lola va yor o‘rtasidagi
munosabatlar
iliqlashtiriladi.
Bog‘da
gullarning qaysi biri sarvdek tik bo‘ldi-yu,
lolani ular boshlariga qistirishsa. Ey yor, sen
osha gulshanga kelginki, yuzing go‘zalligidan
sarv ustiga quyosh kabi qo‘ngin. Lola esa seni
oliy makonga loyiqligingni bilsin.
Chamanda xizmat uchun bir ayoqda tik
turub shamshod,
Tutar yo‘lingda nargisdin qo‘lida
sham’don lola.
Lola sening go‘zalligingni tan olgan
holda chamanda sen uchun hatto bir oyoqda
(lolaning alifdek qomatiga ishora) xizmatga
bel boyladi. Yolingni yoritmoq uchun
gullarning a’losi nargisni shamdon qilib senga
yo‘l ko‘rsatmoqchi.
Ko‘ngul dog‘ini ko‘rsatmak ko‘zungga
mumkin ermastur,
Agar ko‘rmak tilarsan bordurur andin
nishon lola.
Oshiq g‘amingda ozor chekib, ko‘ngliga
dog‘ tushdi. Lekin sen bu dog‘ni ko‘rmaysan,
anglamaysan. Ammo agar buni ko‘rishni
istasang, lolaga biror nazar solgin, unda
bu sitamlardan nishona bordir. Bu yerda
ham lolaning qizilligi husni ta’lil orqali
go‘zal ifodalangan.
Ani hech gulga tashbih aylamas
Komil kishi mundin,
Birin bosh uzra qo‘ysang ismi zot
aylar ayon lola.
Ey komil, bundan keyin hech kim
yorni biror gulga tashbeh – o‘xshatish
qilolmaydi, chunki lola eng go‘zal
o‘xshatishlar sohibi bo‘ldi, biri bosh uzra
undan o‘tishga harakat qilsa, lola bundan
arz qiladi. Umuman, Komil Xorazmiy
ijodi, ayniqsa, g‘azaliyoti o‘ziga xos
uslubi bilan alohida ajralib turadi. Shu
boisdan bo‘lsa kerakki, shoirning ko‘plab
g‘azallari
allaqachon
xalqimizning
sevimli qo‘shiqlariga aylanib ulgurgan.
Xulosa qilib aytganda, Xorazm
adabiy muhiti, darhaqiqat, o‘ziga xos
adabiy maktab yarata olgan va o‘zbek
adabiyoti tarixida muhim iz qoldirgan
adabiy
jarayondir.
Davr
muhitini
o‘rganishda, keng tadqiqotlar olib
borishda, badiiy adabiyotning asosiy
vazifasi bo‘lmish tuyg‘ularga ta’sir etib
ruhiyatni tarbiyalash funksiyasiga javob
beruvchi asarlar va ijod namunalari bu
muhitda ko‘plab yaratilgan va hozir
zamon uchun ham bu asarlar juda
ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Amonov Sh. Ahmad Tabibiy tarje’bandlarining matniy xususiyatlari // O‘zbek tili va
adabiyoti. – Toshkent, 2022, – №2. – B. 48-52.Komil.
2. Feruz gulshani. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2016. – 84 b.
3. Feruz. Elga shohu ishqqa qul. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1994. – 160 b.
Universal International Scientific Journal
139
UNIVERSAL international scientific journal
4. Komil. Devon (Nashrga tayyorlovchilar: А.Ҳайитметов, V.Mo‘minova). – Toshkent:
G‘afur G‘ulom nomidagi ASN, 1975. – 224 b.
5. Laffasiy, Hasanmurod. Tazkirai shuaro. – Urganch: Xorazm, 1992. – 120 b.
6. Tabibiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Badiiy adabiyot, 1968. – 228 b.
7. Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N,
Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F,
Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360 bet.
8. Xorazm davlatchiligi tarixi. – Urganch, 2009. – 321 b.
