74
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDAGI JANRLAR
Adolat Nuralieva
O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 10.06.2024
Qayta qabul : 12.06.2024
Saytda mavjud : 16.06.2024
Muallif (lar)
A. Nuralieva
Muallif bilan aloqa
© A. Nuralieva
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish
va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher
Navoiy lirikasidagi janrlar qo‘llanishi va
ularning ahamiyati. Lirikasi tarkibiga kiruvchi
rang-barang janrdagi g‘azal, ruboiy, qit‘a, tuyuq,
fard qo‘llanishi va she‘r ko‘rinishida aks
ettirilishi misollar orqali tahlil va talqin qilinadi.
G’oyaviy-badiiy jihatdan janrlar takomili
xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Alisher Navoiy lirikasida
janrlar. G‘azal, ruboiy, qit‘a, tuyuq, fard
qo‘llanishi. Tahlil, talqin
Аннотaция:
В
этой
статье
рассматривается применение жанров в
лирике Алишера Навои и их значение.
Разнообразные жанры, входящие в состав
лирики-Газель, рубаи, континент, куропатка,
фарс,
поэзия,
анализируются
интерпретируются на примерах. В идейно-
художественном отношении речь идет о
совершенствовании жанров.
Ключевые слова:
Жанры в лирике
Алишера Навои. Газель, Рубай, континент,
курица, фард. Анализ, интерпретация
Annotation:
In
this
article,
application of genres in the lyrics of Alisher
Navoi and their significance. The use of ghazals,
ruboi, continents, chickens, Fars in the colorful
genre, which are part of the lyrics, and their
reflection in the form of poetry, are analyzed and
interpreted through examples. Ideologically-
artistically, genre evolution is concerned
Keywords:
Genres in the lyrics of
Alisher Navoi. Application of ghazal, ruboi,
continent,
chicken,
individual.
Analysis,
interpretation
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
75
UNIVERSAL international scientific journal
Alisher Navoiyning o’zbek mumtoz
she’riyati tarixidagi muhim xizmatlaridan biri
shundaki, u o’ziga qadar bo’lgan lirik janrlarda
ijod qilib, ularni rivojlantiribgina qolmadi, ayni
zamonda, ungacha ijod etgan o’zbek shoirlari
ijodida deyarli qo’llanmagan yoki juda oz
ishlatilgan lirik janrlarda ham samarali ijod
qildi, ularning imkoniyat doirasini yanada keng
namoyish qildi. Navoiydan oldingi o’zbek
she’riyatida, asosan, g’azal, masnaviy, qasida,
tuyuq, qit’a va qisman ruboiy kabi janrlar
qo’llanilgan. Navoiy esa lirikaning o’n oltita
janrida unumli ijod qilib, “Хazoyin ul-maoniy”
devonida ularning yuksak namunalarini berdi.
Uning devonlarida g’azal asosiy o’rin tutsa
ham, yuzlab qit’a va ruboiylar qatorida xilma-
xil
mavzularda
yozilgan
mustazod
va
muxammas, musaddas va tarjiband, soqiynoma
va masnaviy, muammo va chiston, tuyuq va
fardlar ham bor. Binobarin, Navoiy lirikasi, eng
avvalo, janrlarining xilma-xil va mukammalligi
bilan o’zbek she’riyati tarixida alohida o’rin
tutadi.
Navoiyning
xizmati
faqat
o’zbek
she’riyatiga ko’plab lirik janrlarni keng joriy
qilishidagina emas. U ana shu janrlardan muhim
fikr va g’oyalarning badiiy in’ikosi uchun
foydalandi; o’zining hayotiy masalalarga
munosabati, falsafiy-ijtimoiy, diniy-tasavvufiy
va axloqiy qarashlarini ifodalash uchun har bir
janrning mavjud imkoniyatlarini ishga soldi,
ularning imkoniyat doirasini yanada kengaytirdi
G’azal
– arabcha do’stlashmoq degan
ma’noni bildiradi. G’azalning asosiy mavzusi
ishq-muhabbat bo’lib, “xotunlar bila suhbat
qurmoqni sevmak”, “ma’shuq jamoli zikri”1dan
iboratdir. [2. 66]. G’azalning birinchi bayti
matla’ oxirgi bayti maqta’ deb ataladi, juft
misralari qofiyalanadi (a-a, b-a, v-a, g-a va h.k.),
uch baytdan o’n to’qqiz baytgacha yozilishi
mumkin, oxirgi baytida taxallus keltiriladi.
Dastlab ishqiy mavzuda yozilgan g’azalning
keyinchalik
mavzu
doirasi
kengaya
borgan. [5. 19]. Natijada ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy-ta’limiy, hajviy g’azallar yuzaga
kelgan. Navoiy lirikasida yetakchi o’rin
tutadigan g’azal g’oyaviy-badiiy jihatdan
o’zbek g’azalchiligining yuksak namunasi
hisoblanadi. O’zbek adabiyotshunosligida
g’azal janri va uning o’ziga xos
xususiyatlari
haqida
O.Nosirov1,
Yo.Ishoqov kitoblarida muayyan darajada
ma’lumotlar berilgan. [6. 78].
Alisher Navoiy g’azalnavis sifatidagi
faoliyatini milliy g’azalchilikning boy
tajribalari zaminida boshladi. U faqat
turkiy tildagi she’riyat tajribalarigagina
suyanib qolmasdan, balki Sharq adabiyoti
va birinchi navbatda, fors she’riyatining
eng muhim fazilat va yutuqlarini ham qunt
bilan o’rganib, ularni o’zbek g’azali
taraqqiyotiga
xizmat
qildirdi.
G’azalchilikdagi
an’analarni
yangi
zaminda rivojlantirib, yuqori bosqichga
olib chiqdi, ularning imkoniyat doirasini
kengaytirdi. Alisher Navoiy g’azalchilikda
turkiy adabiyotda yuzaga kelgan milliy
an’analar bilangina qanoatlanib qolmadi,
ayni zamonda, besh asrlik tajribaga ega
bo’lgan fors g’azalchiligining katta
yutuqlarini ham qunt bilan o’rganib,
o’zbek she’riyati taraqqiyotiga xizmat
qildirdi. Arab va fors-tojik tilini yaxshi
bilagn shoir bu adabiyot namunalarini qunt
bilan o’rganadi, ulardan olam-olam zavq
oladi. Uning kamolotida Amir Хusrav,
Хoja Hofiz, Abdurahmon Jomiyning ta’siri
ayniqsa katta bo’lgan. Shuning uchun ham
shoir bu ulug’ siymolarni o’z ustozlari
ekanligi bilan faxrlanadi. Bu jihatdan
uning
quyidagi
qit’asi
niqoyatda
xarakterlidir:
Universal International Scientific Journal
76
UNIVERSAL international scientific journal
G’azalda uch kishi tavridur ul nav’,
Kim, andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli.
Biri mo’’jiz bayonlig’ sohiri hind
Ki, ishq ahlini o’rtar so’zu holi.
Biri Iso nafaslik rindi Sheroz,
Fano dayrida mast-u louboli.
Biri qudsi asarlik orifi Jom
Ki, jomi Jamdurur sing’an safoli.
Navoiy nazmig’a boqsang, emastur,
Bu uchning holidin har bayti xoli.
Bunda shoir sharq adabiyotining uch yetuk
namoyandasini ulug’laydi. Shoir Хusrav
Dehlaviy, Hofiz Sheroziy va Abdurahmon
Jomiyni o’zining g’azalnavislikdagi ustozi deb
hisoblaydi. O’z g’azallarida ana shu so’z
san’atkorlari ijodiyotining sezilarli ta’siri
borligini e’tirof etadi. Qit’ada Navoiy o’z
salaflarining nomini tilga olar ekan, ular
ijodidagi o’zining diqqatini jalb etgan va
qiziqtirgan eng muxim va xarakterli tomonlarini
ham bayon qiladi. Navoiy ana shu uch buyuk
dahoning hap biri o’z ijodining qaysi jihatlari
bilan ibrat va ustoz bo’lganligiga ishora qilib
o’tadi. Shoir Amir Хusrov Dehlaviyni “Sohiri
hind” ya’ni hind sehrgari deb atab, uning
she’rlari “ishq ahlini o’rtar” deydi. Navoiy
nazarida Хusrav Dehlaviy shunchaki shoir
emas, balki uning nozik va nafis she’riyati “ishq
ahli”ni sehrlashga qodir. Bu buyuk hind shoiri
ijodiga berilgan yuksak bahodir. Navoiy ustozi
singari o’zi ham so’zning nozik qirralarini teran
his qilgan holda she’riyatni yuksak san’at
darajasiga ko’tardi. Hofizni “Iso nafaslik rind”
deya ta’riflar ekan, nafasi o’liklarni ham tiriltira
oladigan rind shoir deb ulug’laydi. Hofiz
She’roziy singari majoziy va ilohiy ishqni bir
o’zanga birlashtirdi. Jomiyni esa “qudsi asarlik”
pok ta’sirli “orifi Jom” deya baholaydi.
Abdurahmon Jomiyga xos poklik va ma’naviy
yetuklikni o’z ijodida aks ettirdi. [12. 27].
Alisher Navoiy g’azalliyotining
mavzu doirasi g’oyatda keng va rang-
barangdir. Bu meros ko’lamining kengligi,
xilma-xil
mavzularni
o’zida
mujassamlashtirgani
bilan
alohida
ahamiyatga egadir. Shoir she’rlarida
hayotning
murakkab
jihatlari,
zamondoshlarning
tuyg’u-kechinmalari,
orzu-niyatlari, ruhiy-ma’naviy olami nozik
tasvir etilgan. Shoir ijodida hamd, na’t
yo’nalishidagi she’rlar alohida o’rin tutadi,
ishq-muhabbat mavzusi g’azallarining
tayanch yo’nalishini tashkil etadi. Navoiy
g’azallarida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-
ta’limiy, diniy-irfoniy qarashlari o’ziga
xos tarzda ifodalandi va bu shoir
she’rlarining mavzular olamini boyitdi.
Navoiy g’azallarining asosiy mavzusi ishq
bo’lib, bu mavzu turfa xil ma’no-mohiyat
kasb etadi. Bunda insonning insonga,
Yaratganga, hayotga, tabiatga bo’lgan
samimiy sevgisi ifodalanadi. Shoirning
ishq
masalasidagi
qarashlari
uning
umumiy dunyoqarashi, falsafiy-ijtimoiy
konsepsiyasi
bilan
chambarchas
bog‘langan.
Navoiy she’riyatida bu tushuncha
majoziy va haqiqiy ishq tarzida talqin
etiladi.
Shoir
majoziy
ishq
ishqi
haqiqiyning bir ko’rinishi yoki haqiqiy
ishq yo’lidagi o’ziga xos bosqich sifatida
ta’riflaydi. Ruhan pok, ma’naviy komil
inson uchun majozning o’zi ayni
haqiqatdir.
Gar Navoiy yig’lasa, ishqing majoziydur
dema,
Kim nazar pok aylagach, ayni haqiqatdur majoz.
Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq,
Nedinki, ahli haqiqatg’a bu tariqat erur.
Majozdin chu haqiqatg’a yo’l topar oshiq,
Qilur majozni naf’ ulki behaqiqat erur.
Universal International Scientific Journal
77
UNIVERSAL international scientific journal
Ushbu qit’ada shoir majoziy ishqni poklik
va halollik bilan haqiqiy ishq maqomiga
ko’tarilishini aytadi. Majozdan maqsad haqiqiy
ishq haqida o’ylash, fikr yuritishdir. Bu yo’lda
ahli haqiqatga tariqat madadkordir. Oshiq
majozdan haqiqatga yo’l topadi, agar u
majozdan foyda, aanfaat ko’zlasa haqiqatga
erisha olmaydi. Ko’rinadiki, shoir ushbu o’rinda
majoziy va haqiqiy ishqning bir-biri bilan
bog’liqligini tasvirlash bilan birga ishqda
poklik, to’g’rilik, halollik muhim ekanligini
ham keltirib o’tadi.
Navoiyning
ishqiy
lirikasida
lirik
qahramon ya’ni oshiq yuksak fazilatlarga ega
bo’lgan olijanob qalb egasi sifatida gavdalanadi.
Vafodorlik, ishqda sobitlik oshiq ma’naviy
qiyofasining asosiy fazilati hisoblanadi. Shoir
lirikasida oshiq xarakteri, uning murakkab
tuyg’u va kechinmalari tasviriga alohida
ahamiyat berilgan. Ishq mavzuidagi she’rlarda
oshiq ichki dunyosi, uning shirin orzu va
achchiq
iztiroblari,
hatto
xayoliy
visol
og’ushida topgan bir lahzali farog’ati ham
xilma-xil o’z ifodasini topgan. Shoirning
Gar jafo qil, gar vafokim, dilistonim sen mening,
Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldim sango.
Bizning shaydo ko’ngul bechora bo’lmish,
Ishq aro kuymak ishim, qayda menu qayda xirad,
Vaslidin novmid ekan chog’da firoqi
kuydurur. deb boshlanadigan va boshqa qator
g’azallari bunga misol bo’la oladi. Bunday
she’rlarda shoir lirik qahramoni ayriliq
iztiroblariga chidamli, sabr-qanoatli, sinovlarga
bardoshli kishi sifatida gavdalanadi. Shuni ham
unutmaslik kerakki, shoirning ishqiy mavzudagi
she’rlarining ko’pchiligi zohiriy va botiniy
mohiyatga ega bo’lib, ularning zohiriy
ma’nosida oshiqning sevgilisiga muhabbati aks
ettirilgan. Botinida esa ishq yo’liga kirgan
solikning Allohga bo’lgan cheksiz muhabbati
va bu yo’ldagi iztiroblari o’z ifodasini topgan.
Bu jihatdan “Bo’ldim sango” g’azali
xarakterlidir.
G’azalning
dastlabki
baytlarida oshiqning ma’shuqaga dil
izhori, ishq yo’lida chekaytgan iztiroblari
tasvirlanadi. Ammo g’azalning oltinchi
batiga kelib, ishqdagi dunyoviy belgi
yo’qolib, tasavvufiy mazmun namoyon
bo’ladi.
Jomi Jam birla Хizr suyi nasibamdir mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sango.
Baytdagi tushunilishi qiyin bo’lgan
so’zlar jomi Jam- Jamshidning qadahi,
may idishi, Хizr suyi - tiriklik suvi, joh -
mol-mulk, boylik, amal, martaba.
Rivoyatlarga ko’ra, Jamshid shunday
jom yaratibdiki, unga quyilgan may hech
tugamaydi.
Хizr suvi esa mangu
barhayotlik ramzidir. Baytning mohiyatiga
haqiqiy ishqqa mubtalo bo’lgan kishi mol-
dunyodan voz kechib, Alloh jamolidan
o’zga narsani o’ylamasligi kerak. Zero,
usiz mangu tiriklik ham, xuzur-halovat
ham tatimaydi. Jomi Jam, Хizr suyiga
ishora qilish orqali talmeh san’ati
yaratilgan. [14. 54].
G’azalning maqta’sida so’fiyona fikr yanada
ravshanroq namoyon bo’ladi.
G’ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
Тo Navoiydek asiru benavo bo’ldim sango.
Lirik
qahramon
yorga
asir
bo’lgandan buyon ishq ahli orasida g’am –
anduhdan zarracha nishon topmaydi.
Ya’ni, haqiqiy yorga erishish orqaligina
oshiq qalbidagi iztiroblar chekinishiga
ishora
qilinmoqda.
Baytda
tanosub
san’atidan mohirona foydalanilgan.
Umuman, shoir ijodi o’zining
mavzu
doirasining
kengligi,
chuqur
falsafiyligi, yuksak badiiyati bilan asrlar
osha
kitobxon
ma’naviyatini
yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda
Universal International Scientific Journal
78
UNIVERSAL international scientific journal
Ruboiy -
Sharq she’riyatining eng
qadimiy va keng tarqalgan janrlaridan biri
bo’lib, bu janrning yuzaga kelishi xalq og’zaki
ijodi bilan bevosita bog’liqdir.
Bu shakl o’z nomlanishini arablardan
olgan bo’lsa ham (ruboiy - arabcha to’rtlik
demakdir), fors-tojik va o’zbek adabiyotida
uning yuzaga kelishi milliy adabiy an’analar
bilan mustahkam bog’langan. Fors-tojik yozma
adabiyotida ruboiyning dastlabki namunalari
Rudakiy va Shahidi Balxiylar qalamiga mansub
bo’lsa, o’zbek yozma adabiyotida haqiqiy
ruboiyning bir necha namunasi Lutfiy devonida
uchraydi.
Alisher Navoiy ruboiynavislikda ikki
asosga - o’zbek xalq og’zaki ijodiyoti va turkiy
tildagi yozma adabiyot tajribalari hamda fors-
tojik ruboiynavislarining boy tajribalariga
suyandi, o’zbek tilida klassik ruboiylarning
rang-barang namunalarini yaratdi. Ma’lumki,
Alisher Navoiyning «G’aroyib us-sig’ar»
devoniga 133 ta ruboiy kiritilgan. Shu
devonning nasr bilan yozilgan debochasi
tarkibida ham 30 ta ruboiy mavjud. Shuningdek,
uning boshqa ilmiy, badiiy asarlari tarkibida
ham ko’plab o’zbekcha ruboiylar (shoirning
o’ziniki) mavjud. Bunga shoirning “Devoni
Foniy” dagi va boshqa asarlari tarkibida
uchraydigan yuzga yaqin forsiy ruboiylari va
“Nazm ul-javohir” (270 ta) ruboiylarini ham
ilova qilsak, Alisher Navoiyning mazkur janr
taraqqiyotidagi o’rni yorqin namoyon bo’ladi.
Demak, Navoiy ruboiylari o’zbek adabiyoti
tarixida hajm jihatdan ko’pligi bilan ham
xarakterlanadi. Navoiy o’zbek tilida ko’plab
ruboiylar yaratish bilan bu janrni yuqori
bosqichga olib chiqdi, uni o’zbek she’ritining
asosiy janrlaridan biri darajasiga ko’tardi. [13.
48].
Navoiyga
qadar
yaratilgan
o’zbekcha
ruboiylar,
asosan,
ishq
mavzuida
edi.
Navoiy
ruboiylari
mavzusinnng
xilma-xilligi,
mundarijasining
chuqurligi,
chuqur
g’oyaviyligi bilan o’quvchi diqqatini
o’ziga tortadi. Ularda hamd, na’t, falsafiy-
ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy
mavzular tasvirlanadi. Ishq-muhabbat,
adolat, vatanparvarlik, imon-e’tiqod, vafo,
sadoqat, to’g’rilik, haqiqat, kelajakka
umidvorlik g’oyalari yuksak badiiyat bilan
aks ettiriladi. Masalan:
So’zdurki nishon berur o’lukka jondin,
So’zdurki berur jonga xabar jonondin.
Insonni so’z ayladi judo hayvondin
Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin.
Ushbu ruboiy misralarining to’rtalasi
ham qofiyalangan bo’lib, qofiyalanish
tartibiga ko’ra taronai ruboiydir. Unda
shoir so’zni qadr-qimmatini yuksak sanab,
uni “guhari sharif” deb ataydi. Inson
tirikligining nishoni so’z ekanligini
ta’kidlagan
shoir
uni
hayvondan
farqlaydigan asosiy vosita bu so’zlash
qobiliyatiga ega ekanligida deb biladi.
Shoir
falsafiy
umumlashmalarida
tiriklikning
qadriga
yetish,
so’zga
mas’uliyat g’oyalari mujassamlashgan.
Navoiy ruboiylarining katta qismi
umuman uning ijodida asosiy o’rin tutgan
masala – ijtimoiy-siyosiy masalalarga
bag’ishlangan. Navoiy odil podshoh
xaqidagi mulohazalarini ham bu janr
imkoniyatlaridan foydalanib badiiy ifoda
etgan. U jamiyatdagi yaramas va chirkin
illatlarga, adolatsizlik va insofsizlikka,
zulm va jaholatga nisbatan cheksiz
nafratini ruboiylarida ixcham bayon qiladi.
Shoir dunyoning o’tkinchiligi, hayot
qiyinchilik va mashaqqatlarga to’la
ekanligini ruboiylarida ixcham shaklda
bayon etiladi:
Universal International Scientific Journal
79
UNIVERSAL international scientific journal
Kim ko’rdi ekin jahonda ayo xushluq,
Тo bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadurur yonida yuz noxushluq.
Mazkur ruboiyda shoir yaxshilikning
yo’qligi, har bir kishi uni orzu qilgani holda
shodilk va xursandchilik yuz yilda bir kelsa ham
uning yonida yuz noxushliklar borligini aks
ettiradi. Shoir yaxshilk va yomonlik yonma-yon
yuradi, degan hayotiy tajribaga amal qilib,
kishilarni ogohlikka chaqiradi. Shuningdek,
zamondoshlarini
mashaqqatlar
oldida
esankiramas-likka, sabru qanoatga undaydi.
Navoiyning
ishqiy
mavzudagi
ruboiylarida ishq va u bilan bog’liq kechinmalar
shoirona talqin etiladi. Shoir oshiqning ishq
yo’lida chekkan iztiroblarini, kechinmalarini,
qayg’u-hasratini, uning ma’shuqaga bo’lgan
cheksiz hurmati va ehtiromini ruboiylarida
mahorat bilan yoritadi.
Ko’z birla qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz birla so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog’ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin ayog’ing yaxshi.
Ruboiy vasf xarakterida bo’lib, shoir
ma’shuqani tasvirlaydi. Bunda shoir yorning
butun a’zolarini sanab chiqadi. Yorning qoshi,
qabog’i, so’zi, dudog’i, yonog’i, holi
go’zallikda tengsizligini keltiradi. Ruboiyning
oxirida buni “Bir-bir ne deyin boshdin ayog’ing
yaxshi”
deya
umumlashtiradi.
She’r
qofiiyalanish tartibiga ko’ra taronai ruboiy
(qofiyalanishi
a-a-a-a)
bo’lib,
undagi
qofiyadosh so’zlarga bog’ing, dudog’ing,
saqog’ing,
ayog’ingdir.
Mazkur
so’zlar
vositasida she’rning ta’sirchanligi, ohangdorligi
kuchaytirilgan. [6. 99].
Shoirning ba’zi ruboiylarida visoldan
umidini uzgan oshiqning hijron azoblari
tasvirlanadi. Bunda shoir falak gardishi bilan
visoldan mosuvo bo’lgan Oshiqning qotili
hijron deb biladi. Ayriliq azoblari tufayli o’lim
holatiga yetgan oshiq yor ta’nalari haddan
oshib ketganini aytadi. Bunda shoir ayriliq
azoblarini
boshdan
kechirayotgan
Oshiqning
tushkun
kayfiyati,
ruhiy
tug’yonlarini mubolog’ali tarzda aks
ettiradi.
Тo charx visoli ko’yidin surdi meni,
Qatl aylagali hajrg’a topshurdi meni.
Gar hajr o’lum holig’a yetkurdi meni,
Yor etgani ta’na, lek o’lturdi meni.
Navoiy ruboiylari, eng avvalo, badiiy
asarlardir. Ularda muhim fikr, yuksak
g’oyalar rang-barang poetik vositalar,
tasviriy ifodalar orqali bayon qilingan.
Boshqa she’riy janrlarda bo’lganidek
ruboiylarda ham ijodkorning o’ziga xos
uslubi, poetik mahorati ko’zga tashlanadi.
Jumladan, Navoiy ruboiylarida to’rtala
misraning
ham
qofiyalanishi,
radif
qo’llanilishi, butun bir ruboiyda tarse
ishlatish, tamsil yaratish singari yangiliklar
kuzatiladiki, bu shoirning yuksak mahorat
egasi ekanligidan dalolat beradi.
Alisher
Navoiy
o’zbek
adabiyotida eng ko’p ruboiy yaratib, bu
she’r ko’rinishini birinchi darajali (g’azal,
masnaviy kabi) janrlar qatoriga olib chiqdi,
uning mavzu doirasini kengaytirdi, falsafiy
salmog’ini oshirdi, ruboiyga hayotiy
masalalarni kiritib, turmushga yanada
yaqinlashtirdi.
Qit’a
(arabcha-qism,
bo’lak,
parcha)
mavzu
doirasi
va
vazn
imkoniyatlari
chegaralanmagan,
juft
misralari o’zaro qofiyalangan janrdir. Qit’a
matla’siz g’azalga o’xshab qofiyalanadi,
hajman ikki va undan ortiq baytlardan
tarkib topadi. Ular qasida, g’azal singari
janrlardan biror parchani ajratib olish
orqali yoki mustaqil holda yaratilishi
mumkin. Qit’a Navoiy lirikasida katta
Universal International Scientific Journal
80
UNIVERSAL international scientific journal
o’rin tutgan janrlardan biridir. O’zbek
she’riyatida bu janrning ham badiiy jihatdan,
ham mundarija nuqtai nazaridan rivoj topishi va
keng qo’llanishi bevosita Navoiy ijodiyoti bilan
bog’liqdir. Fors-tojik adabiyotida keng o’rin
olgan qit’a Navoiygacha bo’lgan o’zbek
adabiyotida juda oz qo’llanilgan bo’lib, uning
ba’zi bir namunalarini «Bang va Chog’ir
munozarasi»
(2
ta
o’zbekcha),
“Muhabbatnoma” (1 ta) tarkibida hamda Lutfiy
devonida uchratamiz. Ularning bir qismi ishqiy
mavzuda yozilgan. Falsafiy-axloqiy va ijtimoiy
mazmunga ega bo’lgan qit’alarni g’oyaviy-
badiiy sifatlari bilan shu janrning taraqqiyoti
tarixida yangi va yuqori bosqich deb hisoblash
mumkin.
Navoiy o’zbek adabiyoti tarixida kam
qo’llanilgan bu janrning yuzlab klassik
namunalarini yaratdi. Binobarin, «Хazoyin ul-
maoniy»dagi qit’alar soni (debochalardagi
kirmaydi) 210 ta bo’lib, «Chihil hadis» (40 ta)
va boshqa asarlar tarkibidagi qit’alarni ham
nazarda tutsak, ularning soni uch yuzdan ortib
ketadi.
Navoiy qit’alarining asosiy fazilatlaridan
biri mavzu doirasining keng va rang-barangligi,
g’oyaviy-fikriy jihatning chuqur va izchilligidir.
Navoiy qit’alari ulug’ shoirning muayyan
vaziyatdagi
kayfiyatini,
chuqur
falsafiy,
ijtimoiy-siyosiy, diniy-ilohiy, axloqiy-ta’limiy
qarashlarini badiiy ifoda etadi. Har bir qit’adan
oldin nasriy sarlovhalar berilganki, bu qit’alar
mazmunining mukammalligini ta’minlagan.
Mazkur sarlovhalar shoir aytmoqchi bo’lgan
fikrni kitobxonga tushunarli tarzda yetkazib
berishga yordam beradi. Nasriy sarlovhalarning
ayrimlari shoir tomonidan hikmatli so’z
darajasiga ko’tarilgan, ba’zilari shoir tarjimai
holi bilan bevosita bog’liq, ayrimlari esa
payg’ambarimiz
hadislari
bilan
bog’liq
g’oyalarni she’riy tarzda ifodalashga qaratilgan.
Masalan, “Kamol kasbiga dalolatu
nuqsonidin izhori malolat”, “Rostliq
sifatiyu rostravlar karomati”, “O’ziga bu
mulkdin yetgan balolar toshi ozori, bosh
olibo’zga mulkka borurning izhori”,
“Majozdin maqsadi haqiqat ekaniizhor
qilmoq va suratdin g’araz ma’ni ekonin
iqror qilmoq” va boshqa nasriy sarlovhalar
bunga misol bo’la oladi.
Orzu qildim vafo ahlin ko’ray deb -
topmadim:
Хoh zohid, xoh fosiq, xoh soyil, xoh shoh
Shoir “vafo ahli”ni butun umr izlaydi.
Biroq kishilar qanday toifa egasi bo’lishiga
qaramasdan, ularda vafo yo’qligini aytadi.
Kishilar zohid bo’ladimi, fosiq (yomon
yo’llapga yuruvchi) mi, xoh gado, xoh
shoh bo’lsin hech birida vafo yo’qligini
keltiradi. Ushbu o’rinda zohid, fosiq, soyil,
shoh so’zlarini keltirish orqali tanosib
san’ati yaratilgan.
Navoiy qit’alari g’oyaviy-badiiy
jihatdan yetuk bo’lib, ularda shoirning
kundalik
hayotdan
olgan
muhim
taassurotlari, turmushning turli masalalari
borasidagi
fikr-mulohazalari,
falsafiy
mushohadalari
o’ziga
xos
shaklda
haqqoniy ifodalangan. [9. 38].
Chun g’araz so’zdin erur ma’ni anga,
Noqil o’lsa xoh xotun, xoh er.
So’zchi holin boqma, boq so’z holini,
Ko’rma kim der ani, ko’rgilkim ne der
Qit’a
badiiyatini
kuzatar
ekanmiz.
Bu
shoirning
mahoratini
anglashimizga yordam beradi. She’rdagi
noqil va so’zchi bir ma’noda (noqil-
umumiy ma’nodagi so’zlovchi, so’zchi-
ayni paytda gapirayotgan kishi) kelgan.
Keyingi misralarda o’zakdosh yoki
aynan takrorlanayotgan so’zlar zidlikni
ifodalashga xizmat qilgan. Hol so’zi o’zaro
omonimlik munosabatida: so’zchi holi
Universal International Scientific Journal
81
UNIVERSAL international scientific journal
birikmasida hol so’zi ko’rinish, shakl
ma’nosida, so’z holi birikmasida esa so’zning
ma’nosi o’rnida qo’llanilgan. Boqmaslik kerak
bo’lgan so’zchi, boqish kerak bo’lgan narsa esa
so’z ekan, so’z va so’zchi o’zakdosh
leksemalarining
kontekstual
zidligi
oydinlashadi. Boq-boqma, ko’rma-ko’r, kim-ne
ham o’zaro tazodiy juftliklardir. Qit’adagi
so’zchi-so’z, holin-holini, boqma-boq, ko’rma-
ko’r, kim (olmosh) – kim (bog’lovchi), der-der
so’zlari takroridan takrir va ishtiqoq san’atlari
yaratilgan.
Shoirning
mahorati
shundaki,
shakily
o’xshashlikdan
ta’kid
uchun
foydalangan, qarama-qarshi tushuncha va
holatlar
yonma-yon
qo’yilishi ma’noviy
bo’rttirishga xizmat qilgan. Bu tasvir va ifodalar
orqali so’zlovchi xoh xotin, xoh er bo’lsa ham
so’zdan
maqsad
undagi
ma’nodir.
So’zlovchining holiga boqma, so’zning holiga
boq, uni kim aytayotganiga qarama, nima
deyayotganiga
qara,
degan
mazmun
ifodalangan.
Тuyuq
turkiy xalqlar adabiyoti uchun
xos bo’lgan she’riy shakl bo’lib, Navoiygacha
bo’lgan o’zbek adabiyotida uning go’zal
namunalari yaratilgan.
Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” da bu
haqda shunday yozadi: “Yana turk ulusi,
bataxsis chiratoy xalqi aro shoye’ avzondurkim,
alar surudlarin ul vazn bilan yasab, majolisda
ayturlar. Birisi tuyug’durkim, ikki baytqa
muqarrardur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg’ay
va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur,
mundoqqim:
Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,
Yo magar shahdu shakar yolabmudur.
Foilotun foilotun foilon,
Jonima payvasta novak otqali,
G’amza o’qin qoshig’a yolabmudur”.
Navoiy tuyuq va uning xususiyatlari
bilan ham jiddiy shug’ullangan hamda bu janr
uchun xos bo’lgan yetakchi belgilar, uning
tarqalish doirasi ni ham ko’rsatib berishga
muvaffaq bo’lgan. Navoiy fikrlaridan shu
anglashiladiki, tuyuq turkiy xalqlar orasida
keng tarqalib, to’ylarda, bazmlarda,
yig’inlarda qo’shiq qilib aytiladigan
vaznlarda yaratilar ekan, Тuyuq ikki bayt,
ya’ni to’rt misradan iborat bo’ladi. Тuyuq
tajnisli qofiyaga asoslangan va albatta
ramali musaddasi maqsur vaznida bitiladi.
Yuqorida
Navoiy
keltirgan
tuyuq
“yolabmudur” tajnisi asosiga qurilgan.
Unda
shoir
ma’shuqa
go’zalligini
ta’riflaydi. Bu so’z birinchi misrada
labmikan, ikkinchi misrada yalaganmikan,
to’rtinchi
misrada
yoylabdimikan
ma’nolarida qo’llanilgan. Shoir yorning
lablari ta’rifini keltirar ekan, uni labmikan,
shakarmikan,
asalmikan
yoki
yorim
shakar,
asal
yalaganmikan,
deya
hayratlanadi.
Keyingi
misralarda
ma’shuqaning qoshi tasvirlanadi. Bunda
bu qoshmikan yoki u mening jonimga o’q
otish uchun g’amza o’qlarini qoshlariga
tizib yoylabmikan, deydi. Bunda shoir
tajohilu orif vositasida oshiqning yorga
munosabati mahorat bilan ifodalangan. [2.
66].
Alisher
Navoiy
adabiyotimiz
tarixida
tuyuqning
birinchi
na-
zariyotchisigina bo’lib qolmay, bu janrda
ham o’z iste’dodini sinab ko’rgan va o’z
devonidan bu janrdagi she’rlarga alohida
o’rin ajratgan san’atkordir. Ammo Navoiy
devoniga faqat o’n uchta tuyuq kiritilgan
bo’lib, qit’a va ruboiylarga nisbatan
olganda, ozdir. Biroq shoir tuyuqlari turkiy
she’riyatning eng yuksak namunalari
ekanligi bilan ahamiyatlidir. Navoiy
tuyuqlari mahoratining yangi qirralarigina
emas, ayni zamonda, har bir badiiy
detaldan muhim fikrlarni bayon etish
vositasi sifatida foydalanishga harakat
qiluvchi san’atkorligi ko’zga yaqqol
Universal International Scientific Journal
82
UNIVERSAL international scientific journal
tashlanadi. Shoir qofiya uchun tajnisning turli
ko’rinishlarini istifoda etar ekan, shu vositalarni
quruq so’z o’yini uchun emas, balki o’zining
chuqur kechinmalarini ifoda etish maqsadiga
bo’ysundiradi.
Yog’di javrung o’qi hajring toshidek,
Qildi qon ko’nglum ichin ham toshidek.
Sochqali mohim ayog’ig’a sipehr,
Ko’z yoshimning la’lu durrin toshidek.
Ushbu tuyuqda oshiqning ayriliq tufayli
chekkan iztiroblari haqida so’z yuritiladi.
Ma’shuqaning jabr o’qlari shu qadar kuchli
yog’ildiki, u ayriliq toshi singari qattiqdir va bu
ko’nglimning ichi ham, tashqarisini ham birdek
qon qildi.
Sevgilimning oyog’iga sochilayotgan ko’z
yoshim xuddi marvarid, dur
toshidekdir. She’rdagi “toshidek” so’zi
birinchi misrada tosh ma’nosida, ikkinchi
misrada-tashqari, oxirgi misrada-dur toshi
ma’nosida
qo’llanilgan.
Mazkur
tajnis
vositasida shoir oshiqning ishqda sobitligi,
sabru qanoati, iztiroblarining cheksizligini
shoirona tasvirlagan.
Fard
arabcha yolg’iz degan ma’noni
bildiradi, atama sifatida bir bayt ya’ni ikki misra
she’rga nisbatan qo’llaniladi. Fardning ko’pligi
mufradot deyilib, ular odatda turli munosabat
bilan yuzaga keladi. Fard arab, fors-tojik va
turkiy adabiyotda keng tarqalgan she’riy shakl
bo’lib, u fikrni ixcham, lo’nda bayon qiladi,
masnaviyga o’xshab qofiyalanadi. Navoiyning
fardlari muayyan hayotiy vaziyatlar asosida
yaratilgan xulosalar sifatida alohida e’tiborga
molikdir. Uning “Faboyid ul-kibar” devonidan
86 ta fard o’rin olgan. Shoir fardlarida rang-
barang masalalar qalamga olinib, ularda ruhiy-
ma’naviy yetuklik, axloqiy poklik, ezgu xulq
sodda va ixcham shaklda tasvirlanadi.
Masalan:
Yuqar yomonlig’ angakim, kirar yomon el aro,
Ko’mur aro ilik urg’an qilur ilkini qaro.
Ushbu fard mohiyatiga “Yomonga
yaqin yursang yarasi yuqar, qozonga yaqin
yursang qorasi” maqolining mazmuni
singdirilgan. Shoir yomon kishilar bilan
hamroh bo’lsang uning yomonligi yuqishi
ko’mirga qo’l urib uni qora qilish bilan
qiyoslamoqda. Zero, yomonlik kishini
badnom qilishi, uni uyatga qo’yishi
mumkinligiga urg’u berilmoqda. Shoir
kishilarni
yomon
illatlardan
forig’
bo’lishga chaqirish bilan birga do’st
tanlashda adashmaslikka, el aro yuzi qora
bo’lib
qolishdan
ehtiyot
bo’lishga
chaqirmoqda.
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo’q,
Futuvvat barcha qilmoqdir, demak yo’q.
Shoir
ushbu
fardida
tasavvuf
ta’limotining oqimlaridan biri bo’lgan
javonmardlik
sulukining
qoidalarini
mahorat bilan ifodalagan. Javonmardlik
namoyandalari muruvvat va futuvvat
ahlidir. Navoiy o’z asarlarida ularni axiy
deb ham yuritadi. Demak, muruvvatli
odam o’zi yemay, borini birovga beradi,
jo’mard, mard ya’ni futuvvatli odam esa
ko’p ish qiladi, birovlarga yaxshilik qiladi,
lekin uni minnat qilmaydi.
Istasangkim, ko’rmagaysen bevafolig’, ey
rafiq,
Qilma olam ahli birla oshnolig’, ey rafiq.
Shoir lirik qahramoni nazarida bu
dunyoda bevafolar kun-kundan ko’payib
bormoqda. Lirik qahramon olam ahlidan
bevafoliklarni ko’p ko’rgan, shuning
uchun eng to’g’ri yo’l kishilardan uzoqroq
bo’lishdir. Shoir bu fikrni nido san’ati
vositasida rafiqqa murojaat qilish orqali
ifodalab, ta’sirchan lirik lavha yaratgan.
Shoir fardlarida uning ko’nglini
o’rtagan, tuyg’ulariga ta’sir etgan holatlar
nozik ifodalanadi.
Ul pariykim, ani demishmen yor,
Odamilig’din o’zga barchasi bor.
Universal International Scientific Journal
83
UNIVERSAL international scientific journal
Ba’zan shoir ma’shuqa go’zalligini
tasvirlar ekan, xalqona tasvir usullariga
murojaat qiladi.
Belu og’zidin, dedilarkim, afsonaye,
Boshladim filholkim, “Bir bor edi, bir yo’q edi”.
Shoir yori go’zallikda shu darajaki, uni
ta’rifi bu hayotda yo’q, faqat afsonalardagina
uchrashi mumkin, Shuning uchun ham shoir
xalqona tasvir usuliga murojaat qiladiki, bu
uning go’zallikda tengsizligini ta’sirchan
tasvirlashga xizmat qilgan. [7. 88].
Umuman, shoirning rang-barang
janrdagi she’rlari uning yuksak mahorat
egasi ekanligi, mazkur janrlar takomilidagi
xizmatlari beqiyosligini ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. Т.3. G’aroyib us-sig’ar. - Т.:
Fan, 1988; Т.4. Navodir ush-shabob. - Т.: Fan, 1989; Т.5 Badoye’ ul-vasat. - Т.: Fan,
1990; Т.6. Faboyid ul-kibar. - Т.: Fan, 1990.
2. Mallayev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. K.1. – Т.: O’qituvchi, 1976. 66
3. O’zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik. J. 2. – Т.: Fan, 1977
4. Shayxzoda M. Asarlar. 6 jildlik. J. 4. – Т.: Adabiyot va san’at, 1973.
5. Ishoqov Yo. Navoiy poetikasi. – Т.: Fan, 1983.
6. Haqqulov I. Тasavvuf va she’riyat. – Т.: Adabiyot va san’at, 1991.
7. Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. - Т.: O’qituvchi, 1993.
8. Vohidov R. Alisher Navoiy va ilohiyot. – Buxoro: 1994.
9. Komilov N. Тasavvuf. K.1. – Т.: Yozuvchi, 1996.
10. Hayitmetov A. Adabiy merosimiz ufqlari. – Т.: O’qituvchi, 1997.
11. Abdug’afurov A. Qalb qa’ridagi qadriyatlar. – Т.: O’qituvchi, 1998
12. Komilov N. Тafakkur tuhfalari // Navoiyning ijod olami. Maqolalar to’plami. - Т.:
Fan, 2001. – B. 16 -27
13. Boltaboyev H. Mumtoz so’z qadri. Adabiy-ilmiy maqolalar. – Т.: Adolat, 2004.
14. Homidiy H. Har jabhada sarkor // Navoiyga armug’on. K.5. – Т.: 2006. – B. 50-54
