Universal International Scientific Journal
55
Abduqahharov Lochinbek Tursunali o’g’li
Namangan tumani 10-sonli umumta’lim maktabi
ijtimoiy fan o‘qituvchisi
Uzbekistan
YOSH AVLOD TARBIYASIDA OILA MA’NAVIYATINING O’RNI
Abstract:
The article discusses the need to educate young people in the family about the future generation,
raising a healthy, well-rounded person as an innovative and important social issue, the sanctity of the family is the
duty of parents and children, the mutual relations of the family, and the continuation of the chain of generations in
the family, together with young people, on the most important issue, such as ideological and political knowledge,
understanding the achievements of science and technology, contributing to the development of society and the family,
realizing their rights and duties, and responsibilities.
Key words:
family, ideological and political culture, social, political, value, tradition, knowledge, perfect
person, ideology, immunity, issues of upbringing, development, innovation, duty, responsibility, necessity, task,
society of generations, society, person, power.
Annotatsiya:
Maqolada oilada yoshlarni kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol insonni voyaga
yetkazish innovatsion yondashuv muhim ijtimoiy masala ekanligi, oilaning muqaddasligi, ota-ona va farzand burchi,
oila a’zolarining o’zaro muomala-munosabatlari, oilada avlodlar zanjirini davom ettirish kabi munosabatlar bilan
birga, eng muhim masala yoshlarga g’oyaviy-siyosiy bilim berish jarayonida ularning fan-texnika yutuqlarini anglab
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 7
International indexes
Universal International Scientific Journal
5
6
etib, jamiyat va oila rivojiga o’z hissasini qo’shadigan, o’z huquq va burchlari, mas’uliyatni anglaydigan salohiyatli
inson bo’lib yetishishlari zaruriyati haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
oila, g’oyaviy-siyosiy madaniyat, ijtimoiy, siyosiy, qadriyat, an’ana, bilim, komil inson,
mafkura, immunitet, tarbiya masalalari, taraqqiyot, innovatsiya, burch, mas’uliyat, zaruriyat, vazifa, avlodlar
davomiyligi, jamiyat, inson, salohiyat.
Аннотация:
В статье забота молодых людей в семье о будущем поколении, воспитание здорового,
зрелого человека до взрослой жизни является инновационной и важной социальной задачей, святости семьи,
долга родителей и детей, взаимоотношений между ними. семьи, продолжая цепь поколений в семье вместе с
молодежью, в процессе привития идейно-политических знаний по важнейшему вопросу, суд реализует
научно-технические достижения, способствует развитию общества и семьи, и осознает свои права,
обязанности и ответственность, мысли о необходимости вырасти в человека.
Ключевые слова:
семья, идейно-политическая культура, социальная, политическая, ценность,
традиция, знание, совершенный человек, идеология, иммунитет, вопросы воспитания, развитие, новаторство,
долг, ответственность, необходимость, задача, общество поколений, общество, человек, власть.
Language:
Uzbek
Citation:
Abdukahharov , L. THE ROLE OF FAMILY SPIRITUALITY IN THE EDUCATION OF THE
YOUNG GENERATION. Universal International Scientific Journal, 1(7), 55–58. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1162
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14033542
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki
yillaridan boshlab mamlakatda yoshlarni har
tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida
islohotlar hayotning barcha sohalari bilan
uzviy bog’liq holda amalga oshirilmoqda. Har
qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini
shakllantirish
va
yuksaltirishda,
hech
shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir.
Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari,
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi
galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning
xarakterini,
tabiati
va
dunyoqarashini
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar -
yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-
oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas
tushunchalarning poydevori oila sharoitida
qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham
aynan oila muhitida paydo bo’ladigan ota-
onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod
qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi
insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va
oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning
ma’naviy olamini tashkil etadi[ ]. Oila bizning
xalqimizda muqaddas qadriyat sanaladi. Uni
asrab-avaylash, komil insonlarni voyaga
yetkazish eng avvalo, er-xotinga bog’liq. Shu
bois, bugun yurtimizda oilani mustahkamlash
borasida tegishli huquqiy me’yorlar yaratilib,
oilalarni har jihatdan qo’llab-quvvatlash va
mustahkamlash, yoshlarni katta hayotga
tayyorlash hamda sog’lom farzandni voyaga
yetkazish masalasiga davlat siyosati darajasida
keng e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu kabi
huquqiy me’yorlar ham oila rishtasini
bog’layotgan yoshlarning ertangi taqdiri
yanada mustahkam bo’lishi va ajralishlar
sonining kamayishiga muhim omil bo’lib
Universal International Scientific Journal
5
7
xizmat qiladi. Yоshlarimizning barkamol
bo’lib yetishishida mahalla, oila jamoat
tashkilotlari va ta’lim muassasalari alohida
o’rin egallaydi. Kelajak avlod haqida
qayg’urish, sog’lom, barkamol insonni voyaga
yetkazishga intilish xalqimizga xos milliy
xususiyatlardandir. Darhaqiqat, barkamol
avlod dastlab oilada vujudga keladi, oila
muhitida yaxshi yoki yomon insonlar bo’lib
voyaga
etadi.
Oilaviy
ma’naviyatni
yuksaltirishga shaxs sifatida xar bir oila
a’zolarining muayyan ma’naviy dunyoga ega
bo’lishi ular o’rtasidagi munosabatlar asosida
vujudga keladi. Oilada ota va onaning
ma’naviy
fazilatlari
er-xotinlik
munosabatlarining
sharqona
an’analari,
insoniylik va axloqiylik darajasini belgilab
beradi. Oila ma’naviy olami o’zaro hurmat,
qadrlash,
hamkorlik,
murosasozlik,
mehribonlik, rahmdillik, mehr-oqibat, sabr-
bardoshlilik,
insonsevarlik,
olijanoblik,
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi
ma’naviy
qadriyatlarni
o’zida
mujassamlashtirishi muhimdir. Oilaviy tarbiya
ijtimoiy
tarbiya
bilan
uzviy
aloqada
bo’lsagina, o’sib kelayotgan yosh avlod
farovonligini ta’minlash mumkin. U yoki
bunisining yo’qligi tarbiya jarayoniga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Oilada yoshlar g’oyaviy-
siyosiy madaniyatini shakllantirish, tarbiya
samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ota-
onalarimiz tarbiya jarayonining usul va
uslublarini to’g’ri qo’llay bilishlariga ham
bog’liqdir. Bunda, avvalambor, tajribaga
tayanish,
maqsadga
erishishning
eng
ta’sirchan usullarini tanlash, amaliyotda
sinalgan uslublarni qo’llash muhim ahamiyat
kasb
etadi.
Tarbiya
jarayonidagi
professionalizm
shunisi
bilan
ham
xarakterliki, oilada ota-onalarimiz yoki yoshi
katta avlod vakillari nafaqat o’zlari yoki
o’zgalar tajribasiga tayanadi, balki tarbiya
jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini ochib
beruvchi ilmiy bilimlarga ham suyanadi. Biroq
ijtimoiy hayot o’zgaruvchan va serqirra
ekanligini
inobatga
oladigan
bo’lsak,
faqatgina o’tmish tajribasiga yo’nalganlik
samarali tarbiya jarayonini toraytirib qo’yishi
muqarrar. Ayniqsa bugungi kundagidek tub
islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda
yoshlarning
qadriyatlari,
kayfiyatlari,
intilishlari,
qiziqishlari
o’zgarayotgan
vaziyatda
g’oyaviy-siyosiy
madaniyatni
shakllantirish tizimiga innovatsion yondashuv
alohida
dolzarblik
kasb
etadi[
].
Mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli
ijtimoiy siyosatning asl ma’nosi bolani, onani,
farzandni va qariyalarni ijtimoiy muhofaza
qilishga
qaratilgan.
Bu
yillarning
nomlanishidan ko’rinadi. Inson manfaatlari,
Oila, Ayollar... Sog’lom avlod, Onalar va
bolalar, Qariyalarni qadrlash, Mehr va
muruvvat... Ijtimoiy himoya yili va nihoyat
“Sog’lom ona va bola yili”. Oilaga sadoqat,
ota-onaga oqibat, aka-ukalarga mehrlilik, o’sib
kelayotgan yosh avlod ongi, Vatan tuyg’usini
mustahkam qaror toptirish bu ma’naviyatimiz
va qadriyatimiz asosidir. Oila a’zolari
o’rtasida o’zaro hurmat, mehr-muruvvat va
oqibat omillari sog’lom muhitni yaratadi,
sog’lom tarbiya oila a’zolari o’rtasida mehr
oqibat, maqsadlar birligini yuzaga keltiradi.
Oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish
ota-onada farzandlar, farzandlar oldida ota-
onaga nisbatan burchlarni, ularning jamiyat
oldidagi burch va ma’suliyatini kuchaytirishga
xizmat qiladi[ ]. Oila tarbiyasi bo’yicha Buyuk
mutafakkirlarimiz
asarlarida,
muqaddas
kitoblarimizda o’ziga xos fikr-mulohazalar
bildirgani diqqatga sazovordir. Jumladan,
Universal International Scientific Journal
5
8
islom ta’limotida farzand tarbiyasi haqida
quyidagicha ta’kidlanadi: “ Islomda tarbiya
ta’limdan ko’ra ustunroq va keng qamrovlidir.
Chunki tarbiya bolani uyida, ko’chada,
maktabda o’zini tuta bilish odoblarini, aql
bilan ish yuritib, jismini, nafsini o’ziga
bo’ysundirishdek og’ir ishni yo’lga qo’ydi.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyevning
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV
qurultoyidagi
nutqida
ta’kidlaganidek,
“Bugungi kunda yurtimizda tobora keng
tarqalib borayotgan. “O’z bolangni o’zing
asra” degan da’vat faqat quruq shior bo’lib
qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning
qalbiga chuqur kirib borishi amaliy harakatga
aylanishi zarur. Buning uchun bu masalani,
ya’ni ota-onalarning farzandlar tarbiyasi
uchun mas’uliyatini va burchini huquqiy
asosda mustahkamlab qo’yish vaqti keldi, deb
o’ylayman”. Bu so’zlarni inobatga olib
farzandlarimizni sog’lom e’tiqodli, jismonan
baquvvat qilib tarbiyalash ham ota-ona
zimmasiga yuklanadi. Shularni hisobga olgan
holda oilada yoshlarga chuqur va mustahkam
bilim berish, dunyo voqealaridan xabardor
etish, texnika va axborot yutuqlarmni to‘g‘ri
anglab yetish, uning rivojiga o‘z hissasini
qo‘shadigan salohiyatli, g‘oyaviy yuksak
inson bo‘lib yetishishi zaruriyatini ular ongiga
singdirish,
g‘oyaviy
barkamollik
mezonlaridan
sanalgan
insonparvarlik,
bunyodkorlik, xulq-atvor qoidalariga rioya
etish,
vatanparvarlik
va
milliy
iftixor
tuyg‘usini shakllantirish, huquqiy va estetik
madaniyatni tarbiyalash, san’at sirlari bilan
oshno etish, insonni jaholatga mahkum etuvchi
ichkilikbozlik, giyohvandlik va har qanday
vayronkor g‘oyalarga ergashib ketmasligining
oldini olish kabi eng muhim masalalar bilan bir
qatorda yoshlarimiz ongi va ruhiyatiga
sog‘lom
g‘oyaviy-siyosiy
ruhiyatni
tarbiyalash masalalariga ham e’tibor qaratilsa
ayni muddao bo‘lar edi.
Xulosa qilib aytganda, oilada yoshlar
g’oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantirish
tizimiga innovatsion yondashuv muhim
ijtimoiy
jarayon
bo’lib,
yoshlarimizda
ob’ektiv voqea va hodisalarga nisbatan ongli
munosabat, mustaqil fikrlash, tafakkur
qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bilan
birga, yot va begona buzg’unchi, vayronkor
g’oyalarni chetlab o’tib, ijtimoiy xarakterga
ega bo’lgan, inson ruhiyatiga kuchli ta’sir
o’tkazib,
ularni
maqsad-muddao
sari
yetaklaydi. Jamiyatning axloqiy-ma’naviy
majburiyatlarini o’z ichiga qamrab olgan
shaxsning siyosiy tamoyillari, siyosiy ong
mulohazalari yoki mayllarini boshqarish,
insonning
umumiy
baxt-saodatga
yo’naltirilgan faoliyati adolat va erkinlikka
xizmat qiluvchi jamiyatni ishlab chiqish,
ijtimoiy va ma’naviy hayotda qo’lga kiritgan
yutuqlar, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni
e’zozlab,
asrab-avaylashni
o’ziga
dasturulamal qilib oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Ma’naviyat-2008.
2. O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
3. M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimizning rivojlanish tarixi. TDPU, 2012-yil
4. "http:www.manaviyat.uz-post-view-97"
5. "http:www.muslim.uz-index. 2805"
