Mualliflar

  • Vaxid Kadirov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
  • Bahrom Ibragimov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.79458

Kalit so‘zlar:

Valyuta kursi valyuta bozori valyuta siyosati revalvatsiya to’lov balansi devalvatsiya rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi valyuta cheklovlari

Annotasiya

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish va tartibga solish muammolari, valyuta kurslari va O’zbekiston valyuta siyosatining o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan va Valyutamoliya munosabatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini samarali foydalanish bo’yicha takliflar berilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

131

Universaljurnal.uz

1

Kadirov Vaxid Marimbayevich,

2

Ibragimov Bahrom Bahodirovich

1

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Biznes va boshqaruv kafedrasi katta o‘qituvchisi

Texnika fanlari nomzodi

2

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti

Biznes va boshqaruv kafedrasi o‘qituvchisi

Uzbekistan

urdu@edu.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish

va tartibga solish muammolari, valyuta kurslari va O’zbekiston valyuta siyosatining o’ziga xos

xususiyatlari tahlil qilingan va Valyutamoliya munosabatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar

iqtisodiyotiga ta’sirini samarali foydalanish bo’yicha takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Valyuta kursi, valyuta bozori, valyuta siyosati, revalvatsiya, to’lov balansi,

devalvatsiya, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi,

valyuta cheklovlari.

Аннотация:

В статье анализируются проблемы усиления и регулирования участия в

международных экономических интеграционных процессах, валютного курса, особенности

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

VALYUTA-MOLIYA MUNOSABATLARINING GLOBALLASHUVI VA UNING

RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 19.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

13

2

денежно-кредитной политики Узбекистана, а также даются предложения по эффективному

использованию влияния валютно-финансовых отношений на экономику развивающихся стран.

Ключевые слова:

Валютный курс, валютный рынок, валютная политика, ревальвация,

платежный баланс, девальвация, экономики развивающихся стран, глобализация валютно-

финансовых отношений, валютные ограничения.

Abstract:

This article analyzes the problems of strengthening and regulating participation in

international economic integration processes, exchange rates and the specific features of Uzbekistan's

currency policy, and makes proposals for the effective use of the impact of monetary and financial relations

on the economies of developing countries.

Keywords:

Exchange rate, foreign exchange market, currency policy, revaluation, balance of

payments, devaluation, economies of developing countries, globalization of monetary and financial

relations, currency restrictions.

Language:

Uzbek

Citation:

Kadirov , V., & Ibragimov , B. (2025). GLOBALISATION OF MONETARY-

FINANCIAL RELATIONS AND ITS IMPACT ON THE ECONOMY OF DEVELOPING COUNTRIES.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(4),

131–137.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1506

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15250699

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

KIRISH

So‘nggi yillarda globallashuv jarayoni

dunyo taraqqiyotining istiqboldagi rivojini

belgilab beruvchi asosiy omillardan biriga

aylandi. Bugungi kunda har qanday davlat

o’zining tashqi va ichki siyosatini

belgilashda bevosita ushbu jarayonning

namoyon

bo’lishi

va

u

keltirib

chiqarayotgan oqibatlarni inobatga olishga

majbur bo’lmoqda. Barchaga ma’lumki, pul

iqtisodiyotning asosiy dastaklaridan biri

hisoblanadi

va

ma’lum

ma’noda

iqtisodiyotni boshqarib turuvchi kuchlardan

biri sanaladi. Shu sababli, uni nazorat qilish

va tartibga solish har bir mamlakatning

iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Shu

jihatdan,

valyuta

siyosati

valyutani tartibga solishning muhim usuli va

omilidir.

Valuta

siyosati

monetar

siyosatning tarkibiy qismi hamda davlatning


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

133

iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining

asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu

sababli,

mamlakatda

inflyatsion

jarayonlarning

chuqurlashishiga

yo‘l

qo‘ymaslik,

iqtisodiyotning

pul

mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirish,

aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning

kredit

institutlarining

kreditlaridan

foydalanish darajasini oshirish,

milliy

valyuta

kurslarining

barqarorligini

ta’minlashda valyuta siyosati muhim o‘rin

tutadi. Buning sababi shundaki, majburiy

zaxira siyosati tijorat banklarining kreditlash

salohiyatiga, shu jumladan, uzoq muddatli

kreditlar berish salohiyatiga bevosita ta’sir

ko‘rsatadigan

monetar

instrument

hisoblanadi.

Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat

milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim

vositasi bo’lib hisoblanadi. U mamlakatning

jahon hamjamiyatiga bo’lgan aloqasini

ifodalab, uning istiqbolini belgilab beradi.

Eksport

salohiyatini

oshirish

orqali

mamlakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab

chiqarishning

rivojlanishiga

erishiladi.

Mamlakat eksporti hamda importining

qiymati o’rtasidagi farq, ya’ni saldo tashqi

iqtisodiy faoliyat samaradorligining muhim

iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi.

Ushbu

ko’rsatkich

milliy

daromad

darajasiga ko’p tomonlama ta’sir etadi.

Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli

o’zgarish ham mamlakatdagi daromad,

bandlik va narx darajalarida muayyan

tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Keyingi yillarda mamlakatimizda keskin

raqobatlashuv

sharoitida

ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va

mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo’lishi va

mustahkam o’rin egallashi uchun bir qator

chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi

kunda

mamlakatimizda

importning o’rnini qoplash va eksportga

yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-

kuvvatlash dasturi amalga oshirilmokda.

Mazkur dasturning maqsadi, mavjud resurs

va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon

boricha to’liq va samarali foydalanish

hamda uni rivojlantirish asosida eksport

hajmining barqaror o’sishi uchun qulay

shart-sharoitlarni yaratishdir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada

erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni

ustuvor yo’nalishlarga keng jalb qilish,

ularga kafolat va imkoniyatlar berish,

litsenziyalar,

nou-xaular

sotib

olishga

qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

13

4

Tashqi

iqtisodiy

faoliyatni

takomillashtirish

va

rivojlantirishda

qo’yidagilarni ustuvor yo’nalishlar sifatida

keltirish mumkin:

– Respublikaning eksport qudratini

rivojlantirish va yanada mustahkamlash,

eksportga

yo’naltirilgan

iqtisodiyotni

shakllantirish;

eksport

imkoniyatlarini

kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish

uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni

qayta ishlash negizida tayyor mahsulot

ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarni

rivojlantirish

zarur.

Eksportni

kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol

qo’llash bilan bir qatorda importning

salmog’ini

qisqartirishga

qaratilgan

siyosatni izchillik bilan o’tkazish, o’zimiz

ishlab chiqarishimiz mumkin bo’lgan

tovarlar

va

maxsulotlarning

chetdan

keltirilishini oqilona darajada kamaytirib

borish talab qilinadi;

– tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada

erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini yurituvchi

sub’ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita

aloqalar o’rnatishda, o’z maxsulotini chet

ellarda sotishda ko’proq erkinliklar berish,

tovarlani eksport va import qilishda

birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish

borasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat

o’tkazish;

– xorijiy investitsiyalar jalb qilish

orqali

amalga

oshirilayotgan

sanoat

loyihalarning

bir-biriga

bog’liqligini

ta’minlash, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy

va

ishlab

chiqarish

hamkorlik

va

infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali

import o’rnini bosuvchi va eksportga

mo’ljallangan tayyor mahsulot ishlab

chiqarish va etishtirishga erishish;

– olib borilayotgan islohotlarda

hududiy diversifikatsiya siyosatini yanada

kuchaytirish, nafaqat markaziy xududlarda

balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat

ob’ektlarini qurishni keng yo’lga qo’yish;

– tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy

qismlari majmuini ixtisoslashtirilgan tashqi

savdo, lizing, konsalting va sug’urta

firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish

manfaatlari va shartlariga mos keladigan

transport, aloqa va kommunikatsiyalar

tizimlarini vujudga keltirish;

– xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy

faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik

hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni

tashkil qilish.

Shuningdek, mamlakatimizda islom

moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo’yicha


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

13

5

huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi.

Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa

xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb

etiladi.

Prezidentimiz

Sh.M.Mirziyoyev

2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga

yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun

bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning

tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning

80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va

Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi.

Shuningdek,

tayyor

mahsulotlarimiz

eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar

bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston,

Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu

omillarni inobatga olib hamda Rossiya va

Qozog‘istonga ishlash uchun borgan

fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish

maqsadida

bugungi

kunda

O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy

ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq

masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu

jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning

manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-

irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq

vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz

parlament palatalarida mazkur masalani

atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga

mas’uliyatni olgan holda, asoslangan

xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab

o‘tgan

edilar.

Siyosiy

globallashuv

davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va

mintaqalar o’rtasidagi siyosiy aloqalarning

kengayishini, o’zaro bog’liqligini ifodalaydi

va

oxir-oqibat,

ularning

unifikasiyalashuviga olib keladi. Bunda

o’ziga xos siyosiy munosabatlar - ko’lamiga

ko’ra global va barcha davlatlarning ichki

tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi

kuzatiladi.

- jahon siyosiy sahnasida transmilliy

korporasiyalar, nodavlat hamda xalqaro

tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi

qudratli siyosiy sub’ektlar shakllanmoqda.

Ular siyosatning an’anaviy sub’ekti - milliy

davlatchilik

suverenitetining

ikkinchi

darajaga tushib qolishiga sabab bo’ladi;

-

globallashuv

xalqaro

huquq

asoslariga sezilarli ravishda ta’sir etayapti.

Bu esa davlatlarning o’z hududida huquqiy

suverenitetidan qisman ayrilishiga olib

kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning

nafaqat

tashqi,

balki

ichki

siyosiy

masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari

chegaralanmoqda. Ma’lum bir davlatning

ichki siyosatini tashkil etadigan muammo

(ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov

jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga

kelib, global ahamiyat kasb etib, boshqa


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

13

6

davlatlarning manfaatlariga ham daxldor

bo’lib qolmoqda;

-

kishilar

ongida

davlatchilik

suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy

omil globallashuv samarasi o’laroq, o’zining

an’anaviy ahamiyatini yo’qotmoqda va

tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga

ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda,

milliy chegaralar tobora shaffoflashib,

"yuvilib" ketmoqda;

- butun dunyo bo’ylab bir qator G’arb

davlatlari

rahnamoligida

"demokratiyalashuv"

jarayoni

jadallashmoqda va buning natijasida ayrim

mamlakatlarning o’ziga xos demokratik

taraqqiyotiga

chetdan

kuchli

ta’sir

o’tkazilayapti. Ya’ni bu jarayondan o’z

manfaatlari

yo’lida

foydalanishga

urinayotgan globalizm g’oyasi asoschilari

boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv

tizimini o’z qo’llariga olishga urinmoqdalar.

Masalan, Afrika va Osiyo mintaqalaridagi

bir qator davlatlarda 2009-2013 yillarda yuz

bergan "inqilob"lar siyosiy globallashuv

mahsuli bo’lib, ushbu jarayon asoratlarining

qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi.

Ushbu siyosatga qarama-qarshi vosita

sifatida jarima, ta`sir o'tkazish bosimi, kredit

berish imkoniyatini to'xtatish, xalqaro

tashkilotlar a`zoligidan chiqarish kabi ta`sir

etishning amaliy vositalari xizmat qilishi

mumkin. Milliy iqtisodiy xavfsizlik - bu

mamlakat takror ishlab chiqarish jarayoniga

xavf soluvchi, aholi turmush darajasining

pasayishi hamda ijtimoiy to'qnashuvlarning

yuzaga kelishiga olib keluvchi ichki va

tashqi

salbiy

oqibatlardan

milliy

iqtisodiyotning himoyalanganlik darajasidir.

Milliy

iqtisodiy

xavfsizlik

mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi,

iqtisodiy salohiyati, milliy boylik hajmi,

resurslar bilan ta`minlanganligiga bog'liq.

Jahonda iqtisodiy havfsizlikning nisbiy

miqdoriy ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.

Masalan, agar oziq-ovqat va boshqa tovarlar

importi jami importning 20% idan oshib

ketsa,

ushbu

holat

milliy

iqtisodiy

havfsizlikka salbiy ta`sir ko'rsatadi va uning

tarkibini uzgartirish bo'yicha chora-tadbirlar

ishlab chiqish lozim bo'ladi. Demak, xo'jalik

hayotining

baynalmilallashuv

jarayoni

xalqaro va milliy iqtisodiy havfsizlikni

saqlab turish hamda qo'llab-quvvatlash

jarayonidagina

rivojlanishi

mumkin.

Globallashuv

dunyodagi

barcha

mamlakatlarning

iqtisodiy

rivojlanish

sur’atlari va yo’nalishlariga sezilarli ta’sir

ko’rsatadi. Bu ishchi kuchidan foydlalanish,


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

13

7

tovar ishlab chiqarish va xizmtlar ko’rsatish,

inson omiliga kapital sarflash sohalarini

keng qamrab oladi, natijada ishlab chiqarish

samaradorligi oshadi, mehnat unumdorligi

o’sadi,

raqobatning

keskinlashish

tendensiyalari

kuchayadi.

Globallashuv

jarayonida Ilgari shakllangan integratsion

birlashmalar faoliyati takomillashgan bo’lib,

undan tashqari yangi tuzilmalar paydo

bo’ldi. Agar YEVROPA ITTIFOQI,

NAFTA, OPEK, MDH, BRIK, BRIKS kabi

integratsion

tashkilotlar

faoliyati

kemgaygan yoki chuqurlashgan bo’lsa,

JAHON BANKI, OSIYO TIKLANISH VA

TARAQQIYOT

BANKI,

XALQARO

MOLIYA KORPORATSIYALARI kabi

xalqaro

iqtisodiy

tashkilotlarning

funksiyalari kengaydi, ularning milliy

iqtisodiyotlar rivojlanishidagi roli ortdi.

XULOSA

Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur

yo’nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish

orqali

mahsulotlar

raqobatbardoshligini

oshirish

mamlakatimiz

iqtisodiyotining

jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib

o’rin egallashiga imkon beradi. Jahon

iqtisodiyotidagi

globallashuv

jarayoni

ob’yektiv tarixiy jarayon bo‘lib, o‘zining

ijobiy va salbiy jihatlariga egadir. Uning

ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari

va valyuta munosabatlarini tartibga solish

jarayonida oqilona foydalanish kapitallar,

valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining

kengayishiga muhim zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar

faoliytining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 104b.

2. Морозова Е.А. Муниципальная реформа и межбюджетные отношения в российских

регионах // Экономические науки. 2008. № 14(39);

3. Любимцев Ю.Н. Приоритеты совершенствования межбюджетных oтношений // Экономист.

2000. № 6. С. 21 — 33.;

4. Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / - T.: “Iqtisod-Moliya” 2019.- 800 b.
5. Каракулова И. «Фонди гарантирования виплат за договорами страхования жизни»:

зарубежный доход // Экономика 133/2012. п. 48

6. Averchenko O.D. The guarantee scheme of mutual exchange in the strakovo sectori bankovskoy

sphere // Financial Journal. No. 4 2016. p. 110

Bibliografik manbalar

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliytining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 104b.

Морозова Е.А. Муниципальная реформа и межбюджетные отношения в российских регионах // Экономические науки. 2008. № 14(39);

Любимцев Ю.Н. Приоритеты совершенствования межбюджетных oтношений // Экономист. 2000. № 6. С. 21 — 33.;

Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / - T.: “Iqtisod-Moliya” 2019.- 800 b.

Каракулова И. «Фонди гарантирования виплат за договорами страхования жизни»: зарубежный доход // Экономика 133/2012. п. 48

Averchenko O.D. The guarantee scheme of mutual exchange in the strakovo sectori bankovskoy sphere // Financial Journal. No. 4 2016. p. 110

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари