Mualliflar

  • Nozima Mirzahamdamova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Nozima Mirzahamdamova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti  Maktabgacha ta’lim  fakulteti Maxsus pedagogika(logopediya) yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86251

Kalit so‘zlar:

determinizm fleksiy imperessiv nutq

Annotasiya

Ushbu maqolada logopsixologiya fani haqida umumiy tushun-cha  berilib, uning asosiy tamoyillari yoritilgan. Logopsixologiya nutq buzilishlarini psixologik va pedagogik nuqtayi nazardan o‘rganib, ularni tuzatish usullarini ishlab chiqadi. Maqolada individga yo‘naltirilgan yondashuv, kompleks yondashuv, erta diagnostika va oldini olish, psixologik muhitning ahamiyati hamda amaliyot va nazariyaning uyg‘unligi kabi asosiy tamoyillar keng yoritilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

464

LOGOPSIXOLOGIYA FANINING TAMOYILLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim fakulteti

Maxsus pedagogika(logopediya) yo‘nalishi

talabasi Mirzahamdamova Nozima

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233748

Annotatsiya:

Ushbu maqolada logopsixologiya fani haqida umumiy tushun-cha berilib,

uning asosiy tamoyillari yoritilgan. Logopsixologiya nutq buzilishlarini psixologik va pedagogik
nuqtayi nazardan o‘rganib, ularni tuzatish usullarini ishlab chiqadi. Maqolada individga
yo‘naltirilgan yondashuv, kompleks yondashuv, erta diagnostika va oldini olish, psixologik
muhitning ahamiyati hamda amaliyot va nazariyaning uyg‘unligi kabi asosiy tamoyillar keng
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

determinizm, fleksiy, imperessiv nutq, kompleks, diagnostika,

logopsixologiya.

Maxsus psixologiyaning bir qismi – logopsixologiyadir. Logopsixologiya fani maxsus

psixologiyaning yangi tarmog‘i hisoblanadi. Logopsixologiya – bu nutq buzilishlarini psixologik
va pedagogik jihatdan o‘rganadigan fan hisoblanadi. Ushbu soha nutqning rivojlanishi, uning
buzilish sabablari va tuzatish usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Logopsixalogiya
logopediya, psixologiya va pedagogika fanlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, insonning nutq
faoliyatini chuqur tahlil qilishga yordam beradi. Logopsixologiya fanining bir qancha tamoyillari
mavjud ular quyidagilardan iborat.

1.

Determinizm tamoyili –

bu tamoyil anomal rivojlanishni tushunishda

alohida o‘rin tutadi. Deteminizm tamoyili psixik holareal psixik holatda tlarni keltirib

chiqaruvchi sabablarni o‘rganishni nazarda tutadi. Determinizm narsa va hodisalarning sababiy
bog‘lanishlari haqidagi ta’limot. Determinizmni bir yoqlama tizim (sabab, oqibat) sifatida ko‘rib
chiqish noto‘g‘ri. Determinizm bunday aloqalar bilan cheklanmaydi. Real psixik hayotda keltirib
chiqaruvchi sabalardan keyin oqibatlar darhol yuzaga kelmay, ma’lum bir vaqtdan keyin namoyon
bo‘ladi.

2.

Rivojlanish tamoyili –

ushbu prinspga ko‘ra, nuqsonning yuzaga kelish

jarayonini (sababini) tahlil qilish bilan birga, aynan shu nuqsonni bolaning rivojlanishiga

qanday ta’sir etishini o‘rganish nazarda tutiladi. Ruhiy holatning to‘g‘ri tavsifnomasi nuqsonning
kelib chiqish sabalari, aynan hozirgi vaqtdagi holati va kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlarni inobatga olgan holatda tuziladi. Masalan, noaniq artikulatsiya so‘zni, tovushni
tahlil-sintez qilish malakasini egallashda qiyinchiliklar, yozma nutqda aramatizmlarni keltirib
chiqarishi mumkin.

Rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, nuqsonni statistik jihatdan ta’riflashga emas, balki

uning rivojlanish dinamikasini aniqlashga alohida urg‘u beriladi.

3.

Psixik rivojlanishning nutq bilan bog‘liqligi tamoyili –

nutqiy faoliyat

bola psixikasi, turli ruhiy jarayonlar (sensor, intellektual, hissiy idora sohasi) bilan bog‘liq

holda shakllanadi. Bolada kechayotgan ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini individual
o‘rganish natijasida bola nutqning nuqsonli rivojlanishini aniqlash mumkin.

4.

Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili –

korreksion ishlarning

vazifalari bola rivojlanishining to‘liq psixologik diagnostikasiga asoslanganligida-
gina to‘g‘ri belgilanishi mumkin. Psixologik diagnostika va korreksiya bir-birini

to‘ldiradigan jarayonlardir. Shuning uchun bolaga psixologik korreksiya kerakmi yoki yo‘q
degan savolga javob berishdan oldin, bolaning psixologik rivojlanish xususiyatlarini, muayyan
yangi psixologik hosilalarning shakllanganlik darajasini, malakalar, bilimlar, ko‘nikmalar,
shaxsiy va shaxslararo aloqalarning rivojlangan-

lik darajasining bola yoshi bosqichlariga muvofiqligini aniqlab olish zarur.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

465

Xulosa.

Logopsixologiya nutq bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda

muhim ro‘l o‘ynaydi. Ushbu fan tamoyillariga rioya qilish orqali nutqiy muammolarni samrali
bartaraf etish va insonlarning ijtimoiy hayotga integratsiyasini ta’minlash mumkin. Erta
diagnostika, individual yondashuv va kompleks terapiya orqali logopsixologlar nutq
rivojlanishidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi. Logopsixologiya sohasi doimiy
ravishda rivojlanib, zamonaviy ilmiy yutuqlar va innovatsion yondashuvlar asosida yangi usullar
ishlab chiqilmoqda. Bu esa kelajakda nutq terapiyasini yanada samarali qilishga xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

L.R.Mo‘minova “Logopediya”. – T.,2006

2.

L.R.Mo‘minova, M.Y.Ayupova. Logopediya. -T.,1993

3.

L.R.Mo‘minova. Nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik-pedagogik

diagnostikasi. – T., 2006

4.

Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikas,

2005.




































Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

L.R.Mo‘minova “Logopediya”. – T.,2006

L.R.Mo‘minova, M.Y.Ayupova. Logopediya. -T.,1993

L.R.Mo‘minova. Nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik-pedagogik diagnostikasi. – T., 2006

Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikas, 2005.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари