Mualliflar

  • Gulbahor Raximova
    Farg‘ona viloyati PMM

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91434

Kalit so‘zlar:

inson kapitali rahbarlik salohiyati boshqaruv salohiyati integratsiyalash institutsional o‘zgarish.

Annotasiya

Mazkur maqolada maktab ta’limida rahbar kadrlarning zamonaviy axborot vositalari va sunniy intelekt imkoniyatlaridan foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati, zamonaviy maktab salohiyatini oshirishda rahbar kadrlarning axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari xususida so‘z yuritilgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

601

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA RAHBAR KADRLARNING ZAMONAVIY

AXBOROT VOSITALARI, SUNNIY INTELKT BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH

Raximova Gulbahor Valijonovna

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Farg‘ona viloyati PMM Pedagogika va

psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15364201

Annotasiya.

Mazkur maqolada maktab ta’limida rahbar kadrlarning zamonaviy axborot

vositalari va sunniy intelekt imkoniyatlaridan foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati,
zamonaviy maktab salohiyatini oshirishda rahbar kadrlarning axborot vositalari bilan ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari xususida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

inson kapitali, rahbarlik salohiyati, boshqaruv salohiyati, integratsiyalash,

institutsional o‘zgarish.

Annotation.

This article discusses the need to develop the skills of leaders in school education

to use modern information media and artificial intelligence capabilities, and the specific aspects of
developing the skills of leaders in working with information media in order to increase the potential
of modern schools.

Key words:

human capital, leadership capacity, management capacity, integration, institutional

change.

Аннотация

.

В

данной

статье

говорится

о

необходимости

формирования

умений

руководящих

кадров

использовать

современные

медиа

и

интеллектуальные

возможности

суннитов

в

школьном

образовании

,

об

особенностях

формирования

навыков

работы

с

информационными

носителями

для

повышения

потенциала

современной

школы

.

Ключевые

слова

:

человеческий

капитал

,

лидерский

потенциал

,

управленческий

потенциал

,

интеграция

,

институциональные

изменения

.

Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar va axborot vositalari kundalik hayotimizning

ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bugun usiz kundalik hayotimizni tassavur eta olmaymiz. Natijada,
barcha sohalar kabi, ta

ʼ

lim jarayonlarini raqamli boshqarish, raqamli ta

ʼ

lim resurslarini yaratish,

o

ʻ

quv jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish, masofaviy va onlayn ta

ʼ

limni tashkil

etish, o

ʻ

qitishning innovatsion va interfaol shakllarini yaratish, virtual sinflar, ta

ʼ

lim o

ʻ

yinlari hamda

shu kabi raqamli ta

ʼ

lim vositalarining soni va imkoniyatlarini ortib borishiga sabab bo

ʻ

lmoqda.

Shiddat bilan o‘zgarayotgan har bir jarayonda, hayotimizning axborotlashgan muhiti tobora

o‘ziga xoslik bilan, turli qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirib chiqarmoqda.

Ijtimoiy muhit va ishlab chiqaruvchi texnologiyalarning yangilanishdagi shiddatli sikli,

avlodlar almashinishi suratidan o‘zib ketdi. Shaxsning ijtimoiy statusini saqlab qolish, uzluksiz ta’lim
va yangi ixtisoslik olishga bo‘lgan qobiliyatning ajralmas qismiga aylanmoqda. Buning natijasida,
jamiyatning asosiy o‘zgaturuvchi kuchini axborot va bilimlik egalladi. Yangi axborotni o‘z vaqtida
topish, o‘rganish, olish, muyan qiymatda qabul qilish va samarali foydalanish, har bir insonning
taqdiri va qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Aytish joizki, texnologik yondashuvlarga va texnikaviy taraqqiyot ega bo‘lgan

mamlakatlarning muayan shart-sharoitlarining majudligi, ular uchun katta imkoniyatlarni berish bilan
birga, ulkan qudratga egalikni ham keltirib chiqarmoqda. Bunday dominantlik tufayli, dunyo xalqlari
o‘z qadriyatlari va manfaatlariga mos keluvchi qarashlarni, fikrlarni ilgari surishga intilmoqdalar.
Shundan kelib chiqib, globalashuvga qarshiliklar ko‘plab mamlakatlarda paydo bo‘lmoqdaki, ular


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

602

markazlashgan makonni axborot maydonida yaratishni inkor etmoqda. Kundan kunga
glaoballashuvga nisbatan salbiy yondashuvlar kuchayib bormoqda.

Shu sababli, turli sunniy tizimlar barpo etib kelinmoqdaki, bundan ko‘zlangan maqsad yaxlit

axborot bazasini yaratib, maqsadli boshqaruv tartibotini joriy etishga harakatdir. Bunda mua’yan
sohalarning texnikaviy imkoniyatlari mavjud bo‘lib, odatda ko‘p hollarda ijtimoiy va texnikaviy
tomonlariga e’tibor qaratamiz. Manbani o‘rganish, qo‘lga kiritish, saralash va uzatish, pinhona
amalda bo‘lgan yoki oldin ma’lum bo‘lgan holatlarning yuzaga kelish sababini, maqsadini bilib olish
uchun zarurdir. U ham bo‘lsa, axborotni jamlash, saqlash, uzatish va sharhlashda tezkorlikka amal
qilishdir. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bugungi kunda bu yo‘nalishda alohida ixtisosliklar va
korxonalar tashkil etilgan[8].

Insoniyatning axborotlashgan jamiyatga qadam qo‘yishi bilan sivilizatsiyasining imkoniyatlari,

kishilarni yangi hayot sharoitiga va yuqori avtomatlashgan axborot muhitida mustaqil ravishda
harakat qilishga, profetsional faoliyatga o‘z vaqtida tayyorlash, salbiy ta’sirlardan himoyalanishlariga
o‘rgatish va muhit imkoniyatlaridan samarali foydlanishga kabi jiddiy muammoalarni yuzaga keltira
boshladi. Avvalambor bu jamityada inson o‘rni va muammosi, axborotlashagan jamiyat
shakllanishidagi muhim muammolardan biri bo‘lib, bu esa, bugungi kunda xalqaro jamiyatning
diqqat markazidagi mavzu bo‘lib kelmoqda.

Bugun zamonaviy maktab ta’limda zamonaviy rahbarlarga xos bo‘lgan, keng dunyoqarash

hamda fikrlashga ega, professional va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishda shaxsning xislati,
fazilatlarini, uning tajribasi, mavjud bilim, ko‘nikma, malakalarini hamda qobiliyatini
integratsiyalash amaliyotini yuzaga keltira oladigan rahbarlarni axborot kompetentligini rivojlantirish
zarurati tug‘ilmoqda.

Bundan asosiy maqsad – o‘zaro muvofiqlashgan ichki tizimga ega bo‘lgan, yaxlit, bir butun

rahbar shaxsini shakllantirishdan iborat jarayonni talab etmoqda.

XXI asr mehnat bozorida rahbar kadrlarning axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalari va

undagi axborotlarni tezlikda olish malakalariga va imkoniyatiga egaligi alohida ahamiyatga ega. Shu
bois global axborot sharoitida shaxsni axborotni izlash, tahlil qilish, qayta ishlash, saqlash, undan
foydalanish, uni uzatish metod, usul va vositalaridan xabardor qilish, amaliy faoliyatda ularni qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.

Malaka oshirish markazlarida maktab ta’limi uchun rahbar kadrlarni tizimli tayyorlash

maktabini yaratish zarur. Hamda ularda rahbarlik salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi
alohida dasturlar ishlab chiqish lozim bo‘ladi.

Shu dastur asosida bugun hayotimizning bir qismi bo‘lgan axborot vositalari bilan ishlash va

axborot madaniyatiga ega bo‘lish malakasini shakllantirish mumkin.

Ayni shu maqsaddan kelib chiqib, rahbar kadrlarni axborot-kommunikativ kompetenlikni

rivojlantirishda quyidagilarni hisobga olish lozim:

Ø

axborotlashgan jamiyat talabi, ijtimoiy-ta’limiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda axborot-

kommunikativ kompetensiyalarning funksiyalarini aniqlashtirish;

Ø

malaka oshirish tizimida bo‘lg‘usi rahbar kadrlarda axborot-kommunikativ kompetentlikni

rivojlantirishda shaxsiy va kasbiy axborot maydonining uyg‘unligiga erishish;

Ø

bo‘lg‘usi rahbar kadrlarda axborot-kommunikativ kompetensiyalarni tarkib toptirishda

yetakchi xorijiy mamlakatlar tajribasidan samarali foydalanish;

Ø

rahbar kadrlarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish borasida to‘plangan

tajribalarni umumlashtirish;

Ø

malaka oshirish tizimida rahbar kadrlarni tayyorlashda axborot-kommunikativ

kompetentlikni majmuaviy rivojlantirishga e’tibor qaratish;

Ø

rahbar kadrlarda axborot-kommunikativ kompetentlikning yaxlit namoyon bo‘lishiga

erishish.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

603

Maktablardagi rahbar kadrlarning axborot-kommunikativ kompetentligi shaxsga uzluksiz

ta’lim olishga motivatsiyasi bilan bog‘liq va aniq vaziyatlarda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash
orqali tanlash malakasida namoyon bo‘ladi.

Rahbar kadrlar quyidagi asosiy axborot kompetensiyalarini o‘zlashtirishi zarur:

Ø

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zarur kompyuter va Internet texnologiyalaridan

foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

Ø

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib darslar samardorligini nazorat

qila olishida sunniy intelekt imkoniyatlaridan foydalana olishi;

Ø

zamonaviy axborot massivlaridan axborotlarni qidirib topish, saqlash metodlaridan

foydalanishni bilish;

Ø

kompyuter, lokal va global tarmoqdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish hamda

uni takomillashtirish, turli shakldagi kompyuter axborotlari bilan ishlash va ularni Internet tarmog‘iga
joylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, umum ta’lim maktablarida rahbar kadrlarning o‘z qo‘l

ostidagi xodimlariga o‘rnak bo‘la olishida, zamonaviy hayotimizning muhim xususiyatlarini
egalashlari lozim, Shulardan kelib chiqib rahbar o‘z xodimlariga ularning qobiliyat va
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda topshiriq berishi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holatda
ularni boshqarishi lozim bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Форобий

,

Абу

Наср

.

Фозил

одамлар

шахри

. -

Т

.:

А

.

Кодирий

номидаги

халк

мероси

нашриёти

, 1993. -

Б

. 167 2.

Абу

Райхон

Беруний

«

Хиндистон

».

Соч

.,

Т

.2. -

Т

.: “

Фан

”, 1963. —

С

.

8.3.

2.

А

.

Н

Леонтев

Деятельность

.

Сознание

.

Личность

.

М

.: 1975. 304

с

4.

ВолодькоВ

.

Ф

.

«

Основы

менеджмента

»

3. J.Rumiy. Ichingdagi ichingdadir.“Yangi asr avlodi”.Toshkent-2016.134 b.
4. A.Haydarov. Madaniyat va san’at sohasini boshqarish asoslari. O‘quv qo‘llanma.

“Kamalak’’ nashriyoti-2019. 192 b.

5. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. – Toshkent: 2005. –170
6.

О

.

Тиллаев

.

Аёл

лидер

:

Плюс

ва

минуслар

нималардан

иборат

?..

7. N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

masalalari. “Extremum-Press’’ bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.

8. https://www.xabar.uz/uz/infografika/davlat-boshqaruvidagi-top-40
9. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/3060.htm
10.https://kun.uz/news/2020/03/08/ayol-lider-plyus-va-minuslar-nimalardan-iborat
11.file:///C:/Users/ADMIN/Downloads/rahbarlik-psixologiyasining-fundamental-

asoslari%20(1).pdf

Bibliografik manbalar

Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шахри. -Т.: А.Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, 1993. -Б. 167 2.Абу Райхон Беруний «Хиндистон».Соч., Т.2. -Т.: “Фан”, 1963. —С. 8.3.

А.Н Леонтев Деятельность. Сознание. Личность. М.: 1975. 304 с4. ВолодькоВ.Ф. «Основы менеджмента»

J.Rumiy. Ichingdagi ichingdadir.“Yangi asr avlodi”.Toshkent-2016.134 b.

A.Haydarov. Madaniyat va san’at sohasini boshqarish asoslari. O‘quv qo‘llanma. “Kamalak’’ nashriyoti-2019. 192 b.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. – Toshkent: 2005. –170

О. Тиллаев. Аёл лидер: Плюс ва минуслар нималардан иборат?..

N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. “Extremum-Press’’ bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.

file:///C:/Users/ADMIN/Downloads/rahbarlik-psixologiyasining-fundamental-asoslari%20(1).pdf