SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
592
BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA TA’LIMI DARSLARIDA TABIIY
MATERIALLARDAN BUYUMLAR TAYYORLASHNI O‘RGATISHNING MAZMUN VA
MOHIYATI
Alimova Mashxuraxon Ravshanbek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti o’qituvchi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15360965
Annotatsiya.
Ushbu maqola boshlang’ich sinf texnologiya darslarida innovatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish orqali ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga
bag‘ishlangan. Maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol o‘qitish
metodlari, robototexnika va boshqa innovatsion yondashuvlarning texnologiya darslariga
integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Innovatsiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning kreativ fikrlashi,
amaliy ko‘nikmalari va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, ta’lim samaradorligini oshirishda o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va
ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit so
ʻ
zlar:
inovatsion texnologiyalar, mustaqil fikr, usullar, texnologiya fani, o‘quv-
tarbiya jarayon, o
ʻ
qituvchi, o
ʻ
quvchilar, animatsiya.
Аннотация
.
Данная
статья
посвящена
вопросам
развития
системы
образования
за
счет
эффективного
использования
инновационных
технологий
на
уроках
технологии
начальных
классов
.
В
статье
анализируется
интеграция
современных
информационно
-
коммуникационных
технологий
,
интерактивных
методов
обучения
,
робототехники
и
других
инновационных
подходов
в
технологические
классы
.
Рассматриваются
возможности
развития
у
учащихся
творческого
мышления
,
практических
навыков
и
навыков
самостоятельной
работы
посредством
применения
инноваций
.
Также
подчеркивается
необходимость
повышения
цифровой
грамотности
педагогов
и
обеспечения
их
современными
педагогическими
технологиями
в
повышении
эффективности
обучения
.
Ключевые
слова
:
инновационные
технологии
,
независимое
мышление
,
методы
,
наука
о
технологиях
,
учебно
-
воспитательный
процесс
,
учитель
,
ученики
,
анимация
.
Annotation.
This article is devoted to the development of the education system through the effective use of
innovative technologies in primary school technology lessons. The article analyzes the integration of
modern information and communication technologies, interactive teaching methods, robotics and
other innovative approaches into technology classrooms. The possibilities of developing students'
creative thinking, practical skills and independent work skills through the use of innovations are
considered. It also highlights the need to improve teachers' digital literacy and provide them with
modern pedagogical technologies to improve learning efficiency.
Keywords:
innovative technologies, independent thinking, methods, science of technology, educational process,
teacher, students, animation.
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida texnologiya ta’limi va tarbiyasi vazifalari qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin :
v
o‘quvchilarni tabiatdagi, tevarak-atrofdagi narsa va voqealarga estetik munosabatni tarkib
toptirish, ularda go‘zallikni his qila bilishga, tushunishga hamda shu his va tushunchalarni hayotga
tatbiq etishga o‘rgatish;
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
593
v
muntazam va maqsadga muvofiq ravishda ko‘rib-idrok qilishni, rang sezishni, kompozitsion
madaniyatni, fantaziyani ko‘rish orqali tasavvur qilish va kombinatsiyalashni, ijodiy vazifalarni aniq
obrazlarda hal qilishni tarbiyalash;
v
tabiiy materiallar bilan ishlashni o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
v
ularda tabiatga nisbatan emotsional idrok, ijodiy qobiliyat, did, tasavvurni, estetik va
emotsional sezgirlikni o‘stirish;
v
turli tabiiy materiallardan rang-barang o‘yinchoqlar va ko‘rgazmalar yasashga o‘rgatish;
v
tabiiy materiallar asosida ishlash asnosida ularda ijodiy texnik malakalarni rivojlantirish.
Tabiiy materiallar bilan ishlash mashg‘ulotlarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarga
estetik, badiiy va ijodiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya – bu o‘quvchilarni hayotdagi, tabiatdagi,
san’atdagi kishilarning munosabatlardagi go‘zallikni to‘liq idrok etish qobiliyatini tarbiyalash va
go‘zallik qonunlari asosida ijod etishga o‘rgatishdir. Zotan, go‘zallik bolaning aqliga, qalbiga,
irodasiga ta’sir qilib, ma’naviy dunyosini boyitadi.
Hozirgi vaqtda maktabning asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarga borliqni faqat ijodiy
o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatini shakllantirishgagina emas, balki go‘zallik qonunlari
asosida borliqni qaytadan ko‘rish hissini tarbiyalash hamdir.
Jamiyatimizning har bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar, go‘zallik
va nafislikni ko‘ra olish va tushuna bilishi kerak. O‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida
o‘qituvchi mehnat darslarida ularga tabiatdagi go‘zallikni, shakl va ranglarning turli-tumanligini
ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go‘zalliklari so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas
rang birikmalari shaklida uzoq vaqtlargacha ularning xotirasida qoladi.
Manzara, daraxtlar, barglar va gullarning o‘ziga qarab rasmini chizish, ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganish orqali bolalar tabiatga ko‘proq qiziqadigan bo‘ladilar. Bunday darslar
bolalarga dunyoni keng va atroflicha ko‘ra olishga, shuningdek, ko‘rish orqali olgan taassurotlari
doirasini kengaytirishga, atrof-borliq haqida aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yaqindan
yordam beradi.
Texnologiya ta’limi dasturida o‘quvchilar mehnat darslarida egallashi lozim bo‘lgan ilmiy-
texnik bilimlarning, mehnat ko‘nikmalarini va malakalarini hajmi hamda mazmuni belgilab beriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga mehnat ta’limi berish
orqali ularni tarbiyalash sohasida qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z ifodasini topadi. Texnologiya
ta’limi dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi o‘zining
kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. Shu bilan bir
qatorda o‘qituvchi o‘quv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib ma’lum o‘zgarish kiritishi
mumkin. Bu borada bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni didaktik
prinsiplarga to‘la-to‘kis javob berishi, ilmiy mafkuraviy jihatdan puxta bo‘lishi, murakkabligi ortib
borishi hisobga olingan holda va mehnat ta’limining tanlagan didaktik tizimiga muvofiq ravishda
muayyan izchillikda bayon qilinishi turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish o‘quvchilarni tarbiyalash hamda ularni
bo‘lajak amaliy faoliyatga tayorlashda mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Quyi
sinf o‘quvchilariga texnologiya ta’limida ko‘rsatilgan mavzular mazmunini yetkazib berish
vazifalaridan biri o‘quvchilarda bir qator mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Mehnat malakalari va ko‘nikmalari ta’lim jarayoni natijasi bo‘libgina qolmay, ma’lum topshiriqni
bajarish su’rati va aniqligiga rioya qilishdir. Aks holda bajarilayotgan ish qo‘pol chiqishi mumkin.
Mehnat harakatlarining mukammalashuvi dars jarayonida maxsus mashqlar ta’sirida yuzaga
keladi. O‘quvchining ongli, ayrim harakatga alohida e’tibor va ishlarni birlashtirish jarayoniga
yo‘llangan bo‘ladi.
Malaka
- mavjud bilimlari asosida o‘zgargan yoki yangi sharoitlarda shaxsning faoliyatni
samarali bajarishga qobiliyati hisoblanadi. Malaka – bu bilimlar yordamida mavjud axborotlarni
tushunib olish, maqsadga erishish rejasini tuzish, faoliyat jarayonini boshqarish va nazorat qilish
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
594
qobiliyatidir. Malaka – bu faoliyatning mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan
tajribadir .
Oddiy malakalar yetarlicha mashq qilinganda avtomatlashtirilishi mumkin va ko‘nikmalarga
aylanadi. Dars jarayonida berilgan topshiriqlarni tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib
topgan ko‘nikma yoki bu ma’lum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda ko‘nikmadan sakrab
o‘tish degan ma’noni anglatadi.
Shuning uchun mazkur ko‘nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq
va usullar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa u to‘g‘ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning
takomillashuv darajasi o‘qitishinng turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi ham
o‘zgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o‘quvchilar bajarilayotgan harakatlar murakkablashib borgan
sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo‘ladi.
Mehnat malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish quyidagicha asosiy bosqichlardan tarkib
topadi.
a) boshlang‘ich tushuncha.
a) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish.
v) ish harakatlari.
g) yakun chiqarish.
Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limi darslarida ko‘rsatilayotgan harakat maqsadga
muvofiq, barcha munosabatlarda ham namunali bo‘lishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchining e’tiborini
harakatning eng asosiy ahamiyatli tomoniga qaratishi, boshqa harakatni emas, aynan shu harakatning
maqsadga muvofiqligini asoslashi, ularni o‘quvchilar ongli egallashiga erishishi lozim. Shuning
uchun ko‘rsatish doimo qisqa tushuntirish bilan birga boradi.
Mavzuga oid ko‘rgazma qurollarni namoyish qilish o‘quvchilar tomonidan faol idrok
etilishini ta’minlash kerak. Faollik tafakkur faoliyatida hamda ko‘rsatilayotgan narsani idrok etishda
ish hajmi miqdorining ko‘payishida ifodalanadi.
Namoyish etilayotgan barcha ko‘rgazma qurollar har bir o‘quvchiga yaxshi ko‘rinishi kerak.
Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonidagi mashqlar mehnat malakalari
va ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan mashqlar faqat vaqtga ko‘ra taqsimlanganda hamda
ma’lum tizim asosida o‘tkazilgadagina ijobiy natija beradi.
Mashqlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oldadi.
1.Mashqlarning materiali qiyinlikni oshib borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
2.Keyingi materialning hammasi to‘liq tarzda oldingi materialga asoslanishi lozim.
3.Mustaqillik darajasi ortib borilishi kerak.
Mehnat malakasi muvaffaqiyatli bo‘lishi bir qator shartlarga bog‘liq. O‘quvchi o‘z
faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qachon to‘liq bo‘lmaydi. Nazoratning
yo‘qligi ko‘pincha xato va nuqsonlarning mashqlar jarayonida ortib borishiga olib keladi. Bu esa o‘z
navbatida yetilmagan harakat va usullarning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinfda texnologiya ta’limidan amaliy ishlar.
Texnologiya ta’limi darslarida
o‘quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashning ilk bosqichlarini o‘rganadilar.
Birinchi sinfda o‘quvchilar eng avvalo faqat dars mashg‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda
ham to‘qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Qog‘oz va karton bilan ishlash, gazlamaga
dastlabki ishlov berish, turli materiallar bilan ishlash, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish hamda uy ro‘zg‘or
mehnati va shu kabilar bilan tanishadilar. Amaliy ishlar jarayonida o‘quvchilarda mehnatsevarlik,
materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga ehtiyotkorli bilan munosabatda
bo‘lish, mehnat madaniyatini tarbiyalash, ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar berib boriladi.
O‘quvchilarga mehnat tarbiyasi berishni asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarga materiallarga
ishlov berish ko‘nikmalarini hosil qilish va ularga shunga muvofiq bilimlarni berishdir.
Bu ish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki o‘quvchilar
hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash operatsiyalarini eslab qolishga qodir emaslar.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
595
Hosil qilingan ko‘nikmalar takror mashq qilish natijasida takomillashib boradi. Xatoga yo‘l
qo‘ymaslik uchun o‘quvchilarni o‘z-o‘zini nazorat qilishga odatlantirish lozim. Topshiriqlarni
bajarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘zlari topib uni tuzatmagunlaricha hamda bajarilgan
ishlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilmagunlaricha o‘quvchilardan ishni qabul qilmaslik lozim.
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Buning
uchun qo‘l asboblaridan foydalanishning o‘ziga xosligini, materiallarni xususiyatini, yasalayotgan
buyumlar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Buyumni tayyorlash usullarini o‘qituvchi sinf doskasiga osib qo‘yilgan yo‘llanma xaritasidan
yoki texnik vositalardan foydalanib ko‘rsatadi. Shundan so‘ng u ishni bajarish tartibi va usullariga
tegishli savollarni berib, materialni takrorlaydi va buyumni o‘quvchilar bilan tayyorlashga o‘tadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, texnologiya ta’limidan amaliy ishlar tuzilishi quyidagi tartibda
olib boriladi.
1.
O‘quvchilar oldiga bajariladigan topshirig‘ining maqsadi va mavzusini qo‘yish:
a) Darslarda bajarishga mo‘ljallangan buyum yoki ish o‘quvchilar hayotida muhim ahamiyatga
ega ekanligini ta’kidlash;
b) Belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi
lozimligini ko‘rsatish.
2. Ish o‘rni, asbob uskuna, material, namuna, doskadagi chizmalarni tayyorligini tekshirish
ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga yordam beruvchi qonun qoidalarni eslatish.
3. Bajariladigan mehnat vazifalarni oldindan rejalashtirish:
a) namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli materiallarni, berilgan o‘lchovlarni
tayyorlash;
b) buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, barcha o‘lchovlarni va
ishchi chiziqlarni topish va o‘qish, ya’ni ishni buyum tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga
oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish tartibini aniqlash.
4. Materiallarni namuna, berilgan o‘lchovlar bo‘yicha belgilab chiqish. O‘quvchilarni
belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni
ko‘rsatib tushuntirayotgan o‘qituvchi bilan bir vaqtda bajarishlari lozim.
5. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni moslash va uning barcha
detallarini yig‘ish; detallardan buyumni yig‘ish jarayonida, buyum va uni detallariga ishlov berish
jarayonida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni egallash.
6. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, ishni baholash.
7. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo‘yish.
Texnologiya ta’limida amaliy ish mashg‘ulotlari tashkil qilishning bu tartibidan o‘qituvchi
mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o‘quvchilarda mehnatga qiziqishning muhim talablaridan biri
ishlanadigan buyumni to‘g‘ri tanlashdir. O‘quvchilar tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligini,
qayerda ishlatilishini bilishilari kerak.
Bu ish turlarini barchasi boshlang‘ich sinflarda qo‘l mehnati jarayoni o‘quvchilardagi kasb
tanlash ishlariga qaratilgan.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishlarini
rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari,
o‘qituvchi ko‘rsatmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari,
mashg‘ulotdan so‘ng sinfni tozalab qo‘yishlari kerak.
Boshlang‘ich sinflarning texnologiya ta’limi darslarida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bo‘limi
o‘quvchilarning kiyim-kechaklariga va turar joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat
uchun dasturxon tuzashni o‘z ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida o‘tkazish tavsiya etiladi, bundan
maqsad o‘qituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarni olgan bilimlarini qanday
qo‘llayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, uyda ota-onalariga
yordam berishlariga imkon berishdir.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
596
Texnikaga oid bo‘limi texnologiyaning quyidagi turlarini qog‘oz va karton bilan ishlash, mato
bilan ishlash, turli materiallardan plastilin, tabiiy va neorganik materiallar somon, kuritilgan barglar,
patlar, chig‘onok, loy, qum, sement, yog‘och, yumshoq sim, tunika va boshqa materiallar bilan
ishlashni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarga buyumlar yasash tartibi haqida bilimlar olgan vaqtlarida ya’ni yig‘ish, ishlov
berish to‘g‘risida, ishlatib ko‘rish, xato va kamchiliklarni yo‘qotish haqida, ish o‘rnini tashkil qilish
va boshqalar to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘ladi. Bu elementlarning barchasi keyinchalik modellar va
texnikaviy o‘yinchoqlar tayyorlashda qo‘llaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini
o‘stiradi, to‘plangan mehnat tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bog‘lashlariga yordam beradi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hamkorlik munosabatlariga ijodkorlik bilan
yondashish vositasida o‘quvchilarni o‘rganuvchi va tarbiyalanuvchiga aylantirish o‘qish-
o‘qitish jarayonini muvaffaqiyatli olib borishning asosiy sharti bo‘libgina qolmay, balki ularni har
jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashning ham muhim sharti hisoblanadi. Rivojlanib
borayotgan bu davrning o’qituvchilari ta’lim berishning zamonaviy usullarini dars jarayonlariga
tadbiq qilishlari, darsning sifatli va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Bunda xorijiy tajribalardan
foydalanish, rivojlanib borayotgan davlatlarning ta’lim daturlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan abiyotlar:
1. Sanaqulov X.R, Xodiyeva D.P, Sanaqulova A.K .“Texnologiya” 2-sinf darsligi. T.:
“Sharq”. 2018-yil
2. Sanaqulov X.R, Xodiyeva D.P, Sanaqulova A.K Mehnat ta’limi 3-sinf darsligi.. T.: “Sharq”.
2016-yil
3. Sanaqulov X.R, Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». Darslik.
T.: TDPU. 2015-yil.
4. Sanaqulov X.R, XodiyevaD.P. Boshlang‘ich sinflarda qo g‘ozdan amaliyishlar. O‘quv-
metodik qo‘llanma. T.:Navro‘z. 2014-yil.
