SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
587
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATINI TO‘G‘RI TASHKIL
QILISHNING DOLZARBLIGI
Jalilova Moxinur Jaloliddin qizi
ADPI
Maktabgacha ta’lim psixologiyasi
va pedagogikasi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15360952
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini to‘g’ri tashkil
qilishning dolzarbligi aks etgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini to‘g’ri tashkil qilish
yuzasidan olib boriladigan ishlarning asosiy shakllari yoritilgan. Maqola maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ish olib boruvchi xodimlar va maktabgacha ta’lim yo‘nalisida taxsil olayotgan
talabalar uchun manfaatli bo‘ladi
.
Kalit so‘zlar:
Maktabgacha ta'lim, ta’lim-tarbiya, tarbiyachi, bolalar hayotini tashkil etish, kun
tartibi.
Yosh avlod tarbiyasi umumxalq ishidir. Respublikamizda bevosita tarbiya ishi bilan
shug’ullanishga da’vat etilgan muassasalardan tashqari, turli kasb egalari ham bu muhim ishda
qatnashadilar. Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan odamlarda mehnat faoliyati jarayonida ishlab
chiqarish tajribalari, mehnat qilish malakalari va mehnat qurollarini ishlata bilish ko‘nikmalari hosil
bo‘ldi, bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur o‘sib, kamol topib boradi.
Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan bu muhim vazifani amalga oshirishda umumta’lim
maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang’ich bo‘g’ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlari muhim rol o‘ynaydi. Ishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachiga bog’liq.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli
va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni
tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya
vazifalarini hal etishga ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi
o‘rtoqlarining o‘sishiga ko‘maklashishda yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bola shaxsini sog’lom va yetuk qilib maktab ta’limga tayyorlash
maqsadini ko‘zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta boshlansa, uning samarasi shuncha erta namoyon
bo‘ladi, shuningdek, insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti
ta’lim muassasalariga bolalar qamrovini kengaytirish, muassasalarni obodonlashtirish, ularning kirish
qismidan tortib, yo‘laklari, hattoki ekilgan gul, daraxtlari, guruh xonasidagi har bir jihoz bolani
rivojlantirish uchun yo‘naltirilganiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida tarbiyachi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda
kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Zero, bu borada O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun,
boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar,
haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga
javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”.
Bugungi tezkor davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlash, fikrini erkin
ifodalashga o‘rgatuvchi muhit yaratish, albatta, tashkilotning samarali boshqaruviga bevosita
aloqador bo‘lib muomala qilish san’at kuch bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydigan hollarda
ham takt yordamida muvaffaqiyatga erishish mumkin.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli
va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni
tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya
vazifalarini hal etishga ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va
o‘rtoqlarining o‘sishiga ko‘maklashishda yordam beradi.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
588
Tarbiyachi o‘zi yashab turgan hudud hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning rivojlanish
qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha pedagogikani, bolalar
ruhiyati va fiziologiyasini egallashi kerak. Uning pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai
nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon
beradi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning tarbiyasi maqsad va vazifalarini amalga oshirish, ular
hayotini tashkil etishning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida
bolalar hayotini tashkil etish har tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks yondoshish asosida,
ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va metodlari birligi asosida quriladi.
Bolalar hayotini tashkil etish – bu hayot faoliyatning asosiy jarayonlarini turli yosh
guruhlaridagi bolalarni yakka, kichik guruhlar va umumiy guruhlar shaklidagi faoliyati va ta’limini
maqsadga muvofiq joriy etish, birga qo‘shib olib borish va navbatlashtirib turish, shuningdek har bir
bolani har tomonlama va garmonik tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishdir.
Hozirgi paytda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv tarbiya jarayoni sifatini oshirish va
bolalar hayotini tashkil etish zarurati vujudga keldi.
Maktabgacha ta’limda bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etishning quyidagi umumiy
tamoyillari mavjud:
1. Bolalarning har bir yosh guruhlardagi birgalikda hayot tarzi.
Bu tamoyil asosida
guruhdagi barcha bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni jamoatchilik ruxida tarbiyalash
uchun bir xil sharoitni ta’minlash ko‘zda tutiladi.
2. Guruhlarni komplektlashning yosh tamoyili
. Bolalarning har bir guruhida bir yoki ikki
yoshning bo‘lishni taqozo etadi va ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya
jarayonini ta’minlaydi.
3. Guruhning bolalarini har tomonlama faoliyati va muloqoti uchun zarur moddiy
muhitni yaratish.
Bu tamoyilga ko‘ra guruhlar xonalarini va uchastkalarini pedagogik gigienik va
estetik talablarining yagona birligi asosida jihozlash va obodonlashtirish amalga oshiriladi.
4. Kun tartibining doimiyligi va yosh xususiyatiga bog’liqligi.
Ilk va maktabgacha yoshida
asosiy hayotiy faoliyat ritmi bir xil emas. Ilk yoshdagi birinchi va ikkinchi guruh bolalarining o‘z
xatti-harakatini idora etishdagi ixtiyoriy qobiliyatining yo‘qligi, nochorligi ular hayotini tashkil
etishda har bir bolaga parvarish uchun ko‘p vaqt ajratish zaruratini keltirib chiqaradi. Kun tartibini
bajarishda o‘z-o‘zini tashkil eta olish ko‘nikmasi tufayli mashg’ulotga, o‘yinga, mehnatga vaqt
qoladi.
Bolalar hayoti bu faqat kattalarning bo‘lg’usi hayotiga tayyorgarlik emas, bolalalik davri
bolalarni qiziqtiradigan va uni zavqli qiladigan, ular tomonidan ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilishini
ta’minlaydigan rang-barang faoliyat bilan qiziqarlidir.
5. Turli faoliyat ko‘rinishlarini (o‘yin, mehnat, ta’lim) joriy etish.
Ularning kun tartibidagi
o‘rni, bolalarning rivojlanish darajasiga ko‘ra bu faoliyat turlarini qo‘shib va navbatlashtirib turish,
bola shaxsining shakllanishidagi roli.
Kun mobaynida o‘yinlar, mehnat va ta’lim uchun vaqt ajratiladi. Ularning maktabgacha ta’lim
tashkilotidagi turli guruhlaridagi o‘rni bolalarning yosh imkoniyatlariga yakka tarzda yoki guruh
bo‘lib harakat qila olish ko‘nikmasiga, bir-birlari bilan muloqotda bo‘la olish malakasiga bog’liq.
O‘yin faoliyati va boshqa faoliyat turlarining asta-sekin kuchaya borishi ham ahamiyatga ega bo‘la
boradi.
6. Yosh guruhlarida bolalar hayotini ular hayoti va sog’ligini muhofaza etishga
yo‘naltirilgan holda tashkil etish.
Mazkur tamoyil asosida ilk yosh guruhlari uchun xonalar
ajratiladi, mebel va jihozlar tanlanadi, qo‘llanma va materiallar joylashtiriladi, ovqat tayyorlanadi,
chiniqish sistemasi va harakat faoliyati rejimi joriy etiladi. Tarbiyachilar, enagalar va bolalar,
shuningdek bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda vazminlik, olijanoblik, insonparvarlik ruhi hukum
suradi. Ziddiyatlar oldi olinadi va odilona hal etiladi, bolalar asabiyligining payi qirqiladi.
7. Bolalar hayotini tashkil etishda estetik talablarga rioya qilish
ulardan faqat xonalarni
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
589
jihozlashda foydalanishni emas, balki pedagogik jarayonda foydalanishni ham ko‘zda tutadi.
Bolalar hayotini tashkil etishda topshiriqlar muhim o‘rinni egallaydi. Bolalarga topshiriqni
to‘g’ri bajarishni o‘rgatish uchun tarbiyachi bolalarga beradigan topshiriqlarni oldindan tanlab
ajratadi. Kun davomida tarbiyachi bolalarga topshiradigan jamoa va ayrim bolalar uchun zarur hamda
foydali bo‘lgan ko‘plab ishlar topiladi.
Topshiriqlarni tashkil etishda ularning mazmunini, mumkin bo‘lgan bajarish usullarini, ularni
kichkina bolalar uchun tushunarligini to‘g’ri aniqlash kerak.
Har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida metodika kabinetlari mavjud, unda «Maktabgacha
ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo‘limlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar
bo‘ladi. Etishmaganini tarbiyachi o‘zi tayyorlaydi, ba’zan esa bu ishga katta va tayyorlov guruhlari
bolalarini jalb etadi. Tarbiyachi mashg’ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi.
Tarbiyachi
maktabgacha ta’lim tashkilotiida asosiy shaxs hisoblanib, yosh avlodning
tarbiyalanganligi va bilish darajasi uning g’oyaviy, siyosiy va ilmiy pedagogik tayyorgarligiga,
javobgarlik hissiga, salohiyatiga, pedagogik mahoratiga bog’liq. Odatda, bolaning o‘quv faoliyatiga
bo‘lgan munosabati ham uning tarbiyachi shaxsiga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarbiyachi mashg’ulot jarayonida yangi pedagogik texnologiya
materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanilsa hamda bolaning ruhiyati,
yosh va o‘ziga xos ruhiy, fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiyaning samaradorligi ortadi.
Demak, bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan o‘ziga, o‘zga insonlarga, jamiyatga, tabiat
va mehnatga o‘z munosabatini to‘g’ri bildira oladigan, mustaqil faoliyat yurita oladigan, ijodkor, faol
shaxslar bo‘lishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-sonli
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarori.
2.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi
Farmoni.
3.
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, SHarq nashriyot-
matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1993.
4.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
–T.: O‘zbekiston, 2017.
5.
Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1993.
6.
www.tdpu.uz, www.pedagog.uz, www.ziyonet.uz, www.i-gnom. ru.
