Mualliflar

  • Sarvinoz G‘aniyeva
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91443

Kalit so‘zlar:

raqamli ta'lim zamonaviy raqamli texnologiyalar multimedia texnologiyalari video skriping OBS Studio Interaktiv ta'lim platformalari sun'iy intellekt Gamifikatsiya Kollaborativ (hamkorlikda o‘rganish) texnologiyalari YouTube Kids starfall dualingo ABCmouse.

Annotasiya

Ushbu maqolada bugungi kunda  Respublikamiz ta’lim tizmida ro‘y berayotgan salmoqli o‘zgarishlar va ularning negizida raqamli texnologiyalarning ta’lim jrayondagi ahamiyati, zamonaviy raqamli texnologiyalar, ularning turlari, interaktiv ta’lim platformalari va sun’iy intellect texnologiyalari haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish usullari va vositalari shuningdek ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi.                                               


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

568

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI

O‘QUVCHILARNING O‘QUV-BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHGA

ZAMONAVIY YONDASHUV

G‘aniyeva Sarvinoz Dilshodbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti ta’lim

va tarbiya nazariyasi va

metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

yo‘nalishi 2-bosqich magistranti

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15360894

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda Respublikamiz ta’lim tizmida ro‘y berayotgan

salmoqli o‘zgarishlar va ularning negizida raqamli texnologiyalarning ta’lim jrayondagi ahamiyati,
zamonaviy raqamli texnologiyalar, ularning turlari, interaktiv ta’lim platformalari va sun’iy intellect
texnologiyalari haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini
rivojlantirish usullari va vositalari shuningdek ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv to‘g‘risidagi
ma’lumotlar beriladi.

Kalit so‘zlar:

raqamli ta'lim, zamonaviy raqamli texnologiyalar, multimedia texnologiyalari,

video skriping,

OBS Studio, Interaktiv ta'lim platformalari, sun'iy intellekt, Gamifikatsiya,

Kollaborativ (hamkorlikda o‘rganish) texnologiyalari, YouTube Kids, starfall, dualingo,
ABCmouse.

Аннотация

.

В

данной

статье

рассматриваются

значительные

изменения

,

происходящие

в

системе

образования

нашей

страны

,

а

также

важность

цифровых

технологий

в

образовательном

процессе

.

Обсуждаются

современные

цифровые

технологии

,

их

виды

,

интерактивные

образовательные

платформы

и

технологии

искусственного

интеллекта

.

Кроме

того

,

приводятся

методы

и

средства

развития

познавательной

активности

учащихся

,

а

также

информация

о

современных

подходах

к

образовательному

процессу

.

Ключевые

слова

:

Цифровое

образование

,

современные

цифровые

технологии

,

мультимедийные

технологии

,

видеоскриптинг

, OBS Studio,

интерактивные

образовательные

платформы

,

искусственный

интеллект

,

геймификация

,

коллаборативные

(

совместные

)

технологии

обучения

, YouTube Kids, Starfall, Duolingo, ABCmouse.

Annotation.

this article discusses the significant changes occurring in the education system of

our country today and the importance of digital technologies in the educational process. It covers
modern digital technologies, their types, interactive educational platforms, and artificial intelligence
technologies. Furthermore, it provides information about methods and tools for developing students'
cognitive activities, as well as modern approaches to the educational process.

Keywords:

digital education, modern digital technologies, multimedia technologies, video

scripting, OBS Studio, interactive educational platforms, artificial intelligence, gamification,
collaborative (cooperative) learning technologies, YouTube Kids, Starfall, Duolingo, ABCmouse.

Bugungi kunda ta

ʼ

lim tizimimiz jadal tarzda rivojlanib bormoqda va katta o‘zgarishlarga ega

bo‘lmoqda. Deyarli xar daqiqada sayyoramizning turli xil burchaklarida turli xil yangilanishlar sodir
bo‘lib, xar bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida o‘tmoqda.

А

xborot oqimining va hajmining

ko‘pligi hayotning xar bir laxzasi va joyida – o‘qish jarayonida, uyda, ishxona va xatto dam olish
vaqtida ham ta

ʼ

sir etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2022-yil 22- avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yoshlar orasida axborot
texnologiyalari

bo‘yicha

ko‘nikmalarni

shakllantirish,

iqtisodiyotning

turli

sohalarida

raqamlashtirishda faol ishtirok etadigan iqtidorli yoshlarni tayyorlash maqsadida 2023-yil 19-mayda
Vazirlar Mahkamasi tomonidan

206-sonli qaror qabul qilindi.

Zamonaviy

raqamli texnologiyalarga quyidagilar kiradi: o'qituvchi va o‘quvchi o'rtasida birgalikdagi


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

569

eksperimental tadqiqotlar texnologiyasi, "virtual haqiqat", "panoramali tasvir" texnologiyasi, "3D
modellashtirish", "ta'lim robototexnikasi", MSI texnologiyasi (kichik axborot texnologiyalari
vositalaridan foydalangan holda ta’lim berish), multimedia, interaktiv ta’lim platformalari va
boshqalar.

Bugungi

kunda multimedia texnologiyalari o‘quv jarayoniga uyg‘unlik bilan kiritilmoqda. Multimedia
texnologiyalari — bu turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasidir. Multimedia
texnologiyalariga avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan
tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia texnologiyalari
qatoriga kiradi. Balki, kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual
voqelik bilan ishlash imkonini berishi ham mumkin. Multimedia resurslaridan foydalangan holda
darslar o'tkazish o‘quvchilarning bilim olishi uchun eng kuchli rag'batdir. Bunday darslarda
o‘quvchilarning aqliy jarayonlari sezilarli darajada yaxshilanadi. Dars jarayonida o‘quvchilarda
diqqat, xotira, fikrlash ancha faolroq va tez sodir bo'ladi va kognitiv qiziqishlari ortadi. Shuni ta'kidlab
o`tish kerakki, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari an'anaviy ta'limning o'rnini
bosmaydi, aksincha, uni to'ldiradi. Raqamli texnologiyalar maktab va universitetlarda ta'lim sifatini
oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, lekin ularni ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha
boshqa chora-tadbirlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiqdir. Video tahrirlash va ovozni
tahrirlash dasturlari o'qituvchilar uchun bebaho yordam beradi. Bunday dasturlar yordamida
o'qituvchi dasturining turli mavzulari bo'yicha o'quv videolarini yaratishi mumkin.

Skrincast -

bu kompyuter ekranida aks ettirilgan ma'lumotlarning raqamli video yozuvi, boshqacha qilib
aytganda, "video ekran tasviri", ko'pincha ovozli sharhlar bilan birga qo‘llaniladi. Ushbu texnologiya
bosqichma-bosqich ishni yozib olish, ekranda sodir bo'layotgan voqealarni ovozingiz bilan izohlash
imkonini beradi va bu texnologiyani ta’limda qo‘llash ijobiy natijalar ko‘rsatadi.

OBS Studio - bu bepul dastur bo'lib, oldindan tayyorlangan rasmlar, videolar,

taqdimotlar yordamida o‘quvchilarga materialni tushuntirish uchun video darslarni yozib olishi
mumkin, ma'lum bir o'quv platformasi bilan qanday ishlashni, ma'lumotni qaerdan qidirishni va ko'p
narsalarni ko'rsatish imkoniyatiga ega.

Yana bir qiziqarli texnologiya - bu video skriping

(bu qo'lda chizilgan dinamik videodir, u chizma va qiziqarli hikoyaning kombinatsiyasidan iborat
bo'lib, animatsiya va maxsus effektlar bilan to'ldiriladi).

Raqamli

texnologiyalardan

foydalanish orqali o‘quvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga zamonaviy yondashuv,
ta'lim sohasida eng muhim va samarali strategiyalarni ishlab chiqishga imkon yaratmoqda. Bu
yondashuvdan asosiy maqsad – o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, mustaqil o‘rganish va ijodkorlik
ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayonida integratsiya
qilishdir. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar quyidagicha ifodalanishi mumkin

Interaktiv ta'lim platformalari: Raqamli texnologiyalar yordamida

o‘quvchilarga darsdan tashqari qo‘shimcha tarzda interaktiv darslar, video materiallar, onlayn testlar
va o‘quv mashg‘ulotlarini taqdim etish mumkin. Bu ularning mavzuni chuqurroq tushunishiga
yordam beradi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshiradi.

Virtual va kengaytirilgan haqiqat: Virtual va kengaytirilgan haqiqat texnologiyalari

o‘quvchilarga real dunyodan olingan interaktiv tajribalar taqdim etadi. Misol uchun, biologiya darsida
inson tanasini virtual tarzda o‘rganish yoki tarix darsida qadimgi shaharlarga virtual sayohat qilish.

Ma'lumotlar tahlili va sun'iy intellekt: Sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlili orqali

o‘quvchilarning o‘qish jarayoni tahlil qilish, ular qaysi sohalarda kuchli yoki zaif ekanligini aniqlash
va ularni individual ravishda qo‘llab-quvvatlash mumkin. Kooperativ va guruhli o‘rganish: Onlayn
platformalar guruhli ishlashga imkon beradigan vositalarni taqdim etadi. Bu o‘quvchilarga bir-biri
bilan fikr almashish, masalalarni birgalikda hal qilish, hamda kreativ va kritik fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi.

Gamifikatsiya:

Ta’lim jarayonida o‘yin elementlarini qo‘llash, o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini
oshiradi. Testlar, vazifalar va musobaqalar yordamida o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularga yangi


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

570

bilimlarni o‘rganishda qiziqish uyg‘otadi. Bulutli texnologiyalar: Bulutli saqlash va bulutli
dasturlar o‘quvchilarga darslarni, katta hajmdagi hujjatlarni va materiallarni osonlik bilan saqlash va
ularga har doim va har joydan kirish imkoniyatini beradi.

Adaptive learning

texnologiyalarini ta’limda qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilimi va

qobiliyatiga qarab darslar va topshiriqlar moslashtiriladi.

O‘quvchilar o‘z xatoliklarini tahlil qilib, ularni tuzatishga va o‘zlashtirishlarini yaxshilashga

harakat qiladi.

Khan Academy

va

Udemy

kabi platformalar orqali o‘quvchilar yuqori sifatli darslar va

treninglarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Multimediava interaktiv o‘quv materiallari. Ular o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan

qiziqishini oshiradi. Masalan:

3D modellar

va

video darsliklar

yordamida o‘quvchilar murakkab

mavzularni oson va qiziqarli tarzda o‘rganishlari mumkin.

Simmulyatorlar

yordamida o‘quvchilar o‘rgangan bilimlarini hayotda qo‘llashni mashq

qilishlari mumkin (masalan, kimyo yoki fizika laboratoriyalari simulyatsiyalari). Interaktiv o‘quv
resurslari o‘quvchilarga turli xil tajribalar yaratishga yordam beradi va o‘qish jarayonini yanada
samarali qiladi. Raqamli texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini aniq maqsadlar va vazifalar
asosida tashkil etish mumkin. O‘quvchilar uchun maxsus interaktiv mashqlar, testlar va topshiriqlarni
yaratish orqali o‘rganish jarayonini kuzatish shuningdek tahlil qilish mumkin. Ta’lim uchun
yaratilgan raqamli texnologiyalarning barchasi ta'lim materiallarining sifatini oshirishga yordam
beradi va o‘quvchilarga olgan bilimlarini amalda qo‘llash imkonini yaratadi, bundan tashqari
o`qituvchiga o’quvchilarning bilimlarini va o`quv faoliyatini doimiy ravishda kuzatib borish
imkoniyatini taqdim etadi. Onlayn testlar, elektron jurnallar va boshqa raqamli vositalar yordamida
o`qituvchi har bir o`quvchining natijalarini baholash va shaxsiy yordam ko`rsatish imkoniyatiga ega
bo`ladi. Bu jarayon har bir o`quvchining rivojlanishiga doimiy yordam beradi. Raqamli
texnologiyalar o’quvchilarga yaratish, loyihalar tayyorlash, ma'lumotlarni tahlil qilish, ijodiy
ishlanmalar yaratish imkoniyatlarini beradi. Bu orqali o`quvchilarda kreativligi va innovatsion
fikrlashi rivojlanadi.

Raqamli texnologiyalar o’quvchilarga bir-birlari bilan oson muloqot qilish va hamkorlikda

ishlash imkonini beradi. Onlayn platformalarda guruhli ishlar, forumlar, chatlar tashkil etish orqali
o’quvchilar bir-biriga onlayn tarzda yordam bera olishadi. Bu jarayon o`quvchilarda jamoaviy ish
ko`nikmalarini rivojlantirishga, o`z fikrini erkin ifodalashga va boshqalarni tinglashga o`rgatadi.
Boshlang‘ich sinf darslarida foydalanishga mo`ljallangan raqamli texnologiya turlari va vositalari.

YouTube Kids

: O’quvchilarga moslashtirilgan ta'lim videolarini ko’rish imkonini beradi.

Mavzularni vizual tarzda o’rganish, xususan, matematikada yoki tabiiy fanlarda yaxshi natijalarga
olib kelishi mumkin.

Duolingo

: O’quvchilar uchun til o’rganish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Tillarni

o’rganishda

interaktiv

va

o’yin

shaklidagi

yondashuv

samarali

natijalar

beradi.

Starfall

: Dastlabki o’qish va yozishni o’rganayotgan bolalar uchun ideal platforma

hisoblanadi. Unda rang-barang o’yinlar va topshiriqlar mavjud.

ABCmouse

: Boshlang‘ich sinf o’quvchilari uchun matematikadan tortib, barcha fanlar, san'at

va musiqa kabi ko’plab sohalarda ta'lim imkoniyatlari yaratadi.

Xulosa qilib aytishimiz kerakki,

raqamli ta'lim texnologiyalaridan an'anaviy ta’lim sifatini oshirishda foydalanishimiz kerak, raqamli
ta’lim an’anaviy ta’limning o`rnini bosa olmaydi chunki o'qituvchi va o`quvchilar o'rtasidagi jonli
muloqotni hech kim va hech narsa almashtira olmaydi. kunda o‘quvchilar raqamli dunyoda
ulg'ayishmoqda va kundalik hayotlarida va o'qishlarida gadjetlardan foydalanishni yoqtiradilar.
Bugungi kunda o'quv jarayonida foydalanishimiz mumkin bo`lgan ko'plab "aqlli" elektron darsliklar
va noutbuklar mavjud - har bir o`rganuvchi o'zining hozirgi bilim darajasiga mos keladigan topshiriq
va mavzular bilan ishlay oladi. Talaba yoki o`quvchi ma'lum bir mavzuni o'zlashtirar ekan, raqamli
darsliklar unga o'rganish va mustahkamlash uchun yangi vazifalarni ochadi yoki joriy mavzu
doirasidagi vazifalarning murakkabligini oshiradi. Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

571

rivojlantirishning sabablari juda ko`p ular orasida sinfdagi yuklamaning kamayishi va mustaqil ishlar
ulushining ko'payishini ta'kidlash mumkin. Shu bois bugungi kunda ta’lim sifatini saqlab qolish va
yaxshilash maqsadida o‘quvchilarning bilim olishidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish
uchun o‘qituvchi va o`quvchining o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi raqamli ta’lim texnologiyalari
faol joriy etilmoqda.

Raqamli

texnologiyalar jamiyat hayotining ajralmas qismidir, olimlarning ta'kidlashicha, ular o'quv jarayoniga
osongina integratsiyalashgan, chunki yoshlar o'z hayotlarida turli xil elektron vositalardan
foydalanishga odatlangan va bu ularga turli xil texnologiyalar bilan ishlashni osonlashtiradi. Elektron
vositalar ma'lumotlarni osonroq qabul qilish va materiallarni o'zlashtirish imkoniyatini beradi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalar o’quvchilarining o’quv faoliyatini samarali va qiziqarli tarzda
rivojlantiradi. Interaktiv platformalar, dasturlar va texnologiyalar o`quvchilarga individual
yondashuvda yordam beradi, shuningdek, ularning kreativlik, mantiqiy fikrlash va muammoni hal
qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta

ʼ

lim jarayonlarini ax-borotlashtirishni tashkil etish va

boshkarish nazariyasi va amaliyoti. Pedagogika fanlari doktori ilmiy daraja-sini olish uchun yozilgan
dissertatsiya. - T.: 2007. -305-b

2. Gulobod Qudratulloh qizi, R.Ishmuhamedov, M.Normuhammedova. An’anaviy va

noan’anaviy ta’lim. – Samarqand: “Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi” nashriyoti, 2019.
312 b.

3. Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quvmetodik qo‘llanma.

– T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.

4. Muslimov N.A., Mutalipova M.J., Abdullaeva Q.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarning

kommunikativ kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Metodik qo‘llanma. –T.: 2014.

5. S. N. Allayarova “Masofaviy ta

lim: mazmuni, imkoniyatlari va kamchiliklari” Academic

research in educational sciences. 2021 yil. 930-935-betlar.

6.Xashimova D., Parpiyeva R. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish

istiqbollari. mran R. Shaikh. Introduction to Educational Technology and ICT.McGraw Hill
Education.India., 2013.

Bibliografik manbalar

Begimkulov U.Sh. Pedagogik taʼlim jarayonlarini ax-borotlashtirishni tashkil etish va boshkarish nazariyasi va amaliyoti. Pedagogika fanlari doktori ilmiy daraja-sini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - T.: 2007. -305-b

Gulobod Qudratulloh qizi, R.Ishmuhamedov, M.Normuhammedova. An’anaviy va noan’anaviy ta’lim. – Samarqand: “Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi” nashriyoti, 2019. 312 b.

Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quvmetodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.

Muslimov N.A., Mutalipova M.J., Abdullaeva Q.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Metodik qo‘llanma. –T.: 2014.

S. N. Allayarova “Masofaviy ta‟lim: mazmuni, imkoniyatlari va kamchiliklari” Academic research in educational sciences. 2021 yil. 930-935-betlar.

Xashimova D., Parpiyeva R. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari. mran R. Shaikh. Introduction to Educational Technology and ICT.McGraw Hill Education.India., 2013.