SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
531
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL FIKRLASHLARI
ASOSIDA KREATIV SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TALIM
MUASSASALARINING O‘RNI
Abdufattoyeva Gulazzam Qobiljon qizi
Andijon pedagogika instituti
“Boshlang‘ich ta’lim
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15360508
kafedrasi o‘qituvchisi”
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda mustaqil fikrlashlari orqali kreativ
sifatlarini shakllantirishda o‘qituvchi va oilaviy muhitning qanday vazifalari borligi va o‘quvchilarni
kreativ sifatlarini qanday o‘rin tutishi
Kalit so‘zlar:
nutq, yozma nutq, og‘zaki nutq,ta’lim, oila, motiv, innovatsiya kreativ,
mustaqil.
Аннотация
:
в
данной
статье
какова
роль
учителя
и
семейного
окружения
в
формировании
творческих
качеств
через
самостоятельное
мышление
в
младших
классах
,
и
какова
роль
творческих
качеств
у
учащихся
Ключевые
слова
:
речь
,
письменная
речь
,
устная
речь
,
воспитание
,
семья
,
мотив
,
новаторство
,
творческий
,
самостоятельный
.
Abstract:
in this article, what are the roles of the teacher and the family environment in the
formation of creative qualities through independent thinking in elementary grades, and what is the
role of creative qualities in students
Key words:
speech, written speech, oral speech, education, family, motive, innovation,
creative, independent.
Hozirgi kunda muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’lim sohasiga katta e’tibor
qaratmoqda. Bugungi kunda fan va texnikaning o‘sib borishi ta’limga yangiliklar kiritishni talab
etmoqda. Innovatsion g’oyalarni yaratish, uni boshqalarga tatbiq etish orqali yurtimizdagi maktab
muassasalaridagi o‘quvchilarga turtki bo‘lmoqda. Ta’lim sifatini yanada oshirish uchun bizga albatta
yozma nutq bilan birga og’zaki nutq ham kerak. Farzandlarimizni og’zaki nutqi qanchalik rivojlangan
bo‘lsa yozma nutq savodxonligi ham shunchalik rivojlangan va ravon bo‘lishi kerak.
Ta’lim jarayonida oilaviy muhitning tutgan o‘rni ta’lim samaradorligini oshirishga, tahlil
qilishga va amaliyotga joriy etishi bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu vazifalarni
oldimizga maqsad qilib qo‘yishimiz va albatta bu maqsad sari olg’a qadam tashlashimiz zarur. Ta’lim
tizimimizga katta yutuqlar olib kirish uchun barcha ta’lim soha vakillari bir yoqadan bosh chiqarib
harakat qilish lozim. Ta’lim sifatini yanada oshirish uchun bizga albatta yozma nutq bilan birga
og’zaki nutq ham kerak. Farzandlarimizni og’zaki nutqi qanchalik rivojlangan bo‘lsa yozma nutq
savodxonligi ham shunchalik rivojlangan va ravon bo‘lishi kerak.
Har bir bola bir-biridan ikkinchisiga o‘tib, bosqichlarni bosib o‘tadi. Yosh bosqichlarda bola
ko‘nikmalar, bilimlar, shaxsiy xususiyatlar va harakterli xususiyatlarning rivojlanishi bilan birga
keladi. Bolani tarbiyalashda ota-ona albatta yosh xususiyatiga qarshi lozim. Bunda bolaga tug'igandan
boshlab ya’ni chaqaloqlik davridan boshlab o‘rgatib borish zarur. Bola o‘n to‘rt kunlik bo‘lganida
onani ovozini eshitadi yoshiga qarab tushuna boshlaydi. Bunda ona farzandiga “alla” aytishi va turli
she’rlar, qo‘shiqlar aytib kiyintirishi kerak.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bolalarda ushbu yoshdagi bolalarda o‘zlarini qilgan ishlarini
kattalar tomonidan maqtashini xohlaydilar. Bu yoshda bolalar nutq faoliyati rivojlanadi. Bunda ota-
ona albatta farzandiga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘ladi. Ya’ni ona farzandiga baqirmaslikni o‘zini
o‘tkazishni, injiq bo‘lmaslikni o‘rgatadi-yu, ammo o‘zi baqirsa bola onadan ko‘chiradi. Bu yoshda
bolalar ota- onasiga o‘xshashni istashadi. Shu yoshda ota –onalar farzandiga o‘rnak bo‘lishi kerak.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
532
O‘yinlar orqali bolalarga ko‘p narsalarni o‘rgatish lozim. Ya’ni turli o‘yinar yordamida
bolani so‘z boyligini oshirish, so‘zlarni to‘g’ri aytishni o‘rgatish ham mumkin.
Oilada o‘qimishli ona farzandiga tarbiya bersa va albatta ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda
ish olib borilsa yurtimizga yetuk kasb egalari yetishib chiqadi.
L.Vigotskiy fikricha “Fikrlash jarayoni” bolaning ota-onasi bilan muloqotidan boshlanadi.
Bu fikrdan xulosa qilib bolani oilada to‘g'ri, erkin fikrlashga yo‘naltirish, maqsad sari harakat qilish,
ichki menini shakllantirish lozim. Oiladagi to‘g‘ri tarbiya bolani nutqini to‘g’ri ravon o‘sishida katta
ahamiyat kasb etadi. Keyin ta’lim muassasalarining o‘rnini ham inobatga olish zarur. Maktabgacha
ta’lim muassasalarida bolalar erkin fikrlashi uchun ertaklar, she’rlar o‘rgatiladi. Bolalar o‘zlari
she’rlarini yod olib aytadi. Ertaklar orqali ularning dunyoqarashi kengayadi. Ertaklarga o‘zlarining
munosabatini bildiradi. Bu bilan ularning erkin fikrlashi va nutqi rivjlanadi.
Fransuz faylasufi Dekart: “ Men fikrlayapman, demak men mavjudman”,-degan g’oyani ilgari
surgan. Bu fikr inson hayotida tafakkurni odamning borligini belgisi sifatida yetakchi o‘ringa
chiqaradi. Uning fikricha, hech narsa insonning mavjudligini fikrlash jarayonichalik asoslab
berolmaydi. Demak, mustaqil ravishda, erkin fikrlash, tahlil qilish insoniy xususiyat sifatida ajratib
olingan. Fikrlash inson mavjudligi va ruhan sog’lomligining asosiy belgilaridan sanaladi.
XXI asrga kelib, insoniyat o‘zi uchun kerakli va hammaning hayoliga keladigan deyarli barcha
narsani yaratib bo‘ldi. E’tibor bering, ayni vaqtda muvaffaqiyatga erishgan juda ko‘plab shaxslar, bir
necha dekadalar avval insonlar tasavvur ham qila olmagan g’oyalarini amalga oshirishgani tufayli
shu darajaga chiqishgan. Jeff Bezos, online do‘kon trendi orqali mashhur bo‘ldi. Bu trend
O‘zbekistonga endi kirib kelmoqda. Demak, bundan shuni anglash mumkinki, kreativlik ayni damda
muvaffaqiyatga erishishingiz yo‘lida asosiy vositalardan biri.
Kreativlik- bir qobilyat deyish mumkin. Ammo quyida faktlar bilan kreativlik nega eng
muhim omillardan biriga aylanayotganini tushuntirib o‘taman.
Kreativlik- bu qaysidir ma’noda yangi va foydali biror bir narsaning yaratilishiga hissa
qo‘shadigan fenomen. Boshqacha qilib aytganda, yangi mavhum biror narsa ( asar, musiqa, idea) yoki
jismoniy biror kashfiyot ( mashina, qurilma yoki robot) kabilar yaralishi uchun eng kerakli vosita bu
kreativlikdir.
Rus va xorijiy pedagog-psiholog olimlarning ilmiy izlanishlarini tahlil etadigan bo‘lsak,
ularda kreativlik shaxs ijodkorligining asosini tashkil etuvchi tushuncha sifatida talqin etilganligiga
guvoh bo‘lamiz;
-kreativlik
qarama-qarshiliklar,
muammoli
vaziyatlarni
bartaraf
etish
imkoniyati;(G.Altshuller,M.Zinovkina);
-kreativlik iqtidorga bog’liq bo‘lmagan holda, shaxsning barcha sohalardagi faolligi,
ijodkorlikka qobilyati (N.Drujinin);
-kreativlik – individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nimalar hosil qilish
qobilyati,hislati (D.Gilford);
Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajada sezgirlik, intiutsiya, natijalarni
oldindan ko‘ra bilish, fantaziya tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.
Lekin tadqiqot muammosi sifatida o‘rganilayotgan boshlang’ich sinf o‘quvchilarda kreativlik
qobilyatini rivojlantirish masalasi esa bu jarayonga nisbatan boshqacha yondashuvni nazarda tutadi.
Bunda asosan e’tibor, jamiyat uchun ahamiyatli bo‘lgan kashfiyotlarni emas, balki pedagogik
jarayonning samaradorligi, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning o‘zaro muvaffaqiyatli hamkorliklarini
o‘rganishga qulay sharoit yaratadigan o‘qitishning yangicha shakl, metod va vositalarini izlab topish,
kutilmagan pedagogik vaziyatlarda to‘g’ri yo‘l topa bilish ko‘nikmalarini shakllantirishga
yo‘naltiriladi.
Pedagogik ta’lim tizimida talabalarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirishning asosiy
mexanizmi sifatida o‘quv jarayonini ular shaxsiga yo‘naltirish nazarda tutiladi. Bu esa, o‘z navbatida,
oliy ta’lim tizimida gimnastik nuqtai nazarning rivojlanishi, talabalarni ahloqiy hamda kasbiy
yetuklik, faollik, mustaqillik, nazariy-tahliliy faoliyatga undash imkonini beradi. Buning natijasida
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
533
talabalarda o‘z-o‘zlarini rivojlantirish, o‘z kasbiy faoliyatlarini dolzarblashtirish, yaratuvchilik,
istiqboldagi pedagogic faoliyatga o‘zini tayyorlash va moslashtirish kabi kompitensiyalari tarkib
toptiradi.
Fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari ishlab chiqarish bilan birga, ta’lim sohasiga ham
sezilarli o‘zgarishlar, yangiliklar va o‘qitishning zamonaviy vositalarini olib kirish imkonini berdi.
Bu yutuqlarning ta’lim sohasiga kirib kelishi uning an’anaviy vazifalariga nisbatan ham sezilarli
o‘zgartirishlar kiritish zaruratini qo‘ydi. Shu asnoda ta’limdagi islohatlar mohiyatini tushunish va
anglab yetish uchun zaruriy pedagogik shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish muammosi yuzaga
keldi.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda pedagogika fani taraqqiyotining zamonaviy yo‘nalishlari –
mavjud an’anaviy ta’lim paradigmasining obyektiv asoslari va ularning rivojini ta’minlovchi
qonuniyatlarni modernizatsiyalashdan iborat etib belgilanadi. Ushbu o‘rinda, ta’lim oluvchilarning
yangi bilimlarni o‘zlashtirish ijodkorlik hamda fikrlash mezonlariga tayanuvchi paradigmani yaratish
zarurati namoyon bo‘lib, ta’lim mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, kadrlar ta’minoti kabi
jihatlarini rivojlantirilmoqda.
Pedagogik ta’lim tizimida o‘quvchilarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirishning asosiy
mexanizmi sifatida o‘quv jarayonini ular shaxsiga yo‘naltirish nazarda tutiladi.
Pedagogik-psixologik tadqiqotlarda kreativlik tushunchasi ijod, ijodkorlik tushunchasining
tarkibiy qismi sifatida yoritiladi.
Ijod- insonning moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Unda
inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi,bugun bilimi, tajribasi, iste’dodi
namoyon bo‘ladi.
Ijod dastlabinson tasavvurida tug‘iladi,keyin ijodga taaluqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib
boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar,
tajribalar o‘tkaziladi. Shundan so‘ng tajriba natijalariga asoslanib mantiqiy xulosalar chiqariladi,
farazlar ilgari suriladiva bularning barchasi tajribada sinab ko‘riladi, mavhum qarashlar
oydinlashtiriladi, yangilanadi va to‘ldiriladi.
Ijod, o‘z navbatida, izlanuvchining ma’lum yangilik yaratishi uchun obyektga qaratilgan
shaxsiy qobilyatlardan kelib chiquvchi bilimlar va hissiy kechinmalarni namoyon qilish jarayoni
sifatida ham tavsiflanadi.
Bayon qilingan fikrlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, ijod faqat yangi g‘oya yoki
yaratuvchanlikning mahsuli emas. Ijod tom ma’noda –yaratilgan yoki ilgari surilgan biror yangi
g‘oyaning asoslanishi, tajribadan o‘tib amaliyotda o‘zini oqlashi, muhim jamiyat, xalq uchun biror
naf keltira oladigan natijaga ega bo‘lishi bilan belgilanadigan yangilik hisoblanadi.
Shaxs ijodiy faoliyatining asosini kreativlik tashkil etadi.
Shuningdek, kreativlik insonning borliqni bilish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ongli, maqsadli
faoliyati bo‘lib uning natijasida yangi, betakror, ilgari mavjud bo‘lmagan jamiyatning moddiy va
ma’naviy hayotini yaxshilashga qaratilgan buyumlar va boshqalar yaratiladi.
O‘quvchilarni kreativ fikrlashini oshirish maqsadida 2-sinf o‘qish darsligida keltirilgan
ushbu savollar “Kichkinagina, kulrang filga o‘xshaydi” savoli o‘quvchilarni kreativlik fikrlash
qobilyatini oshiradi. Ijodiy shaxs - rivojlangan ijodiy fikrlash tufayli ijodiy g'oyalarni qabul qila
oladigan shaxs. Bunday odamni "boshqa sayyoradan" deb o'ylamang. Bu mutlaqo ziddiyatli
ko'rinmaydi. Bolalar qichqirib qochib ketadigan va kampirlar o'zlarini kesib o'tadigan bezatilgan pank
har doim ham ijodiy odam bo'lib chiqavermaydi. Mutlaqo yo'q. Ijodkorlik harakatlarda va ijodiy
g'oyalarni - nostandart echimlarni yaratish qobiliyatida namoyon bo'ladi.
Asosiy farq ta'riflarda, ijodkorlik - bu yangi ma'lumotlarni yaratish uchun zarur bo'lgan ma'lum
ma'lumotlarning kombinatsiyasi. Ijodkorlik - bu ijodiy fikrlash qobiliyati.
Har bir atama bir nechta jihatlarni birlashtiradi, ijodkorlik aql va tasavvurni, fikrlash va
axborot bilan ishlash qobiliyatini, shuningdek, odamning odatiy vositalar va naqshlardan tashqariga
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
534
chiqish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Ijodiy qobiliyatlar zukkolik bilan ajralib turadi - muammolarni
hal qilishda nostandart yondashuvni tezda topish qobiliyati.
Sharqda “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) nomi bilan mashhur Abu Nasr Farobiy
ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim hisoblanadi. Ulug‘ mutafakkir ta’limda barcha
fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari
o‘quvchilarga singdiriladi, kasb-hunarga oid ko‘nikmalar hosil qilinadi,degan g‘oyani ilgari suradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida
amalga oshiriladi,uqtiradi. Alloma pedagogning faoliyati haqida to‘xtalib shunday yozadi:
O‘qituvchining vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshab ketadi. Shu sababli o‘qituvchi
ko‘rgan va eshitganlarining barchasini yaxshilab esda saqlab qolishi, bilmog‘i, aql farosatga, chiroyli
nutqqa ega bo‘lmog‘i va o‘quvchilarning aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni
bilmog‘i zarur, o‘qituvchi faqat fan bilan shug‘ullanib qolmay, balki o‘z bilimlarini o‘quvchilariga
ham berishi, bunda mashaqqatli mehnatdan charchash nimaligini bilmasligi lozim. O‘qituvchi
haqiqatgo‘y bo‘lishi yolg‘ondan o‘zini tiyishi, yolg‘onni va yolg‘on gapirganni yomon ko‘rishi,
g‘ururli bo‘lishi va o ‘z or-nomusini qadrlashi, o‘quvchilarga nisbatan adolatli bo‘lishi ko‘zlagan
maqsadiga erishishda qat’iylik ko‘rsata bilishi lozim. Forobiyning ta’kidlashicha, bunday
insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi. Bu esa har qanday xatarli
harakatdan xabardor bo‘lganligi tufayli baxtga erishadigan odamlardir.
Hozirgi kunda sifatli ta’limga qaratilayotgan e’tibor kuchayib borayotgani uchun “Yangi avlod”
darsliklari yaratildi. Bu darsliklar “4K” asosida yaratilgan.
1.Kretik- bu tanqidiy fikrlash.
2.Kreativlik- bu ijodiy yondashuv.
3.Kommunikatsiya-muloqot qilish ko‘nikmasi.
4.Kooperatsiya-bu jamoviy ishlash. Darsliklar shu asosida tuzilgan bo‘lib o‘quvchilar bilimini
oshirishda kata ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarni kreativ fikrlashini oshirish maqsadida 2-sinf o‘qish darsligida keltirilgan ushbu
savollar “Kichkinagina, kulrang filga o‘xshaydi” savoli o‘quvchilarni kreativlik fikrlash qobilyatini
oshiradi. Ijodiy shaxs - rivojlangan ijodiy fikrlash tufayli ijodiy g'oyalarni qabul qila oladigan shaxs.
Bunday odamni "boshqa sayyoradan" deb o'ylamang. Bu mutlaqo ziddiyatli ko'rinmaydi. Bolalar
qichqirib qochib ketadigan va kampirlar o'zlarini kesib o'tadigan bezatilgan pank har doim ham ijodiy
odam bo'lib chiqavermaydi. Mutlaqo yo'q. Ijodkorlik harakatlarda va ijodiy g'oyalarni - nostandart
echimlarni yaratish qobiliyatida namoyon bo'ladi.
Asosiy farq ta'riflarda, ijodkorlik - bu yangi ma'lumotlarni yaratish uchun zarur bo'lgan ma'lum
ma'lumotlarning kombinatsiyasi. Ijodkorlik - bu ijodiy fikrlash qobiliyati.
Har bir atama bir nechta jihatlarni birlashtiradi, ijodkorlik aql va tasavvurni, fikrlash va
axborot bilan ishlash qobiliyatini, shuningdek, odamning odatiy vositalar va naqshlardan tashqariga
chiqish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Ijodiy qobiliyatlar zukkolik bilan ajralib turadi - muammolarni
hal qilishda nostandart yondashuvni tezda topish qobiliyati.
Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Farzandlarimizga avvalo o‘zimiz hamma
sohada vatanga, xalqqa sadoqatli bo‘lishda, ilmga, kasb-hunarga mehr qo‘yishda ota-ona , jamiyat
oldidagi burchimizni sidqidildan ado etishda amaliy na’muna ko‘rsatishimiz kerak.” Bu fikrlar barcha
kasb egalarining qalblariga yetib borib o‘z kasblariga sadoqatli bo‘lishlariga da’vat etadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, oiladagi muhit, ota-onaning farzandlariga bo‘lgan
e’tibori, ta’lim muassasalarining o‘quvchilar bilimiga, fanlarni o‘zlashtirilishiga, o‘quvchilar fikrini
erkin bayon qila olishiga e’tibor berish kerak.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
535
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga etishda
tayanchimiz va suyanchimizdir. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV
qurultoyidagi nutq. // Ma’rifat. Toshkent, 2017 yil 1 iyul
№
52.
2.Qosimova K., Matchonov S.,G‘ulomova X.,Yoldosheva Sh.,Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish
metodikasi. -
Т
.: Noshir, 2009. - 352 b.
3.G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., Masharipova U., Sattorova X.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi.
4. www. Ziyonet. uz
5. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori T. O‘zbekiston. 1998-y.
