SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
500
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TALABALARNING ILMIY BILIMLARINI
RIVOJLANTIRISH
Vohidov Sardorbek Bahodir o’g’li
Andijon davlat pedagogika
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15358361
instituti stajyor-tadqiqotchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining talabalarning ilmiy
bilimlarini rivojlantirishdagi o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy
intellekt vositalarining joriy etilishi talabalarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish,
ularning mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. maqolada sun’iy intellekt asosida ishlovchi o‘quv platformalari, ilmiy izlanishlarga yordam
beruvchi dasturlar hamda ularning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi orqali ilmiy salohiyatni
oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy tajriba va O‘zbekiston oliy ta’lim
muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash holatlari tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar
beriladi. Zamonaviy raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt yordamida talabalarning ilmiy
bilimlarini samarali shakllantirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so’zlar:
Sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, talabalarning ilmiy salohiyati, zamonaviy
texnologiyalar, vositalari, o‘quv jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, mustaqil ta’lim, ta’lim innovatsiyalari,
sun’iy intellekt platformalari.
Аннотация
:
В
данной
статье
анализируется
роль
и
возможности
технологий
искусственного
интеллекта
в
развитии
научных
знаний
студентов
.
Внедрение
средств
искусственного
интеллекта
в
современную
систему
образования
приобретает
важное
значение
для
повышения
интереса
учащихся
к
научным
исследованиям
,
развития
у
них
навыков
самостоятельного
мышления
и
анализа
.
в
статье
рассматриваются
образовательные
платформы
на
основе
искусственного
интеллекта
,
программы
,
способствующие
научным
исследованиям
,
а
также
способы
увеличения
научного
потенциала
за
счет
их
интеграции
в
образовательный
процесс
.
Также
будет
проанализирован
зарубежный
опыт
и
случаи
применения
технологий
искусственного
интеллекта
в
высших
учебных
заведениях
Узбекистана
,
даны
практические
рекомендации
.
В
современной
цифровой
образовательной
среде
особое
внимание
уделяется
возможностям
эффективного
формирования
научных
знаний
учащихся
с
помощью
искусственного
интеллекта
.
Ключевые
слова
:
Искусственный
интеллект
,
цифровое
образование
,
научный
потенциал
студентов
,
современные
технологии
,
инструменты
искусственного
интеллекта
,
учебный
процесс
,
научные
исследования
,
независимое
обучение
,
образовательные
инновации
,
платформы
искусственного
интеллекта
.
Abstract: This article analyzes the role and capabilities of artificial intelligence technologies
in the development of scientific knowledge of students. The introduction of artificial intelligence tools
in the modern educational system is instrumental in increasing students ' interest in scientific
research, developing their independent thinking and analysis skills. the article examines training
platforms based on artificial intelligence, scientific research assistance programs and methods of
increasing scientific potential through their integration into the educational process. Practical
recommendations will also be given by analyzing foreign experience and the use of artificial
intelligence technologies in higher educational institutions of Uzbekistan. With the help of artificial
intelligence in the modern digital educational environment, special attention is paid to the
opportunities for the effective formation of scientific knowledge of students.
Key words: Artificial intelligence, digital education, scientific potential of students, modern
technologies, tools, educational process, scientific research, Independent Education, educational
innovation, artificial intelligence platforms.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
501
Zamonaviy jamiyatda sun’iy intellekt texnologiyalari turli sohalarga jadallik bilan
integratsiyalashib, ta’lim tizimida ham muhim o‘rin egallamoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim
muassasalarida talabalar ilmiy bilimlarini rivojlantirish va ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash jarayonida sun’iy intellect texnologiyalaridan foydalanish dolzarb ilmiy masalalardan biri
sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda talabalar ilmiy izlanishlar olib borish, empirik va nazariy
ma’lumotlarni tahlil qilish hamda tadqiqot natijalarini umumlashtirish jarayonida turli sun’iy intellekt
vositalaridan samarali foydalanmoqda.
Talabalarningilmiy bilimlarini rivojlantirishda an’anaviy o‘qitish metodlaridan tashqari,
yangi pedagogik yondashuvlar, o‘quv jarayoni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni talab
etadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari shaxsiylashtirilgan ta’limni joriy etish, ilmiy manbalarni
operativ tahlil qilish va tadqiqot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Xususan, ChatGPT, Elicit kabi ilg‘or sun’iy intellekt vositalari ilmiy izlanishlar jarayonida talabalar
uchun muhim yordamchi vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu texnologiyalar ilmiy
adabiyaotlarni tizimli tahlil qilish, yangicha g‘oyalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Mazkur maqolaning asosiy maqsadi
– sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali
foydalanish orqali talabalarning ilmiy bilimlarini rivojlantirish yo‘llarini tahlil qilish hamda amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mavzuning dolzarbligi
. Zamonaviy raqamli transformatsiya jarayonida sun’iy intellekt
texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Xususan, ilmiy izlanishlar, tahliliy
fikrlash va tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellekt vositalarining
qo‘llanilishi talabalarga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi, birinchi
navbatda, sun’iy intellekt vositalarining ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi salohiyati bilan
bog‘liq. Bu texnologiyalar yordamida nafaqat an’anaviy o‘quv jarayoni soddalashtirilmoqda, balki
talabalar mustaqil fikrlash, muammoga yechim topish va ilmiy metodologiyani chuqur anglash
imkoniga ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, yuqori malakali Bo’lajak pedagoglarni tayyorlash jarayonida
sun’iy intellekt vositalarining ilmiy bilimlarni chuqurlashtirishdagi ahamiyati beqiyosdir.
Shuningdek, bu mavzu nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki bugungi kunda sun’iy intellekt ta’limning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Mavzu bo’yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha taxlili.
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt
texnologiyalarining ta’lim sohasidagi roli bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar soni ortib
bormoqda. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yillarda sun’iy intellekt vositalari talabalar
bilimini oshirish, ularning ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va o‘quv samaradorligini
yaxshilashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Maxamadjanov.I, Rasulova. G, Mushtaq Bilal, Dr.Stephen Nursaidov.N kabi olimlar ushbu
mavzu haqida fikr yurutganlar. Hususan G.Rasulova “sun’iy intellekt yordamida ilmiy izlanishlarga
yo‘naltirilgan tavsiyalar berish, ilmiy adabiyotlarni avtomatik saralash, hamda talabalarning
tadqiqotga oid savollariga kontekstli javoblar shakllantirish mumkinligin.” Shuningdek, bu
texnologiyalar talabalarning mustaqil o‘rganish faoliyatini faollashtirishda samarali vosita bo‘lishi
mumkinligi qayd etilgan. Maxamadjanov.I “sun'iy intellekt asosida mustaqil ish tashkil qilishda
pedagogik metodlar va yondashuvlar ko'rib chiqilgan” Nursaidov.N “Pedagogik tadqiqotlarda sun'iy
intellektning o'rni va uyga vazifalarni baholash tizimining ishlab chiqilishi va tatbiqi tahlil qilingan.”
Mushtaq Bilal Janubiy Daniya Universiteti postdoktoral tadqiqotchisi Mushtaq Bilal sun’iy intellekt
vositalarining akademik tadqiqotlardagi rolini ta'kidlab, ChatGPT kabi vositalarni aqlli foydalanish
orqali tadqiqot jarayonini samarali qilish mumkinligini aytadi. U, shuningdek, Scite va Research
Rabbit kabi vositalarning foydaliligini ham qayd etadi.
Material va metodlar:
Ushbu maqola nazariy taxlil, tizimlilik, kuzatuv va qiyosiy taxlil
uslulida yozilgan bo’lib, Oliy ta’lim muassasalari Tarix yo’nalishi talabalarining ilmiy bilimlarini
suniy intelekt asosida rivojlantirishning pedagogik ahmiyati yoritib o’tilgan.
Natija va Mulohazalar:
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi,
ayniqsa sun’iy intellekt tizimlarining keng joriy qilinishi, ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirmoqda.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
502
Sun’iy intellekt talim sohasiga kirib kelgani nafaqat dars berish metodologiyalarini, balki
talabalarning o‘qish uslublari, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari va ilmiy izlanish salohiyatini ham
sezilarli darajada oshirmoqda. Davlatimizda ham Axborot texnologiyalari va IT-sohalarini ta’lim
jarayoniga keng tadbiq etish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4851-son
“Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni
rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ham
bu sohada yangi vazifalrni qo’yib berdi.
Sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar yordamida ta’limning individuallashtirilgan
yondashuvi, adaptiv o‘quv tizimlari va shaxsiy yutuqlar monitoringi imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu
esa talabalarga o‘z bilim darajasiga moslashtirilgan topshiriqlarni olish, zaif tomonlarini aniqlash va
ularni kuchli tomonga aylantirish imkonini beradi. Ayniqsa, ilmiy izlanishlarga qiziqqan talabalar
uchun sun’iy intellekt yordamida analitik tahlil qilish, ilmiy maqolalar yaratish, statistik
ma’lumotlarni qayta ishlash kabi ko‘plab murakkab jarayonlar soddalashtirilmoqda.
Tahlillar va mavjud adabiyotlar asosida sun’iy intellekt texnologiyalarining talabalarning ilmiy
bilimlarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari quyidagi jadvalda keltirib o’tishimiz mumkin.
1-jadval
Sun’iy intellektning talabalar ilmiy bilimlarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari
1.
Ilmiy
ma’lumotlarni
saralash
sun’iy intellekt asosida ishlovchi platformalar (Google
Scholar, Semantic Scholar, Research Rabbit va boshqalar)
yordamida talabalar ilmiy maqolalarni tezda topib, ularni
mavzu va sifati bo‘yicha saralay oladilar.
2.
Tavsiyalar tizimi
talabaning oldin o‘qigan materiallari asosida sun’iy intellekt
unga tegishli, ilmiy izlanishiga mos maqolalar, kitoblar yoki
manbalarni tavsiya qiladi.
3.
Mavzu
bo’yicha
berilgan savollariga
aniq javoblar
talabalar ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash, tahlil qilish va
umumlashtirishga o‘rgatiladi
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, sun’iy intellekt texnologiyalari talabalarni ilmiy
bilimlarini rivojlantirishda bir qator afzaliklar beradi. Olib borilgan kuzatuvlar va kichik tajriba
asosida, sun’iy intellektdan foydalangan talabalar ilmiy izlanishda quyidagi ijobiy o‘zgarishlarga
erishgan.
- ilmiy materiallarni izlash va tahlil qilishga sarflanadigan vaqt 30–40% ga qisqargan;
- mustaqil izlanishga bo‘lgan ishtiyoq ortgan;
- ma’lumotlarni olish imkoniyati sezilarli darjada ortgan.
Sun’iy intellekt faqatgina iqtisodiy va sanoat sohalarida emas, balki ta’lim sohasida ham
o‘zining keng imkoniyatlarini ko‘rsatmoqda. Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy
maqsadi o‘qitish jarayonini individualizatsiya qilish, ilmiy va pedagogik natijalarni oshirish, va
talabalar uchun aniq tavsiyalar va yordamni taqdim etishdir. Bugungi kunda sun’iy intellekt
texnologiyalarining ta’limga ta’siri haqidagi ilmiy izlanishlar ko’payib bormoqda va ular
talabalarning ilmiy faoliyatlarini optimallashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimida sun’iy
intellektdan foydalanishning eng asosiy jihatlaridan biri - bu talabalar bilimlarini avtomatik tahlil
qilish va ularga mos o‘quv materiallari, tavsiyalar va bilimlarni taqdim etishdir. Shu bilan birga,
talabalarga o‘z ilmiy izlanishlarini osonlashtirish, tahlil qilish va ilmiy savollarga javob topish
imkoniyatlarini yaratadi.
Sun’iy intellektning ta'limda qo'llanishi keng imkoniyatlarga ega bo'lsa-da, bu jarayonni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur. Talabalarning ilmiy
bilimlarini rivojlantirishda suniy intelektdan foydalanishning bir qancha kamchiliklari mavjud.
1. Ta’lim muassasalarida sun’iy intellektni o’rganish uchun zarur bo'lgan texnik vositalar,
dasturlar, laboratoriyalar va o'quv materiallari yetishmasligi mumkin;
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
503
2. Ko’plab o'qituvchilar sun'iy intellektni ta'lim jarayonida qanday qo'llashni bilmasliklari
mumkin;
3. Sun’iy intellektga oid ta'lim resurslari va o’quv materiallari yetishmasligi. Ba'zi ta'lim
muassasalarida sun’iy intellektni o’rgatish uchun kerakli zamonaviy va interaktiv o’quv materiallari
mavjud emas;
4. Suniy intelektdan foydalanishda trening va seminarlarni olib borilmasligi
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish orqali talabalar ilmiy bilimlarini
rivojlantirishda sun’iy intelekt vositalari samarali hizmat qilishi mumkin, bu esa zamonaviy ta’lim
tizmida va globallashib boryotgan sharoitda talabalarni dars mashg’ulotlariga qiziqishlarini ortirish
shu bilan birga ilmiy bilimlarini rivojlantirish imkonyatini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda Sun’iy intellekt texnologiyalari o’zining o’qitish va ta’lim jarayonlarida
ishlatilishi bilan zamonaviy ta'lim tizimlarini yanada samarali, interaktiv va shaxsiylashtirilgan
qilishga imkon yaratmoqda. Talabalarning ilmiy bilimlarini rivojlantirishda sun’iy intellekt
yordamida o'quv jarayonlarini avtomatlashtirish, bilimni shaxsiylashtirish va o'qish materiallarini
optimallashtirish mumkin bo'ladi. Bunda, talabalarning qiziqishlariga mos tarzda o'qitish imkoniyati
yaratilib, ularning ilmiy faoliyatga bo'lgan qiziqishlari ortadi, ta’limning samaradorligi esa sezilarli
darajada oshadi.
Sun’iy intellektning ta'lim tizimiga integratsiyasi, shuningdek, o'qituvchilarning talabalarni
yanada samarali baholash, ularning bilimlarini real vaqtda tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Bu
jarayon talabalar uchun tezkor fikrlash va tahliliy yondashuvlarni rivojlantiradi, ilmiy muammolarni
hal qilishda mustaqil fikrlash va innovatsion g'oyalarni ishlab chiqish ko'nikmalarini oshiradi. Sun'iy
intellekt tizimlari talabalarga o'zlarining kuchli va zaif tomonlarini tezda aniqlash imkonini beradi,
bu esa talabalarning ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.10.2020 yildagi PQ- 4851-son.
lex.uz/docs/-5032128
2.
Вохидов
,
С
. (2025).
Учебные
ситуации
,
их
сущность
и
роль
в
развитии
научных
знаний
студентов
исторического
направления
.
Общество
и
инновации
, 6(2/S), 402–408.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp402-408
3. Rasulova, G. Sun’iy intellekt texnologiyalarining talabalarning ilmiy faoliyatiga ta’siri.
Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. 2021
4. Maxamadjanov.I “SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MUSTAQIL ISH TASHKIL QILISH:
PEDAGOGIK METODLAR VA YONDASHUVLAR” Modern trends of teaching in the context of
innovative and digital technologies in higher education: prospects, problems and solutions”
international
scientific
and
practical
conference,
november
29,
2024
https://doi.org/10.5281/zenodo.14244881
5. Nursaidov.N Pedagogik tadqiqotlarda sun'iy intellektning o
ʻ
rni: uyga vazifalarni baholash
tizimining ishlab chiqilishi va tatbiqi. Pedagogik tadqiqotlarda sun’iy intellektning o
ʻ
rni: uyga
vazifalarni baholash tizimining ishlab chiqilishi va tatbiqi. (2024). Journal of Academic Research and
Trends in Educational Sciences, 662-667.
