SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
456
GUMANITAR FANLARNI O'QITISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN
FOYDALANISH
Ataxanov Rafikjon Sotvoldievich
t.f.f.d (PhD), dotsent. Latipov
Jahongir Tojidin o‘g‘li assistent.
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15357980
“Kokand University” Andijon filiali.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining gumanitar fanlarni
o‘qitishdagi o
ʻ
rni va ahamiyati to
ʻ
g
ʻ
risida fikrlar yuritiladi. Shuningdek, sun’iy intellektning ta'lim
tizimi uchun foydali jihatlari, afzalliklari va ularning qo‘llanilishi misollari bilan yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
sun’iy intellekt, ta’lim tizimi, gumanitar fanlar, ma’lumotlar ba’zasi,
interfaol, virtual laboratoriyalar, algoritm.
Аннотация
:
В
статье
рассматривается
роль
и
значение
технологий
искусственного
интеллекта
в
преподавании
гуманитарных
наук
.
В
нем
также
подчеркиваются
полезные
аспекты
,
преимущества
и
примеры
их
применения
в
системе
образования
.
Ключевые
слова
:
искусственный
интеллект
,
система
образования
,
гуманитарные
науки
,
база
данных
,
интерактив
,
виртуальные
лаборатории
,
алгоритм
.
Abstract:
The article discusses the role and importance of artificial intelligence
technologies in teaching humanities. It also highlights the useful aspects, advantages and examples
of their application in the education system.
Key words:
artificial intelligence, education system, humanities, database, interactive,
virtual laboratories, algorithm.
Zamonaviy ta’lim tizimi o
ʻ
qitishning yangi texnik
ва
texnologik yutuqlariga asoslangan holda
rivojlanmoqda. Xususan, keyingi yillarda sun’iy intellektdan ta’lim jarayoni
да
samarali foydalanish
jadal sur’atlar bilan joriy qilinmoqda. Ma’lumki, gumanitar fanlar inson tafakkuri, tili, madaniyati,
tarixi va jamiyat taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sun’iy intellektdan foydalanish ushbu
jarayonlarni yanada aniqroq tahlil qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash va interfaol o‘qitish
imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Snu ma’noda, sun’iy intellekt gumanitar fanlarni
o‘qitishda yangi yondashuvlar yaratib, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi.
Sun’iy intellekt va gumanitar fanlarning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, gumanitar fanlar insoniyat
tarixining, madaniyatining va tafakkurining chuqur qatlamlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu
sohada sun’iy intellektning qo‘llanilishi, avvalo, tarixiy manbalarni raqamlashtirish, til va
adabiyotlarni tahlil qilish, madaniy va san’at asarlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Sun’iy intellektning rivojlanishi bir necha o‘n yilliklar davomida bosqichma-bosqich
shakllandi. Dastlab, matematik modellar va statistik usullar yordamida muayyan ma’lumotlarni tahlil
qilishga asoslangan sun’iy intellekt tizimlari yaratilgan edi. Bu tizimlar inson tafakkurining murakkab
jihatlarini ham qamrab olishga intiladi, shu bilan gumanitar fanlar doirasida yangi tadqiqot
metodologiyalarini yaratishga yordam beradi. Masalan, tarixiy hujjatlar, qadimgi matnlar va adabiyot
namunalarini raqamlashtirish jarayonida sun’iy intellect algoritmlari yordamida avtomatik
transkripsiya va tahlil usullari qo‘llaniladi. Bu orqali olimlar qadimgi tilshunoslik va madaniyatni
chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu usullar yordamida adabiy asarlar
orasidagi stilistik va tematik o‘xshashliklarni aniqlash, madaniy qadriyatlar o‘zgarishini kuzatish va
hatto yangi ilmiy gipotezalarni ishlab chiqish mumkin. Bugungi kunda sun’iy intellekt
texnologiyalari gumanitar fanlarda raqamli ma’lumotlar bazalarini yaratish, til modellari yordamida
matnlarni avtomatik tarjima qilish va adabiy asarlarni tahlil qilish uchun keng qo‘llanilmoqda. Misol
uchun, raqamli kutubxonalar, tarixiy arxivlar va tilshunoslik tadqiqotlari uchun maxsus ishlab
chiqilgan tizimlar mavjud. Ushbu tizimlar yordamida olimlar nafaqat matnlarni avtomatik tarzda
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
457
tahlil qilib, ularning mazmunini tushunish, balki interfaol usullar orqali o‘zaro bog‘liqliklarni ham
aniqlashlari mumkin. Bundan tashqari, interfaol platformalar va virtual ta’lim muhitlari sun’iy
intellektning imkoniyatlarini kengaytirishda katta rol o‘ynaydi. Talabalar va o‘qituvchilar uchun
yaratilgan maxsus dasturiy ta’minot, raqamli resurslar va virtual laboratoriyalar yordamida gumanitar
fanlar yanada interaktiv shaklda o‘qitiladi. Bu nafaqat o‘quv jarayonini qiziqarliroq qiladi, balki
talabalarning tahliliy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Sun’iy intellektning ta’lim tizimiga kirishi ko‘plab yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Quyidagi
bo‘limlarda gumanitar fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt qo‘llanilishining asosiy jihatlari batafsil
ko‘rib chiqiladi. Har bir talabani o‘ziga xos xususiyatlari, bilim darajasi va qiziqishlari bilan ajralib
turadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari bu farqlarni aniqlash va ularni hisobga olgan holda
moslashtirilgan o‘quv rejalarini yaratishda qo‘l keladi
Sun’iy intellekt ta’lim oluvchining vaqtini tejashga va ta’limda muvaffaqiyatli rivojlanishiga
sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u sizni qiziqtirgan
savollarga javob berishi, berilgan buyruq asosida rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar
yaratishi va xattoki, turli referat va maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta'lim
algoritmlari, talabalarning individual xususiyatlari va o'rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu
esa har bir talabalarning o'ziga xos ta'lim yo'lidagi qobiliyatlarini oshiradi [1].
Adaptiv o‘quv tizimlari:
Mashinaviy o‘rganish algoritmlari yordamida har bir talabani doimiy
kuzatish, uning o‘zlashtirish tezligini aniqlash va o‘qitish materiallarini shunga mos tarzda
moslashtirish mumkin. Masalan, sun’iy intellekt asosidagi platformalar talabalar tomonidan
yechilayotgan topshiriqlar, test natijalari va muhokamalarga asoslanib, ularning qiyinchilik darajasini
baholaydi va keyingi materiallarni shu asosda tanlaydi.
Shaxsiy o‘quv rejasi va resurslarni tanlash:
Talabaning o‘ziga xos o‘rganish uslubi, mustaqil
fikrlash qobiliyati va qiziqishlari aniqlanib, unga mos darsliklar, maqolalar, videolar va interaktiv
resurslar tavsiya etiladi. Bu jarayonda SI talabani shaxsiy o‘rganish xaritasini tuzib beradi va u orqali
individual yondashuvni ta’minlaydi.
Real vaqtda tahlil va feedback:
SI asosida ishlaydigan tizimlar talabalar faoliyatini doimiy
ravishda tahlil qiladi va ularning xatolarini tezda aniqlab, tushuncha beruvchi fikr-mulohazalar
beradi. Bu o‘quv jarayonini samaraliroq qiladi va talabalar o‘zlarini rivojlantirish yo‘lida tezkor
o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Sun’iy intellekt asosida yaratilgan interaktiv o‘qitish vositalari o‘quv jarayonini yanada
qiziqarli va samarali qiladi. SI ilovalari talabalar uchun shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini taqdim
etishi va ta’lim sohasidagi muammolar uchun innovatsion yechimlarni taklif qilishi mumkin [2].
Virtual o‘qituvchilar va chatbotlar:
Sun’iy intellekt asosidagi chatbotlar talabalar bilan
doimiy muloqotda bo‘lib, savollarga javob beradi, tushunmovchiliklarni bartaraf etadi va dars
materiallarini izohlab beradi. Bu tizimlar talabaga o‘z vaqtida individual feedback berish
imkoniyatini yaratadi.
Interaktiv simulatsiyalar va VR/AR tajribalari:
Zamonaviy ta’lim muhitida virtual reallik
va kengaytirilgan reallik texnologiyalari qo‘llanilishi orqali tarixiy voqealar, madaniyat va san’at
asarlari interfaol tarzda namoyish etiladi. Masalan, talabalar tarixiy shaharlarni 3D modellar
yordamida “sayohat” qilib, o‘sha davr madaniyatini va arxitekturasini chuqurroq o‘rganishi mumkin.
Onlayn interfaol laboratoriyalar:
Interfaol platformalar va virtual laboratoriyalar orqali
talabalar mustaqil tadqiqotlar olib boradi. Bu usul, masalan, adabiyot asarlaridagi tematik va stilistik
o‘zgarishlarni grafik shaklda ko‘rsatish, tarixiy ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish yoki falsafiy
konseptlarni interaktiv tarzda o‘rganishga yordam beradi.
Sinov va muhokama forumlari:
SI asosidagi interaktiv tizimlar onlayn forumlar va munozara
platformalarini boshqarish imkoniyatini ham beradi. Bunda talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida tezkor
fikr almashish, mavzular bo‘yicha chuqur muhokamalar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Sun’iy intellektning yana bir muhim qo‘llanilish sohalari – bu talabalar o‘zlashtirgan bilimlarni
doimiy va obyektiv tarzda baholash hamda ularni kuzatish tizimidir.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
458
Predictiv tahlil va monitoring:
sun’iy intellekt yordamida o‘qituvchilar talabalar faoliyatini
real vaqt rejimida kuzatib borishlari, ularning natijalarini statistik algoritmlar orqali tahlil qilishlari
mumkin. Bu orqali qaysi mavzularda talabalar qiyinchiliklarga duch kelayotganini aniqlash va
shunga mos qo‘shimcha mashqlar tayyorlash imkoniyati yaratiladi.
Avtomatik baholash tizimlari:
Onlayn testlar, yozma ishlar va interaktiv topshiriqlar
natijalarini avtomatik tarzda baholovchi tizimlar yordamida baholash jarayoni soddalashtiriladi. Bu
tizimlar o‘qituvchilarga ko‘proq vaqtni individual talabalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga
bag‘ishlash imkonini beradi.
Statistik hisobotlar va individual rivojlanish xaritalari:
sun’iy intellekt tizimlari orqali
talaba natijalari bo‘yicha batafsil hisobotlar shakllantiriladi. Ushbu hisobotlar asosida o‘qituvchilar
talabalar zaif tomonlarini aniqlash, individual rivojlanish rejasini ishlab chiqish va ta’lim jarayonini
takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘quv samaradorligini prognozlash:
Katta hajmdagi ma’lumotlar asosida sun’iy intellekt
kelajakdagi o‘quv natijalarini prognozlashda ham qo‘llaniladi. Bu orqali ta’lim muassasalari o‘z
ta’lim dasturlarini va resurslarni optimallashtirish uchun muhim qarorlarni qabul qilishi mumkin.
Sun’iy intellekt nafaqat talabalar, balki o‘qituvchilar uchun ham samarali qo‘llab-quvvatlash
vositasi sifatida xizmat qiladi:
1. Resurslarni avtomatik tayyorlash:
sun’iy intellekt asosidagi dasturlar darsliklar,
ma’ruzalar va ta’lim materiallarini avtomatik ravishda tahlil qilib, ularni strukturaviy tarzda taqdim
etishi mumkin. Bu o‘qituvchilarga dars tayyorlash jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi.
2. Dars rejalari va metodik yondashuvlar:
sun’iy intellekt tizimlari o‘qituvchilarga ta’lim
metodikasini tahlil qilib, talabalar uchun eng samarali yondashuvlarni tavsiya etadi. Ushbu tizimlar
ilg‘or pedagogik tajriba va statistik ma’lumotlar asosida individual yoki guruh asosida dars rejalari
yaratishda yordam beradi.
3. Ko‘p tillilik va madaniy integratsiya:
global miqyosda o‘qitilayotgan gumanitar fanlarda
ko‘p tillilik muhim omil hisoblanadi. Sun’iy intellekt yordamida o‘qituvchilar turli tillarda dars
materiallarini avtomatik tarjima qilish, madaniy kontekstga moslashtirish va ta’lim jarayonini milliy
xususiyatlarga mos ravishda tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
4. Pedagogik fikr almashish va hamkorlik platformalari:
sun’iy intellekt asosida ishlab
chiqilgan onlayn platformalar o‘qituvchilar uchun forumlar, webinarlar va interfaol sessiyalar tashkil
etishda qo‘llaniladi. Bu orqali o‘qituvchilar tajriba almashish, yangi metodikalarni o‘rganish va ta’lim
jarayonini yaxshilash bo‘yicha birgalikda ishlashlari mumkin.
Sun’iy intellekt gumanitar fanlarni o‘qitishda chuqur inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib
chiqarmoqda. U nafaqat o‘quv jarayonini samaraliroq tashkil etishga, balki talabalar va
o‘qituvchilarga shaxsiy yondashuvni ta’minlash, yozma va og‘zaki ifodani rivojlantirish, matnlarni
chuqur tahlil qilish va interaktiv ta’lim metodikalarini joriy etishda qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt
talabalar ishlarini baholashda o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanishi mumkin. Bu bir tarafdan
o‘qituvchining ishini osonlashtiradi va ikkinchi tarafdan baholashning ob’ektivligin yanada oshirish
imkonini beradi [3]. Shu bilan birga, texnologik, metodologik va etik jihatlar bo‘yicha yuzaga
keladigan qiyinchiliklar, sun’iy intellekt tizimlarining to‘liq integratsiyasi uchun zarur bo‘lgan
qo‘shimcha chora-tadbirlar va treninglarni talab qiladi.
Kelajakda, sun’iy intellektning imkoniyatlari yanada kengayishi bilan gumanitar fanlar
sohasida ham innovatsion yechimlar joriy etiladi. Raqamli resurslar, adaptiv ta’lim platformalari va
interfaol o‘qitish metodikalari yordamida o‘quv jarayoni yanada mustahkamlanadi, shuningdek,
talabalar mustaqil fikrlash, tahliliy qobiliyat va kreativlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu tarzda, sun’iy intellekt yordamida gumanitar fanlar yanada chuqurroq va boy bilim manbai
sifatida shakllanib, insoniyat madaniy merosini yangi darajada anglashga xizmat qiladi.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
459
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Ozoda
Sabirova
-
TA'LIM
SOHASIDA
SUN'IY
INTELLEKTDAN
FOYDALANISH./ Elektron resurs:
https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/download/35846/22919/37153
2.
Sabirjonov R.A., Ayupov R.H. va boshqalar. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning
rivojlanish istiqbollari. “Media” nashriyoti, 2022 yil. 202 bet.
3.
Alimov Abdusamat Abdurasulevich - TA’LIM TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKT
TEXNOLOGIYALARI QOLLASHNING AXLOQIY JIHATI.// INTERNATIONAL SCIENTIFIC
AND PRACTICAL CONFERENCE MODERN, INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EXACT
AND NATURAL SCIENCES IN HIGHER EDUCATION NOVEMBER 15, 2024
