Mualliflar

  • Dilnozaxon Komilova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91475

Kalit so‘zlar:

ontolingvistik qobiliyat erkin ishtirok kаsbiу kо‘nikmаlаr o‘zaro munosabat faoliyat samara til nutq noverbal vositalar verbal vositalar muloqot.

Annotasiya

Mаqоlа bolalarda ontolingvistik qobiliyatlarini shakllantirish va muntazam takomillashtirib borish shartlari,  bolalarning tengdoshlari va kattalar bilan  o‘zaro munosabatlarda erkin ishtirok eta olish sifatlarini takomillashtirish orqali ularni mustaqil hayotga tayyorlash, pirovard natijada muloqotchanlikni takomillashtirish to‘g‘risida fikrlar bildirilgаn.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

451

BOLALARNING ONTOLINGVISTIK QOBILIYATLARI USTIDA ISHLASH

METODIKASI

Komilova Dilnozaxon Abdulxayevna

А

ndij

о

n d

а

vl

а

t ped

а

g

о

gik

а

instituti

Boshlang’ich ta’lim metodikasi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15357934

kafedrasi katta o‘qituvchisi

А

nn

о

t

а

tsi

уа

:

M

а

q

о

l

а

bolalarda ontolingvistik qobiliyatlarini shakllantirish va muntazam

takomillashtirib borish shartlari, bolalarning tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarda
erkin ishtirok eta olish sifatlarini takomillashtirish orqali ularni mustaqil hayotga tayyorlash, pirovard
natijada muloqotchanlikni takomillashtirish to‘g‘risida fikrlar bildirilg

а

n.

K

а

lit s

о

‘zl

а

r:

ontolingvistik qobiliyat, erkin ishtirok, k

а

sbi

у

k

о

‘nikm

а

l

а

r, o‘zaro munosabat,

faoliyat, samara, til, nutq, noverbal vositalar, verbal vositalar, muloqot.

Аннотация

:

В

статье

описаны

условия

формирования

и

регулярного

совершенствования

онтолингвистических

навыков

детей

,

подготовки

их

к

самостоятельной

жизни

путем

совершенствования

способности

детей

свободно

участвовать

во

взаимодействиях

со

сверстниками

и

взрослыми

и

,

наконец

,

в

общении

.

Ключевые

слова

:

o

нтолингвистические

способности

,

свободное

участие

,

профессиональные

навыки

,

взаимодействие

,

активность

,

исполнительность

,

язык

,

речь

,

невербальные

средства

,

вербальные

средства

,

общение

.

Annotation:

The article provides information about the conditions for systematically and

systematically improving ontolinguistic work in children, increasing children's ability to freely
participate in interactions with peers and adults, and ultimately developing communication skills.

Key words:

ontolinguistic ability, free participation, professional skills, interaction, activity,

effectiveness, language, speech, nonverbal means, verbal means, communication.

Buyuk o‘zgarishlar davrida hamma vaqt ta’lim-tarbiya masalasi birinchi o‘ringa chiqadi.

“Abdulla Avloniyning fikricha: “Tarbiya vujudimizni quvvatlandurmak, fikrimizni nurlandurmak,
axloqimizni go‘zallandurmak, zehnimizni ravshanlandurmak uchun zarur ”. Bu haq gap. Ijtimoiy
munosabatlar va insonlararo muloqotlar “noziklashgan” bugungi davrda bolalarda muloqot
ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni to‘laqonli muloqot ko‘nikmalariga o‘rgatish, ya’ni ularga
munosib ta’lim-tarbiya berish bir millat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning ijtimoiy
hayotga moslashuvida ontolingvistik qobiliyatlar o‘ta dolzarb sanaladi. Bu esa faoliyatning samarali
natijasi hamda o‘zaro munosabatga kirishish jarayoni bilan bog‘liqdir. Bolalarda muloqotning
samarali bo‘lishidagi eng zarur komponentlardan biri bu ontolingvistik qobiliyatlar ularda qay
darajada shakllanganligiga borib taqaladi.

Ma’lumki, insonlarning ontolingvistik qobiliyatlar tarkibiga o‘zaro muloqot yuritishda

foydalaniladigan belgilar, ya’ni til, nutq va turli noverbal vositalar kiradi. Bugun mamlakatimizda
ta’lim-tarbiya, jumladan, boshlang‘ich ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq,
bolalarni tengdoshlari va atrofdagilar bilan muloqotga kirishishida bir qator muammolarga duch
kelishayotgani sir emas. Ayni paytda, boshlang‘ich ta’lim yoshidan keyingi ta’lim jarayoniga o‘tish
bola psixikasi uchun juda qiyin sinov hisoblanadi.

Masalani o‘rganish va kuzatishlarimiz natijasida quyidagi muammolar aniqlandi:
– bolalardagi lug‘at boylikning maktabda o‘qitiladigan umumta’lim fanlarini egallashi uchun

yetarli emasligi;

– bolalarning o‘z fikrini erkin ifodalashi, nutqiy muhitga mos so‘zlashish ko‘nikmalarini

rivojlantirishiga oid didaktik ta’minotning talab darajasiga javob bermasligi;

– ota-onalarning o‘z farzandini maktab ta’limiga nutqiy jihatdan tayyor bo‘lishining mezonlari

va talablaridan yetarlicha xabar topmaganliklari;


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

452

– bolalarning muloqot jarayonida o‘z fikri, hissiyotlari va taassurotlarini namoyon eta

olmayotganligi;

– bolalarning iltimos yoki ma’lumotlarni o‘z tengdoshlariga tugal aytolmasligi, tanish insonlari

bilan muloqotga dadil kirisha olmasligi;

– bolalarda nutqning dialogik shaklini yetarli darajada shakllanmaganligi hamda

kommunikativlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan metodik manbalarning yetishmasligi;

– pedagoglari tomonidan kommunikativ kompetensiyaning ijtimoiy-ruhiy aspektlari to‘liq

anglanmayotganligi.

Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bola jismoniy, ruhiy, ma’naviy, shu bilan birga nutqiy bilimga

ehtiyoj sezadi. Bola nutqdan o‘z fikri, his-tuyg‘ularini ifodalashga rag‘bat ko‘rsatadi, qiziqadi, undan
atrofdagi insonlarga ta

ʼ

sir qilish uchun faol foydalanadi. Bola tashqi dunyoni ruhiy jarayonlar

yordamida, shuningdek, nutq yordamida bilib olish imkoniyatini doim sezib turadi. Bu o‘rinda buyuk
adib Abdurauf Fitratning quyidagi fikrini eslab o‘tish joiz: “Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha
rangda tovlangani kabi bolalar ham qaysi muhitda bo‘lsalar, o‘sha muhitning har qanday odat va
axloqini qabul qiladilar”.

Inson bolasining ijtimoiy hayotga ko‘nikishi juda sekin amalga oshadigan jarayon sanaladi.

Uning hayotdagi o‘rni nutqi bilan belgilanadi. Nutq esa amaliy ong sanaladi. Demak, bolalarda
ontolingvistik qobiliyatlarini shakllantirish va muntazam takomillashtirib borish shartlaridan biri bu
– bola ongini har jihatdan o‘stirishga borib taqaladi. Bu jarayondagi bosh mezon uni o‘rab turgan
muhim sanaladi. Ijtimoiy ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmagan bola tengdoshlari va kattalar bilan
o‘zaro munosabatlarda erkin ishtirok eta olmaydi va uning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda
harakatlanish imkoniyatlari chegaralanib qoladi. Shu bois, mazkur kichkina tadqiqot ishimizda ilgari
surilgan g‘oya bu –bolalarda ontolingvistik qobiliyatlarini shakllantirish orqali ularni mustaqil
hayotga tayyorlash, pirovard natijada muloqotchanlikni rivojlantirish vositasida ularni jamiyatga
moslashtirishdan iborat.

F

оу

d

а

l

а

nilg

а

n

а

d

а

bi

уо

tl

а

r

1.Mirzi

уоу

ev Sh. “T

а

’lim tizimini tubd

а

n isl

о

h qilish t

о

‘g’risid

а

”gi F

а

rm

о

ni., 2017

2.Mirzi

уоу

ev Sh. “K

а

sb-hun

а

r t

а

’limini riv

о

jl

а

ntirishg

а

о

id” q

а

r

о

ri. 2020

3.

Abdulmadjidova,

M.

Muloqot–Bola

Psixik

Rivojlanishining

Muhim

Omili.

BARQARORLIK VA YETAKCHI. 2021.

4. Rahmatova Z.H. Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini yaratishning

lingvistik asoslari: Fil. fan. b. f. dok. (PhD) … diss. – Qarshi, 2021. – 141 b.

5. Qosimova N.A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar nutqini so‘z ma’nodoshlari bilan

boyitish: Ped. fan. nom. diss. – Toshkent, 1998. – 22 b.

6.

Қурбонова

М

.

А

.

Ўзбек

болалар

нутқининг

прагмалингвистик

аспекти

:

Филол

.

фан

.

д

-

ри

. ...

дисс

. –

Тошкент

, 2018. – 160

б

.

Bibliografik manbalar

Mirziуоуev Sh. “Tа’lim tizimini tubdаn islоh qilish tо‘g’risidа”gi Fаrmоni., 2017

Mirziуоуev Sh. “Kаsb-hunаr tа’limini rivоjlаntirishgа оid” qаrоri. 2020

Abdulmadjidova, M. Muloqot–Bola Psixik Rivojlanishining Muhim Omili. BARQARORLIK VA YETAKCHI. 2021.

Rahmatova Z.H. Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini yaratishning lingvistik asoslari: Fil. fan. b. f. dok. (PhD) … diss. – Qarshi, 2021. – 141 b.

Qosimova N.A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar nutqini so‘z ma’nodoshlari bilan boyitish: Ped. fan. nom. diss. – Toshkent, 1998. – 22 b.

Қурбонова М.А. Ўзбек болалар нутқининг прагмалингвистик аспекти: Филол. фан. д-ри. ... дисс. – Тошкент, 2018. – 160 б.