SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
448
BOLALAR SH
Е
’RIYATIDA TAKRORDAN FOYDALANISH
Sobirova Dilafruz Abdulhay qizi
ADPI. Boshlang‘ich ta’lim
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15357911
metodikasi kafedrasi dotsenti, (PhD)
Annotatsiya:
Maqolada o‘zbek bolalar she’riyatida takrordan foydalanish bolalar nutqining
betakrorligi, his-tuyg‘ularga boyligi, emotsional-ekspressiv jihatdan o‘ta bo‘yoqdorligini yaqqol
yuzaga chiqarishda muhim vositalardan biri ekanligi ko‘rsatib berilgan. Takrordan foydalanilgan
she’riy asarlardan misollar keltirilgan.
Tayanch so‘z va iboralar:
Mumtoz she’riyat, she’riy san’at, alliteratsiya, assonans, bolalar
she’riyati, leksik takror, so‘z takrori, anafora, epifora, klimaks, anadiplosis.
Annotation:
The article shows that the use of repetition in Uzbek children's poetry is one of the
important tools in revealing the uniqueness of children's speech, the richness of emotions, the
emotional and expressiveness of the color. Examples are given from repetitive poetic works.
Keywords and phrases:
Classical poetry, poetic art, alliteration, assonance, children's poetry,
lexical repetition, word repetition, anaphora, epiphora, climax, anadiplosis.
Ma’lumki, matniy, kompozitsion yoki tematik birliklarning ma’lum bir badiiy-estetik
maqsadlarni ko‘zlagan holda takrorlanishiga takror deyiladi. Badiiy asar tilida takrorning fonetik
(alliteratsiya, assonans, fonetik anafora, ishtiqoq); leksik (so‘z takrori, klimaks, anafora, epifora,
anadiplosis); semantik (gradatsiya, ma’no takrori); sintaktik (sintaktik parallelizm, xiazm) takror kabi
turlari uchraydi. Mumtoz she’riyatda so‘z ma’nosi va uning mohiyatini ta’kidlash ma’nosida
qo‘llaniladigan takrorga asoslangan she’riy san’at turlari radd ul-ajuz il-as-sadr, mutobiqa, tasdir,
takrir, qaytariq deyiladi.
Ko‘lam nuqtayi nazaridan bolalar adabiyotida takrorning sanab o‘tilgan barcha turlari mavjud
va ular alohida monografik tadqiqotlar uchun obyekt bo‘la oladi. Alliteratsiya, assonans hodisalari
qatorida bolalar she’riyatining ta’sirchan va sodda, izchil ifodalarga, badiiy tasvir vositalariga
boyligini ta’minlashda leksik takror turlaridan so‘z takrorining alohida o‘rni bor.
Ma’lumki, ilmiy manbalarda so‘z takrori anafora, epifora, klimaks, anadiplosis, takror kabi
atamalar bilan yuritiladi.
Anafora yunoncha anaphora so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga, yuqoriga chiqarish degan
ma’noni anglatadi. So‘z yoki so‘zlar guruhining misra yoki band boshida takrorlanishi, so‘z
takrorining xususiy ko‘rinishi. Anafora ma’lum fikr, his-tuyg‘u, holat va hokazolarni ta’kidlab
ko‘rsatish uchun xizmat qiladi va tabiiy ravishda she’rning xushohangligini ham oshiradi.
Masalan:
Bolalikda hamma shod,
Bolalikda hamma sho‘x.
Bolalikda hamma sog‘,
Bolalikda kasal yo‘q;
Xohi baland, xohi past,
Xohi yoqa, xohi yeng,
Xohi oq, xohi qora,
Bolalikda hamma teng. (Abdurahmon Akbar. “G‘aroyib avtobus”, 6-bet)
Ushbu she’rda takror qo‘llangan bolalikda va xohi... xohi so‘zlari she’r mazmuniga va ohangiga
putur yetkazmagan holda, o‘ziga xos poetizmni hosil qilib, she’rning ta’sirchanligini oshirishga
xizmat qilmoqda. Ikkinchi tomondan esa badiiy asarning kompozitsion tuzilishini mustahkamlashga
yordamlashmoqda. Chunki, anafora nafaqat stilistik vosita, balki she’rning kompozitsion asosini
belgilab beruvchi usul sifatida ham namoyon bo‘ladi.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
449
Bolalar she’riyatida qo‘llangan takrorlar asosan so‘z ma’nosini kuchaytirish, badiiy
ta’sirchanlikni oshirish uchun xizmat qiladi va qo‘llanish o‘rniga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarda
uchraydi:
1. Misra boshida ketma-ket keladi:
Doniyor-u Doniyor,
Uyi to‘la doni bor.
Dasturxonda noni bor,
Qoshida jahoni bor.
(Muhammadali Qo‘shmoqov. “O‘jar”, 12-bet)
Ba’zan misra boshida uch marta takrorlanadi:
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon,
Xush kelibsan elimga.
(Olqor Damin, “Assalom, Navro‘z”, 1-sinf uchun “Sinfdan tashqari
o‘qish kitobi”dan, 65-bet)
2. Har bir misra boshida keladi:
Bulbul bog‘ni o‘ylaydi,
Bulbul bog‘dan so‘ylaydi.
(Temur Ubaydullo, “Inson beshigi”, 2-sinf uchun “Sinfdan tashqari
o‘qish kitobi”dan, 11-bet)
3. So‘z o‘rtasida keladi:
Hoy, bulbulcha, bulbulcha,
Mana senga gul g‘uncha.
(X.Shomurodov. “To‘polonchi chumchuqlar”, 3-betlar)
Bulbul beshigi – bog‘da,
Burgut beshigi – tog‘da.
(Temur Ubaydullo. “Inson beshigi”, 2-sinf uchun “Sinfdan tashqari
o‘qish kitobi”dan, 11-bet)
Soyabonning chetlaridan,
Asta-sekin bo‘ylaymiz.
Quyosh haqda, quyosh haqda,
Quyosh haqda o‘ylaymiz.
(K.Turdiyeva. Saylanma”, 7-bet)
4. So‘z oxirida keladi:
Dunyoni saqlar bolalar,
Ishonchni oqlar bolalar.
Tinchlikni yoqlar bolalar,
Quvonchni xohlar bolalar.
(K.Turdiyeva. “Saylanma”, 3-bet)
5. Bitta misraning boshi va oxirida keladi:
Bedanani ozod etaman,
Tutqun ko‘nglin obod etaman.
Dalalarda sayragani soz,
Dalalarda yayragani soz.
(Ergash Raimov. “O‘jar”, 17-bet);
Biz, biz, biz gugurt cho‘p,
Qutida ko‘pmiz, ko‘p.
(Erkin Qambar. “Iqbol-chi, bo‘lmoqchi futbolchi”, 18- bet);
6. Bitta misraning turli joylarida keladi:
Sholg‘om ekdik, moy sholg‘om,
Unib o‘sdi boy sholg‘om.
Otam torta olmadi,
Onam torta olmadi.
Ishga ketsak o‘zimiz,
Yeb qo‘yibdi qo‘zimiz.
(Odil Abdurahamon. “Belanchak”, 24-bet)
Adabiyotlar
1. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent:
Fan, 2007.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
450
2. Kavsar Turdiyeva. Saylanma. – Tashkent, 2007.
3. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: “Universitet”, 2007.
4. Siddikova I. Sinonimiya yazika i yeyo kodifikatsionnie osnovi: Avtoref. disc. ... dok. filol.
nauk. – Tashkent, 2012.
5. Tursunov
У
., Muxtorov
Ж
., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1992.
6. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.
– Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2002.
7. A. Hojiyev O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati.
– Toshkent: “O‘qituvchi”, 1974.
