Mualliflar

  • Odiljon G’ulomjonov
    ADU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91486

Kalit so‘zlar:

raqamli transformatsiya oila oilaviy qadriyat ijtimoiy falsafa

Annotasiya

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning barqarorligi haqida batafsil fikr-mulohazalar kiritilgan. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot oqimlarining kuchayishi va jamiyat hayotining tobora raqamlashtirilishi natijasida oilaviy qadriyatlar an'anaviy va zamonaviy omillar o‘rtasida muvozanatni saqlash zaruriyati haqida atroflicha mulohazalar keltirilgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

410

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA OILAVIY QADRIYATLARNING

BARQARORLIGI

Andijon davlat universiteti

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15357388

G’ulomjonov Odiljon Raximjon o’g’li

Annotatsiya

: Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning

barqarorligi haqida batafsil fikr-mulohazalar kiritilgan. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi,
axborot oqimlarining kuchayishi va jamiyat hayotining tobora raqamlashtirilishi natijasida oilaviy
qadriyatlar an'anaviy va zamonaviy omillar o‘rtasida muvozanatni saqlash zaruriyati haqida atroflicha
mulohazalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: raqamli transformatsiya, oila, oilaviy qadriyat, ijtimoiy falsafa,

Oilaviy qadriyatlarning barqarorligi va o‘zgarishi raqamli transformatsiya sharoitida ijtimoiy

falsafa kontekstida muhim ilmiy muammolar sirasiga kiradi. Raqamli texnologiyalarning jadal
rivojlanishi, axborot oqimlarining kuchayishi va jamiyat hayotining tobora raqamlashtirilishi
natijasida oilaviy qadriyatlar an'anaviy va zamonaviy omillar o‘rtasida muvozanatni saqlash
zaruriyatiga duch kelmoqda. Bu holat ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinganda, oilaning
ijtimoiy institut sifatida transformatsiyaga uchrashi, shaxslararo munosabatlarning yangi shakllari,
ma’naviy merosning uzatilishi mexanizmlarining o‘zgarishi va raqamli muhitda ijtimoiy
identifikatsiyaning yangi qiyofasini shakllantirish kabi jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy
falsafa nuqtayi nazaridan oilaviy qadriyatlar insoniyat jamiyatining tarixiy shakllanish jarayonida
rivojlanib kelgan eng barqaror institutlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. An’anaviy jamiyatda oila
avlodlar o‘rtasida meros sifatida uzatiladigan ijtimoiy normalar, axloqiy tamoyillar va diniy e’tiqodlar
orqali shakllangan bo‘lsa, raqamli transformatsiya sharoitida bu qadriyatlar yangi shakl kasb
etmoqda. Axborot texnologiyalari oilaviy munosabatlarda o‘zaro ta’sir mexanizmlarini o‘zgartirgan
holda, bir tomondan, aloqa imkoniyatlarini kengaytirmoqda, ikkinchi tomondan esa oilaviy
qadriyatlarning fragmentatsiyalanishiga olib kelmoqda.

Bugungi global raqamli jamiyatda oilaning ma’naviy rolini saqlab qolish va mustahkamlash

muammosi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Virtual muloqot va ijtimoiy tarmoqlarning keng
tarqalishi tufayli shaxslar o‘zaro real muloqot qilish ehtiyojidan ma’lum darajada uzoqlashmoqda.
Bunday sharoitda oilaviy qadriyatlarning asosiy komponentlari – hurmat, ishonch, mehr-muhabbat
va o‘zaro mas'uliyat kabi tushunchalar yangi kommunikatsiya vositalari orqali qayta talqin
qilinmoqda. Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali oilaning ta’lim-tarbiyaviy vazifalari ham
o‘zgarib, yangi avlodning ijtimoiylashuvi jarayoni boshqa formatda kechmoqda. E.N.Markina va
A.O. Dik tomonidan alohida o‘rganilgan obman va manipulyatsiya fenomenlari oila institutiga
dezinformatsion tahdidlarni tushunishda markaziy o‘rin tutadi. Yolg‘on - bu shunchaki yolg‘on emas,
balki ijtimoiy haqiqatni konstruktiv buzish, axloqiy koordinatalarni noto‘g‘ri sozlash vositasidir. Shu
jihatdan, oilada sodir bo‘layotgan axborotli nomutanosibliklar ko‘pincha tashqi ijtimoiy
manipulyatsiyalarning samarasidir. N.R. Ganiyev tomonidan ko‘tarilgan “ma’naviy vandalizm”
tushunchasi, dezinformatsiyaning nafaqat axborot, balki aksiyologik sohada ham halokatli rolini
ochib beradi. Oilaning ichki qadriyat tuzilmasi yo‘q qilinayotganida, bu - tashqi axborot
agresiyasining natijasi bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy falsafa doirasida oilaviy qadriyatlarning barqarorligi va o‘zgarishining tahlili shuni

ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya bu qadriyatlarni butunlay yo‘q qilish yoki almashtirish emas,
balki ularni moslashuvchanlikka undash jarayonidir. Bu borada ijtimoiy ongning evolyutsion
rivojlanishi, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar sintezining muhimligi ta’kidlanadi. Masalan, oilaviy
munosabatlarda an'anaviy axloqiy-me'yoriy tamoyillarni saqlab qolgan holda, raqamli muhitning
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish oilaning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. “Ona
farzandlari ruhiga eng g

о

‘zal axloqni naqsh etadi. Boshqalarni yaxshi k

о

‘rmoqni, yaqinlariga


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

411

xushmuomala, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat k

о

‘rsatmoqni, zaif va zaifalarga yordam

bermoqni

о

‘rgatadi. Ishlarni chiroyli va g

о

‘zal bajarishni, t

о

‘g‘ri s

о

‘z b

о

‘lishni uqtiradi. Axdiga vafo

qilishni, hukmlarida odil b

о

‘lishni, shunga

о

‘xshash odob-axloqqa doir narsalarni farzand ongiga,

qalbiga soladi va oqibatli, xushxulq inson b

о

‘lishiga tinimsiz yordam beradi”.

Shunday qilib, ijtimoiy falsafa nuqtayi nazaridan raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy

qadriyatlarning barqarorligi va o‘zgarishi dialektik jarayon bo‘lib, bu jarayonda qadriyatlarning
adaptatsiyasi, ularning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvi va meros sifatida uzatilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Raqamli jamiyat sharoitida oilaviy qadriyatlarning yo‘qolib ketmasligi uchun
milliy an’analarni saqlash va ularga yangi texnologiyalar bilan uyg‘unlikda yondashish zarur. Bu esa
ijtimoiy institut sifatida oilaning mustahkamligini ta’minlash va insoniy munosabatlarni yanada
mazmunli qilishga xizmat qiladi. Abdulla Sher aytganidek: «erkparvar shaxslar muayyan davrning
qahramonlariga aylanadilar. Zero, ular

о

‘zgalar erki uchun

о

‘z erkini,

о

‘z hayotini qurbon qilishdan

ham ch

о

‘chimaydilar».

Raqamli transformatsiya oilaviy qadriyatlarning dinamikasiga ikki tomonlama ta’sir

ko‘rsatmoqda. Bir tomondan, texnologiyalar oilaviy aloqalarni mustahkamlash, iqtisodiy
imkoniyatlarni kengaytirish va oilaviy hayot sifatini oshirish imkonini bersa, boshqa tomondan,
an’anaviy munosabatlar tizimining o‘zgarishiga, oilaviy institutning yangi sharoitlarga moslashishiga
olib kelmoqda. Shu boisdan, raqamli transformatsiyaning ijobiy jihatlarini maksimal darajada
samarali qo‘llash, uning salbiy ta’sirlarini kamaytirish hamda oilaviy qadriyatlarning barqarorligini
ta’minlash maqsadida, davlat siyosati va jamiyat miqyosida moslashuvchan strategiyalar ishlab
chiqilishi lozim. Bu borada oilaning ijtimoiy institut sifatidagi roli va ahamiyatini inobatga olgan
holda, zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘un tarzda rivojlanish yo‘llarini izlash dolzarb vazifalar
sirasiga kiradi.

Raqamli transformatsiya zamonaviy jamiyat rivojlanishining ajralmas qismiga aylanib, inson

hayotining barcha jabhalariga, jumladan, oilaviy qadriyatlarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Oila
– ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlovchi asosiy institut bo‘lib, uning uzluksiz rivojlanishi
jamiyat taraqqiyotining mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli ijtimoiy islohotlar aynan oilani mustahkamlash, uni jamiyatdagi muhim ijtimoiy
institut sifatida rivojlantirish, oilaviy tarbiyaning fundamental asoslarini qo‘llab-quvvatlash va
barkamol avlodni tarbiyalash maqsadlarini o‘z ichiga oladi.

Oila nafaqat nikoh munosabatlariga asoslangan institut, balki insoniyat sivilizatsiyasining

asosiy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazib beruvchi muhitdir. Uning ijtimoiy-falsafiy mohiyati
insonning jamiyatga integratsiyalashuvi, axloqiy meyorlarni o‘zlashtirishi, shaxsiy va ijtimoiy
mas’uliyat hissini shakllantirishi bilan bog‘liq. Biroq globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida
an’anaviy

oilaviy

qadriyatlar

o‘zgarishga

yuz

tutmoqda.

Axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarining rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy
integratsiya jarayonlari oilaviy munosabatlarning yangi shakllarini yuzaga keltirmoqda. Bu esa, o‘z
navbatida, an’anaviy oilaviy qadriyatlarga nisbatan yangicha munosabatlarning shakllanishiga olib
kelmoqda. Abdussalom Azimiyning «Ta’lim va tarbiya» maqolasida, jumladan, shunday deyiladi:
«Agar har millatning istiqbolini bilmak xohlansa, ul millatni bolalarig‘a nazar va ahvoli tufuliyatlarini
mulohaza etmak kerak. Bas, mubolag‘a ona birinchi omil va murabbiydir. Onani ta’siri bolag‘a, otani
ta’siridan ziyodadur. Chunki ona bolani bir necha oylar qoni birla g‘izolandiradur. Bu sababli bola
ona tarbiyasida b

о

‘lgusi ovonlarda muhitig‘a muvofiq holda tarbiyalanur, ki, bul tabiat va odat agar

nomaoqul holda b

о

‘lunsa, katta b

о

‘lganidan s

о

‘ng islohi mushkuldur».

Raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning barqarorligini ta’minlash dolzarb

masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Chunki bugungi kunda yoshlar oilaviy
munosabatlarni, gender rollarini va nikoh institutini ko‘p jihatdan ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar,
g‘arb psixologiyasi ta’siri va ommaviy axborot vositalari orqali baholaydilar. Shu sababli, oilaviy
qadriyatlarning barqarorligini ta’minlash uchun, birinchidan, jamiyatda oila tushunchasining


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

412

ijtimoiy-falsafiy asoslari mustahkam bo‘lishi, ikkinchidan, yoshlar orasida oilaviy mas’uliyat va
o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish zarur.

So‘nggi yillarda jamiyatda oila institutiga bo‘lgan munosabatda muayyan o‘zgarishlar

kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarida, blogerlik maydonlarida ba’zi
mutaxassislar yoki shaxslarning oilaviy munosabatlarni muhokama qilishi keng muhokamalarga
sabab bo‘lmoqda. Masalan, Nargiz Sattarovaning “Oila qurishni nima keragi bor?” mavzusidagi
chiqishi ommaviy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bunday holatlar oilaviy qadriyatlar muhokamasini
yangi bosqichga olib chiqib, ularning barqarorligi va o‘zgarishlari haqida turli nuqtai nazarlarni
shakllantirmoqda. Ijtimoiy falsafa nuqtayi nazaridan, oilaga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi
jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va qadriyatlar tizimidagi siljishlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda
kommunikatsion texnologiyalarning, ommaviy axborot vositalarining va g‘arb madaniyatining ta’siri
inkor etilmaydi. Biroq ilmiy tadqiqotlar oilaning inson hayotidagi o‘rnini, uning jamiyat
barqarorligiga ta’sirini tasdiqlaydi. Turli xalqaro va milliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, oilali
insonlar baxtlilik darajasi bo‘yicha turmush qurmagan yoki ajrashgan insonlardan sezilarli darajada
ustun turadi. AQShda o‘tkazilgan 58 ta tadqiqot natijalari umumlashtirilganida, sub’ektiv baxtlilik
hissi oilaviy turmushni yolg‘izlik bilan solishtirganda yuqori ekanligi kuzatilgan. O‘zbekistonda
o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ham respondentlarning aksariyati oilani muqaddas institut sifatida
qabul qilishini va uning asosiy maqsadi avlod qoldirish, o‘z yaqin kishisi bilan birga yashash va diniy
qadriyatlarga amal qilish ekanligini ko‘rsatgan.

Oilaviy qadriyatlarning barqarorligi jamiyatda oilaga bo‘lgan umumiy ijtimoiy yondashuv,

iqtisodiy ta’minlanganlik, madaniy muhit va ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liq. Yosh avlod ongida
oilaviy qadriyatlarni shakllantirish uchun maktab va oliy ta’lim muassasalarida oilaviy tarbiya,
axloqiy qadriyatlar va ma’naviy barkamollik tushunchalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan
birga, ijtimoiy tarmoqlardagi oilaga oid noto‘g‘ri tushunchalarni cheklash va yoshlarni oilaviy
hayotning real holatiga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Маркина

Е

.

Н

.

Феномен

обмана

:

философско

-

этический

анализ

:

диссертация

...

кандидата

философских

наук

. -

Саранск

, 2004. - 191

с

.;

Дик

А

.

О

.

Обман

как

средство

манипуляции

:

социально

-

философский

анализ

:

диссертация

...

кандидата

философских

наук

. -

Пятигорск

, 2011. - 160

с

.

2.

Ганиев

Н

.

Р

.

Духовный

вандализм

как

социальное

явление

:

диссертация

...

кандидата

философских

наук

. -

Уфа

, 2020. - 187

с

.

3.

Фотимахон

Сулаймон

қори

қизи

.

Аёлларга

хос

масалалари

. –

Т

.:

Мовароуннахр

.

2003, 109-

б

.

4.

Шер

А

.

Ахлоқшунослик

. –

Т

.:

УАЖБНТ

маркази

, 2003, 218-

б

.

5.

Ойна

. (1914 – 1915

й

) -

Тошкент

:

Академия

нашриёти

, 2001, 41-

б

.

Bibliografik manbalar

Маркина Е.Н. Феномен обмана: философско-этический анализ: диссертация ... кандидата философских наук. - Саранск, 2004. - 191 с.; Дик А.О. Обман как средство манипуляции: социально-философский анализ: диссертация ... кандидата философских наук. - Пятигорск, 2011. - 160 с.

Ганиев Н.Р. Духовный вандализм как социальное явление: диссертация ... кандидата философских наук. - Уфа, 2020. - 187 с.

Фотимахон Сулаймон қори қизи. Аёлларга хос масалалари. – Т.: Мовароуннахр. 2003, 109-б.

Шер А. Ахлоқшунослик. – Т.: УАЖБНТ маркази, 2003, 218-б.

Ойна. (1914 – 1915й) - Тошкент: Академия нашриёти, 2001, 41-б.