SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
378
O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK TUFAYLI MILLIY QADRIYATLAR VA XALQ
AN’ANALARINING RIVOJLANISHI.
ADPI Boshlang’ich ta’lim
metodikasi kafedrasi katta
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15356816
o‘qituvchisi Z.Rahmonova.
Annotatsiya:
Milliy qadriyat insonning o‘tmishiga, buguni va kelajagiga, fan va madaniyat
taraqqiyotiga milliy ijobiy ta’sir etadigan axloqiy va odobi, ongli faoliyati, bilimlari, amaliy
malakalari, iste’dod va qobiliyati, iymoni va e’tiqodi, dunyoqarashi, ma’naviy qarashlarini o‘z ichiga
oladi.Har bir mamlakatning taraqqiyoti u joylashgan xudud imkoniyatlari, jamiyat taraqqiyoti,
birinchi navbatda, fuqarolarning ma’naviy kamolot darajasiga ham bog‘liqdir. Yuksak ilmiy, ahloqiy
saloxiyat soxibi bo‘lgan vatanparvar, fidoiy, mexnatsevar, sabr-toqatli kishilargina o‘z yurtining
taraqqiyotini yuksak darajada ko‘tara oladi.
Аннотация
:
Национальные
ценности
влияют
на
прошлое
,
настоящее
и
будущее
человека
,
развитие
науки
и
культуры
,
а
также
включают
в
себя
этические
нормы
,
сознательную
деятельность
,
знания
,
практические
навыки
,
талант
и
способности
,
веру
и
убеждения
,
мировоззрение
и
духовные
взгляды
,
которые
оказывают
положительное
влияние
на
национальное
развитие
.
Развитие
каждой
страны
зависит
от
возможностей
территории
,
на
которой
она
расположена
,
а
также
от
прогресса
общества
и
,
прежде
всего
,
от
уровня
духовного
совершенства
граждан
.
Только
люди
с
высоким
научным
и
моральным
потенциалом
,
патриоты
,
преданные
,
трудолюбивые
и
терпеливые
могут
поднять
развитие
своей
страны
на
высокий
уровень
.
Annotation:
National values affect a person's past, present, and future, the development of
science and culture, and include ethical norms, conscious activities, knowledge, practical skills,
talents and abilities, faith and beliefs, worldview, and spiritual perspectives, all of which have a
positive impact on national development.The development of each country is determined by the
opportunities of the territory it is located on, as well as the progress of society, and primarily depends
on the level of the citizens’ spiritual maturity. Only those with high scientific and moral potential—
patriots, dedicated, hard-working, and patient people—can elevate their country's development to a
high level.
Mustaqillikka erishgan mamlakatimizda odam bolasi dunyoga kelgandan keyin unda ota-ona,
jamoatchilik ta’sirida, ta’lim-tarbiya natijasida, amaliy faoliyat asosida milliy qadriyatlar, milliy urf-
odatlar, milliy an’analar insonga xos bo‘lgan fazilatlar bilan birga shakllanadi. Bu yakka shaxsga
emas, balki butun insonga xos bo‘lgan rivojlanish jarayonidir.
Milliy qadriyat insonning o‘tmishiga, buguni va kelajagiga, fan va madaniyat taraqqiyotiga
milliy ijobiy ta’sir etadigan axloqiy va odobi, ongli faoliyati, bilimlari, amaliy malakalari, iste’dod va
qobiliyati, iymoni va e’tiqodi, dunyoqarashi, ma’naviy qarashlarini o‘z ichiga oladi.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti u joylashgan xudud imkoniyatlari, jamiyat taraqqiyoti,
birinchi navbatda, fuqarolarning ma’naviy kamolot darajasiga ham bog‘liqdir. Yuksak ilmiy, ahloqiy
saloxiyat soxibi bo‘lgan vatanparvar, fidoiy, mexnatsevar, sabr-toqatli kishilargina o‘z yurtining
taraqqiyotini yuksak darajada ko‘tara oladi. Halki ma’naviy jixatdan qashshoq mamlakat xech qachon
yuksak davlat bo‘la olmaydi. «O‘zbekiston yangilanish va rivojlanishning yo‘lida to‘rtta negizga
asoslanadi:
Ø
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
Ø
xalqimizning ma’naviy merosini rivojlantirish;
Ø
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
Ø
vatanparvarlik.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
379
O‘zbekistonda xozir amalga oshirilayotgan milliy tiklanish - milliy uyg‘onish va poklanish
hamdir. Jamiyatda milliy uyg‘onish va poklanish jarayoni sodir bo‘lmasa, milliy tiklanish ham
bo‘lmaydi. Milliy tiklanish iqtisodiy-siyosiy tadbirlar, isloxotlar orqali amalga oshadi. Milliy
uyg‘onish va poklanish esa ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning mazmuni va darajasiga bog‘liqdir. Faqat
oqilona, milliy an’analarga, jaxon xalqlari tajribasiga tayangan ta’lim-tarbiya ishlarigina yaqin
o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan xolatga chek qo‘yib, mustaqillikning yangi zaminlarini barpo etish
mumkin. Shu sababli ham O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya ishlari davlat va jamiyat oldida turgan muxim
vazifa bo‘lib keladi. Bu xazina insonga xayotda barqarorlik bag‘ishlaydi, uning qarashlari shunchaki
boylik ortgirish yo‘lida kun ko‘rishga yo‘l qo‘ymaydi, fojealar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy
qiyinchilik kunlarida irodani mustahkamlaydi».
Hozir mamlakatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Hammamiz bu
borada qilinayotgan ulkan ishlarning guvoxi bo‘lib turibmiz. Sog‘lom avlod - jismoniy barkamol,
ma’naviy yetuk kishilardir. Faqat shunday kishilargina O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida xalollik,
fidoyilik namunalarini ko‘rsatishi, mamlakatimizning kuch-qudrati, keng imkoniyatlarini butun
jaxonga amalda namoyish etishlari mumkin.
Tarbiya so‘zi keng ma’no anglatadi.«Tarbiya», «Tarbiyat» so‘zlari asli arabcha so‘z bo‘lib,
parvarish qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rgatish, odob o‘rgatish, mexribonlik ko‘rsatish, ximoya qilish
singari ma’nolarni anglatadi.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon
bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya barcha tarixiy davrlarda bugun insoniyat taraqqiyotiga xos muxim muammo
bo‘lgan. Uning umuminsoniy jixatlari bilan birga o‘ziga xos milliy tomonlari bordir. Turg‘unlik
yillarida ta’lim-tarbiyaning ayrim davrlarga, xalqlarga xos bo‘lgan xususiyatlari, imkoniyatlari
bo‘rttirildi, bu boradagi milliy qadriyatlar milliy an’analar, deyarli qolib ketdi. Komil inson shaxsini
shakllantirish jarayonida ta’lim-tarbiya borasidagi barcha imkoniyatlar va qadriyatlardan to‘la
foydalanmoq kerak. Milliy tarbiya esa inson shaxsini shakllantirishda milliy madaniy meros, an’ana
va qadriyatlardan samarali foydalanish, har bir shaxsning ma’naviy kamolotiga o‘ziga xos milliy
yo‘nalish berishga ham harakat qilishdir. Tarbiya ko‘rgan kishilar qanchalik umuminsoniy
qadriyatlarni singdirmasinlar, ular hamma vaqt aniq bir millatning vakili bo‘lib qoladi. Millatlar
qanchalik yaqinlashmasin, ularning ma’naviyati jixatidan butunlay hamjixat bo‘lib ketmaydi. Har bir
millat mavjud ekan, uning ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiyaning o‘ziga xos milliy usullari,
mazmuni va yo‘nalishi doim takomillashib boradi. Vaholanki, biz xozirga qadar mustaqillik
sharoitida ta’lim-tarbiya o‘smir yoshdagi bolalarni axloqiy fazilatlarini shakllantirishda milliy
tarbiyaning shaxs ma’naviy kamolotidagi o‘rni xaqida yetarli darajada o‘rgana olganmiz yo‘q.
Shuni izoxlash kerakki, ta’lim, tarbiya har qanday sharoitlarda ham sof milliy an’analar, milliy
tajriba doirasida qolib ketishi mumkin emas. Ta’lim, tarbiya ishlarida sof milliy mezonlar an’analar
bilan cheklanish komil inson shaxsi shakllanishi imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadi. Har kanday
milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘langandagina yaxshi samara beradi. Har xolda
jaxondagi turli davrlarda, mamlakatlarda amalga oshirilgan tarbiya usullari, mazmuni, unda
ko‘zlanilgan maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lganini unutib bo‘lmaydi.
Jahon hamjamiyati mustahkamlanib, turli mamlakatlar, xalqlar o‘rtasida aloqalar yaxshilanib
borayotgan xozirgi davrda bu masalaga katta e’tibor berish zarurligi o‘z-o‘zidan ayondir.
Pedagogikada ta’lim tarbiyaviy ishlarning birligidir. Ta’lim-tarbiya ishlari o‘rtasidagi birlik hamma
vaqt ijobiy natija bergan. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘zbek milliy pedagogikasining asosiy
xususiyatlaridan biri yoshlarning hayotiy dunyoqarashi, iymon va e’tiqodni shakllantirishda tarbiyaga
birinchi navbatda e’tibor berishdir. Insonning dastavval axloqi va odobi shakllanadi, u o‘zini shaxs
sifatida taniydi va boshqalar bilan munosabatda bo‘la boshlaydi. Bu munosabatlar yosh bolaning ota-
onasiga, aka-ukalariga, yaqin do‘stlariga munosabatidan, oddiy salom berish va alik olishdan,
ozodalik va pokizalikdan boshlanadi. O‘zbek oilalarida axloq-odob tarbiyasi oiladayok juda erta
boshlanadi, jamoatchilik ham bunga ta’sir etadi. Tarbiya - inson ma’naviy kamolotining birinchi,
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
380
asosiy poydevori bo‘lib xisoblanadi. Yaxshi oilada tarbiyalanib axloq va odobning muayyan
normalarini bilgan, xayot faoliyatida ularga asoslanadigan yoshlargina ma’naviy kamolotning
kengroq imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Yaxshi tarbiya zamiridagina bilim olishga ishtiyoq, oqilona
amaliy faoliyat uchun zamin xozirlanadi. Tarbiyaviy zamini yaxshi bo‘lmagan yoshlarda mexnat
qilib, amaliy malakalar xosil qilishga ishtiyoq bo‘lmaydi.
Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi mumkin. Odob aqlga bog‘liq xolat. Aql ustiga odob
qo‘shilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Odob va axloq insonni bezab turadi.
Inson odobi bilan go‘zal, deydi xalqimiz. Bu so‘zning zamirida katta ma’no yotadi. Xozir ham
ayrim yoshlar salom berish va alik olish, jamoatchilik o‘rtasida o‘zini tutish, boshqalarni xurmat
qilish singari axloqiy qadriyatlarni yaxshi egallamagani sezilib turadi. Hozir ham umumta’lim
maktablarida, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, axloq, odob tarbiyasiga yetarli e’tibor
berilmoqda. Odobnoma darsi umumta’lim maktablarning boshlang‘ich sinflaridan boshlab
o‘tilmoqda. Ayniqsa, o‘smir yoshdagi bolalarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda milliy
tarbiyaga va shaxsning ma’naviy kamolotiga aloxida e’tibor berilmoqda. Bunday vaziyatda axloq va
odob borasidagi gaplar o‘quvchiga kamroq ta’sir etadi. Bugungi o‘quvchi qizlar tez orada ona bo‘lib
tarbiyalanishi, yosh yigitlar ota bo‘lib mexnat qilib, kasb-hunar egallab yoki o‘qishni nihoyasiga
yetkazib, oila tebratishi zarur. Ularning hayoti uchun bilimgina emas, balki axloqli, odobli, milliy
tarbiyali bo‘lish ham katta ahamiyatga ega. Maktabda o‘smir yoshdagi bolalarning axloqiy
fazilatlarini shakllantirish milliy tarbiyani singdirish davomida ularning mexnatga, yoru do‘stlarga,
jamiyatga munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan axloqiy fazilatlari shakllanadi.
Inson omilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini e’tiborga olib, umumta’lim maktablarining
barcha sinflarida «Milliy axloq va odob asoslari» degan umumiy bir fanni o‘qitish lozim. Shuningdek,
umumta’lim maktablarining barcha sinflarida o‘quvchilarga, ularning yosh xususiyatlari, axloqiy,
aqliy kamoloti darajasini e’tiborga olib, oddiy axloq, odob qoidalaridan to murakkab nazariy
muammolarga qadar o‘rgatib borish zarur. Yosh bola ota-onani, o‘qituvchini, yoru-do‘stlarini xurmat
qilishga, salom berib, alik olishga o‘rganishi ham ma’naviy kamolotning dastlabki poydevoridir.
O‘smir yoshdagi bolalarni tarbiyalash mavsumiy gap emas, balki amalga oshiriladigan doimiy
jarayondir. Bu borada aslo tanaffus bo‘lishi mumkin emas. Bu to‘g‘rida Abdulla Avloniy shunday
degan edi: «Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan
ajralmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir... Chunki dars oluvchi, biluvchi,
tarbiya oluvchi, amal qiluvchi demakdir».
Hozir sharqona, o‘zbekona axloq va odob mezonlari xaqida ko‘p fikr yuritish odat bo‘lib
qolgan, lekin bunday axloq va odobning mezonlari nimadan iborat ekanligini ko‘pincha to‘la tasavvur
etolmaymiz. Insonni tarbiyalashdan oldin unga qanday axloqiy fazilatlarni singdirishimiz lozimligini
ham aniqlab olmoq zarur.
Milliy, sharqona axloqiy fazilatlarning ko‘p qirralari Abu Nasr al-Farobiy, Ibn Sino, Maxmud
Qoshg‘ariy, Yusuf xos Xojib, Alisher Navoiy asarlarida va Amir Temur tuzuklarida atroflicha yoritib
berilgan. 3.M.Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida o‘zbeklarga, umuman, turkiy xalqlarga xos
bo‘lgan axloqiy fazilatlar qatoriga quyidagilarni kiritadi: bular - iymon va e’tiqodlilik, andishalilik,
oilaga muxabbat, bolajonlik, xalollik, birovning xaqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onaga
mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, fahm-farosatlilik, savodxonlik, saxovatlilik,
xushfe’llik, shirinso‘zlik, do‘stlarga okibatlilik, xushbaxtlik, xayolilik, shinavandalik, oq ko‘ngillilik,
mexnatsevarlik va boshqalar.
Davr o‘tishi bilan axloq va odob borasidagi milliy qadriyatlar takomillashdi. Boshqa
xalqlarning ma’naviy qadriyatlari shovqini ostida yana ham rivojlandi. Xozirgi kunda o‘zbek
xalqining ma’naviy fazilatlari qatoridan, o‘rin olgan axloq va odob borasidagi qadriyatlar jumlasiga
quyidagilarni kiritish mumkin. Bular - mexmondo‘stlik, do‘stlik, o‘rtoqlik, odamgarchilik, axloqiy
poklik va teranlik, tadbirkorlik va chaqqonlik, o‘quvlilik, saxiylik, xushmuomalalik, jamoatchilik
ichida o‘zini tuta bilishlik, ko‘pchilik ichida muloqotda bo‘lishga intilish, qo‘ni-qo‘shnichilik va
mahalla-ko‘ychilikni qadrlash, hamkorlik va hamdardlik, xayolilik, nazokatlilik, lutfi-karamlilik,
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
381
ro‘zg‘orparvarlik, shinavandalik, shirinso‘zlik, tashabbuskorlik, ona yurti va xalqiga muxabbatlilik,
insoflilik, diyonatlilik, rostgo‘ylik, poklik, or-nomuslilik, to‘g‘rilik, rejalilik, sabr-andishalilik,
vazminlik, xojatbarorlik, yumshok ko‘ngillilik, ota-ona va kattalarni xurmat qilish, mexnatsevarlik,
o‘tmishga xurmat bilan qarash, musulmonchilikka e’tiqodlilik, iymonlilik, baynalmilalchilik,
vatanparvarlik, bolajonlik, qarindosh-urug‘chilikni qadrlash va boshqalar. Bunday axloq va odob
normalari boshqa xalqlarda ham bor, lekin yukoridagi fazilatlar o‘zbeklarda nixoyatda qadrlanadi,
ularsiz shaxsning ma’naviy kamoloti tan olinmaydi. O‘zbekning o‘ziga xos xususiyatlari qoshu-
ko‘zida emas, balki birinchi navbatda, axloq va odobida ham ko‘zga tashlanmori kerak.
Tarbiyaviy ishlarda kattalarning xurmatini, kichiklarning izzatini o‘z o‘rniga qo‘yish singari
milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga ham asoslanmoq kerak.
Inson hayotida ikki bora katta xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Birinchisi - yoshlarni xali yosh
deb, ularga ishonmaganda, ikkinchisi - keksalarni qari deb chetga surib qo‘yganda. Yoshlarda
kelajakka intilish bilan bog‘liq bo‘lgan katta tashabbus, kuch va g‘ayrat bo‘ladi. Keksalar esa hayot
yo‘lida ko‘p issiq va sovuqlarni boshidan kechirib, boy tajriba orttirgan bo‘ladi. Shu bois, ularda
uzoqni o‘ylab, bosiqlik bilan ish ko‘rish, yetti o‘lchab bir kesish singari ma’naviy boylik va yetuk
tafakkur saloxiyati bor. O‘zbeklarning «Qari bilganni pari bilmas», degan hikmatli so‘zi zamirida
xuddi shu ma’no yotadi. Yoshlarning tashabbusi, kuchi va g‘ayrati keksalarning boy hayotiy tajribasi
bilan bog‘langandagina ijobiy samara beradi.
Hozirgi mustaqil mamlakatimiz uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarning soni emas, balki sifati
ahamiyatlidir. Yetuk iste’dod sohibi bo‘lgan o‘z ishiga ijodiy yondosha oladigan bitta muhandis
yuzlab chalamulla muxandisning vazifasini bajara oladi. Shifokorlar, agronomlar xaqida shunday
fikrni aytish mumkin. Hozirgi umumta’lim maktablarida yoshlar hayotda mustaqil o‘rnini topa olishi
lozimligini ham e’tiborga olib tarbiya va ta’lim berilmog‘i kerak. Shu bilan birga mustaqillik
sharoitida ta’lim va tarbiya o‘smir yoshdagi milliy tarbiyaning axloqiy tarbiyadagi o‘rniga aloxida
e’tibor qaratilmoqda.
«Mustaqillik tufayli amalga oshirilgan eng buyuk tarixiy ishlardan biri xalqimiz ma’naviy
merosining tiklana boshlangani bo‘ldi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz
tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan rioyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nixoyatda muxim vazifa bo‘lib qoldi», - deb
ta’kidlagan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Respublikamizda azaliy
qadriyatlarni tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli jiddiy tadbirlarning amalga oshirilishi jamiyatimiz
ma’naviyati binosining qad rostlashida muxim omil bo‘lmoqda, natijada, respublikamizda
ma’naviyat soxasining yangi tizimi vujudga kela boshladi. Jumladan, «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik markazi, «Ta’lim markazi», «O‘zbekkino», «O‘zbeknavo», «O‘zbekraks»,
«O‘zbekteatr», «O‘zbekmuzey», «Adabiyot muzeyi», Badiiy akademiya, O‘zbek amaliy san’ati
markazi, Milliy madaniy markazlar, O‘rta Osiyo madaniyat xodimlari, assotsiatsiyasi kabi madaniy-
ma’rifiy tashkilotlar va ko‘plab jamg‘armalarning tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy
sohalarining tarkib topishi va pivojlanishiga zamin bo‘ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 6-son, 70-modda. 2017-yil.
2.Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq
farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017-yil.
3.O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. - 2 j. va 4j. - T.: O‘ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. -
704 b.
4.Abduraxmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. - T.: Movarounnahr, 2002.-718 6.
5.Asilova G.A. Umumiy o`rta ta'limda tanlash usulidagi testlardan foydalanishning pedagogik
shart-sharoitlari: Dis. … Ped.fan.nomz.. – T: 1997. –137 b.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
382
6.Bolalar ruhiyatiga psixologik-pedagogik yondashish yo`llari (bolalardagi psixologik
muammolar va ularni bartaraf etishda mutaxassis maslahati) G`G` Uslubiy qo`llanma. – T.:
Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, 2008. B. 152.
7.Bekmurodov M.B., Begimov A. Milliy mentalitet va rahbar ma'naviyati. – T.: “Adolat”
nashriyoti, 2003. – B. 77.
8.Berdiev G. O`quvchilarda shaxslararo munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari G`G` Xalq
ta'limi. – Toshkent, 1998. –
№
6. – B. 61-65.
9.Davletshin M.G. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o`qituvchisining psixologiyasi. – T.:
O`zbekiston, 1999. – B. 18.
10.Jumaev N.E. Umumiy o`rta ta'limni insonparvarlashtirishda o`qitish tamoyillari va
metodlarining o`zaro aloqadorligi.: Avtoref. dis. … ped.fan.nomz. – T.: 2005. –22 b.
11.Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T: O`zbekiston, 2000. – 80 s.
12.Mo`minov I. Amir Temurning O`rta Osiyo tarixida tutgan o`rni va roli. – T: Fan, 1968. –51
b.
