SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
337
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING MILLATLARARO
MUNOSABATLARGA TA’SIRI
Yusupova Sevara Nizamitdinovna,
PhD, dotsent
Oripova Shaxnoza Kodirjon qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15356334
Andijon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
sun’iy
intellekt
texnologiyalarining
millatlararo
munosabatlarga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan
oqilona foydalanish orqali millatlararo munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek,
salbiy oqibatlarning oldini olish yo‘llari muhokama qilingan.
Kalit so‘zlar:
Sun’iy intellekt, millatlararo munosabatlar, globalizatsiya, til va madaniyat,
qadriyatlar, ta’lim, dezinformatsiya, raqamli tengsizlik.
Аннотация
:
В
данной
статье
анализируется
влияние
технологий
искусственного
интеллекта
на
межнациональные
отношения
.
В
статье
обсуждаются
пути
укрепления
межнациональных
отношений
и
сотрудничества
,
а
также
предотвращения
негативных
последствий
посредством
использования
искусственного
интеллекта
.
Ключевые
слова
:
Искусственный
интеллект
,
межнациональные
отношения
,
глобализация
,
язык
и
культура
,
ценности
,
дезинформация
,
цифровое
неравенство
.
Abstract:
This article analyzes the impact of artifical intelligence technologies on interethnic
relations. The article discusses ways to strengthen interethnic relations and cooperation through the
rational use of artificial intelligence technologies, as well as ways to prevent negative consequences.
Key words:
Artificial intelligence, interethnic relations, globalization, language and culture,
values, disinformation, digital inequality
Sun’iy intellekt texnologiyalari XXI asrning eng muhim innovatsiyalaridan biri bo‘lib,
insoniyat hayotining barcha sohalariga, shu jumladan, millatlararo munosabatlarga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellektning millatlararo munosabatlarga ta’siri barcha yo’nalishlarda yaqqol
namoyon bo‘lib, hattoki milliy-madaniy qadriyatlar, an’analar va o‘zlikni anglashga ham ta’sir
etmoqda.
Globalizatsiya sharoitida millatlar va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalar va ta’sir kuchayib
bormoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari bu jarayonni yanada tezlashtirib, milliy-madaniy xilma-
xillikni saqlash va milliy o‘zlikni anglash, millatlararo munsabatlarni yangi bosqichga olib chiqish
masalalarini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Sun’iy intellektning millatlararo munosabatlar va madaniyatga
ta’sirini o‘rganish millatlararo munosabatlarni to’g’ri yo‘naltirish hamda turli millatlar o’rtasidagi
muammoli vaziyatlarni oldini olish uchun zarurdir.
Sun’iy intellekt bugungi kunda ko’plab ilmiy ishlarning asosiy mavzusiga aylanib ulgurgan.
Turli soha olimlari ham aynan o’z yo’nalishlariga sun’iy ongning ta’sirini o’rganib, tahlil qilishga
harakat qilmoqda. Bugungi kunda Sun’iy intellektning xalqaro va millatlararo munosabatlarga va
madaniyatga ta’siriga bag‘ishlangan bir qator ilmiy ishlar mavjud. Millatlararo va xalqaro
munosabatlarga ta’siri haqida rus olimlaridan Sankt-Peterburg davlat universiteti aspiranti
T.Grishanina “Sun’iy intellekt xalqaro munosabatlarda mavzusida”[1], Moskva davlat Xalqaro
munosabatlar instituti olimlaridan A.D.Korobkov “Sun’iy intellekt texnologiyalarning xalqaro va
millatlararo munosabatlarga ta’siri[2] mavzusida, xorijiy olimlardan Germaniyada joylashgan
xalqaro munosabatlar instituti olimi Octavio Kulezs “Sun’iy intellekt va xalqaro madaniy
munosabatlar” (“Artifical Intelligence and International Cultural Relations”)[3] yo’nalishida ilmiy
izlanishlar olib bormoqdalar va ularning natijalariga ko’ra xalqaro va millatlararo munosabatlarda
sun’iy intellekt texnologiyalarning o’rni tobora kuchayib bormoqda.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
338
Avvalo, bugungi kunda sun’iy intellektning ommalashib borayotgani turli millatlar o’rtasidagi
o’zaro ma’lumot almashinuvni kengaytirmoqda, turli tillar o’rtasidagi to’siq sun’iy intellekt
texnologiyalari yordamida tez va oson hal etilmoqda. Turli tillardagi matn, ovozli yozuv va shu
kabilarni avtomatik tarjima qilishga mo’ljallangan til ilovalari sun’iy intellektning eng keng tarqalgan
turlaridan biridir. Bu kabi sinxron tarjima apparatlari yordamida til to’siqlari juda oson yo’qotiladi
va bu esa o’z navbatida, millatlar o’rtasida aloqalarni yanada mustahkamlaydi.
Shuningdek, sun’iy intellekt turli madaniyatlarini va milliy an’analarini texnologiyalar orqali
o’zga millat vakillariga oson yetkazib bera olishi va buning natijasidagi o’zaro anglash turli
madaniyatlar o’rtasidagi har sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga ko’mak beradi. Ayrim
sun’iy intellekt texnologiyalari turli millatlar va madaniyatlar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni tez
va oson aniqlashi natijasida turfa xil vakillar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga
xizmat qiladi.
Turli millatlarning o’zaro do’stlik aloqalarini rivojlantirishda ta’lim alohida o’rin tutadi.
Sun’iy intellektdan foydalangan holda turli ta’lim platformalarining yaratilishi va ularning tobora
ommalashib borayotgani ham turli mamlakatlar va turli millatdagi o’quvchi, talaba va
tadqiqotchilarni aynan bir ta’lim platformasi orqali bilim olishiga ko’mak bermoqda bu esa madaniy
almashinuv va milliy totuvlikni yanada kengaytiradi.
Sun’iy internet texnologiyalar millatlararo totuvlikka yangi keng yo’l ochgan holda bugungi
kunda yanada rivojlanib bormoqda. AQSHning sobiq davlat kotibi, mashxur siyosatshunos, diplomat
Genri Kissenjer “Men sun’iy intellekt va u bilan bog’liq yo’nalishlar insoniyatni xuddi Renessans
davridagidek o’zgartirishiga ishonch hosil qildim” deb yozgan edi. [4]
Lekin yuqoridagi kabi ijobiy natijalar bilan birgalikda, ayni damda sun’iy ongning salbiy
tomonlari ham xalqaro va millatlararo munosabatlarga ta’sir ko’rsatmoqda. Sun’iy intellektning eng
kuchli xavf-xatarlaridan biri sifatida esa, soxta xabarlar va turli tashviqotlarning keng tarqalishi
ko’rilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterrish 2023 yilgi “Sun’iy intellekt
farovonlik uchun” global sammitidagi tabrik nutqida shunday deydi: “Sun’iy intellekt har kuni gazeta
va jurnallar, internet sahifalarining bosh sarlavhalariga tushmoqda lekin bu har doim ham ijobiy
emas... Texnologik yetakchilar va ekspertlar xalqaro tartibning shundoq ham zaif holatiga putur
yetkazuvchi dezinformatsiya (soxta xabar)ning kuchayishiga sabab bo’ladigan potensial xavflar
haqida ogohlantirmoqdalar.” [5]
Sun’iy intellekt texnologiyalari siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarga tobora chuqur kirib
borib, xalqaro tizimning zaifligini yangi omilga aylantirmoqda: soxta yangiliklar va ijtimoiy
tarmoqlardagi manipulyativ nashrlar orqali jamoatchilik fikriga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Sun’iy
ongning ayrim mamlakatlar va mintaqalardagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin bo’lgan yolg’on
xabarlar va yangiliklar, turli targ’ibot materiallarini oson tarqatishi tufayli ayni davlat hududida
yashovchi turli millatlar o’rtasidagi tushunmovchiliklar va ba’zi nizolarga ham sabab bo’lmoqda.
Shuningdek, sun’iy intellekt o’zi bilan raqamli tengsizlik muammosini yaratmoqda, ya’ni
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati notekis bo’lmoqda, chunki rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida hamda, alohida mamlakatlar ichidagi mavjud ijtimoiy tengsizlikni
yanada kuchaytirishi mumkin. Ijtimoiy tengsizlik muammolari barcha zamonlarda millatlar va
millatlararo munosabatlarga bevosita ta’sir ko’rsatib kelgan.
Turli mamlakatlar, turli millatlar, turli guruhlar iqtisodiyot, harbiy soha va hattoki siyosatda
ham ustunlikka erishish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Bu esa ular
o’rtasidagi keskinlik va raqobatning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim holatlarda esa sun’iy ong tizimlari orqali tarqatiladigan ayrim modellar, texnologiyalar
esa mamlakatlar va ularning ichudagi turli millatlarning milliy va madaniy o’ziga xosligi va xilma-
xilligini yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Sun’iy intellekt tizimlarning maxfiyligi, shaffofligi masalalarida ayniqsa millatlararo
munosabatlar nuqtai nazaridan jiddiyy axloqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
339
Shuningdek, sun’iy intellekt bugungi kunda xalqaro diplomatiya, aholi migratsiyasi, savdo-
sotiq va madaniy almashinuvga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Raqamlashtirish jarayonlari tobora kuchayib borayotgan bir davrda, sun’iy intellekt
texnologiyalarining ham barcha sohalarga kirib borishi, ayrim hollarda, inson kapitalini o’rnini
egallashi ham kutilayotgan davrda, millatlararo munosabatlar va milliy madaniyatni yanada
rivojlantirish uchun sun’iy ong texnologiyalaridan to’gri foydalanishni yo’lga qo’yish har bir millat
va har bir davlat uchun bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Bu o’rinda insonlarda tanqidiy
fikrlashni kuchaytirish, turli millatlarga tolerantlik g’oyalarining to’gri yetib borishini ta’minlash va
har bir shaxsda internet va mediasavodxonlik bilimlarini kuchaytirish har qachongidan ham
muhimdir. Sun’iy intellektning millatlararo munosabatlarga ta’siri va ularning to’g’ri yo’lda
rivojlanishiga e’tibor har bir davlatning o’zaro milliy totuvligiga, bu esa, xalqaro hamjamiyatning
birgalikda barqaror rivojlanishiga olib keluvchi faktorlardan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Татьяна
Гришанина
Искусственный
интеллект
в
международных
отношениях
:
роль
и
направления
исследования
//
Вестник
РГГУ
.
Серия
«
Политология
.
История
.
международные
отношения
» 2021
№
4
С
.10-18
2.
Коробков
А
.
Д
.
Влияние
технологий
искусственного
интеллекта
на
международные
отношения
.
Вестник
МГИМО
-
Университета
.2021
3.
Octavio Kulezs Sun’iy intellekt va xalqaro madaniy munosabatlar (“Artifical
Intelligence and International Cultural Relations”)
4.
Андрей
Волков
–
геополитик
,
статья
«
Искусственный
интеллект
и
международные
отношения
:
социальные
аспекты
и
влияние
на
международную
безопасность
»
https://russiancouncil.ru/blogs/a.vol-kov/isskusstvenniyy-intellekt-i-mezhdunarodnye-otnosheniya-
sotsialny-aspekt/
5.
Antonio Guterrish UN “AI for good” Global Summit in Geneva, Switzerland
aiforgood.itu.int
