Mualliflar

  • Dildora Jamoldinova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91514

Kalit so‘zlar:

Sun`iy intelekt innovatsion texnologiyalar algoritm tafakkur globallashuv falsafiy individual.

Annotasiya

Ushbu maqolada ta`lim sohasiga sun`iy intelektning kirib kelishi, rivojlanishi, imkoniyatlari, ta`lim sohasida qo`llashning ijobiy va salbiy tomonlari va shu bilan birga, ularni qo`llash orqali talabalarda yaratish va kreativlikni rivojlantirish haqida fikrlar yuritilgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

312

SUN`IY INTELEKT ASOSIDA TALABALARDA YARATISH VA KREATIVLIKNI

RIVOJLANTIRISH

Jamoldinova Dildora Alijon Qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti,

Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi,

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15355826

1-bosqich magistranti.

Anotatsiya:

Ushbu maqolada ta`lim sohasiga sun`iy intelektning kirib kelishi, rivojlanishi,

imkoniyatlari, ta`lim sohasida qo`llashning ijobiy va salbiy tomonlari va shu bilan birga, ularni
qo`llash orqali talabalarda yaratish va kreativlikni rivojlantirish haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so`zlar:

Sun`iy intelekt

,

innovatsion texnologiyalar, algoritm, tafakkur, globallashuv,

falsafiy, individual.

РАЗВИТИЕ

ТВОРЧЕСТВА

И

КРЕАТИВНОСТИ

У

СТУДЕНТОВ

НА

ОСНОВЕ

ИСКУССТВЕННОГО

ИНТЕЛЕКТА

Жамолдинова

Дилдора

Алижон

Кизи

,

Андижанский

Государственный

Педагогический

Институт

,

направление

теория

обучение

и

воспитание

и

методики

начального

образование

,

магистрант

1 –

курса

.

Аннотация

:

В

этой

статье

рассматривается

о

появлении

,

развитии

,

возможностей

искусственного

интеллекта

в

образовательной

сфере

,

положительные

и

отрицательные

стороны

,

развитие

творчества

и

креативности

у

студентов

с

их

использованием

.

Ключевые

слова

:

искусственный

интеллект

,

инновационные

технологии

,

алгоритм

,

мышление

,

глобализация

,

философия

,

индивидуальность

.

DEVELOPING CREATIVITY AND INNOVATION IN STUDENTS BASED ON

ARTIFICIAL INTELLIGENCE

Jamoldinova Dildora Alijon Daughter, Andijon State Pedagogy Institute, The direction of

education and upbringing, the methodology of education, master of stage 1.

Annotation:

This article discusses the introduction, development and opportunities of artificial

intelligence in the field of education, the negative and positive aspects of its application in education,
and at the same time, the development of creativity and creativity in students through its use.

Key words:

artificial intelligence, innovative technologies, algorithm, thinking, globalization,

philosophical, individual.

Kirish:

Zamon shiddat bilan olg`a ilgarilamoqda. 20 yil avval g`ishtdek keladigan tugmali

telefonni ko`chada ko`tarib yurgan odam hammaning e`tiborini jalb qilgan bo`lsa, bugun o`sha
uskunalar hatto bironta ham tugmasi bo`lmagan smartfonlarga aylandi va bunday qulay cho`ntak
gadjetlari orqali biz – kino ko`rishimiz, uyga bozorlik qilishimiz, farzandimizning maktabdagi
hayotini kuzatishimiz, uydan chiqmagan holatda ehtiyojlarimizni qondirishimiz, uzoqdagi
yaqinlarimiz bilan muloqot, istalgan kitobimizni kutubxonaga bormasdan mutolaa qilishimiz va yana
ko`plab ishlarni bajarishimiz oddiy holga aylandi.

Sun`iy intelekt innovatsion texnologiyalar bilan yashash tarzimizni butkul o`zgartirdi. Sun`iy

intelekt insoniyat hayotiga bo`rondek kirib keldi va jamiyatning har bir sohasiga o`z ta`sirini o`tkazib,
aql bovar qilmaydigan o`zgarishlar yasadi.

“Sun`iy intelekt” tushunchasi dastlab AQSHda paydo bo`ldi va sekin-asta boshqa davlatlarda

ham keng qo`llanila boshladi. Intelekt – insonning tafakkur yuritish qobilyati. [1, 4]

Sun`iy intelekt deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intelektual

sun`iy tizim tushuniladi. Ushbu atama, shuningdek, o`rganish va muammolarni hal qilish kabi inson
aqli bilan bog`liq xususiyatlarni namoyish etadigan har qanday texnologiyaga nisbatan ham
qo`llanishi mumkin. Sun`iy intelektning ideal xususiyati – bu aniq maqsadga erishish uchun eng
yaxshi imkoniyatga ega bo`lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobilyatidir. Hozirda


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

313

sun`iy intelekt turli amallarni bajarishga mo`ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va
inson ongi bajarishi mumkin bo`lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Olimlar sun`iy
intelekt bilan tajriba o`tkazishga ishtiyoq bilan qarashsada, ko`p odamlar bu hodisadan ehtiyot
bo`lishadi. Hatto Tesla rahbari Elon Mask ham buni insoniyat uchun “asosiy tahdid” va urush va
ishsizlikning mumkin manbasi deb ataydi.

Asosiy qism:

Sun`iy intelekt sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50-yillar ohiri) Nyuell,

Sayman va shoularning turli xil masalalarni yechish jarayonlarini tadqiq etish ishlari bilan
bog`lashadi. Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi teoremalarni isbotlashga mo`ljallangan
“MANTIQCHI – NAZARIYOTCHI” va “ UMUMIY MASALA YECHUVCHI” dasturlari bo`ldi.
Bu ishlar sun`iy intelekt sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bu tadqiqotlar
masalalarni yechishda turli xil evristik usullarni qo`llashga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish bilan
bog`liq bo`lgan. [2,10]

Sun`iy intelekt usullarini rivojlantirishning birinchi bosqichida turli xil o`yinlar, boshqotirmalar

va matematik masalalar tadqiqiot maydoni hisoblangan. Sun`iy intelekt to`g`risidagi adabiyotlarda
bu masalalarning ba`zilari klassik masalalar bo`lib qoldi. Bunday masalalarni tanlash ularning
oddiyligini, masalaning aniq qo`yilishi, ularning unchalik murakkab emasligi va masalani yechish
uchun ‘qism usul’ni tanlash, hattoki, Sun`iy ravishda qurish mumkinligi bilan bog`liq. 60 – yillar
ohiriga kelib bunday tadqiqotlar juda rivojlandi. Shu davrga kelib, bu tadqiqotlarni Sun`iy muhitlarda
emas, balki real muammoli muhitlarda qo`llashga harakatlar qilingan. Sun`iy intelekt tizimlarining
real dunyoda ishlashini tadqiq qilish integral robotlarni yaratish masalasiga olib keldi. Bunday
ishlarning o`tkazilishini Sun`iy Intelekt ustidagi tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi deyish mumkin.
[3,12]

Bugungi kunda, ta`lim sohasida sun`iy intelekt keng qamrovda o`z o`rnini egallayapti. Tabiiy

va insoniy imkoniyatlarga qaraganda, sun`iy intelekt ta`lim sohasida bir nechta foydalarni olib keladi.
Sun`iy intelekt talabaning vaqtini tejashga va ta`limda muvaffaqiyatli rivojlanishga o`zining ulkan
hissasini qo`sha olyapti. Sun`iy intelektning imkoniyatlari keng qamrovli bo`lib, u sizni qiziqtirgan
savollarga javob berishi, berilgan buyruq asosida rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar
yaratishi va xattoki, turli referat va maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta`lim
algoritmlari, talabalarning individual xususiyatlari va o`rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu
esa har bir talabaning o`zining ta`lim va qiziqishlari yo`nalishidagi qobilyatlarini mustaxkamlab,
yanada yuksaltiradi.

Sun`iy intelekt nafaqat talabalarga balki, o`qituvchilarga ham ta`lim berish jarayonida

ko`makchi bo`lib, o`zining ko`pgina qulayliklarini yaratadi. Masalan, intensiv ta`lim dasturini
yaratish va unga ko`ra darsni yanada qiziqarli va mazmunliroq tashkillashtirish uchun o`qituvchi
talabalarning qiziqishlariga oid mavzularni o`rganish va bular haqida ma`lumotlar toppish, tahlil
qilish va tushuntirish imkoniyatiga ega.

Shuni yodda tutish kerakki, asbob va texnikalardan noto`g`ri foydalanishning oldini olish uchun

ehtiyotkorlik bilan boshqarish lozim. Ilm fan insonlar hayotini qanchalik keng qamrovda
yengillashtirgan bo`lsa, shunchalik ulkan darajada muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun
ham bu masalaga falsafiy yondashish sun`iy intelektning ham ijobiy ham salbiy jihatlarini birdek
ko`ra olish imkoniyatini beradi. Demak insoniyat kelajagining qanday bo`lishi uning sun`iy intelekt
vositalaridan qay tarzda foydalana olishiga bog`liq.

Xulosa:

O`z navbatida sun`iy intelektni ilm – fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini

oshirish talab etiladi. Negaki aynan o`z kasbining ustasi bo`lgan mutaxassislar barcha jabhalarga
sun`iy intelekt kirib borishida asosiy omil bo`ladi. Globallashuv va fan – texnika taraqqiyoti
jarayonida sun`iy intelektning ta`lim tizimidagi ahamiyati tobora ortib borayotgan bir paytda, faqat
oliy toifadagi mutaxassislargina sun`iy intelekt imkoniyatlaridan hayotimiz, dunyoyimiz rivojiga
rivoj qo`shishimizga, bu ilmlarni to`g`ri yo`llar uchun sarflashga chorlay oladi, o`rgata oladi.

Shuni unutmasligimiz kerakki har bir yaratilayotgan texnologiyalar va o`rganilayotgan bilimlar

insoniyatga, uning turmush darajasini yaxshilashga, taraqqiyotga xizmat qilmoqg`i lozim.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

314

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

[1,4], T.A.Xo`jaqulov va N.T.Malikova “Sun`iy intelekt” kitobidan.

2.

[2,10], T.A.Xo`jaqulov va N.T.Malikova “Sun`iy intelekt” kitobidan.

3.

[3,12], T.A.Xo`jaqulov va N.T.Malikova “Sun`iy intelekt” kitobidan.

Bibliografik manbalar

,4], T.A.Xo`jaqulov va N.T.Malikova “Sun`iy intelekt” kitobidan.

,10], T.A.Xo`jaqulov va N.T.Malikova “Sun`iy intelekt” kitobidan.

,12], T.A.Xo`jaqulov va N.T.Malikova “Sun`iy intelekt” kitobidan.