Mualliflar

  • Durdona Foziljonova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91515

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich ta’lim nutqiy kompetensiya yozma nutqiy kompetensiya psixologik metodik va lingvistik yondashuvlar yozuv malakasi sun’iy intellekt (AI) plagiat innovatsion taraqqiyot.

Annotasiya

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yozma  nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanishning ahamiyati  haqida batafsil yoritilgan. Shuningdek,  sun’iy intellekt texnologiyalari zamonaviy didaktik vosita sifatida konseptual jihatdan asoslangan bo‘lib, ta’limiy faoliyat hamda ilmiy-tadqiqot jarayonlari o‘rtasidagi epistemologik uyg‘unlikni ta’minlovchi, samarali nazariy-metodik platforma sifatida tahlil qilingan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

308

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING YOZMA NUTQIY

KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Foziljonova Durdona Voxidjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15355801

1-bosqich magistranti

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yozma nutqiy

kompetensiyasini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanishning ahamiyati haqida batafsil
yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari zamonaviy didaktik vosita sifatida konseptual
jihatdan asoslangan bo‘lib, ta’limiy faoliyat hamda ilmiy-tadqiqot jarayonlari o‘rtasidagi
epistemologik uyg‘unlikni ta’minlovchi, samarali nazariy-metodik platforma sifatida tahlil qilingan.

Abstract. This article details the importance of using artificial intelligence in developing the

written speech competence of future primary school teachers. Also, artificial intelligence
technologies are conceptually substantiated as a modern didactic tool and analyzed as an effective
theoretical and methodological platform that ensures epistemological harmony between educational
activities and research processes.

Аннотация

.

В

данной

статье

подробно

освещается

значение

использования

искусственного

интеллекта

в

развитии

письменной

речевой

компетенции

будущих

учителей

начальных

классов

.

Также

технологии

искусственного

интеллекта

концептуально

обоснованы

как

современное

дидактическое

средство

,

проанализированы

как

эффективная

теоретико

-

методическая

платформа

,

обеспечивающая

эпистемологическую

гармонию

между

образовательной

деятельностью

и

научно

-

исследовательскими

процессами

.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, nutqiy kompetensiya, yozma nutqiy kompetensiya;

psixologik, metodik va lingvistik yondashuvlar; yozuv malakasi, sun’iy intellekt (AI), plagiat,
innovatsion taraqqiyot.

Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiluvchi kuch bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanligi isbot

talab qilmas haqiqatdir. Jamiyatni rivojlantirish, kelajak poydevori bo‘lmish yosh avlodni ma’nan
sog‘lom va har tomonlama barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ham ilm-fan o‘chog‘i – kichik
ta’lim jabhalarining o‘rni beqiyosdir. Shu bois, islohotlarning asosiy negizi maktabgacha va
boshlang‘ich ta’limni tubdan isloh etishga qaratilmoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim ta’limning
asosini tashkil etib, pedagoglar oldiga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini
samarali rivojlantirishni ta’minlashdek mas’uliyatli vazifa qo‘yiladi. Nutqiy kompetensiyani
rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi shaxsini har tomonlama shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “O‘z fikrini mustaqil ona tilida
ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”,
– degan fikrlari kichik yoshli maktab o‘quvchilarining nutqiga alohida e’tibor bilan yondashishga
chorlaydi [2]. Zero, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy
o‘rin tutadi.

Nutqiy kompetensiya shaxsning nutqini aniq, ravon va samarali ifodalash qobiliyatidir. Buning

isboti o‘laroq, olima D.Shadmankulovaning ilmiy yondashuvlariga ko

ʻ

ra, "Nutqiy kompetensiya

(kommunikativ kompetensiya)-o

ʻ

quvchining notanish matnni ifodali o

ʻ

qiy olish, o

ʻ

zgalar fikrini va

matn mazmunini anglash hamda uni og

ʻ

zaki qayta bayon qila olish, fikrni yozma ravishda izchil

ifodalay olish darajasi hisoblanadi" [1].

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirish bugungi kunda

dolzarb masala hisoblanadi, negaki bu ularning bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirishga,
ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga, o‘z-o‘zini o‘rganishga va global


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

309

dunyoda

muvaffaqiyatli

bo‘lishlarida

ahamiyatlidir.

Shuningdek,

o‘quvchilarda

nutqiy

kompetensiyani rivojlantirish ularning shaxsiy o‘sishi va ijtimoiy faolligi, akademik muvaffaqiyatga
erishishi uchun zamin yaratadi hamda o‘rinli tanqidiy fikrlash natijasida samarali takliflar berish
ko‘nikmasini ham shakllantiradi.

Yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish – bu murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u

psixologik, metodik va lingvistik asoslar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Psixologik yondashuv

ga

ko‘ra, yozma nutqni shakllantirishda o‘quvchining individual qobiliyatlari, fikrlash darajasi,
emotsional holati va motivatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Yozish jarayoni ongli faoliyat bo‘lib, unda
tafakkur,

xotira,

e’tibor

va

ijodiy

yondashuvlar

ishtirok

etadi.

Metodik yondashuv

esa yozma nutqni bosqichma-bosqich, tizimli tarzda shakllantirishni nazarda

tutadi. Bu yerda matn tuzish qoidalari, kompozitsion tuzilma, uslubiy jihatlar, mavzuga mos
yondashuvlar va topshiriqlarning izchilligi e’tiborga olinadi. Sun’iy intellektdan foydalanish esa
metodik

jarayonni

soddalashtiradi,

o‘quvchilarning

mustaqil

fikrini

rag‘batlantiradi.

Lingvistik yondashuv

yozma nutqdagi til vositalarining to‘g‘ri, mazmunli va grammatik jihatdan aniq

qo‘llanilishini o‘z ichiga oladi. Bunda sinonimlar, uslubiy vositalar, gap tuzilishi va kontekst muhim
ahamiyatga ega. SI texnologiyalari matnning grammatik va uslubiy sifati ustida ishlashga yordam
beradi.
Ushbu yondashuvlar uyg‘unlashganda, ta’lim jarayonida yozma nutq kompetensiyasi yuqori darajada
shakllanadi. Zero, yozuv malakasi o

ʻ

qituvchi faoliyati uchun asosiy ko

ʻ

nikmalardan biri bo‘lib, aynan

boshlang‘ich sinf o

ʻ

qituvchilarining bu boradagi mahorati o‘quvchilarning dastlabki bilimlari

shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida, o‘z fikrini

izchil, mantiqiy va mazmunli tarzda bayon eta olish qobiliyatini shakllantirishda ham yozma nutqiy
kompetensiya muhim ahamiyat kasb etadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

tahliliy va tanqidiy, mantiqiy fikrlash;
savodxonlik (yozma va raqamli savodxonlik) darajasi – adabiy til me’yorlariga amal qilish;
pedagogik yozuv kompetensiyasi – didaktik materiallar: dars ishlanmalari, reja va qo‘llanmalar

tuzish kabilar.

Bo

ʻ

lajak boshlang‘ich sinf o

ʻ

qituvchilarining yozma nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish

ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, o‘quvchilarning bilim olishini yanada
yuksaltiradi. Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi bu jarayonda yangi
imkoniyatlar yaratmoqda. Zero, sun’iy intellekt texnologik rivojlanish asosi bo‘lib, zamonaviy ta’lim
tizimida uning roli tobora ortib bormoqda.

Ta’limdagi sun’iy intellekt – bu talabalarga bilim olish, axborot va ta’lim resurslaridan

foydalanish jarayonini o‘zgartiradigan, vaqtdan oqilona foydalanish va makonni yengib o‘tishga
yordam beradigan, o‘z tezligida o‘rganishga imkon beradigan, talabalarga o‘rganish va ilmiy
tadqiqotlarda yordam berishning inqilobiy usulidir [4]. Sun’iy intellekt yordamida yozish
ko‘nikmalarini rivojlantirish kishining yozish qobiliyatini oshirishda qimmatli vositadir.

AI yozish ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan ba’zi usullar:
Grammatika va imloni tuzatish: AI vositalari real vaqt rejimida grammatika va imlo xatolari

haqida fikr-mulohazalarni taqdim etishi mumkin, bu esa yozuvchilarga o‘z yozuvlarining umumiy
sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Lug‘at boyligini oshirish: AI yordamida ishlaydigan yozuv yordamchilari yozuvdagi so‘z

boyligi va rang-barangligini yaxshilash uchun sinonimlar va muqobil so‘zlarni taklif qilishlari
mumkin.

Uslub va ohang tahlili: AI yozish uslubi va ohangini tahlil qilib, uni mo‘ljallangan auditoriya

yoki maqsadga muvofiqroq moslashtirish bo‘yicha takliflar berishi mumkin.

Plagiatni aniqlash: AI vositalari yozuvchilarga plagiatning har qanday holatlarini aniqlash va

iboralarni o

ʻ

zgartirish bo

ʻ

yicha takliflar berish orqali o

ʻ

z asarlarining originalligini ta

ʼ

minlashga

yordam beradi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

310

Yozish bo‘yicha ko‘rsatmalar va ilhom: AI yozuvchilarga yozuvchi blokirovkasini engib

o'tishga yordam berish va ijodkorlikni rivojlantirish uchun yozish ko‘rsatmalari yoki g‘oyalarni
yaratishi mumkin [3].

Sun’iy intellekt vositalarining taqqoslovchi jadvali

Sun’iy

intellekt

vositasi

Asosiy

funksiyasi

Ta’limda

qo‘llanilishi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Tilmoch AI/

Tahrirchi Bot

Turkiy tillarda

tezkor tarjima

va tahrirlash

imkoniyati

O

ʻ

zbek tilida

grammatik tahrir

va sifatli tarjima

xizmati

Kirill-o

ʻ

zbek

tiliga sifatli

o

ʻ

tkazish,

sayqalchi

belgilarining

mavjudligi

bepul versiyada
funksiyalarning

cheklanganligi

ChatGPT

Matn yaratish,

savol-javob,

tahlil

Ilmiy matnlar

yozish, savollar

tuzish

Har tomonlama

moslashuvchan

Yuqori aniqlik

uchun to‘g‘ri

so‘rov (prompt)

kerak

Antiplag.uz

Plagiatni

aniqlash

Barcha akademik

hujjatlar, ilmiy

manbalardagi

originallikni

tekshirish

Keng qamrovli

ma’lumotlar

bazasi bilan

ishlash

imkoniyati

Bepul

foydalanish

xizmatining

mavjud emasligi

Gemini

Axborotlarni

qidirish,

matnlar

yaratish

Ma’lumotlarni

tahlil qilish,

adabiyotlar

sharhini tuzish,

g

ʻ

oyalarni

generatsiya

qilish.

Ijodiy

vazifalarni

qo

ʻ

llab-

quvvatlash

Ba’zan ilmiy

ma’lumotning

manbasini aniq

dalillay olmaslik

Perplexity AI

Ma’lumotlarni

qidirish va

manbalarini

aniqlash

Ilmiy

tadqiqotlarda

asosiy

ko

ʻ

makchi:

ma’lumotlarni

tezkor yig

ʻ

ish va

sintez qilish

Mustaqil

o

ʻ

rganishni

ta’minlash

Ba’zan

murakkab

savollar

yuzasidan qisqa

manbalarning

berilishi

Academia

Akademik

ma’lumotlar

uchun platform

So

ʻ

nggi tadqiqot

tendensiyalaridan

xabardor bo

ʻ

lish

Ilmiy

ma’lumotlarning

ishonchli

ekanligi

Ba’zi ilmiy

ma’lumotlarni

bepul yuklay

olmaslik

Napkin AI

Ma’lumotlarni

vizual tarzda

tahlil qilish

Shaxsiy bilim

bazasini yaratish

Ma’lumotlar

o

ʻ

rtasidagi

bog

ʻ

liqlikni

vizualizatsiya

qilish

Mobil qurilma

orqali

foydalanishning

cheklanganligi

Grammarly

Grammatik va

stilistik

tekshiruv

Ingliz tilidagi

yozma ishlar

To‘g‘ri yozishni

o

ʻ

rgatish

xizmati,

professional

uslub

O‘zbek tilini

qo‘llamaydi


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

311

Notion AI

Reja, xulosa,

kundalik
yozuvlar

Konspekt va dars

rejalari yaratish

Tashkiliy va

yozma ishlarda

qulay

To‘liq mustaqil

ishlashi

cheklangan

QuillBot

Parafraz,

sinonimlar

tanlash

Plagiatni

kamaytirish,

matnni

optimallashtirish

Stil va ifoda

shaklini

yaxshilaydi

Ba’zan

mazmunni
o‘zgartirib

yuborishi

mumkin

Jasper AI

Kontent va

ijodiy matnlar

Esse, blog va

hikoyalar

yaratish

Ijodiy ishlarga

ilhom beradi

To‘liq versiyasi

pullik

Writesonic

Matn yaratish,

savol-javob

Prezentatsiya va

ijodiy

topshiriqlar

Tez va samarali

natija

O‘zbek tili

imkoniyatlari

cheklangan

ChatDOC /

Humata.ai

PDF dan savol-

javob

Ilmiy

maqolalarni

tahlil qilish

Murakkab

matnni

tushuntiradi

Faqat PDF

formatli hujjatlar

uchun

Ushbu vositalar orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z yozma nutqini

takomillashtiribgina qolmay, balki ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, innovatsion
fikr yuritish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladilar.

Xulosa.

Sun’iy intellektning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o

ʻ

qituvchilarining yozma nutqiy

kompetensiyasini rivojlantirishdagi ahamiyati, avvalo, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish va
shaxsiylashtirish imkoniyatlari bilan uzviy bog

ʻ

liqdir. Zamonaviy raqamli texnologiyalarni

pedagogik faoliyatlariga integratsiya qilish orqali bo‘lajak o

ʻ

qituvchilar nafaqat o‘z kasbiy

kompetensiyalarini takomillashtiradilar, balki o‘quvchilarning bilim olish jarayonini interaktiv va
samarali tashkil etish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim samaradorligini oshirish
va kelajak avlodni raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirish uchun mustahkam poydevor
yaratadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim tizimiga puxta va maqsadli joriy etilishi
mamlakatning innovatsion taraqqiyoti va iqtisodiy salohiyatining yuksalishiga mustahkam zamin
yaratishi, shubhasizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

D.X.Shadmankulova. Lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda maktablar

tajribasining o

ʻ

rni. -Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar // ilmiy-nazariy va metodik jurnal,

3/2023.

2.

Xushbaqova Z.J., Parpiyev O. Boshlang’ich sinflarda nutqiy savodxonlikni

rivojlantirish. Ta’lim sifati Yangi O’zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili,-
645 b.

3.

Nazarova N. Boshlang’ich sinflarda yozuv malakasini oshirish: ijodkorlik va

samaradorlikni rivojlantirishda sun’iy intellektning o’rni. –Inter-education, global study // Ilmiy-
nazariy va metodik jurnal, 137-b.

4.

Qarshiyev J. Talabalarining o‘quv faoliyati va ilmiy izlanishlarida sun’iy intellekt:

imkoniyat va chegaralar. –Scienceproblems.uz. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari.

S/2(4)-2024. 364-369-b.

DOI:

10.47390/SPR1342V4SI2Y2024

Bibliografik manbalar

D.X.Shadmankulova. Lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda maktablar tajribasining oʻrni. -Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar // ilmiy-nazariy va metodik jurnal, №3/2023.

Xushbaqova Z.J., Parpiyev O. Boshlang’ich sinflarda nutqiy savodxonlikni rivojlantirish. Ta’lim sifati Yangi O’zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili,-645 b.

Nazarova N. Boshlang’ich sinflarda yozuv malakasini oshirish: ijodkorlik va samaradorlikni rivojlantirishda sun’iy intellektning o’rni. –Inter-education, global study // Ilmiy-nazariy va metodik jurnal, 137-b.

Qarshiyev J. Talabalarining o‘quv faoliyati va ilmiy izlanishlarida sun’iy intellekt: imkoniyat va chegaralar. –Scienceproblems.uz. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. № S/2(4)-2024. 364-369-b.

DOI: 10.47390/SPR1342V4SI2Y2024