Mualliflar

  • Abdusalom Sattorov
    Farg‘ona davlat texnika universiteti
  • Maftunaxon Nizomiddinova
    Farg‘ona davlat texnika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91535

Annotasiya

 Mazkur maqolada sun’iy intellektning talabalar uchun afzalliklari va salbiy jihatlari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Texnologiyaning ta’lim jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi va undan qanday to‘g‘ri foydalanish mumkinligi haqida batafsil tahlil qilamiz.

 


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

241

SUN’IY INTELLEKT: TALABAGA FOYDAMI, ZARARMI?

Sattorov Abdusalom Mutalipovich

Farg‘ona davlat texnika universiteti, katta o‘qituvchi

Nizomiddinova Maftunaxon Shoirjon qizi

Farg‘ona davlat texnika universiteti

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15354618

24-21 TVM guruh talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada sun’iy intellektning talabalar uchun afzalliklari va salbiy

jihatlari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Texnologiyaning ta’lim jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi va
undan qanday to‘g‘ri foydalanish mumkinligi haqida batafsil tahlil qilamiz.

Аннотация

:

В

данной

статье

подробно

рассматриваются

преимущества

и

недостатки

искусственного

интеллекта

для

студентов

.

Мы

подробно

проанализируем

,

как

технологии

влияют

на

образовательный

процесс

и

как

их

можно

правильно

использовать

.

Abstract:

This article examines the advantages and disadvantages of artificial intelligence for

students. We will analyze in detail how the technology affects the educational process and how it can
be used correctly.

Kirish.

Ma’lumki, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas

qismiga aylanib bormoqda. Ularning ichida so‘nggi yillarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan va
rivojlanayotgan sohalardan biri sun’iy intellekt (SI) hisoblanadi. SI turli sohalarda inqilobiy
o‘zgarishlar qilish bilan birga, ta’lim tizimida ham muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda talabalar
ilm olish, ma’lumot izlash va ilmiy ishlar yozishda SI vositalaridan keng foydalanmoqda. Lekin shuni
ham ta’lidlash kerakki, sun’iy intellektning ta’limga ta’siri har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Uning
talabalar uchun qulaylik yaratish bilan birga, ayrim salbiy jihatlari ham bor. Masalan, SI bilim olish
jarayonini osonlashtirsada, shu bilan birga, talabalar mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuvdan
uzoqlashish xavfi tug‘iladi.

Bugungi kunda sun’iy intellekt inson faoliyatining turli jabhalarida muhim ro‘l o‘ynab, mehnat

jarayonlarini yengillashtirish, samaradorlikni oshirish hamda yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat
qilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga
oshirilmoqda va ulardan biri sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan [1].

Ushbu texnologiyalarning salohiyati yuksak baholanib, ularni amaliyotga keng tatbiq etish

masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jadal texnologik taraqqiyot sharoitida sun’iy intellekt turli
sohalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. U ishlab chiqarish unumdorligini
oshirish, ilm-fan va innovasiyalar sohasidagi yutuqlarni tezlashtirish kabi bir qancha yo‘nalishlarda
katta foyda keltirishi mumkin. Biroq, ushbu texnologiyalarning to‘laqonli joriy etilishi uchun
malakali kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan o‘z kasbini mukammal egallagan
mutaxassislar sun’iy intellektni turli sohalarga keng joriy etish va undan samarali foydalanishda
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Moziyga nazar tashlasak, 20 yil avval g‘ishtdek keladigan tugmali telefonni ko‘chada ko‘tarib

yurgan odam hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilgan bo‘lsa, bugun o‘sha telefon orqali endi ular
smartfonga aylangan – kino ko‘rishimiz, uyga bozorlik qilishimiz, farzandimizning maktabdagi
hayotini kuzatishimiz, mutolaa, muloqot va yana juda ko‘plab ishlarni bajarishimiz oddiy holga
aylanishiga diqqat qilsak, zamon shiddat bilan olg‘a ilgarilayotganini ko‘ramiz.

Bugungi kunda, ta’lim sohasida sun’iy intellekt intensiv ravishda o‘z o‘rinini egallayapti.

Sun’iy intellekt ma'lumotlarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zgartirish va tasavvur qilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan axborot tizimlarini yaratishda katta ro‘lni o‘ynaydi. Sun’iy intellekt ta’lim oluvchining
vaqtini tejashga va ta’limda muvaffaqiyatli rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Sun’iy
intellektning imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u sizni qiziqtirgan savollarga javob berishi, berilgan
buyruq asosida rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar yaratishi va xattoki, turli referat va


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

242

maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta’lim algoritmlari, talabalarning individual
xususiyatlari va o‘rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu esa har bir talabalarning o‘ziga xos
ta’lim yo‘lidagi qobiliyatlarini oshiradi.

Sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish va shaxsiylashtirilgan o‘qitish

imkoniyatini yaratishda muhim rol o‘ynaydi [2]. Ta’lim sohasida SI texnologiyalarining turli
yo‘nalishlarda qo‘llanilishi mumkin. Quyida SIning ta’lim sohasida ishlatilishi mumkin bo‘lgan
asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.

Ekspert tizimlar va aqlli tutorlar
Ekspert tizimlar aniq bir sohaga oid bilimlar asosida qaror qabul qiluvchi sun’iy intellekt

tizimlaridir. Aqlli tutorlar esa o‘quvchilarga individual tarzda o‘rgatuvchi dasturlardir. Misollar:
Socratic by Google – matematik, ilmiy va adabiy savollarni tushuntirish uchun ishlatiladigan sun’iy
intellekt vositasi. Khan Academy, AI Tutor – o‘quvchilarga savollar bo‘yicha tushuntirishlar beruvchi
o‘qituvchi tizimi. Carnegie Learning’s MATHia – matematikani o‘rganishda individual yordam
beruvchi sun’iy intellekt tizimi. Foydasi:

§

Talabalarning bilim darajasiga mos holda o‘qitish;

§

Qiyinchilik darajasiga moslashtirilgan mashg‘ulotlar;

§

Real o‘qituvchilarga yordam berish;

2. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) tizimlari
Bu texnologiya matn va nutqni tushunish, tarjima qilish va tahlil qilish uchun sun’iy

intellektdan foydalanadi. Misollar: ChatGPT, HIX.AI, Google Bard – talabalar savollariga javob
berish va tushuntirish uchun foydalanish mumkin. Google Translate, DeepL – matnlarni bir tildan
ikkinchi tilga tarjima qilish. Grammarly, QuillBot – yozma ishlarni tekshirish va to‘g‘rilash. Foydasi:

§

Yozma ishlarni tekshirish va takomillashtirish;

§

Til o‘rganishda yordam berish;

§

Talabalarga tushunarsiz matnlarni izohlash;

3. Mashinani o‘rganish (Machine Learning) va chuqur o‘rganish (Deep Learning).
Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning qiziqishlari va bilim darajasiga qarab o‘quv jarayonini

moslashtirish imkonini beradi. Misollar: Coursera, Udemy, EdX – talabalar qiziqishlari asosida mos
kurslarni tavsiya qilish. Smart Learning Analytics – talabalar qanday bilimlarni yaxshi
o‘zlashtirganini va qaysi mavzularda qiynalayotganini aniqlash. Duolingo AI – til o‘rganishda
individual mashg‘ulotlarni shakllantirish. Foydasi:

§

Har bir talabaning qobiliyatiga mos ravishda material taqdim etish;

§

O‘qituvchilarga talabalarning rivojlanishini tahlil qilishga yordam berish;

§

Mustaqil ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish;

SI nafaqat o‘quvchi-talabalarga ta’lim berish jarayonida ko‘pgina qulayliklar yaratishi bilan

birga, o‘qituvchilarga ham ta’lim berish jarayonida ko‘pgina qulayliklar yaratadi [3]. Masalan,
intensiv ta’lim dasturini yaratish va unga ko‘ra darsni yanada qiziqarli va mazmunliroq
tashkillashtirish uchun o‘qituvchi talabalarning qiziqishlariga oid mavzularni o‘rganish va bular
haqida ma'lumotlar topish, tahlil qilish va tushuntirish imkoniyatini oshirish uchun Sun’iy intellekt
yordamida turli metodlardan foydalanish, turli sohalar genetika, robototexnika, ko‘rgazmali
o‘rganish, tabiiy tillar o‘rganish va boshqalar kabi sohalarni o‘rganish mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, sun’iy intellektning muvaffaqiyati va konstruktiv ishlatilishi

optimallashtirish, shuningdek, asboblar to‘plamidan noto‘g'ri foydalanishning oldini olish uchun
ehtiyotkorlik bilan boshqarish va oldindan ko‘ra bilishga bog'liq. Ilm fan insonlar hayotini qanchalik
yengillashtirgan bo‘lsa shunchalik darajada muammolarni ham keltirib chiqardi. Shuning uchun ham
bu masalaga falsafiy yondashish sun’iy intellektning ham salbiy ham ijobiy jihatlarini birdek ko‘ra
olish imkoniyatini beradi. Demak insoniyat kelajagining qanday bo‘lishi uning sun’iy intellekt
vositalaridan qay tarzda foydalana olishiga bo‘liq. Sun’iy intellektning talabaga foydalari
quyidagilardan iborat:


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

243

§

Bilim olish jarayonini osonlashtiradi

SI asosidagi platformalar, masalan, Coursera, Khan

Academy kabi tizimlar orqali talabalar darslarni mustaqil o‘rganishi va qo‘shimcha ma’lumot
olishlari mumkin.

§

Tez va qulay javob olish imkoniyati

Talabalar turli mavzularda savollariga tezkor javob

topishlari mumkin, bu esa dars tayyorlashni tezlashtiradi. Shaxsiylashtirilgan ta’lim SI yordamida har
bir talabaga individual yondashuv shakllanadi, ya’ni ularning bilim darajasiga mos tarzda o‘qitish
mumkin.

§

Ijodiy ishlarni tezlashtiradi

Referatlar, maqolalar yoki kod yozish kabi vazifalarni SI

yordamida tezroq bajarish mumkin.

§

Tashkiliy ishlarga yordam beradi

Sun’iy intellekt reja tuzish, vaqtni boshqarish, eslatmalar

yaratish kabi masalalarda ham yordam berishi mumkin.

Tanganing ikki tarafi bo‘lganidek, Sun’iy intellektning ham minus jihatlari ham mavjuddir.

Uning talabaga zararli jihatlari quyidagilardan iborat [4]:

§

Ijodiy fikrlash kamayishi mumkin

Talabalar ko‘pincha tayyor javoblarga ishonib, o‘z fikrini

shakllantirishni e’tibordan chetda qoldirishlari mumkin.

§

Plagiat va akademik halollik muammolari

SI yordamida yozilgan materiallar ba’zan

talabalar tomonidan o‘z ishi sifatida topshiriladi, bu esa halollik qoidalariga zid keladi.

§

Haqiqiy bilim emas, tayyor natija

Agar talabalar barcha vazifalarini SI yordamida bajarsa,

bilim olish o‘rniga shunchaki natijani olishga odatlanib qolishadi.

§

Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar

Ba’zan sun’iy intellekt noto‘g‘ri yoki eskirgan

ma’lumotlarni taqdim qilishi mumkin, bu esa noto‘g‘ri tushunchalarga olib keladi.

§

Texnologiyaga haddan tashqari bog‘lanish

Talabalar SI vositalariga ortiqcha ishonib, o‘z

mustaqil fikrlash va muammoni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni unutishlari mumkin.

Sun’iy intellekt bugungi kunda ta’lim sohasida inqilobiy o‘zgarishlar qilayotgan muhim

texnologiyalardan biridir. U talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratadi: bilim olish jarayonini
tezlashtiradi, murakkab mavzularni tushunishni osonlashtiradi va shaxsiylashtirilgan ta’lim
imkoniyatini taqdim etadi. Sun’iy intellekt orqali talabalar tezkor va aniq ma’lumot olishlari, o‘z-
o‘zini rivojlantirishlari va ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishlari mumkin. Biroq, bu
texnologiyaning salbiy jihatlarini ham inkor etib bo‘lmaydi. Agar talabalar sun’iy intellektdan haddan
tashqari foydalanib, uni o‘z bilimlari va ijodiy fikrlash o‘rniga qo‘ysa, uzoq muddatda ularning
mustaqil o‘rganish qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, noto‘g‘ri ma’lumotlardan
foydalanish yoki akademik halollik qoidalarini buzish kabi muammolar ham yuzaga kelishi ehtimoli
bor. Shuning uchun eng maqbul yondashuv

sun’iy intellektdan ongli va me’yorida foydalanishdir

[5]. Uni faqat tayyor javob olish vositasi sifatida emas, balki ta’lim olish va bilimni mustahkamlashga
yordam beruvchi qo‘shimcha vosita sifatida ishlatish kerak.

Xulosa va takliflar.

Xulosa o‘rnida shahsiy fikrimni bildirsam, shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bunday

innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
uchun xizmat qiladi. Misol tariqasida sun’iy intellektga asoslangan virtual yordamchilardan pedagog
kadrlar va ta’lim oluvchilar savollariga istalgan vaqtda javob olish hamda metodik yordamchi sifatida
foydalanib kelinmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellekt inson aqlini to‘liq almashtira olmaydi, balki
uni kuchaytirishi mumkin. Talabalar o‘z ustida ishlashni davom ettirishi, tanqidiy fikrlash va
ijodkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishi lozim. Agar sun’iy intellekt to‘g‘ri ishlatilsa, u talabalar
uchun kuchli ta’limiy yordamchi bo‘lishi mumkin. Ammo noto‘g‘ri foydalanish unga qaramlikni
keltirib chiqarishi va haqiqiy bilim olish jarayoniga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababli, har bir
talaba sun’iy intellektdan foydalanish tartibini aniq belgilab olishi va uni shaxsiy intellektual
rivojlanishga xizmat qildirishga harakat qilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

244

1.

Raximov N.O. Intellektual o

ʼ

qitish tizimlarida bilimlarni ifodalash modellari // T

А

TU

xabarlari. – Toshkent.

4. 2010. 64-68 b.

2.

Holmes, W., Bialik, M., & Fadel, C. (2019). Artificial Intelligence in Education:

Promises and Implications for Teaching and Learning. Center for Curriculum Redesign.

3.

Chen, L., & Zhao, Y. (2020). "The Role of Artificial Intelligence in Education: Current

Applications and Future Directions". Educational Technology Research and Development, 68(4),
1353-1375.

4.

Sattarova, I. M., & Abdulmadjidova, M. (2021). Ta’lim Jarayoni Samaradorligini

Oshirishda O ‘Yinli Texnologiyalardan Foydalanish Pedagogik Zaruriyat Sifatida. TA'LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 5-9.

5.

Abdulmadjidova, M. (2021). Muloqot–Bola Psixik Rivojlanishining Muhim Omili.

BARQARORLIK VA YETAKCHI

6.

Sun’iy intellekt va ta’lim | Journal of universal science research

7.

https://cyberleninka.ru/article/n/talim-sohasida-suniy-intellektdan-

foydalanish?ysclid=m7rizpvu9d197362338

Bibliografik manbalar

Raximov N.O. Intellektual oʼqitish tizimlarida bilimlarni ifodalash modellari // TАTU xabarlari. – Toshkent. №4. 2010. 64-68 b.

Holmes, W., Bialik, M., & Fadel, C. (2019). Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications for Teaching and Learning. Center for Curriculum Redesign.

Chen, L., & Zhao, Y. (2020). "The Role of Artificial Intelligence in Education: Current Applications and Future Directions". Educational Technology Research and Development, 68(4), 1353-1375.

Sattarova, I. M., & Abdulmadjidova, M. (2021). Ta’lim Jarayoni Samaradorligini Oshirishda O ‘Yinli Texnologiyalardan Foydalanish Pedagogik Zaruriyat Sifatida. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 5-9.

Abdulmadjidova, M. (2021). Muloqot–Bola Psixik Rivojlanishining Muhim Omili. BARQARORLIK VA YETAKCHI

Sun’iy intellekt va ta’lim | Journal of universal science research