Mualliflar

  • D Iminova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91542

Kalit so‘zlar:

“Mutaxassislikka kirish” akademik faollik pedagogik mexanizm kasbiy ta’lim zamonaviy texnologiya pedagogik yondashuv o‘quv jarayoni kasbiy yo‘naltirish ijtimoiy motivatsiya ta’lim samaradorligi amaliy vositalar.

Annotasiya

“Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish – bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada ushbu fanning o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi usullari va pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy yo‘naltirishga nisbatan qiziqishlarini shakllantirishda samarali pedagogik yondashuvlar va ularni rag‘batlantirishning amaliy vositalari muhokama qilingan. Maqolada, shuningdek, akademik faolligini kuchaytirish uchun ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ta’kidlangan. “Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan sohada muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning kasbiy yo‘nalishdagi intilishlari va ijtimoiy motivatsiyalari o‘rganilgan. Maqolada keltirilgan metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

218

“MUTAXASSISLIKKA KIRISH” FANI ORQALI TALABALARNI

O‘QUVCHILARNING AKADEMIK FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH

ADPI mustaqil izlanuvchisi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15354443

D.N.Iminova

Annotatsiya:

“Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarning bilim olishga

bo‘lgan qiziqishini oshirish – bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda
muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada ushbu fanning o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishga ta’sir
etuvchi usullari va pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy
yo‘naltirishga nisbatan qiziqishlarini shakllantirishda samarali pedagogik yondashuvlar va ularni
rag‘batlantirishning amaliy vositalari muhokama qilingan. Maqolada, shuningdek, akademik
faolligini kuchaytirish uchun ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati
ta’kidlangan. “Mutaxassislikka kirish” fani orqali talabalarni o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan sohada
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning kasbiy
yo‘nalishdagi intilishlari va ijtimoiy motivatsiyalari o‘rganilgan. Maqolada keltirilgan metodik
yondashuvlar va amaliy tavsiyalar o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va
ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: “

Mutaxassislikka kirish”, akademik faollik, pedagogik mexanizm, kasbiy ta’lim,

zamonaviy texnologiya, pedagogik yondashuv, o‘quv jarayoni, kasbiy yo‘naltirish, ijtimoiy
motivatsiya, ta’lim samaradorligi, amaliy vositalar.

“Mutaxassislikka kirish” fani bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning akademik faolligini

oshirishda, kasbiy yo‘naltirishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu fan
orqali talabalar kasbiy faoliyat va ixtisosliklar haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lib, o‘zlarida ham
o‘qishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyalari mustahkamlanadi. Maqolada “Mutaxassislikka kirish”
fani orqali talabalarning o‘quvchilarda akademik faolligini rivojlantirish uchun usullar va pedagogik
yondashuvlar bilan tanishishlari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish, interaktiv usullar, amaliy mashg‘ulotlar hamda pedagogik mexanizmlarning
samaradorligi ushbu yo‘nalishda muhokama qilingan. “Mutaxassislikka kirish” fani talabalarni
kasbiy moslashuvi, ularning faol motivatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda asosiy
maqsad talabalarga o‘zlari tanlagan kasb yoki yo‘nalish bo‘yicha asosiy tushuncha va bilimlarni
berish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun ta’lim
jarayonida bo‘lajak pedagoglar tomonidan qo‘llaniladigan turli xil usul va texnologiyalar muhim
ahamiyat kasb etadi.

“Mutaxassislikka kirish” fanida talabalarga beriladigan pedagogik yondashuvlar alohida o‘rin

tutadi. Bo‘lajak pedagoglar o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini va o‘qishga bo‘lgan
munosabatlarini hisobga olib, ularga mos keladigan ta’lim strategiyalarini ishlab chiqishlari lozim.
Bu jarayonda akademik faolligini shakllantirishga qaratilgan faol va samarali usullardan foydalanish,
shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olish zarur. Ta’lim
jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish ularning o‘qishga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olish,
ularning o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bo‘lajak pedagoglar o‘quvchilarni
muntazam rag‘batlantirish va ularga ijobiy fikr-mulohazalar berish orqali ularda o‘qishga bo‘lgan
qiziqish va ishtiyoqni shakllantirishlari mumkin.

Zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning

akademik faolligini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. “Mutaxassislikka kirish” fanini
o‘qitish jarayonida interaktiv texnologiyalar, masofaviy ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar,
simulyatsiya va boshqa axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalar tomonidan
o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi oshiriladi. Masalan, onlayn video darslar, prezentatsiyalar


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

219

va multimedia materiallari o‘quv jarayonini jonli va qiziqarli qiladi. Axborot texnologiyalari ta’lim
jarayonida faol ishtirokni ta’minlaydi, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida o‘z hissalarini qo‘shishga
undaydi. Shu bilan birga, interaktiv mashg‘ulotlar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini
rivojlantirishga yordam beradi. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiya vositalari orqali o‘quvchilar
nazariy bilimlarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularning akademik faolligini
oshirishda muhim rol o‘ynaydi. “Mutaxassislikka kirish” fanida amaliy mashg‘ulotlar talabalarning
kasbiy yo‘naltirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy
mashg‘ulotlar orqali oliy ta’lim talabalari ta’lim jarayonida o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda
qo‘llashni o‘rganadilar. Bu jarayonda talabalar o‘zlari tanlagan kasbga nisbatan qiziqishlari va
ishtiyoqlari ortib, ularda o’quvchilarning akademik faolligini oshirish mahorati yuksaladi.

Kasbiy yo‘naltirishga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak pedagoglarni kelajakdagi

kasbiy faoliyatiga tayyorlashga yordam beradi. Ushbu mashg‘ulotlar orqali talabalar kelajakdagi ish
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantiradilar.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar kasbiy faoliyatdagi turli vaziyatlar bilan tanishib,
ularni yechishga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarni egallaydilar. “Mutaxassislikka kirish” fani orqali
talabalar o‘quvchilarning akademik faolligini oshirishda rag‘batlantirishning o‘rni katta ekanligi,
o‘quvchilarni rag‘batlantirish orqali ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari va ishtiyoqlari oshishi
haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Bo‘lajak pedagoglar o‘quvchilarning yutuqlarini e’tirof etish, ularga
ijobiy baho berish, turli tanlovlar va musobaqalarga jalb qilish orqali ularni o‘qishga qiziqtirishlari
mumkin. Rag‘batlantirishning turli shakllari mavjud. Masalan, o‘quvchilarning yaxshi natijalarga
erishishlari uchun ularga turli sovg‘alar berish, maqtov guvohnomalari topshirish, shuningdek,
ularning yutuqlarini boshqa o‘quvchilar oldida ta’kidlash mumkin. Bunday yondashuvlar orqali
o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq oshadi, ularning o‘qish jarayoniga bo‘lgan
munosabati ijobiy tomonga o‘zgaradi.

“Mutaxassislikka kirish” fanini o‘qitishda shaxsiy yondashuvdan foydalanish ham

o‘quvchilarning akademik faolligini oshirishda samarali usullardan biri hisoblanadi. Bo‘lajak
talabalar shaxsiy yondashuv orqali o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari, qiziqishlari va qobiliyatlari
hisobga olib, ularga mos ta’lim strategiyalarini ishlab chiqadi. Bu orqali o‘quvchilarning o‘qishga
bo‘lgan qiziqishlari va motivatsiyalari oshadi. Shaxsiy yondashuv o‘quvchilarning o‘qish jarayoniga
faol ishtirok etishlariga yordam beradi, ularning o‘qish jarayonida o‘z hissalarini qo‘shishga undaydi.
Shuningdek, shaxsiy yondashuv orqali o‘quvchilarning o‘qish jarayonidagi muammolarini aniqlab,
ularni yechishga qaratilgan choralar ko‘rish mumkin. Bu esa o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan
qiziqishlari va motivatsiyalarini oshirishga xizmat qiladi. “Mutaxassislikka kirish” fanini o‘qitishda
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik muloqot va o‘quvchilar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishda
samara beradi. Pedagogik muloqot orqali o‘quvchilarning o‘qish jarayoniga bo‘lgan qiziqishlari
oshadi, ularning o‘qish jarayonida faol ishtirok etishlari ta’minlanadi. Pedagoglar o‘quvchilar bilan
samarali muloqot o‘rnatishlari, ularning savollariga to‘liq javob berishlari, ularning fikrlarini
tinglashlari va qo‘llab-quvvatlashlari lozim.

Innovatsion yondashuvlar va loyihaviy faoliyat ham “Mutaxassislikka kirish” fanini o‘qitish

orqali oliy ta’lim talabalarida o‘quvchilarning akademik faolligini rivojlantirishiga yordam beradi.
Loyihaviy faoliyat orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan mavzular bo‘yicha mustaqil tadqiqot olib
boradi, turli g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning o‘qish
jarayoniga bo‘lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Innovatsion
yondashuvlar ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Masalan, o‘quvchilarni virtual
ekskursiyalarga jalb qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tadqiqotlar
o‘tkazish ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Shuningdek, innovatsion yondashuvlar
orqali talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarliklari mustahkamlanadi, ularda amaliy ko‘nikmalar
shakllanadi.

“Mutaxassislikka kirish” fanining asosiy maqsadi - talabalarda o‘z kasbini tushunish va

tanlangan sohaga qiziqish uyg‘otishdir. Bu ta’labalarga ta’lim jarayonida o‘z maqsadlarini aniqlash


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

220

va ularga erishish uchun rag‘batlantirish imkoniyatini beradi. “Mutaxassislikka kirish” fanini
samarali tashkil qilish natijasida talabalarda kasbiy motivatsiya shakllanadi, bu esa ularning ta’limga
bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Mazkur maqolada, “Mutaxassislikka kirish” fani orqali
o‘quvchilarning akademik faolligini rivojlantirish usullari va pedagogik yondashuvlari ko‘rib
chiqiladi.

“Mutaxassislikka kirish” fani talabalarni kasb tanlash va kasbiy yo‘naltirish jarayonida muhim

o‘rin tutadi. Bu fan orqali talabalarda kasbga nisbatan ilk tasavvurlar shakllanadi va ularning
kelgusidagi professional rivojlanishi uchun asos yaratiladi. Jumladan, X.J.Karimovning
ta’kidlashicha, mutaxassislikka yo‘naltirilgan fanlarning o‘quvchilar motivatsiyasiga ta’siri ularning
kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Mutaxassislikka
kirish fani o‘quvchilarning akademik faolligini rivojlantirish uchun zamin yaratadi. “Mutaxassislikka
kirish” fanini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik mexanizmlar va usullar o‘quvchilarning
akademik faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik jarayonda o‘quvchilarning
qiziqishlarini uyg‘otish uchun turli interfaol usullar qo‘llanilishi mumkin. Masalan,
A.Y.Haydarovning ta’kidlashicha, interfaol usullar va o‘yinli ta’lim metodlari o‘quvchilarning kasbiy
qiziqishlarini uyg‘otishda samarali hisoblanadi. Bu usullar talabalar o‘zlarining tanlagan kasbida
faoliyat yuritishga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. O‘quvchilarning kasbiy yo‘naltirishga
nisbatan qiziqishlarini rag‘batlantirishda motivlar va rag‘batlardan foydalanish muhim ahamiyatga
ega. Motivlar – bu o‘quvchilarning muayyan faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan ichki ehtiyojlaridir.
A. Sharipov o‘z tadqiqotida o‘quvchilarda motivlarni rag‘batlantirish orqali ularning kasbga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirish mumkinligini ta’kidlaydi. Bunda o‘qituvchilar o‘quvchilarni maqsadli va
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga yo‘naltirishi lozim.

Zamonaviy ta’lim jarayonida texnologiyalarning ahamiyati katta. “Mutaxassislikka kirish”

fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning akademik
faolligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, I.K.Saidovning ta’kidlashicha,
elektron ta’lim resurslari va virtual laboratoriyalar o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otish va ularning
faoliyatlarini jonlantirishga yordam beradi. Bu texnologiyalar orqali o‘quvchilar o‘zlashtirishi oson
bo‘lgan va qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mutaxassislikka kirish fanini
o‘qitishda qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlashda
katta rol o‘ynaydi. N.Y.Salimov o‘z tadqiqotida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali
pedagogik muloqot o‘quvchilarning kasbiy motivatsiyasini oshirishda muhim ahamiyatga ega
ekanligini ta’kidlaydi. Bu muloqot talabalarning o‘qish jarayonida faol ishtirok etishini va o‘z kasbiga
bo‘lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi. Bo‘lajak pedagoglar tomonidan o‘quvchilarning kasbiy
motivatsiyasini rivojlantirishda ijtimoiy muhitning ahamiyati katta. Oila, jamoa va ta’lim muassasasi
kabi

ijtimoiy

muhitlar

o‘quvchilarning

kasbiy

rivojlanishida

muhim

rol

o‘ynaydi.

Sh.M.Normatovning ta’kidlashicha, ijtimoiy muhit va oilaviy muhit o‘quvchilarning o‘qishga
bo‘lgan qiziqishini va ularning kasbga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ota-onalar va o‘qituvchilar o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
“Mutaxassislikka kirish” fani oliy ta’lim talabalarini kasbiy rivojlanishini ta’minlash uchun asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, F.A.Rahimovning ta’kidlashicha, mutaxassislikka
yo‘naltirilgan fanlarni o‘qitish talabalarning kasbiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularni
kelgusidagi muvaffaqiyatlarga tayyorlaydi. Shu bilan birga, “Mutaxassislikka kirish” fani
talabalarning kasbiy rivojlanishiga yordam beradi.

Mutaxassislikka kirish fani orqali talabalarda kasbiy qiziqish va maqsadga yo‘naltirilganlik

shakllanadi, bu esa ularning kelajakda olib boradigan ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatini
ta’minlaydi. Maqolada keltirilgan pedagogik mexanizmlar va usullar, zamonaviy texnologiyalar va
ijtimoiy muhit o‘quvchilarning o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan
birga, mutaxassislikka kirish fani o‘quvchilarning kasbiy yo‘naltirishga bo‘lgan qiziqishini
shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Keltirilgan manbalar orqali ushbu fanning o‘quvchilar
akademik faolligini rivojlantirishdagi ahamiyatini yanada kengroq o‘rganish mumkin.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

221

Mutaxassislikka kirish fanini samarali tashkil qilish orqali o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishiga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini ta’minlash mumkin.

“Mutaxassislikka kirish” fani talabalar kasbiy yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishlarini va bu orqali

o‘quvchilarda o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishda zaruriy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu fan
orqali bo‘lajak pedagoglar kasbiy ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlari, o‘zlari tanlagan kasbga
nisbatan ishtiyoqlari ortishi ta’minlanadi. Talabalarning ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar,
amaliy mashg‘ulotlar, shaxsiy yondashuv, ijtimoiy motivatsiya va rag‘batlantirish usullaridan
foydalanish o‘quvchilarning akademik faolligini oshirishga yordam beradi. Bularning barchasi
talabalarning kasbiy rivojlanishi va kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun mustahkam poydevor
yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Karimov X.J. Kasbiy yo‘naltirish asoslari. – T.: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – 45-b.

2.

Haydarov A.Yu. Ta’limda interfaol metodlar. – Toshkent, 2019. – 78-b.

3.

Sharipov A. Kasbiy ta’limda motivlar va rag‘batlar. – Samarqand, 2021. – 64-b.

4.

Saidov I.K. Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’limda. – Toshkent, 2022. – 112-b.

5.

Salimov N.Yu. Pedagogik muloqot asoslari. – Buxoro, 2020. – 89-b.

6.

Normatov Sh.M. Ijtimoiy muhit va ta’lim. – Toshkent, 2021. – 56-b.

7.

Rahimov F.A. Kasbiy rivojlanish asoslari. – Qarshi, 2020. – 74-b.

8.

Xusanovich,

M.

O.

(2024,

November).

MAKTABGACHA

TA’LIM

MUASSASALARIDA

TADBIRKORLIK

MADANIYATIGA

O

‘RGATISH.

In

INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE

(Vol. 3, No.

25, pp. 16-18).

9.

Mirzayev, O. (2023).

Е

RT

А

K-T

Е

R

А

PIY

А

SI V

А

T

А

DBIRK

О

RLIK M

А

D

А

NIY

А

TI

Е

L

Е

M

Е

NTL

А

RINING

INT

Е

GR

А

TSIY

А

SINI

T

А

’MINL

А

SHNING

M

Е

T

О

DIK

TIZIMI.

Инновационные

исследования

в

современном

мире

:

теория

и

практика

,

2

(25), 92-94.

https://orcid.org/0009-0004-8134-3925 ORCID

10.

Khusanovich, T. M. O. DEVELOPING STEAM COMPETENCIES IN OLDER

PRESCHOOLERS.

11.

Iminova, D., & Bozarova, M. (2024). INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA

VAZIFALARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(4), 761-762.

12.

Iminova, D. N. (2021). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA MAKTAB

O'RTASIDAGI HAMKORLIKNING AHAMIYATI. Science and Education, 2(1), 301-303.

Bibliografik manbalar

Karimov X.J. Kasbiy yo‘naltirish asoslari. – T.: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – 45-b.

Haydarov A.Yu. Ta’limda interfaol metodlar. – Toshkent, 2019. – 78-b.

Sharipov A. Kasbiy ta’limda motivlar va rag‘batlar. – Samarqand, 2021. – 64-b.

Saidov I.K. Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’limda. – Toshkent, 2022. – 112-b.

Salimov N.Yu. Pedagogik muloqot asoslari. – Buxoro, 2020. – 89-b.

Normatov Sh.M. Ijtimoiy muhit va ta’lim. – Toshkent, 2021. – 56-b.

Rahimov F.A. Kasbiy rivojlanish asoslari. – Qarshi, 2020. – 74-b.

Xusanovich, M. O. (2024, November). MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TADBIRKORLIK MADANIYATIGA O ‘RGATISH. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 3, No. 25, pp. 16-18).

Mirzayev, O. (2023). ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK MАDАNIYАTI ЕLЕMЕNTLАRINING INTЕGRАTSIYАSINI TА’MINLАSHNING MЕTОDIK TIZIMI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2(25), 92-94. https://orcid.org/0009-0004-8134-3925 ORCID

Khusanovich, T. M. O. DEVELOPING STEAM COMPETENCIES IN OLDER PRESCHOOLERS.

Iminova, D., & Bozarova, M. (2024). INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(4), 761-762.

Iminova, D. N. (2021). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA MAKTAB O'RTASIDAGI HAMKORLIKNING AHAMIYATI. Science and Education, 2(1), 301-303.